larini o‘z xanjarlari bilan o‘ldirishlari buyurilgan. Eng kuchli va jasur ilotlar maxfiy
o‘ldirilgan. Ilotlar 9 ming sparta oilasiga xavf tug‘dirmasligi uchun bu ish muntazam
amalga oshirilgan.
16-20 yoshlarda o‘qitishning uchinchi bosqichi (ireniya) boshlangan. Yosh
spartalik yigit yer ulushi egasiga aylanar edi. Bu yer ulushi uni va oilasini boqishi
kerak edi.
Ayollar tarbiyasi ham qat’iy va sodda bo‘lgan. Ayollarni kuchli, sog‘lom, chiroyli
bo‘lishi uchun gimnastika mashg‘ulotiga asosiy e’tibor qaratilgan. Qizlar diniy
marosimlarda qatnashganlar. Ularga ozgina qo‘shiq va raqs o‘rgatilgan.
Lekin asosiy
maqsad sog‘lom bolani dunyoga keltirish edi. Sog‘lom ona kuchli va to‘laqonli bolani
dunyoga keltirishi shart edi. Sparta davlati bola tug‘ilishiga mukofot belgilab,
farzandsizlik uchun jarimani kiritdi. Tarbiyaning qattiqligi o‘smirlarni Artemida ibo-
datxonasida har yili o‘tkaziladigan qiynoq sinovlarda o‘z aksini topgan edi.
Sinalayotgan o‘smir qiynoqlarga dosh berishi va og‘riqni sezdirmasligi shart edi.
Yosh yigit 20 yoshga yetgach, Sparta («Tenglar jamiyati»)ning to‘la huquqli a’zosi
hisoblanar edi. Endi u kattalar bilan birgalikda o‘tkaziladigan ovqatlanish (fiditiya yoki
filitiya)larga ishtirok etishi majburiy edi. Fiditiya uchun har bir spartalik har oy
ma’lum
miqdorda pishloq, arpa, vino, anjir va pul berar edi. Spartaliklar birgalikda
o‘tirib, uksus, tuz qo‘shilib, qonda tayyorlangan cho‘chqa go‘shti bo‘tqasini iste’mol
qilar edilar. Qattiq, shafqatsiz tarbiya natijasida spartaliklarning ongida boshqa yunon
polislari aholisiga nisbatan jismoniy va ma’naviy 364
ustunlik his-tuyg‘usi shakllantirilar edi. Yunon dunyosida spartaliklarni qat’iy
intizomi uchun hurmat qilar edilar, ammo yoqtirmasdilar.
Bosib
olingan
qaram
viloyatlarning
ilotlarga
aylantirilgan
aholisining
qo‘zg‘olonlaridan xavfsiragan spartaliklar har yili ilotlarga dahshat solish va ularning
ongida bo‘ysunish hissini tug‘dirish uchun ularni tunda o‘ldirishni (kriptiya) e’lon qil-
ganlar. Yosh sparta yigitlari qishloqlarda tunda aylanib yurib, kuchli, isyonkor
kayfiyatdagi ilotlarni o‘ldirganlar. Mil.avv. XI asrdayoq spartaliklar o‘zlarini
har xil
«yangiliklar»dan himoya qilish, an’anaviy turmush tarzini saqlash maqsadida tashqi
dunyodan ajralib yashashga urindilar. Qadimgi an’anaviy holatning o‘zgarmasligi
uchun Sparta faqat mayda temir tangani muomalaga kiritdi. Sparta uylarining eshik va
tomlari yog‘ochdan bo‘lib, ularni faqat bolta va arra bilan tayyorlashga ruxsat etildi.
Hashamatli kiyimlar qonundan tashqari edi. Jamiyatdagi mavqeyiga qarab, spartaliklar
bir xildagi kalta yoping‘ich (plash) kiyar edilar va bu bilan o‘zlarini teng deb
hisoblardilar. Qonunga ko‘ra chet ellik Spartada
belgilangan muddatdan ortiq
qolmasligi, birorta ham spartalik vatandan tashqari uzoq yashash huquqiga ega
bo‘lmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: