Маoлумотнома



Download 2,17 Mb.
bet2/315
Sana23.08.2021
Hajmi2,17 Mb.
#154433
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   315
Bog'liq
ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ НАЗАРИЯСИ ВА УСУЛИЯТИ darslik

SO’Z BOSHI
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi o’quv predmetining mazmuni hozirgi kunda nisbatan mustaqil lekin, bir-biri bilan o’zaro uzviy bog’langan muammoli tsikllardan tashkil topgan bo’lib, oliy o’quv yurti mutaxassislaridan jismoniy tarbiya sohasi uchun maxsus kasb-hunarga ega bo’lgan ixtisoslikni puxta egallagan pedagogni tarbiyalashni nazarda tutadi.

Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini tayyorlaydigan Oliy o’quv yurtlarining talabalari, magistrlari, o’rta maxsus ta’lim muassasalarining o’quvchilari uchun mo’ljallangan ushbu darslik jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiya bakalavri o’quv dasturi asosida yozilgan bo’lib, jismoniy tarbiya mutaxassisiga kasb tayyorgarligining ilmiy, nazariy va amaliy materiallarini o’zida mujassamlashtirgan va jismoniy tarbiya jarayonini tashkil etish masalalarida yordam beradi.

«Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi»da ko’rsatilgan kamchiliklar va muammolar «Jismoniy tarbiya», «CHaqiriqqacha harbiy tayyorgarlik va jismoniy tarbiya» o’quv predmetiga ham tegishli. Kadrlash tayyorlashning milliy modeli talablaridan kelib chiqib jahon standartdariga javob beruvchi, ilg’or xalqaro tajribalarga tayanib yozilgan maxsus adabiyotlarga ayniqsa, davlat tilida yozilgan o’quv materiallari muhtojlik katta. Biz mavjud holatdan kelib chiqib sohaning keng ko’lamdagi ilmiy izlanishlarining nazariy va amaliy materiallarini barchasini qamrab olish imkoniyatida yiroqligimizni nazarda tutib, rusiy zabon olimlarimizning (L.P.Matveev, A.D.Novikov, B.A.Ashmarin, M.Ya.Vilenskiy, V.M.Kachashkin va boshqa qator mualliflarning) darsliklari asosida jismoniy tarbiya naza-riyasi va metodikasining faqat umumiy asoslarinigina bayon qilishni maqsad qildik.

Darslikda avvalo, «Jismoniy madaniyat», «CHaqiriqqacha harbiy tayyorgarlik taolimi va jismoniy tarbiya» ixtisosligi beruvchi oliy o’quv yurti jismoniy madaniyat fakulptetlari talabalarining «Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi»ga oid nazariy bilimlar turkumini to’la qamramay, faqat jismoniy madaniyat o’qituvchisi uchun lozim bo’lganlarinigina o’z ichiga olgan. Uni mutaxassislik uchun to’laqonli darslik deyish fikridan albatta uzoqmiz.

Rus tilida chop etilgan darsliklardan farqli o’laroq, darslikning «Jismoniy tarbiyaning ijtimoiy mohiyati» yoritilgan bobida jismoniy madaniyatning jamiyatdagi o’rni, uning xizmatlari, sport jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi bo’limida esa bolalar, o’smirlar sporti, professional sport va maktab sportiga oid mavzuni kengroq berdik. «Jismoniy sifatlarni rivojlantirish» bobida turli yoshdagi maktab o’quvchilarining harakat sifatlarini fiziologik asoslari va ularni tarbiyalash metodikasi, harakat malakasi va ko’nikmasi zahirasini oshirish uslubiyati, taolim jarayonida sodir bo’ladigan xatolar, ularni aniqlash va tuzatish uslubiyati, o’qitish metodlarining mohiyatini chuqurlashtirish va samara-dorligini oshirishga oid nazariy material berishga urindik.

Darslik asosan jismoniy madaniyat fakulptetlari-ning talabalari, magistrlari umumtaolim maktablari, akademik litseylar, gimnaziyalar va boshqa turdagi o’rta taolim va o’rta maxsus davlat taolimi jismoniy tarbiya mutaxassislari, jismoniy tarbiya o’qituvchilari, bolalar, o’smirlar sport mak-tablari trenerlari, fizkulptura va sport yo’riqchilari va ko’p sonli fizkulptura va sport ixlosmandlari uchun mo’ljallangan.

Tavsiya etilgan darslik Farg’ona, Namangan Davlat universitetlarining, Qo’qon Davlat Pedagogika institutining jismoniy tarbiya fakulpteti o’quv tarbiya jarayonida 1990-2006 yillar davomida sinaldi. U kamchilik va munozarali muammolardan holi emas. Ayniqsa, jismoniy madaniyat atamalarini qo’llash, ularning mazmuniga oid izohlar baxs va fikr alma-shinuvini taqazo etadi. SHu yo’sinda o’zlarining fikr mulo-hazalarini bildirgan kasbdoshlarimizga oldindan samimiy minnatdorchiligimizni izhor qilamiz.

Manzilimiz: 712000, Farg’ona shahri, Farg’ona Davlat universitetining o’quv-uslubiy bo’limi, B.Usmonxo’jaev ko’chasi, 19 uy.

1-BOB. JISMONIY TARBIYa NAZARIYaSI VA USULIYaTI PREDMETI, UNING YeTAKCHI TUSHINCHALARI
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fani mutaxassislikka yo’naltirilgan o’quv predmeti sifatida jismoniy tarbiya mutaxassislari uchun fundamental bilimlar tizimi, inson jismoniy barkamolligi va unga erishish hamda boshqarishning umumiy qonuniyatlarini o’rgatadi.

Jismoniy tarbiya nazariyasi ilmiy fan tarzida jismoniy tarbiyaga oid mavjud faktlarni izohlab beradi va umumlashtiradi. Amaliy fan sifatida insonni jismoniy kamolotining vositalari, jismoniy tarbiyasi shakllari va uning usuliyatlari haqidagi amaliy, nazariy bilimlarni beradi, hayotiy-zaruriy harakat malakalari va ko’nikmalari zahirasini boyitadi.

Jismoniy tarbiya nazariyasi va uning amaliyoti hamisha rivojlanishda va takomillashib boradi. Amaliyot natijalari, ilmiy tadqiqot ma’lumotlari jismoniy tarbiya nazariyasini va uslubiyatini yangicha tamoillar va qonunlar bilan boyita boradi. SHuning uchun ham jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati predmeti qotib qolgan, o’zgarmas ma’lumotlardan iborat bo’lishi mumkin emas.

Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati ijtimoiy, tabiiy, pedagogika fanlari erishgan yutuqlarga tayanadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati har qanday holatda ilmiy pedagogikaning negizi tashkil etuvchi eng umumiy qonunlardan, tamoillardan usuliyatlardan foydalanadi, shu jumladan, barcha sport fanlari uchun ham bu qonunlar, qoidalar mos keladi va o’ziga xos ma’no kasb etadi.

O’quv fani sifatida shakllanishi va uning rivojlanishiga jamiyat a’zolarining jismoniy tayyorgarligini oshirish mumkinligi haqidagi nazariy fikrning vujudga kelishi va unga intilish sabab bo’ldi. Bu bilan insonning jismoniy rivojlanishini boshqarish mumkinligi haqidagi qoida va qonunlar ijtimoiy mehnat va harbiy amaliyotda yuqori samara berishligi isbotlanadi.

Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasining mazmuniga quyidagilar kiradi:

- jismoniy tarbiya va uni ijtimoiy hodisa tarzida jamiyat mahsuli tarbiyaning boshqa shakllari bilan bog’liqligiga oid bilimlar;

- jismoniy madaniyatning maqsadi, uning umumiy vazifalari va nazariy tamoillari;

- jismoniy tarbiyaning vositalari va uni usuliyatlarining tamoillari;

- harakatga o’rgatish, o’qitishning uslubiyatlari;

- jismoniy sifatlarni rivojlantirish;

- jismoniy mashqlar va uni o’qitish jarayonining tuzilishi;

- jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlarini tashkillash-ning shakllari;

- jismoniy tarbiya jarayoni va uni rejalashtirish;

- jismoniy tarbiya uslubiyatining xususiyatlari;

- maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi;

- sport trenirovkasi jarayoni xarakteristika.

Pedagogik jarayon tarzida jismoniy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari jismoniy tarbiya nazariyasining o’rganish pred meti hisoblanadi. Umumiy qonuniyatlar deganda, aholining har qanday tabaqasini: bolalar, o’smirlar, yoshlar, o’rta yoshdagilar, kattalar va qariyalar hamda jismoniy mashqlar bilan shug’ul-lanishni endigina boshlaganlarni, malakali sportchilarning jismoniy tarbiyasining xususiy tomonlari tushuniladi.

Bundan tashqari jismoniy tarbiya usuliyatlari jismoniy tarbiyani ajratib olingan ayrim xususiy qonuniyatlarini ham o’rganish predmeti qilib belgilaydi va pedagogik jarayonning umumiy qonuniyatlarini amalga oshirishda «Umumiy, maxsus kasb jismoniy tayyorgarligi», «Sport tayyorgarligi» usuliyati deb aniq yo’nalishdagi metodikalardan foydalanadi. Bunday usuliyatlarni har birini ichida o’zlarinin xususiy usuliyatlari mavjud. Usuliyatlarning turli-tumanligi shug’ullanuvchilarning qaysi psixologik tiplarga mansubligiga, ularning yoshi, jinsi, qaysi kasb egasi ekanligi va tanlangan sport mutaxassisligi (maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi metodikasi, ayollar jismoniy tarbiyasi metodikasi va hk.) ga xos va mos kelishi kerak.

Sport pedagogikasining ayrim fanlari (sport o’yinlari, gimnastika va h.k. larni o’qitish) usuliyat usuliyati alohida mustaqil ajratilgan ilmiy va o’quv fanlari tarzida shakl langan. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati fani esa ularni yagona nazariy va usuliy asoslar bilan qurollantiradi, o’rganish predmetlari xarakteriga ko’ra pedagogika fanlari tizimidagi fan sifatida o’z qoidalarini ijtimoiy, psi- xologik va biologik faktorlar hisobiga to’ldiradi.



Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish