12-mavzu. О‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari va milliy о‘z-о‘zini boshqarish reja: Rivojlangan G‘arb davlatlarida fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi



Download 50,63 Kb.
bet1/3
Sana20.06.2022
Hajmi50,63 Kb.
#685482
  1   2   3
Bog'liq
12-maruza (1)


12-MAVZU. О‘ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI VA MILLIY О‘Z-О‘ZINI BOSHQARISH


Reja:
1. Rivojlangan G‘arb davlatlarida fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi
2. G‘arb mamlakatlarida davlat va fuqarolik jamiyati institutlari о‘rtasida hamkorlik siyosati
3. Rivojlangan Sharq mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy hayotini modernizatsiyalashda fuqarolik jamiyati instutlarining о‘rni


Tayanch sо‘zlar: ijtimoiy sheriklik, fuqarolik jamiyati, fuqarolik jamiyati institutlari.


1.Rivojlangan G‘arb davlatlarida fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi

Fuqarolik jamiyati bir vaqtning о‘zida muayyan g‘oya va mafkura, aniq asosga ega bо‘lgan voqelikni qamrab olmasada uning amaliy xarakteri bilan bog‘liq holda namoyon bо‘ladi. Chunki bunday о‘z-о‘zini institutsional boshqaruv shakli bir tomondan, shaxsiy erkinlik, о‘zaro munosabatning turi va predmetini erkin tanlashga imkon beruvchi ijtimoiy munosabatlarning aniq sohasi va qizqishlarni subyektiv qondirish usuli sifatida talqin qilinsa, boshqa tomondan, yuzaga kelgan aniq voqea-hodisaga о‘ziga xos “kuchli va mustaqil shaxs” nuqtai nazaridan yondoshish imkonini beruvchi ijtimoiy tizim sifatida rivojlanib boradi. Masalan, AQShda fuqarolik jamiyatining dastlabki rasmiy institutlari diniy uyushmalar, maktablar va turar joyi bо‘yicha havfsizlik va tartibni ta’minlovchi ijtimoiy guruhlar sifatida faoliyat olib borgan. G‘arbiy Yevropada esa bundan farqli ravishda fuqarolik jamiyati institutlari iqtisodiy sohada о‘z-о‘zini namoyon qilib, bu yangi va eski tipdagi, oldingi uyushmalar va korporativ birlashmalar asosida tashkil topgan mustaqil bozor tashkilotlari sifatida faoliyat yuritgan. Germaniyada fuqarolik jamiyati institutlarining о‘ziga xos faoliyati gildiyada о‘z aksini topib, о‘z vaqtida hunarmand va savdogarlarning о‘z-о‘zini himoya qilish va shaharlarni boshqarishga о‘ziga xos ta’sir о‘tkazishning dastlabki shakli sifatida qaror topgan .


Hozirgi davrda rivojlangan G‘arb davlatlarida faoliyat olib borayotgan fuqarolik jamiyati institutlari demokratik siyosiy faollikni nazarda tutgan holda davlat ustidan nazoratni amalga oshiradi. Bunda siyosiy partiyalar ta’siri va о‘z-о‘zini boshqarish institutlari faolligi tobora ortib boraveradi. YA’ni shaxs erkinligi oliy qadriyat sifatida baholanadi. Masalan, AQSH, Buyukbritaniya, Avstraliyada mazkur prinsip sabab davlatning fuqarolik jamiyati hayotiga aralashuviga yо‘l qо‘yilmaydi.
Kuchli davlat an’anasi Sharq davlatlari kabi kо‘pgina G‘arb mamlakatlariga ham xos, ayniqsa Germaniya davlat boshqaruv tizimida bu holatga bevosita guvoh bо‘lishimiz mumkin. YA’ni Germaniya ijtimoiy-siyosiy hayotida davlatning roli jamiyat hayotini barqarorlashtirishdagi ahamiyati kuchli hisoblanadi. Shu boisdan ham davlat tuzilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Bunda milliy birdamlik g‘oyasi ustuvor ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham shaxsiy erkinlik davlat qudratiga bog‘lab talqin etiladi. Unga kо‘ra davlat kuchli bо‘lsagina, shaxs qiziqishlari va erkinligini himoya qila oladi. YA’ni, davlat tartibi g‘oyasi, milliy birdamlik shaxs erkinligidan ham ustun qо‘yiladi. Bunday xokimiyat boshqaruv tizimi Germaniyadan tashqari Fransiya va Yaponiyaga mamlakatlariga xosdir. Shuningdek, Germaniyada fuqarolik jamiyati sohasida va uning faolligini oshirishda fuqaroga nodavlat sektorni rivojlantirishning muhim maqsadli obyekti sifatida e’tibor qaratiladi. Germaniyada muhim siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarning hal etilishida hamda insonning qonuniy huquq va erkinliklari himoya qilinishidafuqarolik jamiyati institutlari muhim rol о‘ynaydi. Bunda davlat faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining ta’minlanishi fuqarolik jamiyati institutlarining muhim vazifasi deb qaraladi. Davlat tizimlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining amalga oshirilishida nohukumat tashkilotlarining rolini kuchaytirish davlatning jamiyat bilan samarali о‘zaro aloqada bо‘lishi mexanizmlarini mustahkamlaydi .
Germaniyada fuqarolarning davlat organlari faoliyati tо‘g‘risida erkin axborot olishga bо‘lgan konstitusiyaviy huquqlarini amalga oshirish kо‘p qirrali va murakkab jarayon sifatida baholanadi. Shuning uchun ham mazkur jarayonlar axborot erkinligiga oid huquqiy mexanizmlar asosida tartibga solinadi. Chunki bugungi kunda ommaviy axborot vositalari xodimlarining zamonaviy axborot bozori sharoitida jamiyat oldidagi mas’uliyati hamda javobgarligini yanada chuqur anglashiga xizmat qiluvchi zarur mexanizmlarni ishlab chiqish muhimdir. Shuning uchun ham 2003 yilning mayida Germaniyada oila, keksa fuqarolar, ayollar va yoshlar ishlari bо‘yicha qо‘mitaning kichik bо‘limi (Fuqarolik faolligi bо‘yicha kichik qо‘mita)tashkil etilgan. Uning vazifasiga Germaniyaning fuqarolik jamiyatini tadqiq etish tavsiyalarini bajarishga kо‘maklashish hamda о‘z yо‘nalishidagi qonun loyihalari va tashabbuslarini muhokama qilish kiradi.
Shuningdek bu mamlakatda aholining davlat, tijorat va jamoat tashkilotlariga bо‘lgan ishonchi “uchinchi sektor”ni rivojlantirishning muhim mezonlari hisoblanadi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonidagi «birinchi» va «uchinchi» sektorlar о‘rtasidagi о‘zaro munosabatlarni institusionallashtirish har ikki tomon uchun foydali hisoblanadi. Bunday hamkorlik siyosatini belgilab beradigan hujjatlar davlat bilan fuqarolik jamiyati institutlari о‘rtasidagi о‘zaro munosabatlarni rivojlantirishning muayyan bosqichi uchungina foydali bо‘ladi. Ularda davlat hokimiyatining fuqarolik jamiyati roliga nisbatan yangicha nuqtai-nazari aks etadi va uchinchi sektor tashkilotlari bilan samarali о‘zaro hamkorlik asoslari yaratiladi .
Germaniyada “uchinchi sektor” fuqarolik jamiyati, faol fuqarolik va birdamlik hissi – yaqin yaqingacha faqat siyosatshunoslarni qiziqtirgan tushunchalar endilikda barcha ijtimoiy-gumanitar soha vakillari tomonidan muhokama qilinmoqda. Buning siri nimada? Nima sababdan bugun uning ahamiyati bunchalik oshgan? Birinchidan “uchinchi sektor” – fuqarolik jamiyatining tashkiliy infratuzilmasi – uzoq yillar davomida rivojlanuvchi iqtisodning muhim tarmog‘iga aylandi. Masalan, birgina Germaniyaning о‘zida 1990 yildan 1995 yilgacha u 30% о‘sdi. Bundan ma’lum bо‘ladiki, uchinchi sektor mehnat bozori uchun alohida ahamiyat kasb etadi. 90 yil о‘rtalariga kelib Germaniya aholisining tahminan 2,1 mln. (ish bilan banlarning 5%) notijorat sektorda bо‘lgan. Boshqa mamlakatlarga nisbatan Germaniyaning “uchinchi sektori” о‘zining iqtisodiy ahamiyatiga kо‘ra “о‘rtacha” hisoblanadi. Unchalik katta bо‘lmagan boshqa G‘arb mamlakatlari - Niderlandiya, Irlandiya, Belgiya – bu jihat bо‘yicha 10% gacha chiqqan xolos. Sababi davlat va “uchinchi sektor” о‘rtasida bevosita va uzluksiz hamkorlik bu mamlakatlarda Germaniya darajasida rivojlantirilmagan. Germaniyada davlat va “uchinchi sektor” о‘rtasidagi subsidarlik tamoyilining qо‘llanilishi beg‘araz yordam bilan chegaralanadi.
Iqtisodiy jihatdan Germaniyada “uchinchi sektor” davlat moliyaviy resurslariga bog‘liq. Beg‘araz fondlar va ularning davlat tomonidan moliyalashtirilishi “uchinchi sektor”ning davlatga bog‘liqligini oshiradi. Va bu jihat ayniqsa boshqa davlatlar bilan solishtirilganda yaqqol namoyon bо‘ladi. Katta moliyaviy yordam olishda ifodalanuvchi siyosiy partiyalar va davlatga yaqinlik “uchinchi sektor” elementlarini fuqarolik jamiyatidan tashqarida bо‘lishiga va kvazidavlat sektoriga kirishiga olib keladi. Biroq “uchinchi sektor” “ezgu ishlar homiyligidan” iborat emas. Tashkilotlarda о‘tgan vaqt uchun tо‘lanmaydigan pul miqdori tо‘liq bandlikdagi millionlab odamlarga tо‘lanadigan pulga teng bо‘lgan. Jamoatchilik asosidagi faoliyatning manbai bо‘lgan birdamlik hissi fuqarolik jamiyati mavjudligining muhim asosi hisoblanadi. Oxirgi tadqiqotlar kо‘rsatishicha, Germaniyada 14 yoshdan katta bо‘lganlarning 34% jamoatchilik asosida (“uchinchi sektor” tashkilotlarida - 80%) faoliyat olib borib, bunga haftasiga о‘rtacha 5 soat vaqtini sarflaydi.
Germaniyada tuzilgan tashkilotlar о‘ziga xos jihati ijtimoiy-siyosiy jihatdan markaziy sohalar – atrof-muhitni saqlash va xalqaro faoliyat jabhasidagi dinamikasi bilan bog‘liq. “Uchinsi sektor” tashkilotlari a’zolarining tobora oshib borishi uning odamlar hayotiga kirib borganligidan dalolat beradi. Qolaversa, “uchinchi sektor” kо‘p jihatdan jamiyatning о‘z-о‘zini tashkillashtirish va innovatsiyalarga nisbiy layoqatidan dalolat beradi. YA’ni bu faoliyatdagi yangilik asosan hukumat faollik kо‘rsatmagan sohalarda yuzaga keladi. Shu nuqtai nazardan bu hodisani ijobiy baholash mumkin. AQShda kuzatilayotgan "Bowling alone" – ijtimoiy faollik halokati fenomeni Germaniya jamiyatiga xos emas.Germaniya misolida biz buning qarama-qarshi, ammo umuman olganda ijobiy natijalarini kо‘ramiz. Aynan yangi va о‘ziga mustahkam ishonchi bо‘lgan, davlat otalig‘idan tashqarida vujudga kelgan tashkilotlar о‘ziga xos fuqarolik jamiyatidan dalolat beradi. “Uchinchi sektor” va siyosatning boshqa sohalarini oladigan bо‘lsak, fuqarolik jamiyati ustuvorliklari, pruss-protestant etatizm va katolik paternalizmni о‘zida mujassam etgan Germaniya an’anasiga ziddir. Mazkur etatistik-paternalistik an’ana subsidarlik konsepsiyasida о‘z ifodasini topadi. Subsidar hisoblangan va shu bilan birga markaziy va ijtimoiy jihatdan qо‘llab-quvvatlashga munosib bо‘lgan tashkilotlar avvalo huquqiy chegaralar bilan belgilanadi, bu о‘z navbatida unchalik katta bо‘lmagan tashkilotlar imkoniyatlarini chegaralaydi. Bunda fuqarolik jamiyatining emas balki davlat va kommunalar qiziqishlari himoya qilinadi.



Download 50,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish