67
Bu yerda: D
rs
–
daromadlilikning real stavkasi;
N
fs
– nominal foiz stavkasi;
I
d
- inflyatsiya darajasi.
Ikkinchi formulaga bizning misolimizdagi ko‘rsatkichlarni qo‘yib,
yana bir
marotaba yillik real stavka 2,857%ni tashkil etishini tasdiqlashimiz mumkin:
D
rs
= (0,08 – 0,05) : 1,05 = 0,02857 = 2,857
E’tibor bering, nominal ko‘rinishda ishonchli bo‘lgan, belgilangan daromadi
bo‘lgan instrument (vosita) real ko‘rinishda ma’lum darajada risk tashiydi. Misol
uchun, faraz qilaylik, bank omonatchilarga risksiz dollarli yillik 8%li foiz
stavkasini taklif qilmoqda. Ayni vaqtda kelajakdagi inflyatsiya darajasi avvaldan
noma’lumligi sababli, real ko‘rinishda pulni ushbu bank hisob raqamiga qo‘yish
riskli bo‘ladi.
Agar taxmin qilinayotgan inflyatsiya darajasi yillik 5%ni tashkil etsa,
daromadlilikning kutilayotgan real stavkasi yillik 2,857% bo‘ladi. Agarda
inflyatsiya darajasi 5%dan yuqori
bo‘lsa, daromadlilikning
real stavkasi yillik
2,857%dan kam bo‘ladi.
5-nazorat uchun savol
Faraz qilaylik, risksiz yillik nominal foiz stavkasi g‘aznachilik veksellari
bo‘yicha 6%ni, bashorat
qilinayotgan inflyatsiya darajasi yillik 3%ni tashkil etadi.
Bunday g‘aznachilik veksellari bo‘yicha kutilayotgan daromadlilikning real
stavkasi qanday bo‘ladi? Nima uchun real ko‘rinishda ular riskli hisoblanadi?
Qo‘yilgan (joylashtirilgan) mablag‘larni qadrsizlanish riskidan himoya qilish
uchun foiz stavkalarini
real tovar va xizmatlar yordamida ko‘rsatish mumkin.
Masalan, belgilangan daromadli qaysidir bir vosita
uchun hisoblanadigan birlik
sifatida biror bir tovarni ko‘rsatish mumkin. Buyuk Britaniya hukumati
indeksatsiyalangan obligatsiyalarni (index-linked bonds) 1981 yildan, AQSh
G‘aznachiligi esa 1997 yil yanvar oyidan muomalaga chiqardi. Oxirgilari
TIPS
(Treasury Inflation Protected Securities — inflyatsiyadan himoyalangan
g‘aznachilik qimmatli qog‘ozlari) deb nom olgan. Bu obligatsiyalar bo‘yicha foiz
stavkasi risksiz real stavkadir. 1998 yilning sentabr oyida esa AQSh G‘aznachiligi
tomonidan
Series I Saving Bond,
yoki
I Bond deb nomlangan
inflyatsiyadan
himoyalangan yangi turdagi qo‘shimcha jamg‘arma
obligatsiyalari emissiya
59
qilindi.
I Bond – yangi turdagi obligatsiyalar bo‘lib, o‘z investitsiyalarining real xarid
qobiliyatini himoya qilishga va daromadlilikning kafolatli real stavkasini olishga
harakat qiluvchi investorlar uchun ishlab chiqarilgan.
I Bond
– daromadlilik hisob-
59
“Emissiya” lotincha “emissio” – chiqarish. Pul va qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish. Qarang: o‘sha
manba. J.V. - B.37.
68
kitobi o‘stirish prinsipiga asoslangan qimmatli qog‘ozlardir. Bu – obligatsiyalar
bo‘yicha foizlar oyma-oy hisoblab boriladi, deganidir.
I Bond obligatsiyalari
nominal bahoda muomalaga chiqariladi
– bu degani sotib oluvchi 50
dollarlik
obligatsiyaga 50 dollar to‘laydi va 30 yil davomida ularning bahosi foizlarni
indeksatsiyalash hisobiga oshib boradi.
AQSh G‘aznachiligi tomonidan I Bond obligatsiyalarini chiqarishning qanday
sababi bor?
AQSh G‘aznachiligi amerikaliklarning kelajak uchun omonat (jam-g‘arma)
qilishlarini rag‘batlantirish uchun yangi turdagi obligatsiyalarni chiqardi.
G‘aznachilik investorlarga har yarim yilda narxlar o‘sishini hisobga olgan holda
to‘g‘rilanadigan belgilangan foiz stavkali obliga-tsiyalarni taklif qiladi. Bu esa
qo‘yilgan mablag‘larning xarid qobiliyatini himoya qiladi.
I Bond obligatsiyalari bo‘yicha daromadlilik stavkasi qanday belgi-lanadi?
I Bond obligatsiyalari bo‘yicha daromadlilik stavkasi ikki alohida
stavkalarning: belgilangan daromadlilik stavkasi va yarim yillik inflyatsiyaga teng
o‘zgaruvchi stavka kombinatsiyasidan iborat. Belgilangan stavka obligatsiyaning
muomalada bo‘lgan davrida o‘zgarishsiz bo‘ladi. Inflyatsiya darajasiga bog‘langan
o‘zgaruvchan stavka esa har 6 oyda o‘zgarishi mumkin. 6 oylik inflyatsiya darajasi
hamda I Bond bo‘yicha belgilangan stavkaning yig‘indisi
ushbu obligatsiyalar
bo‘yicha daromadlilik stavkasi keyingi 6 oy davomida qanday bo‘lishini
ko‘rsatadi.
I Bond obligatsiyalarining boshqa o‘ziga xos xususiyatlari qanday?
I Bond
obligatsiyalari omonat o‘lchamining juda keng doirasiga ega; Siz
ularga jami 50 dollar yoki yiliga 30 000 dollar investitsiya qili-shingiz
mumkin;
I Bond
obligatsiyalari ishonchlidir, zero, ular G‘aznachilikning qimmatli
qog‘ozlari hisoblanib, AQSh hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va
kafolatlanadi;
I
Bond
obligatsiyalari soliq afzalliklariga ega. Siz o‘z
daromad-laringizdan
soliq to‘lash muhlatini 30 yilga uzaytirishingiz mum-kin, va bundan
tashqari, bu obligatsiyalar ma’muriy hudud
(shtat)lar va mahalliy daromad
solig‘ini to‘lashdan ozod etilgan;
I
Bond
obligatsiyalarining bahosi, to‘g‘risini aytganda, har oy oshib boradi,
foizlari esa har yarim yillikda hisoblanadi;
I
Bonds
obligatsiyalari likvidli hisoblanadi. Ularni sotib yuborish va olti oy
o‘tganidan so‘ng xoxlagan paytda naqdga aylantirish mumkin.
Endi inflyatsiya sur’atini hisobga olgan holda indekslangan
(TIPS)
obligatsiyalar qanday faoliyat ko‘rsatayotganligini
yaxshiroq tushunish uchun,
keling, qoplash muddati 1 yillik bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni ko‘rib chiqamiz.
Faraz qilaylik, ular bo‘yicha real kafolatlangan yillik 3%lik foiz stavkasi
taklif qilinmoqda. Daromadlilikning dollarli nominal stavka-sini, u inflyatsiya
sur’atiga bog‘liq bo‘lganligi sababli, oldindan aniq aytib berishning iloji yo‘q.
Agar inflyatsiya darajasi atigi 2% bo‘lsa, unda daromadlilikning yakuniy dollarli
69
nominal stavkasi 5%
atrofini tashkil etadi; 10%lik inflyatsiya darajasida esa
daromadlilikning dollarli nomi-nal stavkasi 13%gacha oshadi.
Yuqorida aytilganlarni jamlagan holda, foiz stavkasi va’da qilingan
daromadlilik stavkasi hisoblanishini eslatib o‘tamiz. Ko‘pchilik obliga-tsiyalar u
yoki bu valyutada ifodalangan foiz stavkasini taklif qilishlari sababli,
ularning
iste’mol tovarlari narxlarining dinamikasini hisobga olgan holdagi real
daromadlilik stavkasi – noaniq ko‘rsatkich bo‘ladi. Agar inflyatsiyani hisobga
olgan holda indeksatsiyalanadigan obligatsiyalar haqida gapiradigan bo‘lsak,
mazkur holatda foiz stavkasi iste’mol savatiga kiruvchi aniq tovarlar narxini
hisobga olgan holda hisoblab chiqariladi. Ushbu savatni hisobga olgan holda, foiz
stavkasi risksiz, kafolatlangan real stavka hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: