Ma’mur qahhorov


Falsafiy nuqtai nazardan metod



Download 434 Kb.
bet29/59
Sana03.01.2022
Hajmi434 Kb.
#317291
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   59
Bog'liq
Falsafa

Falsafiy nuqtai nazardan metod dunyoni bilishning vositasi, narsa-hodisalarning fikriy in’ikosi ekan, demak, u avvalo tafakkurning xususiyatlarini o‘zida aks ettiradi, shunga kura, tafakkur yoki fikrlash uslublari ham turlicha bo’ladi:

1. An’anaviy tafakkur uslublari (dogmatizm, relyativizm, eklektika, sofistika, metafizika, dialektika).

2. Zamonaviy tafakkur uslublari (sinergetika, germenevtika, strukturaviy-funktsional tahlil).

Endi an’anaviy metodlar xususida qisqacha fikr yuritaylik:

1. Dogmatik tafakkur uslubi yoki dogmatizm (lot. «aqida», «qoida» degani) qoida va xulosalarning tarixiyligi va nisbiyligini nazardan soqit qilish, ularni o‘zgarmas deb qarashdir. Buning oqibatida aqidaparastlikning turli (siyosiy, falsafiy, diniy, ilmiy va xokazo) ko‘rinishlari kelib chiqadi.

2. Relyativizm (lot. «nisbiy» degani) borliqda, shu jumladan, fikrimizda barqaror, muqim, doimiy xech narsa yuq, dunyo xaqidagi bilimlarimiz xuddi dunyoning o‘zi singari nisbiy, shartli, beqaror deb qarashdan iborat.

3. Eklektika (yunon. «tanlamoq» degani) turli-tuman, gohida bir-biriga teskari, zid fikrlar, qarashlarni sun’iy tarzda bog‘lashga, birlashtirishga urinuvchi, aslida fikriy, mantiqiy boshboshdoqlik.

4. Sofistika (yunon. «mohir», «usta» degani) oqni-qora, qorani-oq deb suhbatdoshni chalg‘itishga, chalkashtirishga asoslangan soxta donishmandlik.

5. Metafizika (yunon. «fizikadan keyingi») borliqda va tafakkurda o‘zaro aloqadorlik hamda ziddiyatlar mavjudligini inkor etuvchi, Gegel ta’biri bilan aytganda, antidialeklik fikrlash uslubi.

Sanab o’tilgan uslublarda murakkab tafakkur jarayonining biror-bir tomoni, jixati, bosqichi yoki xususiyati boshqalaridan ajratib olinib, haddan ziyod bo‘rttirib yuborilganligi sababli ular biryoqlamalik kasb etgan, vaxolanki, shular hisobga olinmasa, mazkur metodlarning har birida ozmi-ko‘pmi ratsional, ya’ni aqlga muvofiq keluvchi xossalar mavjudligini inkor etib bo‘lmaydi. Shu jihatdan ularni yagona bir mukammal metodga birlashtirishga intilishning natijasi sifatida yuzaga kelgan dialektik metod g‘oyat qimmatlidir.

II.Falsafadagi an’anaviy metodlarga avvalo dialektika va metafizikani kiritamiz. Dialektika (yunon. «baxslashmoq», «suxbatlashmoq» degani) borliqdagi narsa-xodisalar yalpi aloqadorlikda, doimiy o‘zgarishda, rivojlanishda, o‘zaro ziddiyatli birlikda, deb talqin etadi. Qadimgi yunon falsafasida dialektika dastlab bahs-munozara yuritish san’ati deb ta’riflangan, keyinchalik Geraklit, Milet falsafiy maktabi vakillari, pifagorchilar dunyo haqidagi eng umumiy va teran fikrlarni «dialektik fikr» deb baholay boshlaganlar. Chunonchi, Efeslik Geraklitning: «Hamma narsa o‘zgarishda, oqib turadi», «Oqar suvga ikki bor tushib bo‘lmaydi», «Kurash – borliqning otasi va mavjudotning xukmdori», Pifagorning «Haqiqat dengiz tubida», «Inson – hamma narsaning me’yori» kabi fikrlari dialektik, ya’ni chukur falsafiy fikrlar hisoblangan.

Dialektik tafakkur uslubining ijodkori deb Aristotel mashxur aporiyalari, ya’ni falsafiy-mantiqiy rivoyatlari bilan nom qozongan, aporiyalarda borliq va inson fikrining ziddiyatli ekanligini yorqin ifodalay olgan qadimgi yunon faylasufi Zenonni kursatgan. Aristotelning o‘zi dialektikani ehtimoliy fikrlar to‘g‘risidagi mantiqiy ta’limot bo‘lmish «analitika»ning muqobili deb tushungan. Boshqa bir buyuk yunon mutufakkiri Platon haqiqiy borliqni («g‘oyalar olami»ni) o‘zgarmas va aynan birday deb talqin etsa-da, dialektik tafakkur fikrlash san’atining chuqqisi sifatida hammaga emas, balki faqat tanlangan zotlargagina berilgan, deb hisoblagan. «Sofist» va «Parmenid» nomli dialoglarida u: «Mavjudotning oliy jinslari faqat shunday tarzda fikr qilishlari mumkinki, ulardan har biri mavjuddur va mavjud emasdir, o‘ziga o‘zi tengdir va teng emasdir, o‘ziga aynan o‘xshashdir va uzga holatga o‘tib turuvchidir. Borliq ziddiyatli: u bitta va ko‘p, abadiy va o‘tkinchi» deb yozgan va bu bilan dialektik fikrlash uslubini ulug‘lagan edi.

Dialektika sharq, jumladan, IX-XII asrlar Markaziy Osiyo falsafasida ham muhim o‘rin tutgan. Professor O.F.Fayzullayevning yozishicha, «dialektika» terminini sharq falsafasida ilk marta «jadl», «jadliy», «jadal» tarzida vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy qo’llagan. U borliq xodisalari o‘zaro ta’sir natijasida yuz beradi, o‘zgarishsiz narsa yo‘q, borliq va fikr ziddiyatlidir, degan. «Oniy va boqiy», «botiniy va zohiriy» kabi tasavvufga xos, «xalol va xarom», «jannat va do‘zax» singari islomiy tushunchalarda ham dialektika o‘ziga xos namoyon bo‘ladi.

Evropa uyg‘onish davrida Nikolay Kuzanskiy va Jordano Bruno «qarama – qarshiliklarning mos kelishi», yangi davrda Rene Dekart va Borux Spinoza «o‘zini-o‘zi shartlab yuz beruvchi xarakat», XVIII asrda Immaniuil Kant fizik va kosmogonik tabiatdagi rivojlanishning yuz berishi xaqida dialektik g‘oyalarni ilgari surdilar. Buyuk nemis mutafakkiri G.-V.-F. Gegel birinchi bo‘lib «tabiiy, tarixiy va ruhiy olam jarayondan iborat, ya’ni borliq bu – uzluksiz xarakat, o‘zgarish, bir holatdan boshqasiga o‘tish va rivojlanishdir, bu xarakat va o‘zgarish ich-ichidan o‘zaro aloqadordir» degan fikrni falsafiy-mantiqiy jixatdan asoslab bergan edi. Gegelning «hamma narsa o‘z inkoriga keladigan zaruriyat» degan g‘oyasi ham chuqur dialektik fikrdan iborat.

Dialektik metod tabiat va jamiyatni tushunishga ham, bilish nazariyasi va amaliyotga ham, materializm va idealizm ta’limotlariga ham birday tatbiq etilishi mumkin. Ana shunday keng qamrovli dialektik tafakkur uslubi nuqtai nazaridan, ziddiyatlar turli-tuman, ko‘p qirrali va ko‘p qutbli (polipolyar) deb tushunilishi lozim. Ilgari ziddiyatlarni xal etish uchun kuch ishlatish, tazyiq o‘tkazish asosiy vosita deb qaralgan bo‘lsa, endilikda, yangicha tafakkur nuqtai nazaridan ziddiyatlar tinch yo‘l bilan, murosai-madora usuli bilan ularning tutash nuqtalari topilib, o‘zaro kelishtirilib bartaraf etiladi. Shunga muvofiq, «tarixni mojarolar va adovat emas, balki xalqlar o‘rtasidagi hamkorlik va ishonch olg‘a xarakatlantiradi» (Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – Toshkent, 1997, 323-bet) degan fikr g‘oyatda chuqur dialektik mazmun kasb etadi. Muhimi – mavjud ixtiloflar murosasiz sotsial ziddiyatlarga – antagonizmlarga aylanib ketmasidan ularni hal qilishdan iborat. Shu bilan birga kishilar, guruhlar, sinflar, turli davlatlar o‘rtasida adovatga olib bormaydigan «muayyan, noantagonistik ziddiyatlarning mavjudligi yangi mustaqil davlatlarning qaror topishi davri uchun real hodisadir»(o‘sha joyda, 75-bet). Shunday qilib, shuro tuzumi hammaning tafakkur uslubi bir qolipda bo‘lishini talab qilgan bo’lsa, endilikda – mustaqillik davrida fikrlar xilma-xilligi va erkinligi sharoitida bu mutlaqo o‘rinsiz va asossiz talabdir.

Yangi sharoitda olamdagi yalpi universal aloqadorlik va taraqqiyot tamoyillarini o‘z ichiga olgan, ularning murakkab tabiatini o‘zaro bog’liqlikda teran tushuntirib berishga qodir dialektik metodga ehtiyoj yanada oshib bormoqda. Mustaqillik davrida dialektik fikrlash uslubi anglab olingan zaruriyat tarzida «qayta tug’ilmoqda». Dialektika mustaqil O‘zbekistonni bir butun, yaxlit ijtimoy tizim sifatida idrok etish, atroflicha islox qilish, mustaqillikni mustahkamlash, yangi taraqqiyot modelini asoslash hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga yo‘l ochishda o‘zining xayotiyligi va ta’sirchanligini isbotlamoqda.

III. Dialektikaning qonun va kategoriyalari. Dialektika borliq muttasil o‘zgarish va rivojlanishda deb qarash bilan birga bu jarayonning eng umumiy, ya’ni universal qonunlari ham mavjud deb hisoblaydi. Rivojlanish qarama-qarshiliklarga asoslanadi. Qarama-qarshiliklarning o‘zaro kurashi, ya’ni ziddiyat ana shu jarayonga ichki turtki beruvchi manba hisoblanadi. O‘zgarishlar turlicha bo‘lishi mumkin: miqdoriy va sifatiy, tarkibiy va tuzilmaviy, shakliy va mazmuniy, ichki va tashqi, holat o‘zgarishlari va boshqalar. Ammo har qanday o‘zgarish ham rivojlanishga olib kelavermaydi, agar o‘zgarishlar natijasida yangilik (yangi narsa, hodisa, xossa, sifat yoki bog‘lanish) yuzaga kelsagina buni rivojlanish deyish mumkin bo‘ladi. Masalan, mustaqillik hamda bozor isloxotlari tufayli O‘zbekistonda jamiyatning tamomila yangi sifat holatiga o‘tilmoqdaki, bu jarayonni, shubhasiz, rivojlanish deb baholash mumkin.

Demak, rivojlanish bu tasodifiy, uzuq-yuluq, yuzaki o‘zgarish emas, balki zaruriy, qonuniy, izchil, tizimli o‘zgarishdir. Xo’sh, rivojlanishning butun borliqqa xos eng umumiy qonuniyatlari bormi va ular nimalardan iborat?

Ushbu savolga javob berishdan oldin «qonun» tushunchasining mazmunini aniqlab olaylik. Qonun – predmet va hodisalar o‘rtasidagi ichki, muhim, zaruriy va takrorlanib turuvchi bog‘lanishlardir. Aynan takrorlanib turganligi uchun ham bu bog‘lanishlar qonuniy tus oladi va tegishlicha qayd etiladi. Masalan, yil fasllarining almashinuvi minglab marotaba takrorlanganidan qonun tusiga kirgan va «tabiat qonuni» deb e’tirof etiladi.

Qonunlar uch turga bo‘linadi:

1. Xususiy qonunlar (borliqning biror sohasiga oid, masalan, kimyo, biologiya, fizika va boshqa maxsus fanlar o’rganadigan qonunlar).

2. Umumiy qonunlar (borliqning kengroq biror sohasiga oid, masalan, tirik tabiat qonunlari).

3. Eng umumiy qonunlar (butun borliqqa xos bo‘lgan universal qonunlar)

Tabiat, jamiyat va inson tafakkuri taraqqiyotida bir xilda amal qiladigan eng umumiy qonunlarga quyidagilar kiradi:

1. Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘zaro o‘tishi qonuni.

2. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni.

3. Inkorni-inkor qonuni.


Download 434 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish