markaziy osiyoda qadimdan hunarmandchilik taraqqiy etib kelgan. hunarmandlar xalqning ehtiyojidan kelib chiqib, kerakli buyumlar yasaganlar. Shahrixon, Urgut, Qo‘qon, Marg‘ilon, Chustda hunarmandlar alohidaalohida mahalla bo‘lib yashaganlar, ya’ni hunarmandlar qaysi kasb bilan
shug‘ullansalar, shu hunar nomi bilan mahalla nomi ham aytilgan. Chunonchi, zargarlik bilan shug‘ullangan mahalla bo‘lsa “zargarlik mahallasi”,
pichoqchilik bilan shug‘ullansa “pichoqchilik mahallasi” deb yuritilgan.
O‘sha vaqtlarda miskarlik, zargarlik, bo‘yrachilik, tandirchilik, sandiqchilik,
pichoqchilik, aravasozlik, kulolchilik, toshtaroshlik, savatchilik mahallalari
mavjud bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |