Ma’mur qahhorov



Download 434 Kb.
bet24/59
Sana03.01.2022
Hajmi434 Kb.
#317291
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59
Bog'liq
Falsafa

Ma’naviy borliq inson borlig‘ining yana bir ko‘rinishi bo‘lib, u individual va ijtimoiy ong jarayonlarini o‘z ichiga oluvchi ma’naviylik, ma’naviy qadriyatlar va ma’naviy boyliklardan iboratdir. Ma’naviylik – bu ko‘p qirrali ong va ongsizlik jarayonlarini o‘z ichiga oluvchi inson xayot tajribalari, u egallagan axloqiy, siyosiy, xuquqiy, diniy, falsafiy qarashlari, shuningdek, fanlarni o‘rganish asosida olgan bilimlari, badiiy, texnik va ilmiy ijodlarining yig‘indisi xisoblanadi. Individuallashgan ma’naviy borliqning tashuvchisi - bu individ ongi va ruxiyatidir. Ular individ dunyoga kelishi bilan paydo bo‘ladi va olamdan o’tishi bilan yo’qoladi.

Ob’ektivlashgan ma’naviy borliq individ ongidan tashqariga chiqib, ob’ektivlashgan, reallashgan, moddiylashgan g‘oyalar, fikrlar, qarashlardir. Masalan, san’at asarlari, madaniyat obidalari va boshqalar. Uning bir ko‘rinishi – bu til (nutq). Til – reallashgan ongdir.Ijtimoiy borliq shaxs va jamiyat xayotining moddiy tomonlarini o‘z ichiga oladi: moddiy ne’matlar ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘zaro kirishadigan munosabatlar ana shunday munosabatlarga kiradi. Ijtimoiy borliq ijtimoiy ong bilan chambarchas bog‘liq, ular bir butun jamiyat xayotining ikki – moddiy va ma’naviy tomonlarini tashkil etadi.

Shunday qilib, kurdikki, borliqni tashkil etuvchi narsalar, xodisalar ko‘pligi va xilma – xilligidan borliqning turli – tuman mavjudlik shakllari yuzaga keladi.

II. “Substantsiya”(lotincha, tarjimada «moxiyat») narsalarning moxiyatini ifodalovchi tushuncha. Substantsiya deganda falsafada qadimda barsa narsa va xodisalarning asosini tashkil etuvchi moddiy yoki ruxiy birlamchi narsa tushunilgan. Mazkur kitobning 2-va 3- mavzularida ko‘rib utilganidek, qadimga davr materialistlari suvni, xavoni, olovni, atomlarni, ya’ni moddalarning biror turini substantsiya deb tushunganlar. O‘rta asr sharq falsafasi namoyondalari al-Kindiy, ar-Roziy, Forobiy, Ibn-Sino, Ibn-Rushd o‘z falsafiy qarashlarida substantsiya hamma narsaning moddiy asosi, ularning moxiyati deb qaraganlar.

Yuqorida ko‘rib o‘tilganidek, boshqa bir gurux faylasuflar substantsiya deganda butun mavjudlikning asosi bo‘lgan mutloq g‘oyani, ruxni, yoki sub’ekt ongi va shu kabilarni tushunishadi. Masalan, qadimgi yunon mutafakkirlaridan Pifagor raqamlarni, Platon g‘oyani substantsiya deb biladi. Gegel esa mutloq g‘oyani substantsiya deb qarab, uni narsalarning muhim, o‘zgaruvchan, rivojlanuvchan tomonlari yaxlitligi deb ta’riflaydi. Faylasuflarning yagona asos to‘g‘risidagi qarashlari monizm deb ataladi. Monizm yo materialistik, yoki idealistik bo’lishi mumkin. Faylasuflar orasida dunyoning asosini bir narsa emas, balki ikki narsa – ham g‘oya (rux), ham materiya tashkil etadi, deguvchilar ham bo‘lgan. Masalan, yangi zamon falsafasida frantsiyalik mutafakkir Rene Dekart substantsiya muammosini ko‘rib chiqar ekan, u borliqning asosida ham materiya, ham rux yotadi degan. Bunday qarash dualizm (lotincha, tarjimada «dua»- ikki degani) deb ataladi. Dualizm ta’limoti tarafdorlari borliq asosida bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan ham materiya, ham rux (g‘oya) yotadi, ular o‘rtasida xech bir umumiylik yo‘q, deyishadi.

Substantsiya muammosini xal qilishda monistik va dualistik qarashlardan farqli o‘laroq, plyuralistik qarashlar ham mavjud. Plyuralizm ta’limoti nuqtai-nazariga kura, borliqning asosini yakka bir narsa emas, balki ko‘p narsalar tashkil etadi. Dunyodagi ja’mi mavjudotlar yagona bir ibtidoga ega bo‘lmagan ko‘pdan-kur, har hil asoslardan tashkil topganlar.

Substantsiyani materiyani tashkil etuvchi moddiy elementlar bilan aralashtirib yubormaslik kerak. Bir paytlar barcha jismlar materiyaning bo‘linmas shakli – atomlardan tashkil topgan degan tasavvur xukmron bo‘lgan va atomlar substantsiya deb e’lon qilingan edi. Xozirgi zamon fani har qanday jism molekulalardan, molekulalar atomlardan, atomlar esa yadro va elektron qobiqlardan tashkil topgan, deb tasdiqlamoqda.

Materiyaning ko‘rinishi va uning tuzilishi ham o‘zaro farqlanadi. Materiyaning ikki ko‘rinishi mavjud – bular modda va nomodda ko‘rinishlaridir. Ular bir-biri bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, o‘zaro to‘qnashganda keskin sifatiy o‘zgarishlar ro‘y beradi, ya’ni modda va antimodda to‘qnashsa, materiyaning modda ko‘rinishi nomodda ko‘rinishiga aylanadi, muayyan maydondagi nurlanishlar esa zarracha va antizarrachalarning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Materiyaning tuzilishiga kura o‘lchovi, miqyosi bilan farqlanuvchi uchta darajaga bo‘linadi: bular – makrodunyo, mikrodunyo va megadunyodir. Mikrodunyoga atom mikiyosidan kichik ulchovli tuzilmalar kiradi. Makrodunyo – ko‘zga ko‘rinadigan jismlar, megadunyo – samoviy jismlardir.

Tashkiliy struktura darajalariga kura materiyani anorganik, organik materiya va jamiyatga ajratamiz. Anorganik materiyada kimyoviy va fizikaviy aloqadorliklar xukmronlik qiladi, shu tufayli jonsiz tabiatdagi qonuniyatlar shu fanlar doirasida cheklangan bo‘lib, bu materiya nisbatan sust va tashkiliy uyushganligi jixatdan quyi darajada, faolligi kuchsiz bo‘ladi. Jonli tabiatda biologik aloqadorliklar ham qatnashganligi sababli uning uyushganlik darajasi yuqoriroq, faolroq va tuzilishi murakkabroq bo‘ladi. Jamiyatda materiya o‘ta uyushganligi, nisbiy mustaqilligi va oliy darajadagi faolligini namoyon qiladi.Materiyani tashkil etuvchi turli elementlar va turli jismlar o’rtasidagi aloqadorlik hamda ularda yuz beruvchi o‘zgarishlar xarakatni keltirib chiqaradi.


Download 434 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish