Maqsadning umumiyligi jismoniy tarbiya tizimining asosiy qonuniyatlaridan biridir.
Ko’rsatilgan maqsad va sharoitlarga javoban uni amalga oshirishda shug’ullanuvchilarning yoshi, sog’ligi, jismoniy tayyorgarligi, shug’ullaniladigan kasbi hisobiga olinadi va jismoniy tarbiyada jarayonida konkret vazifalar hal qilinadi:
a) odam organizmining forma funktsiyasini garmonik rivojlantirish, jismoniy qobiliyatini har tomonlama kamolga yetkazish, sog’ligini mustahkamlash va jamiyat aozosini uzoq umr ko’rishini taominlashga yo’nalish berish;
b) hayotiy zaruriy harakat malakalarini va ko’nikma-larini, kundalik turmushda kerak bo’ladigan jismoniy mada-niyatga molik maxsus bilimlarini shakllantirish;
v) har tomonlama jisman rivojlantirish uchun jismo-niy sifatlarni tarbiyalash;
Inson jismoniy tarbiyasining maqsad va vazifalari uning boshqa tarbiya jarayonlari bilan bog’liqligi shundagina muvofiq deb tushuniladiki, bu muvofiqlik oboektiv xarakterda bo’ladi va jismoniy tarbiya jarayoniga qonuniy yo’nalish beradi. Jismoniy tarbiya jarayonida tarbiyaning boshqa sohalari-dagidek maqsadga yo’naltirilgan faoliyat, rejalashtirilgan natijaga har doim ham to’g’ri kela olmasligi isbotlangan. Jismoniy tarbiyada tarbiya natijasini yosh sportchi yoki fizkulpturachi trenirovkasiga rejalashtirilgan jismoniy mashqlar uning organizmiga qanday taosir qilayotganligini hisobga olishni taqazo qiladi, qisqa va tor yo’nalishdagi sport trenirovkalarining natijasiga eotibor bersak, shuni ko’ra-mizki, yuqori natijalarga erishish maolum davr ichida bo’lib, oldingilari unutilsa, trenirovka mashg’ulotlari keyinchalik o’zini oqlamaydi. Bu esa har tomonlama garmonik rivojlanishga halal beradi va sport yutuqlarini yo’qqa chiqaradi.
SHuning uchun pedagog va trener oldida uzoqni ko’ra bilish, bashorat qila olish talabi ko’ndalang bo’ladi. Bu vazifani hal qilish esa o’qimishli, o’z ishini biladigan, sevadigan mutaxassislar tayyorlash tizimida amalga oshirilishi lozim. SHunga ko’ra pedagog murabbiylar maqsad va vazifalarni ijobiy hal qilishga qodir, shug’illanuvchini bolalik chog’idan jismonan sog’lom, maonaviyati uyg’un qilib tarbiyalashni o’zlarining asosiy burchlari deb bilishlari kerak.
Navqiron, o’zligimizni endigina eotirof etayotgan mamlakatimiz turli toifadagi davlat va nodavlat sport jamiyatlari, jismoniy mashq bilan shug’illanish havasmandlari uyushmalari orqali yagona jismoniy tarbiya tizimini tuzishga eotiborni kuchay-tirib, tizimda maonaviy boylik, jismoniy barkamollik, xalqchilik va uning ilmiylik xususiyatlarini mujassam-lashtirmoqda.
SHarq mutafakkirlari maonaviy boy, jisman barkamol, komil inson masalasiga azal-azaldan alohida eotibor berganlar. Komillik fazilatlaridan eng ulug’i tanning inson jismining, barkamolligidadir deyiladi. Insonning matonati, diyonati, riyozati, qanoati, ilmi, sabri, intizomi, nafsi, vijdoni, haqqoniyligi, nazari, ibrati, iffati, hayosi, idroki, zakovati, iqtisodi, itoati, haqshunosligi, avf eta olishi, vatanni sevishi kabi ijobiy hislatlari (A. Avloniy “Turki guliston yohud axloq” Toshkent “O’qituvchi” 1992. 13-bet)ga faqat sog’lom jism, tani-sihatlilik orqali erishiladi deb qaralgan.
Mamlakatimiz jismoniy tarbiya tizimini xalqchilligi deganda, biz milliy o’yinlar tarzida xalq ommasi orasida keng tarqalgan jismoniy mashqlar, milliy sport turlari, ommaviy sport, olimpiadalar dasturidan o’rin olgan “katta sport” bilan ko’p millatli respublikamiz xalqlarini shug’ullanish imko-niyati borligi tushuniladi.
Ilmiyligi shundaki, jismoniy tarbiya sohasi bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarining keng tarqalganligi va uni amaliyot bilan bog’lab olib borilayotganligi, jismoniy tarbiya naza-riyasi va amaliyotining ilmiy fanlari hisoblangan pedagogika, psixbologiya, anatomiya, fiziologiya, biomexanika, sport metro-logiyasi, sport tibbiyoti, davolash fizkulpturasining va boshqa-larga tayanganligi, ularning ilmiy yutuqlari? xalqimiz hayotiy ehtiyojini qondirishga yo’naltirilgan. Jismoniy tarbiya tizi-mi bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan zvenolarga bo’linib, hozirgi kunda ham tarbiya jarayonining turli dasturlarining bajarilishi shu zvenolarda amalga oshirilmoqda:
a) maktabgacha taolim (davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari) zvenosi;
b) maktab yoshidagilar jismoniy tarbiyasi (umumiy o’rta taolim I-IX sinflar) zvenosi;
v) o’rta maxsus, kasb-hunar taolimi (akademik litseylar, kasb-hunar kolledjlari) zvenosi;
g) oliy taolim zvenosi;
d) armiya zvenosi;
e) oliy taolim va armiyadan so’ngi havasmandlik asosidagi jismoniy tarbiya zvenosi;
Jismoniy tarbiya tizimi o’zida quydagi asosiy element-larni birlashtiradi:
a) jismoniy tarbiyaning maqsadi, vazifalari va prin-tsiplarining maqsadga muvofiqligi;
b) jismoniy tarbiya tizimida qo’llaniladigan vositalar – gimnastika, o’yinlar, sport, turizm va boshqalar tipidagi jismoniy mashqlarni;
v) turli shakldagi pedagogik jarayon mobaynida qo’llani-ladigan usuliyat (taolim jarayoni, usuliyatlari, sport trenirov-kasi va mustaqil mashg’ulotlarida foydalaniladigan)larni;
g) jismoniy tarbiya qilish maqsadida kishilarni uyushtirish shakllari;
d) jismoniy tarbiyaning mazmuni va natijalarida ifoda-langan jamiyat va davlat talablari (normalar va dasturlar).
Jismoniy tarbiya tizimining tahlili masalalariga oid nazariy materiallar rus olimlari A.D. Novikov, L.P. Matveev, G.D. Xarabugi va qator boshqa mualliflarning darsliklarida to’la yoritilgan.
Jismoniy tarbiya jarayonining nazariy, uslubiy, amaliyo-tining umumiyligi jismoniy tarbiya tizimining negizini tashkil qiladi. Millatimizning bu sohadagi merosini o’rganish fanimizning asosiy vazifasidir. Jahongirlarni yuzaga chiqargan yurtimizning elat va xalqlari jismoniy madaniyati tarixiy manbaalarda o’z o’rnini olganligiga ishonchimiz komil.
SHu o’rinda P.F. Lesgaft va uning shogirdi V.V. Gorinevskiylar sobiq sho’rolar jismoniy tarbiya tizimining asoschilari deb tan olinganligi jismoniy tarbiya nazariya-sining rivojlanishida munosib hissa qo’shgan olimlar sifa-tida jahon jismoniy madaniyati fani namoyandalari qatoridan o’rin olganliklarini eotirof etish lozim.
P.F. Lesgaft (1837-1909) biolog, anatom, pedagog va katta jamoatchi sifatida inson shaxsning intelektual rivojlanishi uchun uning yashagan ijtimoiy muhiti va tarbiyasi rol o’ynashini ilmiy jihatdan asoslab berdi. Lesgaft tomonidan ishlangan “Maktab yoshidagi bolalarda jismoniy bilimlar” tizimi hozirgi kunda ham o’z ilmiy ahamiyatini yo’qotgani yo’q.
CHor Rossiyasining jismoniy tarbiyaga munosabati yaxshi emas edi. “Maktablar bizda bolalarga butunlay jismoniy bilimlar bermayapti. Bu ishga rahbarlik aynan shu ishga aloqasi yo’qlarga berib qo’yilgan, ular jismoniy madaniyatni soxta tushunchalar orqali tasavvur qiladi, yoki bo’lmasa, qaysidir chet el maktabini bitirib kelgandan eshitganlarigina biladi. SHuning uchun ular bola jismoniy tarbiyasiga eoti-borsizdirlar”, - deb yozgan edi P.F. Lesgaft.
V.V. Gorinevskiy (1857-1937) o’zining tibbiy-pedagogik faoliyatida Lesgaft fikrlarini rivojlantirib sobiq sho’rolar tuzumi jismoniy tarbiya tizimini rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. U jismoniy mashqlar bilan shug’ullanuvchilar ustida tajriba o’tkazishni, tadqiqotlar nazoratini ilmiy uslubiy kompleksini yaratdi. P.F. Lesgaft va uning shogirdi V.V. Gorinevskiylarning ilmiy merosinining qimmati, ularning jismoniy bilimlar va jismoniy tarbiya haqidagi ilmiy fikrlari amaliy va jamoatchilik tajribasi asosiga tayanganligidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |