MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT TUSHUNCHALARINI TURLI XIL TA'RIFLARI VA UNING MAZKUR TUSHUNCHALAR MAZMUNI KENGROQ TUSHUNTIRISHDAGI AHAMIYATI
REJA:
I Kirish
II Asosiy qisim
Ma'naviyat va ma'rifat tushunchasiga berilgan turli ta’riflar
Ma’naviyat tushunchasini o’ziga xos xususiyatlari.
Ma’naviyat tushunchasini kengroq tushunishning ahamiyati.
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
O’zbekistonimiz demografik xususiyatiga ko’ra yoshlar mamlakati hisoblanadi. Hozirgi globallashgan zamonda barcha yangilikka, o’zgarishlarga qarab intilmoqda. "Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan muhim masala - bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim - yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz ? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan"1, deya ta’kidlaydi Sh.Mirziyoyev.
Bu vazifani bajarishda butun jamoatchilik katta mas'uliyatni o'z zimmasiga olmog'i zarur. Eng avvalo tarbiyani shaxsda ma'naviyatni shakllantirishdan boshlash lozim. Chunki, ma'naviyat insоndagi buyuk qudratdir, uni uyg'otish va harakatga kеltirishga muvaffaq bo'linsa barcha ulug'vоr rеjalarni amalga оshirish uchun imkоn vujudga kеladi. Yoshlar ongida ma'naviy qudratni uyg'оtib, uni bashariyat taraqqiyotiga хizmat qiluvchi muayyan o'zanlar sari yo'naltirishda estetikaning o'rni beqiyosdir.
Ma'naviyat pоydеvоri baquvvat bo'lmasa хalqi va vatani, o'z shaxsi uchun qanday xulosaga olib kelishi hammamizga ma’lum. Bu haqda Imom G’azzoliy o'z davrida bekorga aytmagan: “Shuni bilsinlarki, odamzodni azbaroyi o'yin uchun yaratmishlar, uning amali ulug'dir va uning uchun buyuk xatar bordir”2. Insonning voqelikka bo‘lgan munosabati tabiat, jamiyat va ijtimoiy hayotning turlicha voqea va hodisalaridan ta’sirlanish jarayonida paydo bo‘ladi va shakllanib borishida insonning estetik ongi shakllanib boradi. Estetik ong ob'ekt dunyoga nisbatan bo'lgan inson estetik munosabatining sub'ektiv tomonidir. U ma'naviy-ruhiy voqea-hodisalar majmui bo'lib, ular ijtimoiy hayot zaminida vujudga keladigan estetik xis, estetik did, estetik qarashlari tizimini anglatadi. Shunday estetik qadriyatlar borki, ular muayyan zamon, ijtimoiy hayot, umummilliy, umuminsoniy madaniy daraja bilan shartlanadi. Insonning fikr - mulohazalari, xulq-atvori, xatti-harakatlari, moddiy va ma'naviy ijodkorligi orqali namoyon bo'ladi.
Ma’naviy meros- ma’naviyat rivojlanishining uzoq davrlar mobaynida tarkib topgan, inson aql-zakovatining mujassamlashgan ifodasidir. O‘tmish davrlardan insoniyatga qolgan moddiy va madaniyat boyliklar majmuiga madaniy meros deyiladi. Jamiyat o‘zgarishi bilan uning madaniyati, tipi ham o‘zgaradi-yu, lekin madaniy taraqqiyot uzilib qolmaydi, ilgarigi madaniyat yo‘q bo‘lib ketmaydi, madaniy meros va an’analari saqlanadi. Har bir yangi avlod moddiy va ma’naviy madaniyat negizini har gal yangitdan yaratmaydi, balki ajdodlar tomonidan yaratilgan madaniy boyliklarni qabul qilib oladi. Tarixiy vorislik-jamiyat va uning madaniyati ravnaqining shartidir. Chunki tarixi davomiylik ma’naviyat rivojlanishining qonuniyati hisoblanadi. Ming afsuslar bo‘lsinkim, sho‘rolar zamonida madaniy merosga to‘g‘ri munosabatda bo‘linmadi. Boyu zamindorlarga, hokim sinf tabaqalariga xizmat qilgan o‘tmish madaniyatining bizga keragi yo‘q yangi madaniyatini yaratimiz» degan shoir ostida sobiq Sovet Ittifoqi xalqlarining, jumladan o‘zbek xalqining moddiy va ma’naviy madaniyatiga qiron keltirildi, saroylar, masjid va madrasalar buzib tashlandi, nodir asarlar yoqildi. Bu siyosatning eng zararli joyi shunda bo‘ldiki, madaniy merosga past nazar bilan qaraldi, osori atiqalar qarovsiz qoldi.
Shu bilan birga har bir jamiyat o‘tmish madaniy merosini qanday bo‘lsa, shundayligicha ko‘r-ko‘rona qabul qilib olmaydi, albatta. Madaniy merosning o‘z dunyoqarashi, tuzumi, manfaatlariga mos keladigan, bugun va kelajak uchun uchun xizmat qiladigan qismini qabul qiladi. Chunki o‘tmishdan qolgan barcha narsalar bir xil qadriyatga ega bo‘lmaydi. Masalan, sho‘rolar zamonida yaratilib, uning siyosatini targ‘ib etgan, endilikda o‘z umrini yashab bo‘lgan kitoblarning bugungi kun uchun ham, kelajak uchun ham qadriyati yo‘q. To‘g‘ri, ular meros, lekin madaniy meros emas, ularni tarixiy fakt sifatida saqlab qolish mumkin, xolos.
Demak, madaniy merosning qadri abadul abad tushmaydigan qismiga milliy qadriyatlar deyiladi. O‘zbekistonda istiqlol sharofati bilan milliy -qadriyatlarning qadriga to‘la etilmoqda va keng targ‘ib –tashviq qilinmoqda. Milliy qadriyatlarimiz istqilol madaniyatini yaratishimizga negiz bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu hol milliy mafkuramizda o‘z ifodasini topmoqda qaysiki mamlakatda bo‘lmasin jamiyatdagi yangilanish doimo madaniy merosning uyg‘onishiga olib keladi. Bu esa ommaning birlashuvida milliy o‘zlikni anglashning shakllanishi va rivojlanishida muhim g‘oyaviy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga eski mafkuradan voz kechilgan va etarli darajada ishlangan yangi mafkura hali yaratilmagan paytda yuzaga kelgan bo‘shliqni to‘ldiradi: MDH mamlakatlarida yuzaga kelgan hozirgi ahvol fikrimiz dalilidir. Ularning har biri milliy uyg‘onish omili sifatida o‘tmish madaniy merosini zo‘r berib tiklamoqda.
Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov «Noyob tarixiy yodgorliklarni saqlash va ta’mirlash –degan edi, o‘zbek xalq yaratgan va milliy boylik bo‘lgan san’at asarlarini izlab topish, ularni O‘zbekistonga qaytarish ma’naviy dasturimizning muhim bo‘lagini tashkil etadi. Bu milliy boylik bizga ota-bobolarimizdan meros bo‘lib qolgan. Binobarin, biz ham uni ko‘z qorachig‘iday asrab –avaylashimiz va farzandlarimizga meros qilib qoldirishimiz kerak»
Respublikamizda, 1994 yilda «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi, 1996 yil yanvar oyida esa shu markaz qoshida «Oltin meros» xalqaro xayriya jamg‘armasining tashkil etilishi mustaqillik sharoitida o‘tmish madaniy merosini o‘rganish va o‘zlashtirishning muhim ahamiyat hamda huquqiy demokratik davlat qurish borasidagi ulkan dasturni hayotga tatbiq etishning yorqin dalilidir. «Oltin meros» xayriya jamg‘armasiga O‘zbekiston ijodkor yoshlarning «Iste’dod» xayriya milliy va ijtimoiy barqarorlik hamda madaniyat jamg‘armalari ham qo‘shildilar. Yangi xayriya jamg‘armasi faoliyati xalqimiz merosning nodir namunalarini to‘plash va asrab-avaylashga uni nafaqat republikamizda balki turli mamlakatlarda targ‘ib nafaqat respublikamizda balki turli mamlakatlarda targ‘ib qilishga qaratilgan. Ushbu jamg‘arma fuqarolar o‘rtasida ayniqsa yoshlarda vatanparvarlik, mustaqillik tuyg‘ularini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bizning qadimgi xalqlarmiz moddiy, yozma va ma’naviy madaniyatmiz shu qadar ulkanki, merosimizdan nafaqat o‘z avlodimiz, balki Yevropa, Osiyo arab mamlakatlari foydalanishgan va bu jahon umuminsoniy qadriyatlariga qo‘shilgan ulkan hissa bo‘lgan.
«Oltin meros» jamg‘armasi faqat yoshlarni, osori-atiqalarni, ilmiy asarlarni yig‘ish bilangina shug‘ullanib qolmasdan, balki yana u milliy boyliklarimiz, merosimizni istash, topish olib kelish, xalqqa ko‘rsatish, tashviqot qilish jarayonida xalqimiz ma’naviyatini poklaydigan, tiklaydigan, dunyoqarashiga ta’sir ko‘rsatib milliy dunyoqarashning shakllanishini kuchaytiradigan omillarga xizmat qiladigan tashkilotdir.
Jamg‘arma faoliyatida 8 ta yo‘nalish mavjud. So‘nggi 130-140 yil davomida moddiy va ma’naviy qadriyatlarimiz talon-taroj qilindi. Ularni qaytarish asosiy maqsad bo‘layapti.
X-XI asrlardayoq - Yevropa madaniyati hali g‘onish pallasiga kirmagan paytdayoq bizning Sharq madaniyati o‘shalarga renossans (to‘lqin) olib borgan.
Dunyo xalqlari tarixida hech qaysi millat bizdek ko‘p ma’naviyat yaratgan emas. Yaqin vaqtgacha, hatto hozirgacha ham fanlarning poydevorini yunonlar yaratgan deyilardi. Aslida ular yaratgan ilm-fan, falsafaning poydevorini bizning xalqimiz «Avesto» da, zardushtiylik dinida yaratgan. Iskandar-Aleksandr Makedonskiy bu erga kelganda avvalo zardushtiylar ibodatxonalarini vayron etib, kohinlarni yo‘q qildi. Chunki kohinlar bosqinchilarga qarshi vatanparvarlik kurashini uyushtirgandi. Iskandar Avetoning 12 ming qora mol terisiga oltin suvi bilan ko‘chirilgan nusxasini olib ketib, asosan ildm-fanga, astranomiyaga, tabobatga, jug‘rofiyaga oid qimlarini tarjima qildirib, qolganlarni kuydirib tashlagan. Qadimgi yunonlarning o‘zlari Platon va Aristotel ta’limoti, umuman, yunon falsafasi zardushtiylik ta’siri ostida shakllandi, deb tan olganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |