Hissiyot — shaxsning voqelikdagi narsa va hodisalarga, kishilarga hamda o'z-o'ziga bo'lgan munosabatlardan kelib chiqadigan kechinmalari. Shaxs tirik mavjudot boʻlishi bilan birga jamiyat aʼzosi hamdir, shuningdek, yakka inson sifatida tevarak atrofdagi narsa va hodisalarga munosabatini holisona aks ettiradi. Inson munosabatlari uning miyasida his-tuygʻular, emotsional holatlar, yuksak ichki kechinmalar tarzida aks etishi hissiyotni yuzaga keltiradi. Hissiyot tushunchasi kundalik turmushda va ilmiy manbaalarda har xil maʼnolarda qoʻllaniladi. Kundalik turmushda hissiyot tushunchasi oʻrniga sezgilar, anglanmagan mayllar, xohishlar, tilaklar, talablar, maqsadlar atamalaridan foydalaniladi. Ilmiy manbaalarda esa, shaxsning ehtiyojini qondiruvchi va unga monelik qiluvchi narsalarga, kishilarga nisbatan oʻz munosabatini miyyasida aks ettirish maʼnosida qoʻllanadi. Hissiyot bilan emotsiya bir xil maʼnoda ishlatilish holatlari ham uchrab turadi. Kishi tana aʼzolarida ranglarning oʻzgarishi, lablarning titrashi, kulgi, yigʻi, gʻamginlik, ikkilanish va boshqa emotsiya ifodasi hisoblanib, vatanparvarlik, javobgarlik, masʼuliyat. vijdon sevgi kabi yuksak hislatlarni emotsiya tarkibiga kiritish gʻayritabiiy hodisa hisoblanar edi. Ushbu hissiy kechinmalar oʻzining mohiyati, kuch-quvvati, davomiyligi, taʼsirchanligi, yoʻnalganligi bilan bir-biridan keskin farq qiladi. Shu bois ularning muhim farqi shundaki, birinchisi (hissiyot) ijtimoiy, ikkinchisi (emotsiya) xususiy ahamiyat kasb etadi. Shaxsning faoliyati, xulq-atvori, muomalasi hamda jamiyat uchun ahamiyatli hisoblangan narsa va hodisalarni aks ettiruvchi munosabati hissiyotda mujassamlashadi. Emotsiya faqat insonlarga emas, mavjudotlarga ham hos holatdir. Hissiyot ijtimoiy muhitdagi kishilar tomonidan oʻzlashtirilgan gʻoyalar, meʼyorlar, qonunqoidalar, nizomlar, qadriyatlarni aks ettiruvchi anglanilgan his-tuygʻular, murakkab kechinmalarning vujudga kelishi jarayonidir. Hissiyotda yuksak his-tuygʻular ongli harakatlarni bajarishning mazmuni bilan uygʻunlashgan shaxs holatining murakkab tarkibida kechadi. Masalan mehnatdan lazzatlanish hislari, axloqiy, aqliy, nafosat tuygʻulari hissiyotning oʻzagi boʻlib hisoblanadi. Jonivorlar esa bunday imkoniyatlarga ega emas. Hissiyotning fiziologik asosi bosh miyya katta yarim sharlari poʻstida va poʻstloq osti qismida yuzaga keladigan nerv jarayonlaridir.
Hissiyot — tashqi ta`sirlarga ongning munosabat bildirishi; yuksak ehtiyojlarning qondirilishi yoki qondirilmaganligi;
Kishilar idrok qilayotgan (ko`rayotgan, eshitayotgan), bajarayotgan, o`ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq bo`lmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, harakatlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi, yana boshqalari g`azab-nafratimizni uyg`otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo`rquvni his qilamiz, dushman ustidan g`alaba qozonish yoki qiyinchilikni engish zavq uyg`otadi. Odamlarning o`zi bilayotgan va bajarayotgan narsaga munosabatini boshdan kechirishi his -tuyg`ular (yoki emotsiyalar) deyiladi. His - tuyg`ularning manbai biz idrok qiladigan, ish ko`radigan predmetlar va hodisalarning xususiyatlari vujudga keltiradigan ehtiyojlar, intilishlar, istaklardir. Bizning faoliyatimizni (mehnat, o`qish, o`yin) uning muvaffaqiyati va mag`lubiyatini ham his - tuyg`ular uyg`otadi. Hissiyot voqelikni aks ettirilishidir. Odam ayni bir paytda tirik organizm va jamiyat a`zosi bo`lishi bilan birga, o`z miyasida alohida shaxs sifatida, ayrim ob`ektlar bilan qiladigan ob`ektiv munosabatlarni aks ettiradi. Odam miyasida olamning aks ettirishni ana shunday o`ziga xos tomoni hissiyot sohasi yoki inson shaxsining emotsional tomoni hisoblanadi. Hissiyot - odam miyasida uning real munosabatlarining, ya`ni ehtiyojlar sub`ektining uning uchun ahamiyatli bo`lgan ob`ektlar bilan bo`lgan munosabatlarning aks ettirilishidir. “Hissiyot” tushunchasini faqat tirik mavjudotlar miyasida ularning ehtiyojlarini qondiradigan va qondirishga qarshilik qiladigan ob`ektlarga bo`lgan munosabatlarni aks ettirish haqida gap ketganda qo`llash mumin. Belgilari xuso`san yaqqol namoyon bo`ladigan hissiyotlarning ichdan kechirishdan iborat bo`lgan ruxiy jarayon sodir bo`lishining konkret shaklinigina emotsiya deb ataladi. Masalan, vatanparvarlik, muhabbat, javobgarlik hissini emotsiya deb bo`lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |