26 variant
1 savol
Siyosiy partiyalar, ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifodalovchi, ularning eng faol vakillarini birlashtiruvchi siyosiy tashkilotlar. Siyosiy partiyalar jamiyat siyosiy tizimining muxim kismi, ular davlatning siyosiy yoʻnalishini belgilashda ishtirok etadi, hukumatning vakillik va ijro etuvchi muassasalarini shakllantiradi. Dastlabki Siyosiy partiyalar 17—18-asrlar inqiloblari davrida paydo boʻla boshlagan boʻlsada, Siyosiy partiyalarga oʻxshash jamoa, tashkilotlar qadimdan mavjud edi. Afina geteriyalari, Rim optimat va populyarlari antik davrda Siyosiy partiyalar vazifasini bajargan. Sp.ning universal shakli asosan, qarindoshlik aloqalari bilan boglangan kishilar guruhi va maxfiy tashkilotlar boʻlgan (Yorklar va Lankasterlar — oʻrta asrlar Angliyasida; Ali tarafdorlari — oʻrta asrlarda Arabistonda). Osiyo davlatlarida hozirgi kunda ham qarindoshlik va yurtdoshlik tamoyillarining Sp.ning shakllanishi va faoliyat koʻrsatishida ahamiyati katta.
Markaziy Osiyoda Sp. tuzish uchun tarixiy-ijtimoiy vaziyat 19-asrning oxiri — 20-asrning boshlarida yuzaga kela boshladi. Jadidlar va maʼrifatparvarlarning xalq orasida maʼrifatni yoyib, uning siyosiy faolligini oshirish, ommani chor Rossiyasi tarkibida muxtoriyatga erishishga daʼvat qilish, oʻlkada mustaqil milliy davlat yaratish masalasini oʻrtaga qoʻyish borasidagi harakatlari shundan dalolat berardi (qarang Jadidchilik). Lekin ularning intilishlariga chor hokimiyati va mahalliy hukmdorlar boshdan qarshilik qildi. Oqibatda, mintaqada 1917 yilgacha boʻlgan davrda siyosiy, nazariy va tashkiliy jihatdan yetuk Sp. shakllanib ulgurmadi. Okt. toʻntarishi arafasida va undan keyin oʻzini namoyon eta boshlagan siyosiy tashkilotlar va ularning rahbarlari qatagʻonga uchradi, badargʻa va surgun qilindi (qarang "Milliy ittihod", Yosh buxoroliklar, Yosh xivaliklar). Shoʻrolar davrida esa hukmron kommunistik partiyadan boshqa bironbir partiyani tuzish taqiqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqil boʻlganidan soʻng Sp.ning shakllanishi va faoliyat olib borishiga imkoniyat yaratildi. Mamlakatda hozirgi paytda 5 ta siyosiy partiya (Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston "Adolat" sotsialdemokratik partiyasi, Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi) mavjud. Bu Siyosiy partiyalar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (1992 y. 8 dek.), Oʻzbekiston Respublikasining "Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida"gi qonuni (1996 y. 26 dek.), boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, oʻz ustavi asosida amalga oshiradi. Siyosiy partiyalar tashkil etish huquqi Konstitutsiyaning 34moddasida mustahkamlangan. Konunga koʻra, Sp. fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirish maqsadida, xohishirodani erkin bildirish, partiyaga ixtiyoriy ravishda kirish va undan chiqish, aʼzolarining teng huqukliligi, oʻzini oʻzi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va faoliyat koʻrsatadi. Lekin konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirishni maqsad qilib qoʻyuvchi; Oʻzbekiston Respublikasi suvereniteta, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy hukuq va erkinliklariga qarshi chiquvchi; urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targʻib qiluvchi; xalqning sogʻligʻi va maʼnaviyatiga tajovuz qiluvchi; milliy va diniy ruhdagi partiyalarni tuzish va ularning faoliyat koʻrsatishi taqiqlanadi. Siyosiy partiyalar toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni boʻyicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmat qiluvchi shaxslar (sudyalar, prokurorlar va prokuratura tergovchilari); ichki ishlar organlari, milliy xavfsizlik xizmati xodimlari, harbiy xizmatchilar, xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Siyosiy partiyalarga aʼzo boʻla olmaydilar. Siyosiy partiyalarga aʼzolik faqat yakka tartibda qayd etiladi. Bir partiyaningaʼzosi ayni vaqtda 2partiyaga aʼzolikka qabul qilinmaydi. Siyosiy partiyalarni tuzish uchun kamida 8 ta hududiy subʼyektda (viloyatda), shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan hamda partiyaga birlashish istagida boʻlgan kamida 20 ming fuqaroning imzosi boʻlishi talab etiladi. Siyosiy partiyalar saylab koʻyiladigan davlat organlaridagi oʻz vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda, qonunda belgilab qoʻyilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etadi. Oʻz partiyalarining siyesatini uyushqoklik bilan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida Siyosiy partiyalarning fraksiyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarida partiya guruhlari tuziladi. "Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida"gi qonunda Siyosiy partiyalar faoliyatining kafolatlari, ularni tuzish, roʻyxatga olish, partiyalar mulki, ular faoliyatini toʻxtatish tartibi va boshqa masalalar toʻliq koʻrsatib berilgan
2 savol
O’zbekiston Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan rivojlanishning «o’zbek modeli» asosida huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurish yo’lidan izchil bormoqda, – deydi J.Abdullayev. – Ushbu serqirra jarayon samaradorligini oshirish, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va demokratik yangilanishni ta’minlashda jamoatchilik fikrini shakllantiradigan hamda aholining amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida faol ishtirok etishiga ko’maklashadigan ommaviy axborot vositalari muhim o’rin egallaydi. Taraqqiyotimiz yo’lida erishilayotgan yangi yutuqlar va marralar bilan bir qatorda mazkur sohada ham ijobiy o’zgarishlar ro’y bermoqda. O’n besh yil avval mamlakatimizda 475 ommaviy axborot vositalari mavjud bo’lgan bo’lsa, bugungi kunda qariyb 1200 bosma va elektron ommaviy axborot vositalari ro’yxatga olingan. Ularning 60 foizdan ortig’i mamlakatimiz hududlarida faoliyat ko’rsatmoqda. Nodavlat ommaviy axborot vositalari soni ham tobora ko’payib borayotir. Ayni paytda barcha telekanallarning 53 va radiokanallarning 86 foizi ushbu toifaga kiradi. Axborot sohasi moddiy-texnik bazasining izchil mustahkamlanib borayotgani istiqlol yillarida ushbu yo’nalishda ulkan ishlar amalga oshirilganidan dalolat beradi. Natijada 90 nashriyot va 1300 dan ziyod matbaa korxonalari tomonidan chiqarilayotgan mahsulotlar sifati ancha oshdi. Ko’plab davlat va nodavlat teleradiostudiyalar zamonaviy media-texnologiyalar va raqamli asbob-uskunalardan foydalangan holda, o’z ko’rsatuv hamda eshittirishlarining texnik sifatini jahon standartlari darajasiga ko’tarishga erishdi. Axborotni yanada tezkor tarqatish imkonini beradigan internet jurnalistikani rivojlantirish uchun ham keng imkoniyatlar yaratilganini ta’kidlash joiz. Bugungi kunda media-makonda mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarining yuzdan ortiq veb-saytlari faoliyat ko’rsatmoqda. Oliy o’quv yurtlari o’quv dasturiga maxsus kurslar kiritilgan bo’lib, bu mazkur sohada mehnat qilayotgan jurnalistlar safini kengaytirishga yordam bermoqda. Bugungi kunda matbuot sohasida ana shunday miqdor o’zgarishlari bilan birga, jiddiy sifat o’zgarishlari ham yuz bermoqda. Gazeta va jurnallar, radio va telekanallarning mazmun-mohiyati, mavzu doirasi zamon talablariga mos bo’lib, jurnalistlarning dunyoqarashi, bilim va tajribasi, kasb mahorati yuksalib borayotir. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, ommaviy axborot vositalarining eng muhim vazifasi mamlakatimizda olib borilayotgan ichki va tashqi siyosatni atrofimizda sodir bo’layotgan voqealarga nisbatan fikrlar va qarashlar rang-barangligi, jamiyatimizni yanada erkinlashtirish maqsadlaridan kelib chiqqan holda, xolisona yoritishdan iborat. Shu munosabat bilan ommaviy axborot vositalari zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi. Birinchi navbatda, ular real hayotni, mamlakatimizda ro’y berayotgan ulkan o’zgarishlarni xolis va har tomonlama aks ettirishi, yuzaga kelayotgan muammolarni ko’tarib chiqishi, shu tariqa ularni hal etishga ko’maklashishi lozim. Istiqlol yillarida yangi ijtimoiy munosabatlarning samarali huquqiy mexanizmini yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Ommaviy axborot vositalari fuqarolik jamiyatini shakllantirish va huquqiy demokratik davlat qurishning muhim institutlaridan biridir. Ushbu sohadagi davlat siyosati O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo’yilgan so’z erkinligi prinsiplari va fuqarolarning axborot olish huquqini izchillik bilan to’liq amalga oshirishni ta’minlashga qaratilgan. Ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga solish, ularni erkinlashtirish va qo’llab-quvvatlash bo’yicha xalqaro normalarga to’liq mos keladigan, demokratlashtirish hamda modernizatsiya qilish, ijtimoiy siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida ishtirok etishining huquqiy kafolatlarini ta’minlaydigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi. Avvalambor, bu O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidir. Masalan, Asosiy qonunimizning 29-moddasi har kim fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi huquqi, shuningdek, o’zi istagan axborotni izlash, olish hamda tarqatish huquqiga ega ekanini kafolatlaydi. Konstitutsiyada ommaviy axborot vositalarining huquqiy maqomini belgilovchi maxsus normalar ham bor. 67-moddaga binoan, ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi, axborotning to’g’riligi uchun belgilangan tartibda javobgardir va senzuraga yo’l qo’yilmaydi. Ushbu konstitutsiyaviy prinsiplar asosida va izchil taraqqiyotimiz talablari e’tiborga olingan holda aniq maqsadga yo’naltirilgan qator qonunlar qabul qilindi. «Ommaviy axborot vositalari to’g’risida», «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to’g’risida», «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida», «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to’g’risida», «Reklama to’g’risida», «Telekommunikatsiyalar to’g’risida», «Axborotlashtirish to’g’risida», «Noshirlik faoliyati to’g’risida», «Aloqa to’g’risida»gi va boshqa qonunlar shular jumlasidandir. Mazkur qonun hujjatlarining qabul qilinishi ushbu sohada ilgari mavjud bo’lmagan huquqiy institutlarni tashkil etish hamda rivojlantirish imkonini berdi. Ular demokratik standartlarga muvofiq so’z erkinligi, hech qanday moneliksiz axborotni tarqatish, izlash, olish, unga egalik qilish va undan foydalanish, axborot mahsulotini yaratish va tarqatishda foydalaniladigan materiallar, xomashyo, texnika vositalari hamda uskunalarini ishlab chiqarish, xarid qilish, saqlash va qo’llash masalalarini tartibga soladi. Bularning barchasi bugungi kunda hayotga izchil tatbiq etilmoqda
3 savol
Nodavlat notijorat tashkilotlari dastlab jamiyatni o’zini o’zi boshqarishi va uni mustaqil ijtimoiy birlik sifatida yashashini ta'minlash ehtiyojlari va manfaatlari asosida paydo bo’ldi. XX asrning o’rtalariga kelib esa nodavlat va notijorat tashkilotlar demokratik jamiyatning muhim va asosiy institutlaridan biriga aylandi. Shunga ko’ra, nodavlat notijorat tashkilotlar mazmun va mohiyatini chuqur anglash, ularning demokratik fuqarolik jamiyatining muhim va asosiy institutlaridan biri ekanligi to’g’risidagi tushunchalarni o’rganishga ehtiyoj sezilmoqda. Shuningdek, demokratik jamiyat tushunchasi to’g’risidagi tasavvurlar nodavlat notijorat tashkilotlarni chuqur idrok etishga imkoniyatlar beradi.
Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning IX sessiyasi (2002 yil 29-30 avgust) mamlakatda fuqarolik jamiyati qurishni avj oldirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Sessiyada mamlakat Prezidenti I.A.Karimov «O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari»ga doir ma'ruzasi bilan so’zga chiqdi. o’z nutqi bilan prezidentimiz adolatli demokratik jamiyat qurishning kontseptual nazariy asoslarini yanada boyitdi. Xususan, Prezident I.A.Karimovning mamlakatda fuqarolik jamiyati barpo etishning asosiy yo’nalishlari va maqsadlarini belgilab berdi: «Beshinchi ustuvor yo’nalish fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim sharti bo’lib, bu jamiyat hayotida nodavlat va jamoat tashkilotlarining o’rni va ahamiyatini keskin kuchaytirishdan iborat. Yoki boshqacha qilib aytganda, bu - «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» degan tamoyilni amalda hayotga joriy etish demakdir. Hammamizga ayonki, bu yo’nalish ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan bog’liq ko’p masalalarni hal qilishda davlat tuzilmalarining rolini kamaytirish va bu vazifalarni bosqichma-bosqich jamoat tashkilotlariga o’tkaza borishni taqozo etadi. Buning uchun, avvalambor, davlatning iqtisodiy sohaga, xo’jalik yurituvchi tuzilmalar, birinchi galda, xususiy sektor faoliyatiga aralashuvini cheklash lozim»( 1Karimov I.A. O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuєurlashtirish va fuєarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari.. «Xalq so’zi», 2002, 30 avgust.).
Ma'lumki, zamonaviy mamlakatlarda hukumat alohida olingan fuqarolarga nisbatan ular a'zo bo’lgan ijtimoiy guruhlar vositasida ta'sir ko’rsatadi. Ijtimoiy guruhlarni birlashishga, harakat qilishga undovchi kuch, bu ularning manfaatlaridir. Manfaatlar alohida ijtimoiy guruhlarning manfaatlari sifatida shakllangan bo’lsa-da, bu guruhlarning a'zolari faqat mazkur bir guruhning emas, balki bir vaqtning o’zida boshqa ijtimoiy guruhlarning ham a'zosi bo’lishi mumkin. Buning sababi shuki, har bir ijtimoiy qatlamning o’zi bir necha kichik guruhlarga bo’linib, ular bir-biridan malakasi, qanday mashg’ulot bilan bandligi va boshqa ijtimoiy belgilari bilan farqlanadi. Har bir guruh a'zosi ish joyida birinchi, bo’sh vaqtida ikkinchi guruhning a'zosi bo’lishi mumkin.
Fuqarolarning ma'lum ijtimoiy guruhga mansubligidan kelib chiqib, nodavlat va notijorat tashkilotlarga uyushishi natijasida manfaatlar uyg’unlashuvi ro’y beradi. Qaysi shaxsning qanday ijtimoiy guruhga a'zoligi, uning manfaatlaridan qay biri ustuvor va barqaror ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqib, u o’zi uchun muhimroq bo’lgan ijtimoiy guruhga a'zo bo’ladi. Ana shunday ahamiyatli guruhlar ta'siri ijtimoiy tuzulmalar irodasini ifodalaydi. Bunday guruhlar manfaatlarini hukumat doimo e'tiborga olishi lozim.
Institutlashgan ijtimoiy guruhlar shaklini olgan manfaatlar guruhlari turli mamlakatlarda ularning tarixiy tajriba va an'analaridan kelib chiqib, turlicha nomlanadi. Masalan, AQShda manfaatlar guruhlari fuqarolik institutlari, volontyorlar tashkilotlari, umumiy manfaatlar guruhlari, bosim o’tkazish guruhlari deb atalsa, G’arbda nodavlat notijorat tashkilotlari, xayriya tashkilotlari, jamg’armalar kabi nomlar bilan ataladi. G’arb sotsiologiyasida esa bu tashkilotlar manfaatlar guruhlari nomi bilan keng tarqaldi. O’zbekistonda esa mustaqillikning ilk davridan boshlab bu tashkilotlar jamoat tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ijtimoiy tashkilotlar nomi bilan keng ommalashdi.
Rivojlangan mamlakatlarda ishchilar, dehqonlar, fermerlar, ishbilarmonlar, turli kasbiy u?shmalar, birlashmalar (diniy, xotin-qizlar, yoshlar, faxriylar) kabi yuz minglab jamoat tashkilotlari bo’lib, ular o’zlariga a'zo bo’lgan fuqarolarning manfaatlari va ehtiyojlarini qondirishning o’ziga xos zaruriy faoliyat ko’rsatish maydonidir. Ijtimoiy fanlarning so’nggi natijalariga muvofiq, manfaatlar guruhlari, bu - unga a'zo bo’lgan kishilarning manfaatlarini boshqa guruhlar va siyosiy institutlarning o’zaro munosabatlarida, shuningdek, o’z guruhi ichida ifoda qilish uchun tuzilgan ixtiyoriy tashkilotlardir.
Nodavlat notijorat tashkilotlar jamiyatda mavjud bo’lgan barcha manfaatlarni qamrab olib, ularni ifodalagandagina, ular o’z maqsadlarini samarali bajaradilar. Jamiyatda turlicha, jumladan, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy, milliy, mafkuraviy, madaniy, ekologik, hududiy, mintaqaviy, diniy, shuningdek, yana o’nlab alohida sohalarga doir manfaatlar mavjuddir. Manfaatlar guruhlari ana shu manfaatlarning ifodachisi sifatida paydo bo’ladi va faoliyat yuritadi. Manfaatlarning guruhlar vositasida ifoda etilishi siyosiy qarorlar qabul qilish uchun yordam berishidan tashqari, ular davlat va hukumat organlari ehtiyoj sezayotgan axborotlar va boshqa ma'lumotlarni etkazib berib turishi mumkin (Qarang: Osnovo' politicheskoy nauki. Pod.red.V.P.Pugachva, Uchebnoe posobie dlya vuzov. chast 11. -Moskva: MGU,1996, s.7-8.).
Nodavlat notijorat tashkilotlar fuqarolarning ixtiyoriy birlashmalaridir. Ular siyosiy partiyalardan farq qilib, hokimiyatni egallash, lavozimlarga nomzodlar ko’rsatish bilan shug’ullanmaydilar. Lekin, ular hukumat va boshqa siyosiy tashkilotlarga ta'sir qilish uchun harakat qiladilar. Bu sohadagi faoliyat siyosiy tashkilotlar vositasisiz bo’lishi lozim. Manfaatlar guruhlarining harakat usullari siyosiy organlarni ishontirish, maslahat berish, jamoatchilik fikrini shakllantirish, siyosiy arboblarga ijtimoiy guruhlarning ehtiyojlarini etkazish, o’z manfaatlarini qondirish uchun tashkiliy tadbirlar o’tkazish bilan chegaralanadi.
Shuningdek, siyosiy partiyalar faoliyatining muhim xususiyatlarini tahlil qilish nodavlat notijorat tashkilotlar, guruhlar, turli birlashmalar, tashkilotlarning faoliyati va harakat doirasini o’rganmay turib, amalga oshmaydi. Lekin, klassik demokratik nazariyalarda siyosiy guruhlarning maqsadlari ma'lum bir siyosiy yo’lni amalga oshirish uchun hokimiyatni egallash hisoblangan bo’lsa, manfaatlar guruhlarining maqsadi siyosatga ta'sir ko’rsatishdan iboratdir, deb ifodalangan. Siyosiy partiya asosan turlicha siyosiy manfaatlar, ko’rsatmalar va yo’nalishlarga ega bo’lgan kishilarni birlashtirsa, manfaatlar guruhlari ko’proq o’z a'zolari uchun xos bo’lgan manfaatlar, asosan bir yoki bir necha muammolarni hal qilishga o’z diqqat-e'tiborini qaratadi. Nodavlat notijorat tashkilotlar samarali raqobat yo’llarini va siyosiy jarayonda ommaviy tarzda qatnashish usullarini shakllantiradi. Ular o’z manfaatlarini himoya qilgan holda davlatning u yoki bu sohadagi siyosati harakatlarini muvozanatda saqlab turish imkoniyatlariga ega bo’ladi. Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar har bir alohida fuqaro (shaxs)ga, siyosiy etakchiga ta'sir o’tkaza olish va unga siyosatda ishtirok etish imkoniyatini yaratadi.
2-savol. Nodavlat notijorat tashkilotlarning funkoiyalari turli-tumandir. Lekin, ularning asosiy funkoiyalaridan biri turli ijtimoiy guruhlar va qatlamlar manfaatlarini artikulyaoiya (Kishilarning alohida bir-birlariga o’xshash manfaatlarini guruh yoki qatlam miqyosida birlashtiradi.) qilishdir. Manfaatlar guruhlari individlardagi turli yo’nalishdagi qarashlar va fikrlarni bir tizimga keltiradi, biron bir tashkilotning bir qolipga solingan manfaatlar tizimi asosida tashkilotning harakat dasturini shakllanishiga yordam beradi. Guruhlar a'zolarining ayrim olingan manfaatlari siyosiy jarayonlarga manfaatdor guruhlar vositasida aniq, bir tizimga solingan talablar tarzida tatbiq etiladi. Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar ko’plab ayrim manfaatlarni agregaoiya qilish (munozaralar va muhokamalar yordamida turli manfaatlarni uyg’unlashtirish va ular o’rtasida ma'lum bir munosabatlar tizimini o’rnatish)ni ham amalga oshiradi. Bu jarayonda eng asosiy va muhim ahamiyat kasb etadigan, guruh a'zolarining keng qatlamlari qarashlarini ifoda eta oladigan manfaatlar tanlab olinadi va ularni amalda qondirishning zaruriy chora-tadbirlari ko’riladi.
4 savol
Deylik ayrim millatlar tarixiy taraqqiyot davomida ishlab chiqarishning ma’lum sahasida yuksak layoqatni shakllantirgan tarbiya, tafakkurning ta’siri yo’nalishiga e’tibor beradi. Milliy xarakterida, hayotga, ijtimoiy hodisalarga munosabatida o’ziga xosliklari bor. Axloqiy, huquqiy, siyosiy madaniyat sohalaridagi xattiharakatlarda ham ma’lum ijobiy tafovutlar uchraydi. Bunga o’xshash rangbaranglik nafaqat boyligimiz, balki taraqqiyotimiz sur’atini tezlashtiruvchi omil bo’lishi mumkin,
Adolatli milliy siyosat olib borilganida ko’p millatlilik maqsadimiz yagonaligini, taqdirimiz birligini, hamjihatlik zarurligini tushunishta yordam beradi, umuminsoniy g’oyalarning ustuvor bo’lishini, shaxsiy manfaatlarni to’g’ri anglab olishni osonlashtiradi. Aksincha, milliy munosabatlarga ziyraklik va noziklik bilan yondashmaslik umummilliy tamoyillarga biroz e’tiborsizlik ham tinchlik va barqarorlikka salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. I.A.Karimov o’z fikrini davom ettirib, shunday yozadi: "Ayni chog’da insoniyat tarixida buning aksini, ya’ni ko’p elatli davlatlardagi millatlararo munosabatlarda uyg’unlikning yo’qligi, butunbutun xalqlar va mamlakatlarni ancha orqaga uloqtirib tashlagan ijtimoiysiyosiy falokatlarga olib borganini ko’rsatuvchi misollar ham oz emas. Zero, ko’p elatlilik nafaqat ayrim mamlakatlarning, balki butunbutun mintaqalarning ham ichki siyosiy barqarorligi va milliy xavfsizligiga putur yetkazuvchi bosh omilga aylangan"1.
Millatlararo hamjihatlik qaror topmasa, tajovuzkor Millatchilik va shovinizmning halokatli g’oyalari tarqalishi uchun qulay vaziyat yaratiladi. Milliy istiqlol royasining amal qilishiga, kishilar qalbi va ongiga singdirilishiga jiddiy zarar yetkazadi. Shuni hisobga olib, mamlakatimizda bu muammo ilmiy asosda, xolisona hal qilinmoqda. Millatlar o’rtasida mojarolarga yo’l qo’ymaslik uchun: etnik siyosatda shaxs xukuqlari ximoya qilinishining ustuvor bo’lishini. mamlakatlararo ziddiyatlarni amaliy tarzda xal qiladigan usullarga asor.ttanittti bosh yo’limiz ekanligiga, bozor munosabatlarini iqtisodiy taraqqiyotda barcha millatlarga mansub aholining manfaatlariga mos kelishiga, har bir millat madaniyati, tili, urfodat va an’analari, madaniy merosini rivojalantirishga alohida ahamiyat berilmoqda.
Mamlakatimizda statistik ma’lumotlarga ko’ra, 136 millat, elat, xalq va etnik guruhlarning vakillari yashaydi. Ularning har biri o’z milliy madaniy urfodatlari, an’analari, tiliga, konstitusiyaviy huquqiy tenglikka ega. O’zbekistonda bugungi kunda 100 dan ortiq milliymadaniy markaz faoliyat ko’rsatmoqda. Shu yo’nalishda markazlar tuzish bo’yicha 15 ta tashabbuskor guruh ish olib bormoqda. O’zbekistonda barcha millat vakillariga teng huquqli munosabat davlat qonuni bilan mustahkamlangan. BuniNg ijobati maktablarimizda 9 ta milliy tilda o’qitish ipshari, 20 tilda ommaviy axborot nashrlari faoliyat ko’rsatayotganlishda ko’rinmokda1.
Turli millat vakillarining ijodiy tadbirlari, badiiy ko’rgazmalari, bir tomondan, ayni millatning O’zbekiston fuqarosi sifatida o’z o’rni borligini ko’rsatsa, ikkinchi tomondan, shu zaminda yashovchi barcha millatlarning O’zbekiston xalqi — O’zbekiston fuqarosi ekanligani namoyon etuvchi, mustahkamlovchi milliy g’oya atrofida birlashuviga olib boradi.
Bashariyat tushunchasi rangorang millatlar va elatlar, shuningdek turli din va irqqa mansub insonlarni o’ziga qamrab oladi. Demak har bir inson bashariyat va ayni vaqtda o’z xalqi, o’z Vatanining farzandi hamdir. Har bir kishida o’z xalqining tili, ruhiyati, an’analari, qadriyatlari barQ urib turadi.
Milliy istiqlol g’oyasi o’z mazmunmohiyatiga ko’ra barcha millatlarning umumiy manfaatlarini ro’yobga chiqaradi. Mamlakatda fuqarolararo va millatlararo totuvlik hamda ijtimoiy barqarorlik muhitini ta’minlashga xizmat qiladi.
Zotan, har qanday polietnik davlatda turli millatlar o’rtasidagi munosabatlar davlat va jamiyat taraqqiyotiga zamin yaratuvchi omillardan hisoblanadi.
Millatlararo totuvlik va bag’rikenglikshshg asoslari
Jahon keng, dunyoda mamlakat ko’p, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz, O’zbekistonimiz yakkayu yagonadir. O’zbekiston deb atalmish yurtning yagonaligi uning betakror tabiati, boy tarixi, zahmatkash insonlari bilan bir qatorda bu zaminda turli millat va elat vakillarining yagona oila farzanlaridek yashashlarida namoyon bo’lmoqda. Bunday ahillik do’stlik va hamkorlik o’zining chuqur tarixiy ildizlariga va asosiga ham ega, Bu asoslar mamlakatimiz Konstitusiyasida mustaxkamlab qo’yilgan. Xususan, uning 18moddasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqyeidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdir", — degan qoida mustahkamlab qo’yilgan1.
E’tibor berilsa, mazkur qoidada milliy hayotga, fuqarolarning milliy histuygulariga daxldor muhym ahamiyatga ega bir qator tamoyillar belgilab qo’yilganiga ishonch hosil qilish mumkin.
Birinchidan, fuqarolarning milliy mansubliklaridan qat’iy nazar qonun oldida tengligi mustahkamlangan;
Ikkinchidan, fuqarolarning diniy e’tiqodidan qat’iy nazar bir xil huquq va erkinliklarga egaligi ta’kidlangan. Diniy qadriyatlar millat ma’naviyatining ajralmas qismi ekanini inobatga oladigan bo’lsak mazkur qoidaning amaliy ahamiyati oydinlashadi.
Uchinchidan, fuqarolarning irqiy tengligi qayd etilgan. Irqchilikdan g’ayriinsoniy mafkura va amaliyotning tariXimizda umuman kuzatilmaganini alohida qayd etish lozim. Ammo ayrim mintaqalarda tajovuzkor millatchilik g’oyalaRi bilan qurollangan ayrim guruhlar diniy aqidaparastlik va irqchilik qarashlaridan o’z maqsadlari yo’lida foydalanishga urinayotganini ham unutmaslik zarur. Demak muayyan hollarda ular omuxtalashgan shaklda ham chiqishi mumkin. Axborot globallashuvi kuzatilayotgan bugungi kunda turli g’oyalar hyech qanday chegaralarni tan olmay kirib kelishini e’tiborga oladigan bo’lsak ushbu tamoyilning ahamiyati yanada yaqqol namoyon bo’ladi.
Tarixiy tajriba ko’p millatli davlatning barkarorligi millatlararo munosabatlarga daxldor huquq va erkinliklarni to’gri belgilab qo’yish bilan bir qatorda amaliyotda unga qanchalik rioya qilishga ham bog’liqligini ko’rsatadi.
Ma’lumotlarga ko’ra, 2000 yilda 36 mamlakatda 40 ta, 2001 yilda esa 30 mamlakatda 36 harbiy nizo sodir bo’lgan Ularyugag 27 tasi, ya’ni 75 foizi bundan 10 yillar oldin boshlangan. Bu nizolarning aksariyati bir mamlakat ichida kechganini e’tiborga oladigan bo’lsak ularning milliy, diniy va irqiy asoslardan kelib chiqqan fuqarolik urushlari ekanini anglatadi.
Bemalol aytish mumkinki, jahonning turli nuqtalarida alangalanib turgan bunday nizolar aksariyat hollarda millatlararo munosabatlarda millatlararo totuvlik bagrikenglikning yo’qligi ham sabab bo’lmoqda. Shu nuqtai nazardan, respublikamiz milliy siyosatining asosiy tamoyillari hayotda ham o’z ifodasini topayotganini ta’kidlash zarur. Xususan, millatlararo munosabatlar sohasidagi amaliyot haqida gap ketar ekan, istiqlol yurtimizdagi turli millat va elat vakillariga o’zining tarixiy vatanlari bilan aloqalar o’rnatishga imkon berganini qayd etish lozim. O’rnatilgan aloqalar ona tilini o’qitish va o’rganishni yo’lga qo’yish, turli qo’llanmalar va adabiyotlarni o’z vaqtida olish, yoshlarni ta’lim olish uchun rivojlangan mamlakatlar, ba’zan esa ularning tarixiy vataniga yuborish imkoniyatlarini yaratdi. Shuningdek keng qamrovli madaniyma’rifiy dasturlarni amalga oshirish uchun sharoit yuzaga keldi.
O’zbekiston hozir va bundan keyin ham o’z mustaqilligini himoya qila olishi uchun ko’p millatli o’zbekistonliklarning har bir avlodi milliy istiqlol g’oyalari ruhida tarbiyalab borishi barqarorlik va umummilliy totuvlik va bag’rikevtlikni yanada mustaxdsamlab boradi. Zero, milliy g’oya — barcha o’zbekistonliklarning manfaatlarini ham ifodalovchi g’oyadir'
Do'stlaringiz bilan baham: |