Jismli qo’llanmalar nisbatan chegaralangan didatik imkoniyatlarga ega. To’la ko’rinishi, yonboshdan, sharnirli modellari harakatning ayrim zvenolari, gavdaning to’la hara-kati traektoriyasi, amplitudasini namoyish qilish imkonini beradi.
Kinofilpm, barcha texnik qiyinchiliklarga qaramay, pedagogik jarayonda juda katta didaktik imkoniyatlarga ega. Kinofilpm harakat faoliyati ijrosining eng yuqori sport mahorati darajasida, qolaversa, uni kattalashtirib sekin-lashtirib, turli tomonini, to’laligicha, ayrim detallariga aktsentni qaratib ko’p marotabalab takrorlash imkonini beradi. Ko’rgazmali his qilishda harakat holatining tezdashtirilgan chastotada kinoga olish judda katta ahamiyatga ega, chunki unda oddiy kinoga olishdagiga nisbatan juda sekinlashtirilgan suratlar hosil bo’ladi. Bu, o’z navbatida, harakatning barcha detallarini ko’rish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |