Маъруз бошқариш тизимига кириш режа: 1


МАЪРУЗА 7. NAZORAT-O’LCHOV ASBOBLARI. Datchiklar



Download 12,32 Mb.
bet17/65
Sana09.07.2022
Hajmi12,32 Mb.
#764637
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   65
Bog'liq
Бошқариш тизимига кириш

МАЪРУЗА 7.
NAZORAT-O’LCHOV ASBOBLARI. Datchiklar.

Texnologik jarayonlarni avtomatlshtirish – texnik jihozlarni va boshqarish tizimini qo’llab, odamlarni texnologik jarayonlarni boshqarishdan to’la yoki qisman ozod etishdir. Avtomatlashtirish odamlarni aqliy mehnatdan, ya’ni axborotni yig’ish, qayta ishlash va qabul qilingan qarorni boshqarishdan ozod etadi. Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimida, axborotni olish, qayta ishlash va undan foydalanishda odam qatnashmaydi.


Ishlab turgan jarayondan axborot olish uchun foydalaniladigan qurilma datchik deb ataladi, ba datchik – avtomatlashtirishning elementi bo’lib, turli fizik kattaliklarni (harorat, bosim, sarf, oqim tizimi, satx, namlik va x.k.) shunday signalga aylantiradiki, bu signalni keyinchalik ABT yoki EXM da qayta ishlash mumkin bo’lsin. Keyinchalik bu signal boshqa signallar bilan solishtirilib o’zgarishlari taxmin etiladi.
Olingan axborotni qayta ishlab, ijrochi singal ishlab chiqariladi va u texnologik jarayonga ta’sir etadi, ya’ni signal avtomatikaning ijrochi elementi orqali, mexanik ta’sirga aylanib texnologik jarayonni o’zgartiradi.
Shunday qilib xulosa qilishimiz mumkin avtomatlashtirilgan tizimda datchik, kuchaytirgich-o’zgartiruvchi va ijrochi mexanizm ketma-ketligidan iborat bo’ladi.
Avtomatlashgan tizimda eng qulay va universal bo’lganligi uchun elektrik signal qo’llaniladi.Bu signal pnevmatik va gidravlik signallarga nisbatan quyidagi qulayliklarga ega:

  1. Elektr signalni uzoq masofaga uzatish mumkin;

  2. Elektr signal quvvatini boshqa energiya ko’rinishga aylantirish mumkin, signalni mexanik harakatga yoki issiqlik ko’rinishiga o’tkazish mumkin;

  3. Elektr signalni oddiy qurilmalar yordamida qayta ishlash, kuchaytirish mumkin.

Shu sababli avtomatlashtirilgan tizimlarda asosan elektr signallar qo’llaniladi.
Elektr signallar asosan datchiklarda shakllantiriladi.
DATCHIKLAR
Datchiklar turlich talqin etiladi, ulardan eng anig’i: “datchik - bu shunday qurilmaki, qurilmaga ta’sir etayorgan tashqi ta’sirni sezib, uning o’zgarishiga munosib elektr signalini chiqaradi.” Demak datchik bir turdagi energiyani ikkinchi turga (masalan elektr energiyaga) o’tkazuvchi (преобразователь), boshqach qilib aytganda fizik kattalikni (elektr bo’lmagan) elektr signalga aylantiruvchidir. Tashqi ta’sir deganda qurilmaga ta’sir etayotgan o’zgarishlarning kattaligini biror ko’rsatkich (son, yuza, hajm va x.k) ko’rsatkichlariga tushuniladi va jarayonni boshqarishda shu ko’rsatkichlar o’zgartiriladi.
Rasm 1-1. Avtomatlashtirilgan o’lchovchi kompleks blok sxemasi keltirilgan. Bu blok – sxemada o’lchovchi va boshqarish tizim uchun axborot tashkil etadi.
O’lchanayotgan qurilmadan axborot asosan datchiklar yordamida yig’iladi, ular (2,3,4) – datchiklar, qurilma sirtida yoki ichida joylashgan. Datchik 1 esa qurilmadan ma’lum masofada turibdi, shu sababli uni kontaktsiz (безконтактный) deyiladi. Kontaksiz datchik qurilmaga tegmasa ham qurilma bilan quvvat almashib turishi mumkin.
Rasm 1-1 dagi 1,2,3,5 datchiklar passiv deyiladi chunki bu datchiklarda chiqish signallarni shakllantirish uchun qo’shimcha manba kerak emas, 4-datchik aktiv datchik deyiladi va unga manba kerak bo’ladi.

Rasm 1-1. Avtomatlashtirilgan o’lchovchi kompleks blok sxemasi i.

O’lchovchi komplekslar talabga qarab datchiklar soni bir nechta bo’lishi mumkin. Datchikdan chiqqan elektr signal multiplekslar orqali kerakli qurilmaga yuboriladi. Agar elektr signal analogli bo’lsa, ular analog-raqamli o’zgartiruvchiga (АЦП) yuboriladi va raqamli signalga aylantiriladi. Ko’pincha signallar multiplekslarda silliqlanadi (отцифровавыются) mikroprotsessorga jo’natiladi.


Shunday qilib, datchikdan elektr signal olindi, bu signal o’zidan texnologik jarayon to’g’risidagi axborotga ega. Bu signal (axborot) aktiv qarshilik o’zgarishini,induktivlikni yoki kuchlanish yoki tok yoki boshqa boshqa elektr parametrli ko’rinishda bo’lishi mumkin. Bu parametrni (elektr signalni) o’lchash uchun unga to’g’ri keladigan elektr o’chovchi qurilma kerak bo’ladi. Datchikdan chiqqan elektr signalni elektroo’lchovchi qurilma bilan ulash uchun elektr sxema (соглосования) [Kлим] kerak bo’ladi. Fizik kattaliklarni o’lchash strukturaviy sxemasi rasm 6-2 keltririlgan.

Mavjud elektro’lchovchi usullar ikki sinfga bo’linadi: birinchisi to’g’ridan-to’g’ri o’lchovchi, ikkinchisi solishtiruvchi [Kлим]. To’g’ridan-to’g’ri o’lchash usulida datchikdan chiqqan signal kuchaytirilib, datchikning chiqish qarshiligini, o’lchovchi qurilma kirish qarshiligi tenglashtiriladi, bu usul soda lekin har doim qo’llab bo’lmaydi, bu usulda o’lchash tizim xatoligini boshqarish qiyinlashadi.




6.2-rasm. Elektr signallarni o’lchashning spektr sxemasi
Solishtirish usulida o’lchash aniqligi oshirish va o’lchash qurilma sezgirligini kuchaytirish mumkin. Bu usulda ko’prik, differentsial va kompleksatsion elektr o’lchash sxemalaridan foydalanilanishga to’g’ri keladi.



Download 12,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish