Kuchlanish transformatorlari
Kuchlanish transformatori (TV) quvvati kichik bo‘lgan kuch transformatoriga o‘xshash.
3.8-rasm. TV ni tarmoqqa ulanishi.
W1/W2 -birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlar sonining nisbati transformatsiya koeffitsienti deyiladi.
TV tarmoqqa parallel ulanadi. Ikkilamchi kuchlanish standart 100 V ga teng. TV nol guruxiga mos ravishda ishlab chiqariladi, ya’ni yuqori va past kuchlanish vektorlarining orasidagi burchak nolga teng. TV ning ikkilamchi chulg‘amiga voltmetr, o‘lchov asboblarining va himoya apparatlarining kuchlanish zanjirlari ulanadi.
bu nisbat doimiy emas, chunki chulg‘amlarda kuchlanish tushuvi mavjud, bu xol xatolikka olib keladi.
1. Yulduz usuli – bu sxema uchta bir fazali TV lar yoki bitta uch fazali beshta sterjenli TV yordamida yigiladi (4-, 5- sterjenlar nol ketma-ketlik oqimi uchun xizmat qiladi). Bu sxema yordamida fazalararo kuchlanishni, faza kuchlanishini va neytral nuqtaga nisbatan kuchlanishni o‘lchash mumkin. (3.9., a,g-rasm.)
2. Kuchlanish transformatori TV chulg‘amini ochiq uchburchakka ulash – bu sxema ikkita bir fazali TV yordamida yig‘iladi. Ikkita fazalar aro kuchlanishga ulanadi. Faza kuchlanishini o‘lchash mumkin emas. (3.9., b-rasm.)
a) b)
v)
g)
3.9-rasm. TV ning ulanish sxemalari
3. Nol ketma-ketlik filtri - bu sxema uchta bir fazali TV lar yordamida yig‘iladi. Birlamchi chulg‘amlar neytrali erga ulangan yulduz usulida, ikkilamchi chulg‘amlari ochiq uchburchakni tashkil qiladi. Fazalar aro kuchlanishni va neytral nuqtaga nisbatan kuchlanishni o‘lchash mumkin. (3.9.,v-rasm.)
Tok transformatorlarni ishlatish.
Tok transformatorlari birlamchi chulg‘amning nominal toki 15000 A gacha (ikkilamchi chulg‘amining toki 5 A va 1 A, ba’zi hollarda 10 A) va kuchlanishi 750 kV gacha qilib ishlab chiqariladi. Ular qisqa tutashuv holatida ishlaydi. Ikkilamchi chulg‘am ochilganda o‘zakda magnit oqimi va ochiq chulg‘amda elektr yurituvchi kuchning keskin ortishi natijasida avariya holati yuzaga keladi. Bunda elektr yurituvchi kuchning qiymati bir necha kilovoltga etishi mumkin. Magnit to‘yinganda magnit o‘tkazgichda aktiv isrofning ortishi natijasida u keskin qizib, chulg‘amlarning izolyasiyasi kuyadi. Shu sababli tok transformatorlarining ikkilamchi chulg‘amlari rele, asboblar yoki maxsus qisqichlar orqali qisqa tutashtirilgan bo‘lishi shart.
O‘lchov asboblari va relelarning zanjirlarida ish xavfsizligini ta’minlash uchun tok transformatorining har bir ikkilamchi chulg‘amining uchlaridan biri albatta zaminlangan bo‘lishi shart. Murakkab releli himoya sxemalarida (masalan, shinalarning tokli differensial himoyasida) bunday zaminlashni faqat bitta nuqtada amalga oshirishga ruxsat etiladi.
Himoyalarning relelarini ta’minlovchi tok transformatorlari qisqa tutashuv toki oqqanda tok bo‘yicha xatoligi 10% dan, burchak bo‘yicha esa 7% dan oshmaslik shartidan kelib chiqib tanlanishi shart. Xatolikning ortishi releli himoyaning noto‘g‘ri ishlashiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |