Tushuncha
|
Ta'rifi
|
Siyosat
|
Ta'rifi
Siyosat (arab. سياسة (siyasa) - ot tarbiyalash, ot boqish) — davlatni boshqarish sanʼati. Siyosat biror guruh, jamiyatni boshqarish jarayonidir. Ushbu jarayonda tegishli guruh vakillari ham qatnashishadi. Bu atama ostida koʻpincha hukumat faoliyati tushuniladi. siyosat turli ijtimoiy-siyosiy institutlar, ijtimoiy qatlamlar, tabaqa va guruhlar oʻrtasidagi munosabatlar bilan bogʻliq. Uning mohiyatini davlat hokimiyati shakllari, uni amalga oshirish va boshqarish tashkil etadi. Siyosat keng maʼnoda jamiyatning siyosiy tizimi, siyosiy hayoti, davlat hokimiyati, uning ichki va tashqi faoliyati, siyosiy tashkilotlar va harakatlarning hokimiyatga munosabati, uni boshqarishda siyosiy manfaatlarni amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlarini oʻzida ifoda etadi.
|
Demokratiya
|
Demokratiya — (qadimgi yunoncha: δημοκρατία — „xalq hokimiyati“) — barcha insonlar tenglik bilan kollektiv qarorga kelish imkoniga ega siyosiy tuzum.[1] Demokratiyada fuqarolar erkinligi va tengligi qonunlarda mustahkamlangan, xalq hokimiyatchiligining vosita va shakllari amalda oʻrnatilgan va yuzaga chiqarilgan boʻladi. Demokratiya davlat bilan inson munosabatlarini belgilaydi.
Demokratiyaning asosiy talablari koʻpchilik hokimiyati, fuqarolar teng huquqligi, ular huquq va erkinliklari himoyalanganligi, konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi, hokimiyatning boʻlinishi, davlat boshligʻi va vakolatli organlarning saylab qoʻyilishidir. Demokratiyaning bevosita demokratiya (asosiy qarorlar yigʻilishlarda bevosita barcha fuqarolar tomonidan yoki referendumlar yoʻli bilan qabul qilinadi) va vakillik demokratiyasi (qarorlar saylab qoʻyiladigan organlar tomonidan qabul qilinadi) shakllari bor.
|
Huquqiy davlat
|
Huquqiy davlat - davlat tuzilishi va faoliyatining huquqk^ asoslanganligi. Huquqiy davlat gʻoyasini antik mutafak-kirlar ilgari surgan edilar. I.Kant esa unga ilmiy-falsafiy taʼrif bergan. Huquqiy davlatda davlatning quyidagi prinsiplar asosida faoliyat yurgizishi va amal qilishi shart hisoblanadi: xalq suvereniteti; shaxsning huquq va er-kinliklarining hech kim, shu jumladan, davlat tomonidan ham har qanday hodda buzilmasligi; Konstitutsiya va qonunning ustunligi; hokimiyatning boʻlinishi tamoyiliga amal qilish; sudlarning mustaqilligi, xalqaro huquq normalarining milliy huquq normalaridan ustun boʻlishi.
Huquqiy davlatda eng oliy qadriyat inson hisoblanadi.
|
Fuqarolik jamiyati
|
Fuqarolik jamiyati — haqiqiy fuqarolardan, yaʼni uzviy bogʻliqlikda boʻlgan hamda axloqiy madaniyatga tayanadigan huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jamiyatdir.
Fuqarolik jamiyati - konstitutsiyaviy huquq nazariyasida huquq va demokratiyaga asoslangan ijtimoiy hayotning zarur oqilona usuli; insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadigan, qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, koʻp partiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi taʼminlanadigan hamda oʻzinioʻzi boshqarish organlarining mavqei baland boʻlgan ijtimoiy tuzum. Bunda mamlakatning har bir fuqarosi siyosiy, ijtimoiy, iqgisodiy, maʼnaviy va huquqiy jihatdan oʻz ehtiyojlarini jamoat birlashmalari va fondlari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va nodavlat notijorat tashkilotlar ishida faol ishtirok etib, ular orqali qondiradilar
|
Siyosiy partiya
|
Siyosiy partiyalar, ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifodalovchi, ularning eng faol vakillarini birlashtiruvchi siyosiy tashkilotlar. Siyosiy partiyalar jamiyat siyosiy tizimining muxim kismi, ular davlatning siyosiy yoʻnalishini belgilashda ishtirok etadi, hukumatning vakillik va ijro etuvchi muassasalarini shakllantiradi. Dastlabki Siyosiy partiyalar 17—18-asrlar inqiloblari davrida paydo boʻla boshlagan boʻlsada, Siyosiy partiyalarga oʻxshash jamoa, tashkilotlar qadimdan mavjud edi. Afina geteriyalari, Rim optimat va populyarlari antik davrda Siyosiy partiyalar vazifasini bajargan. Sp.ning universal shakli asosan, qarindoshlik aloqalari bilan boglangan kishilar guruhi va maxfiy tashkilotlar boʻlgan (Yorklar va Lankasterlar — oʻrta asrlar Angliyasida; Ali tarafdorlari — oʻrta asrlarda Arabistonda). Osiyo davlatlarida hozirgi kunda ham qarindoshlik va yurtdoshlik tamoyillarining Sp.ning shakllanishi va faoliyat koʻrsatishida ahamiyati katta.
|
Ko'ppartiyaveylik
|
Koʻp partiyaviylik - mamlakatda 2 va undan ortiq partiyalarning boʻlishi. Koʻp partiyaviylik aholi keng qatlamlarining ijtimoiy faolligini oshiradi, fikrlar xilma-xilligini taʼminlaydi, saylovlarning demokratik asosda oʻtishiga yordam beradi. Hozirgi demokratik davlatlarning deyarli hammasi Koʻp partiyaviylik tamoyiliga rioya qiladi. Oʻzbekiston Respublikasida 4 ta siyosiy partiya va 2 ta ijtimoiy harakat faoliyat olib boradi (2003). Yana q. Siyosiy partiyalar.
|
Parlament
|
Parlament — (inglizcha: parliament, fransuzcha: parlement) davlatning davlat hokimiyati organlaridan biridir. Parlament vakillik muassasasi boʻlib, uning deputatlari xalq tomonidan saylanadi va Parlamentda uning manfaatlari himoya qilinadi. Parlament qonunchilik hokimiyatini amalga oshiradi, yaʼni davlatning qonunlarini qabul qilishda mutloq huquqqa ega boʻladi. Parlament davlatning ichki va tashqi siyosatini belgilash va amalga oshirishda qatnashadi, davlat byudjetini tasdiqlaydi, davlatning soliq asoslarini va umum davlat soliqlari hamda yigʻimlari turlari belgilab beradi. Parlament boshqa davlat organlarini shakllantirishda davlatning oliy mansabdor shaxslarini tayinlashda qatnashadi — bu ishlarni yo oʻzi bajaradi, yoki tegishli nomzodlar u bilan kelishib olinadi. Parlament davlat qonunlari ijrosi ustidan va ijroiya hokimiyati organlarining faoliyati ustidan, yangi qonunlarning tasdiqlanishi ustidan parlament nazoratini amalga oshiradi. Parlament aholi turli qatlamlari va guruhlarini, davlat mintaqalarini jipslashtiruvchi organ boʻlib xizmat qiladi.
|
Ijro hokimiyati
|
Ijro etuvchi hokimiyat - davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi hokimiyat va sud hokimiyati kabi mustaqil tarmoqlaridan biri. Joriy qonunlar va b. meʼyoriy hujjatlarga asoslanib, boshqaruv vazifalarini bajaradi (davlat boshligʻi, hukumat). Qonun chiqaruvchi hokimiyat hujjatlarini ijro etish maqsadida oʻz qaror va farmoyishlarini qabul qiladi, odatda, davlat boshligʻi (prezidenta) ning bevosita rahbarligi va nazorati ostida ish koʻradi. I. e. h. mintaqaviy va mahalliy darajada mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish organlari (hokim, oqsoqol, gubernator, mer, prefekt) tomonidan amalga oshiriladi.
