1. So’z maonosining mazmuni o’quvchilar xususiyatlari va taolim vazifalariga muvofiqlashgan bo’lishi; yangi harakat faoliyatini o’zlashtirishdan avval dastlabki tushuntirishdan foydalanish, bu bilan harakat faoliyati asosini anglash va so’ng harakat texnikasini detallarini bayon qilish va unga tushunib yetish.
2. So’zdan foydalangan holda o’zlashtiriladigan harakat faoliyatini foydasini tushuntirish. Masalan, bolalar tirma-shib chiqishning erkin usulini bir oz bilganliklari sababli, ikkincha koordinatsiya talab qiladigan uch usul bilan tirmashib chiqishni o’rganish xohishi pasayishi yuz beradi. Tushunarli tarzda bu usulning afzalliklari so’zlab berilsa, o’zlashtrishga salbiy munosabat yo’qqa chiqariladi.
3. So’zning harakat faoliyatidagi alohida harakatlarning o’zaro bog’liqligini aniqlashdagi zarurligi. Ayniqsa, yo’llanma beruvchi mashqlarni bajarishda buni yoddan chiqarmaslik lozim. Bunday mashqlar aytarli emotsional bo’lmay, ularni o’zlashtirilayotgan asosiy harakat faoliyatlari bilan bog’liqligini anglash kerakligi talab qilinadi.
4. O’qituvchining mashq texnikasi asosini tushuntirishdagi nutqiga katta ahamiyat berish, asosiy zo’riqish talab qilinadigan daqiqalarini eslatish. Odatda bu maqsadda ko’rsat-ma aytish tarzidagi ifoda va iboralar (“qo’llarni”, “boshni”, “aleop”. va h.k.lar)dan foydalaniladi.
5. So’z obrazli bo’lishi kerakligi. Obraz vositasida ifodalash mashqin ko’rgazmaliligini oshiradi va o’quvchilarga faoliyatni ancha tushunarli qiladi. O’quvchilar bilimlari va harakat tajribasini hisobga olgan holda, o’qituvchi qo’yilgan vazifalarni bajarish bilan bog’liq bo’lgan kerakli detallarga o’quvchi diqqatini qaratish mumkin.
6. O’quvchilarga xali avtomatlashmagan holda bajarayotgan harakatlari haqida (tuzatishga to’g’ri kelib qolgan paytlardagisi bundan mustasno) gapirish maqsadga muvofiq emas. O’qituvchi o’quvchining avtomatlashmagan harakatlari haqida gapirsa, o’quvchi ijro vaqtida harakatni o’sha fazalari ustida o’ylaydi, natijada avtomatlashmagan harakatlar tarkibida uzilishlar sodir bo’ladi.
So’zning emotsionallik xizmati o’quv va tarbiyaviy vazi-falarni hal etishda muhim ahamiyatga ega. Emotsional jihatdan rango-ranglik so’zning taosir kuchini oshiradi va maonosini tushunarli qiladi. U o’qituvchining o’z faniga, o’quvchiga bo’lgan munosabatini bildiradi, o’quvchi qiziqishini oshiradi, o’zining yutug’iga ishontiradi, qiyinchiliklarni yengish uchun ishonch tug’diradi.
Umumiy pedagogika jarayonida so’zdan doimo foydala-niladi. Jismoniy tarbiya jarayonida so’zdan foydalanish o’ziga xos mazmuni va uslubiy xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Aytib berish (hikoya) O’quvchi faoliyatini o’yin tarzida tashkillash uchun ko’pincha o’qituvchi tomonidan aytib berish qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |