Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni samarali amalga oshirish



Download 3,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/199
Sana24.06.2022
Hajmi3,18 Mb.
#700626
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   199
Bog'liq
Маъруза матнлари - копия




KIRISH 
 
Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni samarali amalga oshirish, 
milliy iqtisodiyotni yangi davr talabiga moslashtirish, eksportga yo`naltirilgan 
ishlab chiqarishni yanada rag`batlantirish, barqaror moliya tizimi faoliyatini tashkil 
etish moliya munosabatlarini yanada rivojlantirishni taqozo etadi. 
“Moliya” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 2-kursda 
o`qitilishi rejalashtirilgan. “Moliya” fani gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar 
turkumiga kiradi va barcha iqtisodiy bakalavriat ta`lim yo`nalishlarida ham 
o`qitiladi. Mazkur fan moliya tizimlarini tashkil qiluvchi pul, bank ishi, kredit, 
investitsiyalar, 
aktivlar, 
majburiyatlar 
hamda 
moliyaviy 
instrumentlarni 
boshqarish, yaratish va o`rganishni tasvirlab beradi. 
Ushbu fan moliyaviy resurslar fondlarini shakllantirish hamda mamlakatning 
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish maqsadlariga erishishda ulardan samarali 
foydalanish, shuningdek mamlakat moliya tizimi amal qilish qonuniyatlari kabi 
masalalarni qamrab oladi. Mamlakat moliya tizimi rivojlanish qonuniyatlarni bilish 
va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo`lishda, mamlakatni 
demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish 
jarayonlarining mohiyatini tushunishda talabalarni zarur bo`lgan bilimlar bilan 
qurollantiradi.
Fanni o`qitishdan maqsad – kelgusida yuqori malakali iqtisodchi-
mutaxassislar bo`lib yetishadigan talabalar uchun moliya munosabatlarini tashkil 
etishning nazariy, huquqiy, tashkiliy asoslari haqida bilimlar berish, ularda 
davlatning hozirgi davrdagi moliyaviy siyosatining asosiy yo`nalishlari bo`yicha 
ko`nikma va malakalar shakllantirishdir.
Bugungi kunda jahon bozori kon`yunkturasi keskin o`zgarib, globallashuv 
sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani mamlakatimizni yanada barqaror 
va jadal sur`atlar bilan rivojlantirishni taqozo etmoqdaki, olib borilayotgan 
islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va 
jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya 



qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo`yicha ustuvor 
yo`nalishlarni 
amalga 
oshirish 
maqsadida, 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan “2017-2021 
yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi 
bo`yicha Harakatlar strategiyasi” qabul qilindi. 
“Moliya” fanini chuqur o`rganish orqali talabalar mamlakatimizning 
moliya munosabatlaridagi ishtirokini faollashtirish, makroiqtisodiy barqarorlikni 
mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o`sish sur`atlarini saqlab qolish, milliy 
iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash 
orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni 
faol jalb etish, iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, puxta o`ylangan tashqi 
qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy 
investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish borasida tegishli nazariy bilimlar 
va amaliy ko`nikmalarga ega bo`lishadi. Shu bilan birgalikda, mazkur fanni 
o`qitish “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi”da belgilangan iqtisodiyotni 
rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo`nalishlarini samarali tarzda amalga 
oshirishga qaratilgan mutaxassis kadrlarni tayyorlashda muhim o`rin tutadi. 
Bu o`quv yilida “Moliya” fani zamonaviy moliyaning fundamental (tub) 
asoslari, moliyaviy tizim, moliyaviy hisobotlar, investitsion loyihalar va risklarni 
boshqarish hamda investitsion portfelni shakllantirish va korporativ strategiya 
modullariga asosan o`rganiladi.

Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish