Afinaning vujudga kelishi. Millodan avvalgi ix-vi-asrlar. Pisistrat hokimiyati davrida Afina



Download 200,29 Kb.
bet2/7
Sana31.12.2021
Hajmi200,29 Kb.
#213951
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Afinaning vujudga kelishi

Perikl davrida Afina. Ijtimoiy iqtisodiy ahvol.

Yirik savdogar va hunarmandlar vakili Klisfen xalq qoʻzgʻoloniga boshchilik qilib, hokimiyatni qoʻlga oldi (508-y.). U toʻrtta urugʻchilik okrugi oʻrniga oʻnta hududiy okrug tashkil etdi. Shu bilan urugʻchilik jamoasi tuzumining soʻnggi qoddiklariga barham berildi. Mil. av. 5-a. boshida yunon-fors urushlari boshlandi. Marafon jangiva (mil. av. 490-y.) yunonlar forslarga qattiq zarba berdilar. 480-y. Kserksning juda katta qoʻshini Bolqon ya. o. ga bostirib kirdi. Salamin o. yonidagi dengiz jangida yunonlar gʻalaba kildilar. Afinada Egey dengizi davlatlarining birlashuvidan iborat Delos ittifoqi tuzildi. Bu ittifoq keyinroq Afinaning dengizdagi hukmronligini taʼmin etdi. Afinadan tashkariga vinozaytun moyi, turli hunarmandchilik bu-yumlari chiqarilar, chetdan asosan, qullar, gʻalla va yogʻoch keltirilar edi. Afinada Perikl davri (mil. av. 5-a. oʻrtalari) qad. quldorlik demokratiyasining namunasi edi. Perikl qonuni boʻyicha hamma ozod aholi ishtirok etadigan Xalq majlisi — oliy organ hisoblanar va u barcha muhim davlat ishlarini muhokama qilardi, chek tashlash yoʻli bilan saylanadigan 500 lar kengashi davlatning maʼmuriy-nazorat organi hisoblanar, ijro etuvchi oliy hokimiyat 10 strateg kollegiyasi qoʻlida edi. «Perikl oltin asri» deb atalgan yillar Afina madaniyatining eng yuksak darajada taraqqiy etgan davri boʻldi. Bu davrda Afinada tarixchi Gerodot, faylasuf Anaksagor, haykaltarosh Fidiy, Esxil, Sofokl va Yevripid kabi adiblar yashagan, katta-katta imoratlar — qasrlar vujudga kelgan. Meʼmorchilik ustalari — Iktin va Kallikratlar Fidiy rahbarligida Afina maʼbudasi ibodatxonasi — Parfenott bunyod etganlar. Bu qasr kad. meʼmorlik madaniyatining eng yaxshi namunalaridan biri boʻlib qoddi. Oʻsha vaqtlarda Afina yozuvchilarining tili (attika lahjasi) keng tarqalgan va ellinistik davlatlarda adabiy til hisoblangan. Periklning butun Yunonistonni Afinaga boʻysundirishga qaratilgan tashki siyosati yunonlar davlatidagi boshqa guruhlarning qarshiligiga duch keldi. Bu guruhlar orasida Sparta boshchiligidagi Peloponnes ittifoqining eʼtibori baland edi. Peloponnes ittifoqi demokratik tartibga qarshi oligarxiya tartibini yoqlab chiqdi. Oʻrtadagi qarama-qarshilik butun Yunoniston uchun halokatli boʻlgan Peloponnes urushini (mil. av. 431—404) keltirib chiqardi. Urushda magʻlubiyatga uchragan Afina oʻzining Yunonistonda tutgan yetakchilik mavqeini yoʻqotdi. Lekin bu magʻ-lubiyatdan soʻng ham Afina davlati yana ancha vaqtgacha qad. dunyo madaniyatining eng yirik markazlaridan biri boʻlib keldi. Mil. av. 338-y. Makedoniya podshosi Filipp II Xeroneyadagi jangdan soʻng Yunonistonni oʻziga boʻysundirdi. Afina b-n Rim imperiyasi oʻrtasidagi doʻstlik munosabatlari mil. av. 88 y. gacha davom etib keldi. 86 y. ning 1-martida rimliklar Afinani bosib oldilar, koʻpgina bino va qasrlar vayron qilindi. Ammo Rim sarkardasi Sulla A. ning oʻtmishdagi shuhratini eʼtiborga olib, unga «ozodlik» inʼom etdi.


Download 200,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish