Shaxs reja: Shaxs haqida tushuncha, individ, shaxs, individuallik tushunchalari. Shaxs faolligi tushunchasining mazmuni. Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar. Shaxs psixologik strukturasi. Shaxsning o‘zini-o‘zi anglashi



Download 40,56 Kb.
bet1/6
Sana09.12.2022
Hajmi40,56 Kb.
#882572
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SHAXS


SHAXS
REJA:
1. Shaxs haqida tushuncha, individ, shaxs, individuallik tushunchalari.
2. Shaxs faolligi tushunchasining mazmuni. Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar.
3. Shaxs psixologik strukturasi.
4. Shaxsning o‘zini-o‘zi anglashi. “Men” konsepsiya va uning rivojlanishi.
5. Shaxs borasidagi nazariyalar
Tayanch so‘z va iboralar: Shaxs, individ, individuallik, faollik, faoliyat, motiv, qiziqishlar, shaxsning shakllanishida ta’sir qiluvchi omillar, shaxs sifatlari.
1. Shaxs haqida tushuncha, individ, shaxs, individuallik tushunchalari. Mustaqillikka erishgan O‘zbekistonda kelajagi buyuk davlat qurayotgan ekanmiz, uning faol quruvchisi bo‘lgan shaxsning psixologiyasi masalalarini o‘rganish va ishlab chiqish g‘oyat katta ahamiyatga egadir. Bu masalani o‘rganish yangi kishini kamol toptirish nazariyasi va amaliyoti ilmiy jihatdan ishlab chiqishda muhim o‘rin tutadi. Shaxs ijtimoiy munosabatlar sistemasining, ijtimoiy hayotning ko‘p qirrali, murakkab bo‘g‘inidir. U bir tomondan ijtimoiy – tarixiy taraqqiyotning mahsuli bo‘lsa, ikkinchi tomondan ijtimoiy taraqqiyotni ta’min etuvchidir.
Biz psixologiyani o‘rganar ekanmiz, individ, shaxs, individuallik tushunchalarini bir-biridan farq qilishmiz kerak. Odamning inson jinsiga mansubligi inivid tushunchasi bilan ifodalanadi.Biz katta yoshdagi normal odamni ham, chaqaloqni ham, tilni va oddiy malakalarni o‘zlashtira olmaydigan telbalarni ham individ deb atay olamiz. Biroq bo‘lardan faqat birinchisigina shaxs, ijtimoiy mavjudot hisoblanadi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi va ijtimoiy taraqqiyotda faol ishtirok etuvchi odamgina shaxs deb ataladi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam keyinchalik shaxsga aylanadi. Shaxs jamiyat a’zosidir. U ommaning sinfning ajralmas qismidir. U omma bilan harakatlanib tarixni yaratadi. Shaxs ijtimoiy boyliklar yaratuvchidir. Shaxsning shaxs bo‘lishligi uchun u faollikka ham ega bo‘lishi kerak. Chunki faoliyatdagi faollik shaxsning muhim belgisidir. Faollik hamisha yaxshi yashashga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Kishi yaxshi yashashi uchun, jamiyatni rivojlantirish uchun ataylab faollik ko‘rsatadi. Bu shaxsning onglilik belgisidir. Shaxsning xarakterli belgilaridan biri individuallikdir. Individuallik har bir shaxsning o‘zigagina hos bo‘lgan, takrorlanmaydigan xususiyatdir. Individuallik kishining xarakteri, temperamenti, psixik kechinmalarining o‘ziga hos hususiyatlari, hissiyoti va faoliyatining motivlarida ko‘rinadi. Ana shunga ko‘ra kishilar bir-birlaridan farq qiladilar. Dunyoda qancha odam bo‘lsa, shuncha individuallik mavjuddir. Hech kim bir-birini o‘rnini bosa olmaydi. «O‘nta bo‘lsa, o‘rni boshqa» maqoli individuallikka ham nisbatan aytilgandir. Shaxs tushunchasi qadimdan mavjud bo‘lib, u dastlab aktyor niqobi, keyinchalik esa aktyor ma’nosini anglatgan. Chunki sahnadagi ko‘rinish o‘zgarishi bilan aktyor maskasi ham o‘zgargan. Bundan tashqari, kishi turli sharoitda o‘z qiyofasini o‘zgartirishi va o‘zini bir necha xil qilib ko‘rsatishi ham mumkin. Kishi artist kabi turli rollarni bajarishi mumkin.

Download 40,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish