Маoлумотнома



Download 2,17 Mb.
bet9/315
Sana23.08.2021
Hajmi2,17 Mb.
#154433
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   315
Bog'liq
ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ НАЗАРИЯСИ ВА УСУЛИЯТИ darslik

Jismoniy tayyorgarlik. Jismoniy tarbiyada uchta asosiy yo’nalish mavjud bo’lib, inson jismoniy tarbiyasi ana o’sha ramkalar asosida amalga oshiriladi. Ular umumiy jismoniy tayyorgarlik, kasb-hunar jismoniy tayyorgarligi, sport tayyor-garligidir.

Umumiy jismoniy tayyorgarlik sog’liqni mustahkamlashga, keng doirada harakat malakalari va ko’nikmalariga ega bo’li-shiga, o’zidan keyingi maxsus tayyorgarlikka zamin bo’lishi uchun xizmat qiladigan asosiy harakat sifatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan.

Umumiy jismoniy tayyorgarlik maqsadida jismoniy tarbiyaning barcha turdagi vositalaridan, xilma-xil jismoniy mashqlardan, tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlari va gigienik omillardan foydalaniladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik jismoniy tarbiyaning barcha etaplarida ko’proq maktab jismo-niy tarbiya tizimida, ommaviy fizkultura ishlarida va jismo-niy mashqlar bilan individual shug’ullanish shakllari orqali amalga oshiriladi.



Kasb-hunar jismoniy tayyorgarligi – bu jismoniy tar-biyaning mutaxassislashtirilgan, aniq mehnat turi va mudofaa faoliyatiga tayyorlashga yo’naltirilgan jarayondir. Bunda asosan, jismoniy mashqlarning hunar yoki kasbga yaqin bo’lgan turla-ridan foydalaniladi. Kasbga yo’naltirilgan jismoniy tayyor-garlik vositalarining qo’llanishi mehnat harakat malakala-rining shakllanishini egallash jarayonini tezlashtiradi, mehnat unumdorligini oshiradi, organizmning, tashqi muhit taosirining zararli faktorlariga qashilik ko’rsatishini yaxshilaydi.

Umumiy va kasb jismoniy tayyorgarligi deb ajratish maolum darajada shartli bo’lib, ikkala yo’nalishi ham bir-birini to’ldiradi.



Sport tayyorgarligi jismoniy tarbiyada maxsus yo’na-lishni ifoda etadi. Buning vazifasi insonni tanlab olingan biror sport turida yuqori natijalarga erishishni taomin-lashdir.

Jismoniy tarbiyada sport tayyorgarligi, organizmning funktsional imkoniyatlarini takomillashtirish bilan bog’liq bo’lgan, yuqori sport natijasi kishilarning jismoniy tayyor-garligini baholash kriteriyasiga aylanadi va jismoniy tarbiyaga mo’ljal sifatida juda keng qo’lamda qo’llaniladi.



Jismoniy madaniyat – jamiyat aozolari jismoniy kamo-lotga erishishini maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish uchun maxsus vositalar, metodlar va sharoitlarni yaratish va ulardan ratsional foydalanish bo’yicha erishilgan yutuqlarning majmuasidir.

Jismoniy madaniyat umumiy madaniyatning bir qismi, uning yuksalishi jamiyat rivojlanishining sotsial, iqtisodiy o’sishi darajasiga uzviy bog’liq bo’ladi.

Jismoniy madaniyat muayyan tarixiy sharoit mahsuli. Har bir ijtimoy-iqtisodiy formatsiya jamiyat aozolari jismining madaniyati xarakterli bo’lib bu jamiyat taraqqiyo-tining muayyan davridagi butun bir xalq boyligi, mulki bo’lib shaxsning har taraflama barkamolligining mushtarak va maj-buriy sharti bo’lib qolaveradi.

Jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy tushunchalari ichida jismoniy madaniyat (fizkulptura) keng, jamlovchi tushuncha bo’lib, jismoniy tarbiya «fizkulptura» tushunchasining tarkibiy qismi sifatida uch xil yo’nalishga ega bo’lgan pedagogik jarayonni o’z ichiga oladi (B.A. Ashmarin).



Maktab fizkulpturasi – bolalarni jismonan tayyorlash uchun kishilik jamiyati yaratgan va foydalanayotgan moddiy, maonaviy boyliklari majmuidir.

Moddiy boyliklar xilma-xil sport inshoatlari, maxsus anjomlar, uskunalar, mablag’lar, jamiyat aozolarining jismo-niy kamoloti darajasi (sport yutuqlari) demakdir.

Maonaviy boylik esa tarbiya tizimi yaratgan, shakl-lantirgan g’oyaviy, ilmiy, tashkiliy, amaliy va maxsus ilmiy yutuqlar hisoblanadi. Jismoniy tarbiya orqali har qanday inson o’ziga munosib jismoniy madaniyat mazmunini o’zlash-tiradi, shu soha yutug’i uning shaxsi mulkiga (boyligiga) aylanadi.

Jismoniy madaniyat jamiyatning rivojlanishida maolum xizmatlarni bajaradi:

- inson harakat faoliyatini ratsional meoyori (norma-lari)ni belgilash;

- fizkulpturaga oid madaniy axborotni to’plash (axboriy-lik) xizmati va uni avloddan avlodga uzatish va tarqatishga vositachilik qiladi;

- shaxslararo muloqot, o’zaro aloqa (kommunikativlik) munosabatlarini shakllantirishi;

- shaxsning harakat estetikasi talabini qondirish bilan bog’liq (estetikaga oid) xizmati;

- insonning doimiy harakat qilishga bo’lgan tabiiy talabini qondirish bilan bog’liq bo’lgan va uning kundalik turmush uchun lozim darajadagi jisman-yaroqlilik holatini taominlash (biologik) xizmati.

Jismoniy madaniyatni baza sifatidagi xizmati sport, amaliy sog’lomlashtirish deb atalmish jismoniy madaniyat klassifikatsiyasining asosida yotadi.

Jamiyat aozosining jismoniy bilimi, jisman rivoj-langanligi, jismoniy tayyorgarligi evaziga aktiv hayotiy faoliyat uchun zarur bo’lgan jismoniy kamolotga erishishni zaminini yoki jismoniy madaniyatning poydevorini yaratadi. SHug’ullanuvchilarning yoshiga qarab jisman rivojlanganlik, tayyorgarlik, o’zgaruvchan va o’ziga xos xususiyatlarni kasb etadi.

Jismoniy madaniyatning boshlang’ich zamini shartli ravishda «maktabgacha va maktabning jismoniy madaniyati» orqali yaratiladi. Bu bilan maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarida umumtaolim maktablari va boshqa o’quv tarbiya muassasalarida jismoniy madaniyat o’quv predmeti sifatida majburiy mashg’ulot ekanligini tushunamiz. Bu o’z navbatida umumiy jismoniy maolumot uchun asos yaratadi, jismoniy qobi-liyatlarining har tomonlama rivojlanishi, mustahkam sog’lik-ning bazasining vujudga kelishiga sababchi bo’ladi. Bu bilan har tomonlama shaxs uchun zarur bo’lgan jismoniy salohiyat daraja-sining asosini yaratishga kafolat vujudga keladi.




Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish