Ma'naviyat va ma'rifat tushunchalarini turli XIL ta'riflari va uning mazkur tushunchalar mazmuni kengroq tushuntirishdagi ahamiyati



Download 176 Kb.
bet9/10
Sana31.12.2021
Hajmi176 Kb.
#243424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
abds

Axloqiy buzuqlik. Bu eng tuban insoniy faoliyat bo‘lib, u asta-sekin «erkin muhabbat»dan «bir jinsli insonlar o‘rtasida nikoh tuzish»gacha bo‘lgan bosqichlarga ko‘tariladi. U yoshlarni ma’naviy jihatdan aynitib, minglab yillardan buyon ardoqlanib kelayotgan muqaddas muhabbat an’anasi o‘rniga zinokorlikni taqdim qiladi. Masalan, «bugungi kunda AQShning 30 foiz ayollari nikohga kirgunga qadar kamida ikki marta bola oldiradilar, shuningdek qizlar ham ana shunday ruhda tarbiya topmoqda. Aksariyat saylovchilar bu kabi turmush tarziga xalaqit beruvchi har qanday siyosatga qarshi ovoz berishadi».

Umuman, axloqiy buzuqlik dastavval oilaga daxl qiladi, keyin esa u nasl pokligiga putur yetkazadi. Vaholanki, bizda oila muqaddasligi, nasl pokligi masalasi muhim qadriyat hisoblanadi. Shu sababli ham kontrabanda yo‘li bilan yurtimizga kirib kelayotgan shahvoniy filmlar, turli pornografiyalar vositasida axloqiy buzuqlikni targ‘ib qilish targ‘ib qilinmoqda. Shu ma’noda bunday «mahsulotlar»ni turli «qora yo‘l»lar bilan olib kirishga intilayotgan shaxslarni faqat boylik orttirish qiziqtiradi, xolos.

  1. Zo‘ravonlik. Bu illat mazmunini insonning inson ustidan o‘z hukmronligini o‘tkazish tashkil qiladi. Zo‘ravonlik shaxs huquqini paymol qilib, uning ongida hayvoniylik his-tuyg‘ularini va xususiyatlarini tarkib toptiradi. U bugungi kunda filmlar, kompyuterlar o‘yinlari va turli internetdagi qo‘llanmalar vositasida targ‘ib qilinmoqda. Bular orasida ayniqsa, dahshatli kinolar nafaqat internet saytlarini, balki katta kino ekranlarni ham egallab borayotganligi tashvishli bir holdir.

An’anaviy va milliy madaniyat sohiblari - sog‘lom fikrli olimlarning fikricha, zo‘ravonlik g‘oyalarini tarqatishdan maqsad ba’zi gegemon davlatlarning kuchsizroq davlatlarga nisbatan o‘tkazadigan siyosati uchun muhit va asos yaratishdan iboratdir. Unga ko‘ra, muayyan bir davlatga zo‘ravonlikni targ’ib qiluvchi mahsulotlar izchillik bilan kiritib boriladi va tabiiyki, bu mahsulotlarni ishlab chiqargan davlat nomi reklamalar ko‘rinishida targ’ib qilinadi. Natijada, bu mahsulotlarni, «iste’mol» qiluvchilar ongida bu davlatning qudrati shakllanadi, uni «kuchli davlat» sifatida tasavvur qilish ko‘nikmasi shakllanadi. Demak, zo‘ravonlik nafaqat shaxsni ma’naviy-axloqiy jihatdan aynitadi, balki qaysidir bir davlatning boshqa bir davlat ustidan ustivorligi uchun ham shart-sharoitlar hozirlaydi.

  1. Individualizm. Bu g‘oyaga ko‘ra shaxs o‘z manfaatlarini o‘zgalar manfaatlaridan ustun qo‘yadi. Shaxs individualchi bo‘lishi kerak. Lekin, shaxs individualligining ham o‘z meyorlari mavjuddir. Individualizm jamoaviylikning ziddiy ko‘rinishi bo‘lib, u shaxsni jamiyatdan ayro yashashga, qo‘ni- qo‘shnichilik, mahalla-ko‘ychilik va jamoaviylikka qarshi ruhda voyaga yetkazadi. Bu illatga mubtalo bo‘lgan kishi o‘z manfaatlarini o‘zgalarnikidan ustun qo‘yadi, faqat o‘zi uchun yashash odatini o‘zlashtiradi. Individualizmni g‘oyasi Yevropa madaniy an’analarini ko‘z-ko‘z qilib targ‘ib etish bilan bu g‘oyani joriy qilishga urinmoqda. Bu g‘oyaga binoan inson faqat o‘zi uchun yashashni afzal bilishi lozim.

  2. Egotsentrizm. Bu g‘oya insonning «men»ligini ustuvor qo‘yishdan iboratdir. Unga ko‘ra, inson har bir narsaga o‘zining «men»lik nuqtai nazaridan qaraydi. Buning eng tashvishli jihati shundaki, unday odam o‘zini doimo haq deb biladi, o‘zgalarga nisbatan bepisand qarash, o‘z xatti-harakatlarini mutlaqo to‘g‘ri deb bilish egotsentrizmning eng asosiy belgisidir.

Hozirgi davrda egotsentrizm illati aqidaparastlik, manmanlik va xudkushlik ko‘rinishlarida ham namoyon bo‘lmoqda. Shu sababli ham bu illat voyaga yetib kelayotgan yosh avlodni ijtimoiy jihatdan chalg‘itishi turgan gap.

Shuningdek, «ommaviy madaniyat»ning alomatlari jamiyatimizda ham namoyon bo‘la boshladi. Bunga misol tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin:

Birinchidan, «ayrim yosh ijrochi va ijodiy guruhlarning jamoatchilik e’tiborga taqdim etayotgan «asar»lari san’atning hech qanday talab va mezonlariga javob bermaydi» .

Ikkinchidan, real haqiqatdan yiroq, odamga katta ma’naviy oziq bermaydigan asarlar bilan teatrlar kassasini to‘ldirish holatlari ko‘proq ko‘zga tashlanmoqda.

Uchinchidan, «suratga olinayotgan aksariyat filmlarda kinochilarimizning bugungi kunning haqiqiy manzarasi, uning o‘tkir muammolarini chuqur his eta olmasligi, oddiy odamlar hayotidan uzoqlashib qolgani sezilib turadi».

To‘rtinchidan, afsuski, hozirgi vaqtda farzandlarimiz ko‘pincha xorijda ishlab chiqarilgan, bizning milliy tabiatimizdan uzoq bo‘lgan o‘yinchoq va qo‘g‘irchoqlarni o‘ynab ulg‘aymoqda. Ma’lumki, hozirgi davrda mamlakatimizda yashayotgan har bir inson «ommaviy madaniyat» tahdidining ma’no-mazmunini chuqur anglab olishi muhim vazifa bo‘lib qolmoqda.

So‘ngi paytlarda har xil g‘arazli kuchlarning ma’naviyatimizga zid bo‘lgan va “ommaviy madaniyat” niqobi ostida xatarli illatlar bilan yo‘g‘rilgan g‘oyalarni yoshlarimiz ongiga singdirishga urinishlari kuchaymoqda. Bunday jirkanch “madaniyat” ta’siriga duchor bo‘lgan o‘smir loqayd, yengil-yelpi hayotga oshno, yurt ravnaqi va xalq tinchligiga befarq kimsa bo‘lib voyaga yetadi. Shuningdek, “olomoncha madaniyat” jamiyatda buzg‘unchilik va zo‘ravonlikni targ‘ib etish hamda bolalarga go‘yo istagan ishini qilish - “erkinlik berish” kabi bema’ni odatlarni yoyish bilan ularni manqurtga aylantirib, ma’naviy hayotni og‘ir inqirozga duchor qiladi.

Bugun mafkuraviy kurashlar, ma’naviy ziddiyatlar va zo‘ravon g‘oyalarning turli “o‘yinlari avj oldi. Xalqimiz bunday sharoitda har qachongidan ham hushyor va ogoh bo‘lishi, do‘stu dushmanni ajratishi, g‘animlar fitnasiga uchmasligi, yovuz kuchlar qo‘lida qo‘g‘irchoq bo‘lmasligi zarur. Chunki har bir fasod ish ortida razil maqsadlar, manfaatdor kimsalar turganini bir lahza ham unutishga haqqimiz yo‘q. Jahonda kechayotgan murakkab jarayonlar yoshlar tarbiyasiga yanada katta e’tibor berishni talab etmoqda. “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarida ta’kidlanganidek, “Agarki biz bunday xatarlarga qarshi o‘z vaqtida qat’iyat va izchillik bilan kurash olib bormasak, turli zararli oqimlar bizning yurtimizga ham shiddat bilan yopirilib kirishi, yoshlarimizni o‘z girdobiga tortib ketishni, oqibatda, ularning ota-ona, el-yurt oldidagi burchi va mas’uliyatini o’yalmaydigan, faqat bir kunlik hayot bilan yashaydigan kimsalarga aylanib qolishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin emas”.

Tabiyki, “ommaviy madaniyat” degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik, individualizm, egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo‘porishga qaratilgan xatarli tahdidlar hech birimizni tashvishga solmay qo‘ymaydi. Jamiyatda ommaviy madaniyat tahdidi quyidagi salbiy oqibatlarga olib keladi:


  1. Inson o‘z milliy tarixiy qadriyatlari, an’analari urf-odatlarini unutib ularga mutlaqo befarq bo‘lib qoladi.

  2. Chet el mamlakat turmush tarzini, ya’ni o‘zi yoqtirgan chet el pop- estrada musiqa yo‘nalishlarini, chet el kino yulduzlarini, xorijiy filmlarni o‘zlashtira boshlaydi va ularni ommaga keng targ‘ib etadi.

  3. Milliy mentalitetimizga to‘g‘ri kelmaydigan G‘arb qadriyatlarini qo‘llab-quvvatlashni boshlaydi.

  4. Insonlarda vatanparvarlik, vatanga sadoqat, vatanga muhabbat, fidoyilik tuyg‘ulari yemirilib uning o‘rniga Kosmopolitizm, ya’ni: butun Yer shari mening Vatanim degan shiorga amal qilish tuyg‘usi shakllanadi.

  5. Jamiyatning milliy-diniy, axloqiy meyorlari va tamoyillariga putur yetkaziladi.(misol uchun kattalarni hurmat qilish, ota-ona roziligi kabi qon qonimizga singib ketgan madaniyatdan ayrilish mumkin).


XULOSA

Globallashuv davrida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni yurtga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni ham, har birimiz oliy maqsad deb bilish muhim vazifadir . Milliy ma'naviy qadriyatlar jamiyatimizning ma’naviy zamini, shu bilan birga ma’naviy ongning negizi bo’lib xizmat qilmog'i lozim.



Shunday qilib, yuqoridagi fikrlarimizdan quyidagicha xulosa qilish mumkin;

  1. Ma'naviyat va ma'rifat tushunchalarini turli xil ta'riflari va uning mazkur tushunchalar mazmuni kengroq tushuntirishdagi ahamiyati Ma’naviy tarbiya shaxs o’zligi, uning estetik didi shakllanishiga katta ta'sir o’tkazadi. Ma’naviyatda inson aqliy va hissiy dunyosi, orzu umidlari, talab ehtiyojlari, maqsad manfaatlari ro’yobga chiqadi. Ma’naviyat faqat kayfiyat, baholarigina emas, balki inson faoliyati samarali vositasida ham ifoda topadi. Inson faoliyatining barcha samaralarida uning ma’naviyati aks etadi.

  2. Ma’naviy muhit yaxshi bo‘lsa, ta’lim va tarbiya, jumladan ma’naviy ongni tarbiyalash samarali kechadi. Ma’naviy qiyofa insonning insoniyligi, uning qalbi va vijdonining uyg‘oqligini anglatuvchi ijobiy, insoniy fazilatlar, xislatlar yig‘indisi bo‘lib, insonning insonga, insonning tabiatga, insonning jamiyatga, insonning - o‘zi yashayotgan ijtimoiy tuzumga, o‘sha jamiyatda mavjud bo‘lgan qonun, huquq, axloq normalariga, milliy g‘oya va mafkura tamoyillariga bo‘lgan munosabatlarining namoyon bo‘lishidir.

  3. Ma’naviy kamolot ma’naviy hayotning eng nozik, shu bilan birga murakkab ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Inson shaxsiyatida ma’naviyatning shaklanishi asta-sekinlik bilan davom etadigan jarayon hisoblanadi. Ma’naviy ko‘nikmalar inson vujudiga singib, uning e’tiqodiga aylana borishi zarurdir. E’tiqodga aylanmagan ko‘nikmalar beqaror bo‘lib turadi, arzimas turtki bilan keskin o‘zgarib ketadi.

  4. Ma’naviy qadriyatlarni o’zlashtirish, o’z xalqining tarixi, madaniy merosini o’rganish, bugungi holati va ertangi istiqbolini aniq tasavvur etishdan boshlanadi. Har bir insonning faoliyati, hayotiy maqsadlari ma’lum bir qadriyatlarga erishish, moddiy va ma’naviy boyliklarga ega bo’lishga yo’naltirilgan bo’ladi. Maʼnaviyat — inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini oʻz ichiga oladi. Ma’naviyat atamasining asosida "maʼno" soʻzi yotadi. Maʼlumki, insonning tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olamiga uning boʻybasti, koʻrinishi, kiyinishi, xatti-harakati va boshqa kiradi. Ichki olami esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari, intilishlari, his-tuygʻularini oʻz ichiga oladi. Insonning ana shu ichki olami manaviyatdir. Oziq-ovqat odamga jismoniy quvvat bersa, m’anaviyat unga ruhiy ozuqa va qudrat bagʻishlaydi. ma’naviyat-maʼrifat va madaniyat bilan bogʻliq. Ma’naviyat odamlarda tap-tayyor holda vujudga kelmaydi.

Unga muttasil oʻqish, oʻrganish, tajriba orttirish orqaligina erishiladi. Ma’naviyat qanchalik boyib borsa, jamiyat va millat shunchalik ravnaq topadi. Ma’naviyatli odam yashashdan maqsad nimaligini aniq biladi, umrini mazmunli oʻtkazish yoʻlini izlab topadi, muomala qilish madaniyatini egallaydi, har bir masalaga insof va adolat nuqtai nazaridan yondoshadi. Vijdon nima, yolgʻon va rost nima, or-nomus nima, halol va harom nima — bularning hammasini bir-biridan ajrata oladi, hayotda yomonlikka boshlovchi xatti-harakatlardan voz kechadi, yaxshilikka boshlovchi amallarni bajaradi. Ma’naviyat da inson hayotining mazmuni aks etadi. Vatanni sevish, vatanparvarlik inson ma’naviyatini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Ma’naviyat kamol topgan jamiyatlarda qobiliyat, isteʼdod egalari shu jamiyatning , millatning yuzi, gʻururi, obroʻ-eʼtibori hisoblanadi.Ma’naviyatli jamiyatda aql, sogʻlom fikr, adolat va yaxshi xulq ustuvordir.

Bunday jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi kuchli boʻladi, odamga nomunosib turli illatlar barham topadi. Millatning asrlar davomida shakllangan ildizlari, uning tarixiy tajribalari va ijtimoiymadaniy rivojlanishisiz Ma’naviyatni tasavvur qilish qi-yin. " Ma’naviyat — insonning , xalqning , jamiyatning , davlatning kuch-qudratidir. U yoʻq joyda hech qachon baxtsaodat boʻlmaydi", degan edi Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimov. Shu sababli Oʻzbekistonda Ma’naviyatni yuksaltirish, xalqni ma’naviyatli qilish davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Mustaqillik tufayli oʻzbek xalqining koʻp asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy va diniy merosini oʻrganish, undan xalqning umumiy va bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yoʻl ochildi. M.imiz "Avesto" va zardushtiylik taʼlimotidan boshlab hozirgi kungacha shakllanib, boyib, umuminsoniy qadriyatlar bilan yonma-yon rivojlanib bormoqda. Oʻzbekistonda Ma’naviyat va maʼrifatni koʻtarish, targʻib qilish, boyitish, aholining keng doirasiga yoyish maqsadida respublika "Maʼnaviyat va maʼrifat" markazi tashkil etilgan. Respublika taʼlim tizimida "Maʼnaviyat asoslari" fani oʻqitiladi. Ma’naviyat sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borilyapti.

Ma`naviyat - nur, ma`naviyatli shaxs dilida haqiqat nuri aks etgan, o`zligini anglagan, o`zining borliqdagi o`rni va vazifasini tushunib yetgan, haqiqat oldidagi o`z maqomiga loyiq bo`lish va burchini ijro etish ma`suliyatini zimmasiga ola biladigan inson. Millat ma`naviyati, o`z tarixiy shakllangan qiyofasiga ega, shu bilan birga mohiyatan umumbashariy qadriyatlarga aslo zid emas, balki muvofiqdir.

"Ma'naviyat" atamasi, rasmiy hujjatlarda, ilmiy adabiyotlarda, matbuotda ko’p qo’llanishiga qaramasdan, uni ilmiy tushuncha sifatida alohida tahlil va ta'rif etish foydadan xoli emas.

"Ma'naviyat" va uning o’zagidan yasalgan "ma'naviy" sifatlashining qo’llanish doirasi keskin kengayib, ularning lug’aviy va atama sifatidagi mazmuni behad boyib bormoqdaki, bu esa ma'naviyatni aloqida ilmiy tushuncha sifatida o’rganishni, uning madaniyat, ong, tafakkur, dunyoqarash, ruhiyat hamda badiiy, siyosiy, axloqiy qadriyatlar va shu singari boshqa tushunchalar tizimidagi o’rnini aniqlashni, ular bilan o’zaro munosabatini tahlil qilishni taqozo etmoqda.

Ma'naviyat harakatdagi ong, dunyoqarash, iroda, urf- odatlar, madaniy qadriyatlar tizimi hamda u aqliy va hissiy muhit sifatida ijtimoiy hayotning barcha sohalari va shakllari bilan bevosita bog’liq. Ko’plarda ularga nisbatan aqliy, g’oyaviy-mafkuraviy negiz vazifasini o’taydi, ammo o’zi ham ijtimoiy  hayot yangiliklari hisobiga boyib boradi: shaklan rang-baranglik, mazmunan teranlik kasb etadi.

O’zbek xalqining ma'naviyati uning tarixan bosib o’tgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy rivojlanish yo’liga, iymon-e'tiqodiga, dunyoqarashiga, irodasiga, jamiyatda qaror topgan muhitga mos ravishda shakllangan va kamol topib bormoqda. Ma'naviyatimizning gurkirab yuksalgan yoki tanazzulga yuz tutgan davrlari bo’lgan.

Birinchi Prezident Islom  Karimov ta'kidlaganidek, "Xalqimizning   ma'naviy   poydevori - bo’lajak    davlatimizning tayanchlari juda qadimiy va  mustaqkam. Buni  hech   kim   inkor   qila   olmaydi.     Tariximiz     necha-necha ming yillarga borib taqaladi".

Ma'naviyatimizning bugungi kundagi ayrim xususiyatlarini, o’ziga xos jihatlarini to’g’ri tushunish uchun uning shakllanishiga va rivojlanishiga ta'sir ko’rsatgan asosiy omillar to’grisida gapirish kerak. Ma'naviyatning o’zak tushunchalari, avvalo, tarixan vujudga kelgan tabiiy iqlim sharoitlari bilan  uzviy bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish xususiyatlari ta'sirida shakllanadi. 

Ma'naviy ehtiyojlarni yuksaltirish mustaqillikni mustahkamlashning muhim shartlaridan biri Har qanday jamiyat, tuzum barqaror rivojlanishga intilibgina qolmasdan, o’zining tabiatiga, mohiyatiga mos shaxsni voyaga yetkazishga ham muhim e'tibor beradi; uning axloqiy, huquqiy, estetik me'yorlari ijtimoiy institutlarining faoliyati shu

maqsadga bo’ysundiriladi.

Mustaqil O’zbekiston ham jahonning eng ma'rifatli mamlakatlari  orasida  o’z  o’rnini  topib,  barqaror rivojlanish uchun mustaqillik dunyoqarashiga ega bo’lgan, milliy iftixor tuyg’usi bilan yo’grilgan,    ammo millatchilik va

milliy mahdudlikdan holi,    hur    va erkin fikrlovchi, ayni vaqtda fuqarolik mas'uliyatini to’g’ri tushunadigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o’z kasb-kori, ijtimoiy muhiti talab    qiladigan darajada  o’zlashtirgan shaxsni tarbiyalashi lozim. Buning uchun jamiyatla ikki yo’nalishda ish olib boriladi.   Birinchidan,  shaxs  kamoloti  uchun obyektiv shart-sharoitlar yaratiladi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - T.: O‘zbekiston, 2021.

  2. Mirziyoyev.SH.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.- T.: O‘zbekiston, 2016. - 56 b.

  3. Mirziyoyev.SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. -T.: O‘zbekiston, 2017-104 b.

  4. Mirziyoyev.SH.M. Millatlararo do‘stlik va hamjihatlik - xalqimiz tiichligi va farovonligining hayotbaxsh manbai. // Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. 1 jild. - T.:O‘zbekiston, 2017. 299 bet.

  5. Mirziyoyev.SH.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. 1 jild - T. : O‘zbekiston, 2017. -592 b.

  6. Mirziyoyev.SH.M. BMT bosh Assambleyasining 72 sessiyasidagi nutqi. - // Xalq so‘zi. 2017 yil 20 sentabr.

  7. “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risi”dagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. 2017 yil 13 sentabr - lex uz.

  8. Абдулла Авлоний. Танланган асарлар. 2-жилд. –Тошкент: Маънавият, 2006. -216 б.

  9. Абдурауф Фитрат. Танланган асарлар. 5 жилд. –Тошкент: Манавият, 2010. -304 б.

  10. Отамуродов С., Раматов Ж., Ҳусанов С. Маънавият асослари. -Тошкент: Маънавият, 2000. – 121 б.

Internet saytlari



  1. www. ma'naviyat.uz

  2. www.library.ziyonet.uz.Таълим портали.

  3. www.bilim.uz.

  4. www.philosophy.ru.

  5. http: //www. anthropolo gy.ru

  6. http://manaviyat-kuzgusi.uz

  7. http://www.falsafa.dc.uz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - T.: O‘zbekiston, 2021.

  2. Mirziyoyev.SH.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.- T.: O‘zbekiston, 2016. - 56 b.

  3. Mirziyoyev.SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. -T.: O‘zbekiston, 2017-104 b.

  4. Mirziyoyev.SH.M. Millatlararo do‘stlik va hamjihatlik - xalqimiz tiichligi va farovonligining hayotbaxsh manbai. // Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. 1 jild. - T.:O‘zbekiston, 2017. 299 bet.

  5. Mirziyoyev.SH.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. 1 jild - T. : O‘zbekiston, 2017. -592 b.

  6. Mirziyoyev.SH.M. BMT bosh Assambleyasining 72 sessiyasidagi nutqi. - // Xalq so‘zi. 2017 yil 20 sentabr.

  7. “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risi”dagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. 2017 yil 13 sentabr - lex uz.

  8. Абдулла Авлоний. Танланган асарлар. 2-жилд. –Тошкент: Маънавият, 2006. -216 б.

  9. Абдурауф Фитрат. Танланган асарлар. 5 жилд. –Тошкент: Манавият, 2010. -304 б.

    1. Абдурауф Фитрат. Оила ёки оила бошқариш тартиблари. –Тошкент: Маънавият, 2016. -198 б

    2. Абдурахмонов М., Рахмонов Н. Маданиятшунослик. –Тошкент: 2008. – 206 б.

    3. Абу Али Ибн Сино. Тиб қонунлари. Уч жилдлик. -Тошкент: А.Қодирий номидаги халқ мнроси нашриёти, 1994.

    4. Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шаҳри. -Тошкент: А.Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти,1993.-322 б.

    5. Авесто. Махкамов А. таржимаси. -Тошкент: Шарқ, 2001. -180 б.

    6. Азизиддин Насафий. «Комил инсон». Н.Комилов таржимаси. –Тошкент: 2008.

    7. Алимардон Т. Миллий таълим: танқид ва таклиф. –Тошкент: Тафаккур журнали, № 4. 2019. –19 б.

    8. Алишер Навоий. Хайратул аброр.-Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1989.

    9. Арасту. Поэтика. Ахлоқи кабир. Риторика. –Тошкент: Янги аср авлоди, 2011. – 130 б.

    10. Ахелис Т. Этика. История этики и критика ее систем. Явления нравственности. Принципы нравственности. Этика Либроком 2011. - 112 с.

    11. Бек Ульрих. Что такое глобализация? Ошибки глобализма - ответы на глобализацию. Пер. с нем. Григорьева А.и Седельника В.. М.: Прогресс-Традиция, 2001. - 60 с. 

    12. Беруний Абу Райҳон. Қадимги ҳалқлардан қолган ёдгорликлар.Танланган асарлар.1-жилд.-Тошкент: Фан, 1968.

    13. Беруний. Танланган асарлар. 1-жилд, - Тошкент: Фан. 1968. -106 б.

    14. Геффдинг Г. Этика, или наука о нравственности: Изложение этических принципов и их применение к различным житейским отношениям. – М: ЛКИ, 2012. – 400 с.

    15. Жалолиддин Румий. Ичингдаги ичингдадир. -Тошкент: Янги аср авлоди, 2013. –192 б.

    16. Имом Исмоил Ал-Бухорий. “Ал адаб ал-муврад”. –Тошкент: 1990. -94 б.

    17. Имом Ғаззолий. Риёзатун-нафс. http://n.ziyouz.com.

    18. Кант И. Критика практического разума. Пер. с нем. Изд.стереотип. Книжный дом ЛИБРОКОМ 2016. – 192 с. 

    19. Маҳмудов М. Комил инсон аждодлар орзуси. –Тошкент: 2002, -157 б.

    20. Маҳмудхўжа Беҳбудий. Икки эмас, тўрт тил лозим. Танланган асарлар. -Тошкент: Маънавият, 2006. –280 б.

    21. Маънавият: асосий тушунчалар изоҳли луғати. –Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги НМИУ, 2010. -309 б.

    22. Мирзо Улуғбек. Тўрт улус тарихи. -Тошкент: Чўлпон, 1993.

    23. Мухтаров А. Шахс тарбиясида миллий ғоя, эҳтиёж ва манфаатлар уйғунлиги. Монография. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2003. -27 б.

    24. Ортиқов Т. Тафаккур манзиллари. -Тошкент: Янги аср авлоди, 2017. -150 б.

    25. Ортиқов Т. Ўзбек гулистони ёхуд ахлоқ. –Тошкент: Наврўз, 2019. -148 б.

    26. Отамуратов С. Глобаллашув ва миллий-маънавий хавфсизлик (сиёсий-фалсафий таҳлил). -Тошкент: Ўзбекистон, 2013. -453 б.

    27. Отамуратов С. Глобаллашув: миллатни асраш масъулияти (сиёсий-фалсафий қирралари). -Тошкент: Ўзбекистон, 2018. -346 б.

    28. Отамуродов С., Раматов Ж., Ҳусанов С. Маънавият асослари. -Тошкент: Маънавият, 2000. – 121 б.

    29. Очилдиев А. Маданият фалсафаси. –Тошкент: Муҳаррир, 2010. -112 б.

    30. Очилова Б. Шахс маънавий камолотида ихлосмандлик ва ибрат бирлиги. –Тошкент: Ўзбекистон, 2004. -11 б.



Internet saytlari

  1. www. ma'naviyat.uz

  2. www.library.ziyonet.uz.Таълим портали.

  3. www.bilim.uz.

  4. www.philosophy.ru.

  5. http: //www. anthropolo gy.ru

  6. http://manaviyat-kuzgusi.uz

  7. http://www.falsafa.dc.uz.

.


1 SH.Mirziyoev. "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash - davr talabi" -// Xalq so'zi, 2018 yil. 16 iyun


Download 176 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish