(1942- yilda tug‘ilgan)
Shoir, adib, olim, tarjimon, jurnalist, rahbar Muham- mad Ali (Ahmedov Muhammadali) Andijon farzandi. U 1942-yilda Bo‘z tumanida tavallud topgan. O‘rta maktabni a’lo baholar bilan tamomlagan Muhammad Ali O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining tavsiyasi bilan Moskvadagi Adabiyot institutida tahsil oladi. U o‘z mehnat faoliyatini G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrirlikdan boshlaydi. So‘ngra shu nashriyotda bosh muharrir; O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasida Markaz raisi; Xalqaro „Oltin meros“ jamg‘armasi raisi; ayni pallada esa xalqaro Amir Òemur jamg‘armasining raisi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Bolalik haqida asar yozmagan qalamkash bo‘lmaydi. Muhammad Ali ham aslida kattalar adabiyotining vakili bo‘lishiga qaramay, bolalarni samimiy sevadi, e’zozlaydi va o‘zining bir qator asarlarini ertamiz kelajagi bo‘lgan kichkin- toylarga bag‘ishlagan.
Bolalar uchun ijod qiladigan qalamkash ularning dunyoqarashlarini, pedagogik-psixologik xususiyatlarini yaxshi bilishi kerak. Boshqacha ibora bilan aytganda, bolalar mavzusini yoritish, bolalar uchun asar yozish ijodkordan katta mas’uli- yatni talab qiladi. Bunday xususiyatlar Muhammad Alida bor. Adib o‘zining tarixiy mavzuga bag‘ishlangan „Boqiy dunyo“ (she’riy roman), „Ulug‘ saltanat“, „Sarbadorlar“, „Abadiy sog‘inchlar“ nomli romanlarida bolalarning yorqin obrazlarini chizib berdi. Ayniqsa, bu „Ulug‘ saltanat“ tarixiy asarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Biz unda Muhammad Sulton, Xalil Sulton, Mirzo Ulug‘bek singari shahzodalarning bolalik davrlari tasvirlangan sahifalarni ko‘ramiz. „Boqiy dunyo“ she’riy
267
romanida esa qahramon yigit Farhodning bolaligi tasvirlari, ayniqsa, uning ismi ma’nosining yangicha talqinda berilishi juda qiziqarli va ibratlidir.
Shoirning bolalarga bag‘ishlangan she’r va afsonalari ham mavzularning rang-barangligi bilan ajralib turadi. Adib bolalar uchun asar yozganda bolalar xarakterining o‘ziga xosligini unutmaydi. Bolalar har narsaga hayrat bilan boqadilar, hamma narsa ularga qiziq tuyuladi. Ular har bir narsani ilk bor ko‘radi, har bir narsaga qarab dunyoni o‘zicha ilk bor kashf eta boradi, bundan beqiyos quvonadi. Shoir ana shu kashfiyotni tasvirlashga harakat qiladi.
„Bo‘taloq“ she’rida bo‘talog‘iga boqib quvongan, atrofida parvona bo‘lgan bolakay obrazi chiziladi. Bolaga, ayniqsa, bo‘taloqning lo‘k-lo‘k etib chopishi, unga „cho‘k-cho‘k!“ deyish juda yoqadi, uning o‘zi ham birga chopishga tayyor. Bo‘taloq ham bolaning mehrini sezadi. She’rda „lo‘k-lo‘k, cho‘k-cho‘k“ so‘zlarining takrorlanishi she’rga ajoyib ruh bag‘ishlagan. She’r juda jozibali va hayotiy chiqqan:
Bo‘talog‘im yayraydi, Yantoq bersam, chaynaydi. Yam-yashil o‘tloqlarda
Lo‘k-lo‘k chopib o‘ynaydi.
Bo‘talog‘im, lo‘k-lo‘k, Lo‘killama, cho‘k-cho‘k!
Bo‘talog‘im to‘ysin deb Barra o‘tlar tutaman.
Agarda qasd qilsam-chi, Undan o‘zib ketaman!
Bo‘talog‘im, lo‘k-lo‘k, Lo‘killama, cho‘k-cho‘k!
Muhammad Ali o‘z she’rlariga ko‘p hollarda tabiat man- zaralarini, hayvonot olamini, o‘t-o‘lanlarni mavzu qilib oladi. Bu esa she’rlarga tabiiylik baxsh etadi. „Shudring“, „Zub- turum“, „Kungaboqar“, „Qo‘zichoq“ kabi she’rlar ana shundaylar sirasiga kiradi. Bu she’rlarda dastavval onasining gapiga kirmay, kasal bo‘lib qolgan, keyin peshanasiga zub- turum bargini qo‘ygandan so‘ng sog‘aygan bola, shudringga
268
cho‘milgan bog‘, o‘tloqda „olamda ne gaplar bor“ligidan bexabar sakrab yurgan begunoh qo‘zichoq tasvirlanadi.
Shoirning ko‘p she’rlari kichik bolalarga bag‘ishlab yozil- ganligi bilan muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Bunga misol qilib „Vagonlar“, „Maktabimiz hovlisi“, „Yigirma to‘qqiz do‘stimiz“ kabi she’rlarni aytib o‘tish mumkin. „Shudring“ she’riga e’tibor bering:
Bog‘imizga bir qarang, Gul ochildi rang-barang. Òongda shudring tushibdi, Gulga chiroy qo‘shibdi.
Bog‘dan nari poliz bor, Unda qovun-tarvuz bor. Qovunlar katta-katta, Yozda keling, albatta!
Onalarni ulug‘lovchi „Onamlarning bayrami“ she’ri bay- ram munosabati bilan xonadonda yuz bergan quvonchli kayfiyat haqida. Bolaning nazarida butun tabiat aziz onajonini qutlug‘ ayyom bilan qutlashga shaylangan. Qushlar hovlini to‘ldirib uchib yurishibdi, ariqlarning labida ham o‘t-o‘lanlar ko‘karib chiqibdi, oppoq bodom esa, gullarga ko‘milgan shoxini ko‘z-ko‘zlab, darchadan onajonisi xonasiga „qo‘l“ cho‘zib turibdi... Bayramga bolaning ham sovg‘asi bor: u o‘nta „5“ olib qo‘ygan!
Muhammad Alining xalq afsonalari asosida yaratgan
„Ninachi haqida ertak“, „Uch oltin g‘isht“, „Sirli qushlar“ nomli asarlari ham diqqatga sazovordir. „Ninachi haqida ertak“ xalqimiz orasida qadimdan mashhur bo‘lgan „Kim zo‘r“ degan afsonani eslatadi. Asar qahramoni — Ninachi. Qish kirib qolganini sezmagan uysiz-joysiz Ninachi qayga borishini bilmay, „xazon cho‘pni hassa qilgancha“ yo‘lda ketardi. Muz ustidan o‘tayotib, oyog‘i toyib ketadi va quyrug‘ini sindirib qo‘yadi. U bu falokatdan qattiq ozor chekadi va Muzga, sen zo‘r ekansan, deydi. Muz esa, men zo‘r emasman, agar zo‘r bo‘lsam, Quyosh eritib yuborarmidi, Quyosh zo‘r, deydi. Ninachi so‘ng Quyoshga, uni berkitolgan Bulutga, uning bag‘rini teshib o‘tgan Yomg‘irga, keyin yomg‘ir iðiga osilib yerga tushib, uni shimib olgan Yerga, yerni teshib chiqqan Maysaga, uni bosib keta olgan Otga va nihoyat uni minib olgan
269
Odamga keladi... Shoir adolat qidirib yurgan Ninachi sarguzashtini juda jonli va qiziqarli tasvirlaydi, o‘qiganda tabiat manzaralari o‘quvchi ko‘z o‘ngidan bir-bir o‘tadi.
„Uch oltin g‘isht“ afsonasini shoir o‘z otasidan eshitgan. Voqea juda qiziq va ibratli. Uch aka-uka — Òo‘ng‘ich, O‘rtan- cha, Kenja uzoq safarga chiqishib uchta oltin g‘isht topib oladilar. Har biriga bittadan g‘isht to‘g‘ri keladi. Biroq nafs tuzog‘iga tushgan Òo‘ng‘ich bilan O‘rtancha fitna uyushtirib, Kenjani o‘ldirmoqchi bo‘ladilar va uni ovqat olib kelishga yuboradilar. Kenja ovqat olib kelib dasturxonga qo‘yayotganda, boshiga g‘isht bilan urib o‘ldiradilar. Keyin xursand bo‘lib, ovqat yeyishga tutinadilar. Va shu zahotiyoq til tortmay o‘la- dilar, chunki Kenja uchta g‘ishtning hammasini o‘ziga olmoq- chi bo‘lib, akalari ovqatiga pinhona zahar qo‘shgan edi... Shoir bu afsonasida inoqlik, hamjihatlikni ulug‘laydi, ochko‘zlik, nafsga berilishni qoralaydi. Asarni o‘qib chiqqan o‘quvchi sadoqat-u ixlos yo‘lini tutish, halol bo‘lish kerakligi, ezgu ishlarda birlashish lozimligi, yomonlik qilish asil insonning ishi emasligini anglaydi, yaxshilikning umri uzun, yomon- likning esa davri qisqa, degan haqiqatning boqiyligini tushunib yetadi.
„Sirli qushlar“ shoirning hind xalq afsonalaridan ilhom- lanib yozgan asaridir. Unda halollik, fidoyilik, chin insoniylik sifatlari ulug‘lanadi.
O‘zbekiston Xalq yozuvchisi, Davlat mukofoti sovrindori Muhammad Alining bolalarga atab yozgan she’r va afsonalari yosh kitobxonni ezgulik va yaxshilikka chorlaydi, ularni chin inson qilib tarbiyalashda, Vatanga sadoqatli bo‘lishda xolisona xizmat qiladi.
QO‘ZICHOQ
Yashil o‘tloq erkasi, sakray-sakray tinmaysan, Olamda ne gaplar bor, anglamaysan, bilmaysan...
Maysalarga egib bosh, kurt-kurt qilasan doim, Onang suyib yunglaring yalab qo‘yar muloyim.
Nariroqda allakim seni kuzatar shu choq, Ko‘zlarida nedir bor, yonida sovuq pichoq...
270
Senga boqib ko‘zlari tinib ketsa ajabmas, Senga qadar pichog‘i sinib ketsa, ajabmas...
HA-YU, CHITTIGUL
Akacham oy tomon boraman, deydi, Bulutlar ko‘ksini yoraman, deydi.
Ha-yu, chittigul! Ha-yu, chittigul!
Fazoda juda ko‘p sirlar bor, deydi. Chamanzor bo‘luvchi yerlar bor, deydi. Ha-yu, chittigul!
Ha-yu, chittigul!
Yulduzdan yulduzga o‘taman, deydi, Singiljon, yoningga qaytaman, deydi. Ha-yu, chittigul!
Ha-yu, chittigul!
UCH OLÒIN G‘ISHÒ
Do'stlaringiz bilan baham: |