OʻzRda hukumat — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat xokimiyatining oliy ijrochi va boshqa-ruvchi organi hisoblanadi. U iqtiso-diyotning , ijtimoiy va maʼnaviy sohaning samarali faoliyat koʻrsatishiga, qonunlar ijro etilishiga, Oliy Majlisning qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining bajarilishiga rahbarlikni taʼminlaydi. Mahalliy I. e. h. organlari OʻzR qonunlarini, Prezident farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshiradi. Viloyat, tuman va shaharlarda I. e. H. ni hokim boshchiligidagi viloyat, tuman va shahar hokimliklari boshqaradi
|
Sud
|
Sud - zimmasiga davlat hokimiyatining boʻgʻinlaridan biri — sud hokimiyatini amalga oshirish yuklatilgan organ. Qonun chiqaruvchi (vakillik) va ijro etuvchi organlardan Sud uni shakllantirish, sudyalarga vakolatlar berish tartibi, tegishli ishlarni koʻrib chiqish tartib-taomillarining xususiyatlari, shuningdek qabul qilinuvchi qarorlarning majburiyligi va mas’uliyati, ularning yuridik ahamiyati bilan farq qiladi.
Sud
Sud (slavyancha sud — ish) — odil sudlovnn amalga oshiruvchi davlat organi; muayyan davlatning qonunlariga asosan protsessual tartibda jinoiy, fuqarolik, maʼmuriy va boshqa toifadagi ishlarni koʻrib chiqadi va hal qiladi. Ayrim shaxslar oʻrtasida, ular bilan davlat idoralari, korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati, jamoat birlashmalari oʻrtasida mulkiy va nomulkiy nizolarni, qonunbuzarliklarga doir ishlarni koʻrib chiqib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxona, muassasalar, tashkilot huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qiladi. S. boshqa davlat organlaridan, jamoat birlashmalari va har qanday shaxsdan mustakil va xolisona faoliyat yuritishi, barcha ishlarni faqat qonunga boʻysunib koʻrib chiqishi va hal etishi lozim. S.lar odatiy va favqulodda S.larga boʻlinadi. Favqulodda S.larni tashkil etish deyarli barcha zamonaviy konstitutsiyalarda man etilgan. Odatiy Slar umumiy vakolatli va ixtisoslashgan, yaʼni harbiy, xoʻjalik (arbitraj, savdo), bojxona, soliq (moliyaviy), mehnat nizolari boʻyicha va h.k. sudlar boʻlishi mumkin
|
Fuqarolik jamiyati institutlari
|
Fuqarolik jamiyati muayyan hududda yashovchi, erkin va ozod kishilardan iborat aholi, millat va xalqning yashash tarzini anglatadi. Fuqarolik jamiyati demokratiyaga asoslangan davlatchilik sharoitida shakllanadigan va rivojlanadigan ijtimoiy muhitdir. Fuqarolik jamiyati shunday ijtimoiy muhitki, bunda fuqarolar o‘zaro hamkorlik asosida ijtimoiy va boshqa ehtiyojlarini qonuniy ravishda o‘zlari qondirib boradi.
Fuqarolik jamiyati shakllanishining umumiy jihatlarini quyidagilar tashkil qiladi: birinchisi – xususiy mulkchilik. Rivojlangan demokratik davlatlarda aholining aksariyati xususiy mulk egalari hisoblanadi. O‘rta mulkdorlar sinfi – jamiyat umumiy aholisining ko‘pchiligini tashkil qiladi. Binobarin, xususiy mulk – fuqarolik jamiyati shakllanishi va funksionallashuvining dastlabki va muhim asosi sanaladi.
Fuqarolik jamiyati amal qilishining ikkinchi muhim omili erkin bozor iqtisodiyotidir. Erkin bozor iqtisodiyoti sharoitidagina xususiy tadbirkorlik, ishbilarmonlik faoliyati uchun keng imkoniyatlar yaratilishi mumkin.
Fuqarolik jamiyatining uchinchi muhim belgisi quyidagilardan iborat: har qanday demokratik davlat fuqarolarning ehtiyojlari va manfaatlarini yuqori darajada qondirib borishni nazarda tutadi. Ammo hozirgi zamonning o‘ta murakkab ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi sharoitida davlat tashkilotlarining fuqarolar ehtiyojlari va manfaatlarini aniqlash, ulardan xabardor bo‘lish imkoniyati tobora qiyinlashib bormoqda. Bu muammoni bartaraf etishning yagona yo‘li – davlat tashkilotlarining jamiyat hayotini boshqarib borishdagi ko‘plab funksiyalarini bosqichma-bosqich nodavlat tashkilotlar, birlashmalarga ya’ni fuqarolik jamiyati institutlariga o‘tkazish hisoblanadi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |