Anvar Obidjon
(1947- yilda tug‘ilgan)
O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi Poloson qishlog‘ida 1947- yilning 8-yanvarida tug‘ilgan. Uning shoirlik faoliyati maktab davri- danoq boshlangan. 6- sinfdaligidayoq „G‘uncha“ jurnalida uning „Shkafcham“ nomli birinchi she’ri chop etiladi. Shoir ijodining asosiy qismi kichkintoylarga bag‘ishlangan. Ketma-ket e’lon qilingan „Siz eshitmagan qo‘shiqlar“, „Dalalardan bolalarga“, „Botirvoyning kundaligi“, „G‘alati maktublar“,
„Ignalarim chiroyli“ singari turkumlarga jamlangan hamda turli buyumlar, jonzotlar, o‘simliklar olamini yosh kitobxonga sirdosh etib, ularda tabiatga mehr uyg‘otuvchi, ohang va uslub jihatdan juda o‘ziga xos, ham kulgi, ham falsafaga boy she’rlari o‘zbek bolalar she’riyatida yangi bir oqimni shakllantira bordi.
„Bulbulning cho‘pchaklari“ turkumi esa bolalar adabiyotiga g‘azal janrini olib kirdi. Anvar Obidjonning qissa va hikoyalari, asosan, yumorga yo‘g‘rilgan bo‘lsa-da, o‘z zamonasi dardlarini bolajonlarga sodda va ta’sirchan ifodalar orqali yetkazib bera olishi bilan e’tiborga loyiqdir.
Adibning kattalarga atalgan asarlari orasida „Ketmagil“,
„Alamazon va Gulmat“, „Oltiariq hangomalari“ kitoblari alohida tilga tushgan. U milliy hajvchilikda Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, G‘afur G‘ulom, Said Ahmad yanglig‘ kulgi ustalari an’analarining ko‘zga ko‘ringan davomchisidir.
Anvar Obidjon „Ona Yer“ (1974, she’rlar), „Bahromning hikoyalari“ (1980, she’rlar), „Ey, yorug‘ dunyo“ (1983, qissa), „Olovjon va uning do‘stlari“ (1983, qissa, hikoyalar),
„Aëàìàçîí è åãî ïåõîòà“ (1984, qissa, hikoyalar), „Ketma- gil“ (1985, she’rlar), „Bezgakshamol“ (1985, hajviy she’rlar),
286
„Masxaraboz bola“ (1986, she’rlar), „Akang qarag‘ay Gulmat“ (1987, qissa, hajvlar, she’rlar), „Juda qiziq voqea“ (1987, she’rlar), „Oltin yurakli Avtobola“ (1988, qissa, hikoyalar),
„Dahshatli Meshpolvon“ (1989, qissa, pyesalar), „Yerliklar“ (1990, hajviyalar, she’rlar), „Alamazon va Gulmat hangoma- si“ (1992, qissalar, pyesa, she’rlar), „Ajoyibxona“ (1993, she’riy taqvim), „Meshpolvonning janglari“ (1994, qissa, doston), „Alisher ila Husayn yoki uch dono va o‘g‘ri“ (1996, she’rlar, doston), „Oltiariq hangomalari“ (1999, hangoma, hajvlar), „Bulbulning cho‘pchaklari“ (2001, she’rlar, hikoya- lar), „Odobli bo‘lish osonmi?“, (2001, hikoya) „O‘q o‘tmas bolakay“ (2005, qissa, hikoyalar), „O‘g‘irlangan pahlavon“ (2006, hikoya) kabi to‘plamlari nashr etilgan.
Respublika Yosh tomoshabinlar teatri hamda Farg‘ona, Qarshi, Qo‘qon, Guliston teatrlarida Anvar Obidjonning
„Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi“, „Pahlavonning o‘g‘irlanishi“, „Òop- sang — hay-hay“, „Qorin botir“, „Òo‘tiqush“, „Alamazon“,
„Navro‘z va Boychechak“ pyesalari sahnalashtirilgan. Uning sa’y-harakati bilan „O‘zbekfilm“ kinostudiyasida bolalarga atalgan „Òilsimoy — g‘aroyib qizaloq“, „Dahshatli Mesh- polvon“ komediyalari kino tasmasiga tushirilgan. Anvar Obid- jon she’rlariga o‘nlab qo‘shiqlar bastalangan.
VAÒAN
Senga bitta savol bor, Menga quloq sol, hoy, qush. Vayronada yashaysan,
Noming esa naq Boyqush. Ayt-chi, nahot sen boysan?
Asl boylik neligin Òushunmaysan, chamasi. Bu — vayrona bo‘lsa ham, O‘zimniki hammasi.
Shuning uchun men boyman!
HANDALAK
Handalakman polizda, Lekin qandman og‘izda.
287
Yayrab o‘sdim dalada, Oftob chiqsa, yalla-da. Suv kelmasa tomirga, Yalinaman yomg‘irga. Mening faxrim shiramdir, Qovun katta enamdir.
ÒURP
Menga tekkan choq og‘zing, Òiniq bo‘lar ovozing.
So‘ng ochilar ishtahang, Bo‘pketmasang, bas, nahang. Po‘stim yaproq rangida, Qishning sovuq tongidan — Simiraman yorug‘lik...
O‘zim — Oltiariqlik.
OLMAZORGA HUJUM
Piyodalar to‘plandi, Kamonchalar o‘qlandi, Shaydir yog‘och miltiqlar.
Qorinlarni qashlaymiz, Olg‘a yurish boshlaymiz, Ikki yonda „otliqlar“.
Bog‘ni qo‘qqis bosamiz, Olma yeymiz rosa biz, Baqirishib, chinqirab.
Kelib qolsa qorovul, Hushtak chalar Matqovul, Chekinamiz tirqirab.
QAHRAÒONDA
G‘or ichida Och-nahor
Barmoqlarin so‘rishib,
288
O‘tirishar bo‘rilar Òelevizor ko‘rishib.
Paydo bo‘lgach ekranda O‘tlab yurgan qo‘y-qo‘zi, Birdan hamma yirtqichning O‘ynab ketdi och ko‘zi.
Òish qayrashib So‘ng ular,
Ur-yiqitni boshlashdi. Òelevizor sho‘rlikni Paqqos g‘ajib tashlashdi.
BULBULNING SALOMNOMALARI
Qo‘rqoqlarning qo‘rqog‘i — g‘ilay Quyonga salom, Yo‘qdir yaqin o‘rtog‘i, sho‘rlik Chayonga salom.
Shoxdan shoxga yugurgan, dumida uy supurgan, Yong‘oq chaqib tupurgan, sho‘x Olmaxonga salom.
Arg‘amchidek buralar, yantoqlarga o‘ralar, Qo‘ng‘iz o‘tsa mo‘ralar, bo‘g‘ma Ilonga salom.
Ho‘kizlarni yiqitgan, Bo‘rilarni qo‘rqitgan,
Bor jonzotni hurkitgan, shoh Arslonga salom.
Xachirvoyning qondoshi, Bug‘udan zo‘r bardoshi, Kamroq bo‘lsa ham oshi, erkin Qulonga salom.
Uxlar Ayiqdek „pish-pish“, Fil singari pichoqtish, Birovga bermas yemish, xasis Qobonga salom.
Nafsi Kaklik tilagan, Òulkichani quvlagan, Asta mo‘ylov silagan pismiq Sirtlonga salom.
Meshkay qorni qovoqdir, burni tappak tovoqdir, Begemotdek lavoqdir, go‘l Karkidonga salom.
Òovus misol kelishgan, Laylak kabi kerishgan, Zarang daraxtni teshgan Qizilishtonga salom.
19— Bolalar adabiyoti
289
Chidab sovuq-ushukka, insof tilab Mushukka, Nonni sudrar teshikka, olg‘ir Sichqonga salom.
Òuyaqush uchun ushoq, Sinchalakka dev biroq, O‘g‘ri-yu ko‘zi o‘ynoq, sur Zag‘izg‘onga salom.
Òoshbaqa-yu Laqqaga, Pingvin — ko‘zi soqqaga, Ashulachi Baqaga, shilliq Marjonga salom.
Òun-u kun yer qazigan, zaxda yotib ozigan,
Ko‘p tirishib, oz yegan, go‘sxo‘r Yumronga salom.
Igna-bigiz sotuvchi, Jayraga qon tortuvchi, O‘lja poylab yotuvchi Òiðratikonga salom.
Burgutdek rizq izlagan, Boyo‘g‘lidek bo‘zlagan, Raqibini tuzlagan botir Òarlonga salom.
Jirafa-yu Bo‘taloq, Zebra, Maymun, Ot, Uloq, Òo‘q Yo‘lbars-u och Òimsoh, ayyor Qoplonga salom.
Bulbul kabi izillar, tog‘-toshlarda g‘izillar, Yirtqichlardan bezillar, do‘stim Jayronga salom.
CHIRMANDA QO‘SHIG‘I
Yum-yumaloq qosqonim, Menga tushar shapaloq, Bak-baka-bum. Bak-baka-bum.
Bo‘ynimda mis marjonim, Siz otasiz shataloq, Bak-baka-bum. Bak-baka-bum.
KARNAY QO‘SHIG‘I
Òomga chiqib baqiraman, Eshitgan payt tovushimni, Vaxax-xa. Vaxax-xa.
Seni to‘yga chaqiraman, Darrov kiygin kovushingni, Vaxax-xa. Vaxax-xa.
XO‘ÒIKNING ÒARJIMAYI HOLI
Yo‘rg‘a hamda baqiroq Eshakvoyga o‘g‘ilman.
290
Hali yoshman, Gohida —
Sho‘xlik qilsam, bo‘g‘ilmang.
O‘sdim qaqshab-qaltirab, Òug‘ilganman ayozda.
Maysalarga yumalab O‘ynab olay bir yozda.
Òoqat qiling, odamlar, Ulg‘ayayin sog‘-bardam. Siz otamni mingansiz, Minasiz-da meni ham.
KALISHNING BOÒINKAGA YOZGAN XAÒI
Boshlandi-yu loychaydi, Òashvishlarim ko‘paydi. Òugamaydi hech ishim, Qurimaydi tash-ichim. Òishlarimning sog‘i kam, Qashqa bo‘ldi burnim ham, Cho‘gal teshdi tagimni...
Qisqa qilay gapimni, Shoshilyapman, Bormish to‘y.
Mendan salom aytib qo‘y: Ko‘n etikboy dadangga, Satang Xirom akangga, Dono Chorig‘ bobongga, Suluv Shiðpak opangga, Cho‘tir Kerza tog‘angga, Amirkoni xolangga, Mahsibibi oyingga
Va ikkinchi poyingga.
BOG‘CHADAGI SEVGI
Bog‘chamizda bir qiz bordir, Menga parvon etmasa-etmas.
„Alifbe“ni bilmas hali,
Ishqiy xatlar bitmasa-bitmas,
291
Oydek o‘zi, ismi Oydin, Boshga balo bo‘ldi qaydin? Uyga ketar mendan oldin, Birpasgina kutmasa-kutmas.
Yig‘lar sochin tortib ko‘rsam, Qandchoyimni ichmas bersam, Sevmas jinday sevgin desam, Unga gapim o‘tmasa-o‘tmas.
Òunlar eslab qolgan chog‘im, Sutli oshdek qaynar ohim, Mayli, ko‘nglimdagi dog‘im Cho‘milsam ham ketmasa-ketmas.
Bunday go‘zal zamona yo‘q, Uyimizdek koshona yo‘q, Oyimdan zo‘r qaynona yo‘q, Eh, qadrimga yetmasa-yetmas!
OBBO KALAMUSH-EY!
Kalamushvoy, Yoz desalar
Kalamush. „Òemir“ deb,
Savoding sal Sen yozibsan
Chalamish. „Kemir!“ deb.
BAHONACHILAR KASALXONASI
Do‘xtir Quyon sertashvish, Hamshira g‘ozlar notinch. Kasalxona to‘satdan
Bo‘lib ketdi tiqilinch.
Bo‘ri keldi inqillab, Chivin chaqib oldi deb. Ayiq yotar,
Olmaxon —
Yong‘oq bilan soldi deb.
Echki der:
— O, do‘xtirjon,
292
Bo‘l uvali-juvali. Panjasini ko‘zimga Òiqib oldi Chumoli.
Qo‘ng‘iz mayib qilganmish Bosib Itning oyog‘in.
Sichqon esa cho‘zganmish Xachirvoyning qulog‘in.
Yig‘lamsirab keldi Sher Òepdi deb qo‘rs Suvarak. Otning boshin yorganmish Shoxdan tushgan duvarak.
Karavotda o‘tirar
Ho‘kiz cho‘mib sukutga. Bechorani sababsiz Kaltaklabdi Chigirtka.
Og‘ir yotar, ayniqsa, Karkidon degan nusxa. Bexos tishlab olganmish Uni yirtqich Qumursqa.
Alohida xonada
Arslon uxlar shohona.
...Ishlar faqat go‘l Eshak Òopolmasdan bahona.
KAMÒARIN
Xunuk Laycha bor edi, Kaltatumshuq — puchuqcha. Akillardi unga ko‘p
Chiroyli oq Kuchukcha.
Jim o‘tardi Laychavoy Xafa bo‘lmay kichikdan. Eslik edi u ancha Chiroyli oq Kuchukdan.
293
Do'stlaringiz bilan baham: |