GLOSSARIY
Avtokratiya-Avtokratiya-Autocratic
Avtokratiya–davlat boshlig‘i cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lgan boshqaruv. Ushbu tushuncha hozirgi davr lug‘atlarida hokimiyatga da’vogarlik qiluvchi shaxs, guruhning cheklanmagan siyosiy xukmronlikka intilishi sifatida ifodalanadi.
Avtoritarizm- Avtoritarizm-Authoritarianism
Avtoritarizm–(lotinga “autorities” – obro‘, nufuz va e’tibor) davlatni boshqarish usullaridan
biri. YAkka shaxsning davlatning o‘z ta’siri, obro‘si, tashkilotchiligi, shijoati, jamiyatni yaxshi bilimi asosida boshqarishi. Avtoritarizm, odatda, jamiyat o‘z taraqqiyoitining murakkab, qaltis va mas’uliyatli davrlarini boshidan kechirayotgan pallalarda saxniga chiqadi. XXasrda avtoritarizm asosan salbiy ma’noda namoyon bo‘ldi. Hozirgi darv avtoritarizmiga harbiy-politsiya fashistik tartibotlar “kazarmali kommunizm” shuningdek stalinizm kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |