Yuqorida aytilganlardan ma’lum bo‘ladiki, borliq falsafiy jixatdan juda keng ma’noda butun bir reallik sifatida tushuniladi. Uning tarkibiga, yuqorida aytilganlardan tashqari, inson xali o‘zlashtirib, bilib ulgurmagan narsalar, tabiat xodisalari ham, tabiat boyliklaridan foydalangan xolda insoniyat yaratgan barcha narsa va hodisalar, jarayonlar ham, kishilarning ijtimoiy hayotlari ham, ularning o‘zlari, fikrlari, g‘oyalari, qarashlari, jamiyatdagi barcha ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, ma’naviy munosabatlar ham kiradi. Binobarin, moddiy narsa va xodisalar bilan bir qatorda ma’naviy hodisalar ham «borliq» kategoriyasi bilan ifodalanadi. Demak, falsafa o‘rganadigan qaysi bir masalani olmaylik, pirovardida u borliq muoammosi bilan bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |