Mamasoli jumaboyev



Download 5,23 Mb.
bet44/60
Sana02.02.2022
Hajmi5,23 Mb.
#425176
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   60
Bog'liq
Mamasoli Jumaboyev. Bolalar adabiyoti

(Otamning hikoyasi)
Almisoqdan avvalmi
Yo keyinmi, bir zamon, Farg‘onada yashardi
Og‘a-ini — uch o‘g‘lon. Òo‘ng‘ichining yo‘q edi Bosh suqmagan ko‘chasi. Ul aytganni qilishar O‘rtanchasi, Kenjasi.
Chirsillar qish sovug‘i, O‘t gurillar o‘choqda... Barvasta Òo‘ng‘ich o‘g‘lon Òizzasini quchoqlab Ukalarga yuzlandi:
„Gapim bordir sizlarga: Otamiz ham mol-dunyo Qoldirmadi bizlarga.
Maslahat-da, yo‘l olsak Boshimiz oqqan tomon.
271
Peshonada nima bor — Yolg‘iz O‘ziga ayon.
Qaratgan — qarab qolmas, Keng erur axir olam.
Òopsak — shukr, topmasak, Shukr deylik unga ham...“

Ul aytganni qilishar O‘rtancha-yu Kenjasi. Maslahat ham bo‘ldi hal O‘sha kuni kechasi.


Ko‘p kezdilar dunyoni... Hammollik ham qolmadi. Bari bo‘ldi va lekin, Lekin ular tolmadi.


Nimanidir izlashar, Nimanidir. Kim bilsin? Mayli, hatto osmonning Ustunlari yiqilsin, Dunyoni-da olsin o‘t, Mayli bo‘lsin qiyomat, Ishonardi uch o‘g‘lon,
Bir kun kelar deb omad!

Yana safar, yana yo‘l... Nainki bu yer behisht? Yotardi yo‘l bo‘yida


Uch g‘aroyib oltin g‘isht!
„Hazilingmi, xudo, bu? Aytaqol qilmay xunob! Ne bo‘lsa ham ishqilib,
O‘ng bo‘lsin-da, xobmas, xob!“ Og‘a-ini uch o‘g‘lon
G‘ishtlarni qo‘ldan qo‘ymay, Goh siypalar, goh o‘par, Òermilar to‘yib-to‘ymay:
„Jilo berishin ko‘ring!“
„Hazil emas, sof oltin!“
„Ko‘zni olar muncha ham?“
„Oltin, axir sof oltin!“
272
Xumdon kabi qizir kun, Havo cho‘yanday og‘ir.
Salqin joyga chiqdilar; Òo‘ng‘ichi dedi oxir:
„Xo‘p ochqapti qorin ham, Ukalar, gap sirasi,
Bu yer bilan shaharning Uzoq emas orasi.
Kenjatoy, sen shaharga Òezdagina borib kel.
Ma, pul! Shunga bir yemak, Ovqat-povqat olib kel!“

Pachoqqina Kenjaning O‘chganida qorasi, Òo‘ng‘ich O‘rtanchaga der:


„Gapning o‘g‘il bolasi Shuki, shuncha yo‘l bosdik, Òopganimiz — uchta g‘isht.
Bu Kenjamiz bo‘ldi-ku, Òurgan-bitgani tashvish? U yosh bola, ne uchun U ham bir g‘isht oladi? Lekin u-bu, desak-chi, Xo‘p to‘polon qiladi.
Gap shu: bitta g‘isht olib Paytni poylab turasan.
Kenja ovqat qo‘yganda Qoq miyaga urasan!..“

Òo‘ng‘ichining yo‘q edi Bosh suqmagan ko‘chasi. Ul aytganni qilishar O‘rtanchasi, Kenjasi.


Bir kosa osh ko‘tarib Kenja kelib qoldi-ku. O‘rtancha ham g‘isht bilan Miyasiga soldi-ku!


Òil tortmasdan berdi jon



18— Bolalar adabiyoti
273

Kenjatoy o‘sha asno. Oltin g‘isht ham ikkiga Bo‘lindi-ya, ajabo!
Go‘zal edi keng olam, Nurli edi bir yo‘la.
Akalar chehrasida Kezar tillavor shu’la...

Shosha-pisha yedilar Ovqatni aka-uka.


Birdan ko‘zlari tinib, Aylandi chikka-pukka! Òashnalikdan ezilar Dashtday qaqragan vujud. O‘t olganday yurakni Og‘izdan chiqardi dud!
Otash bo‘lgan temirday Chirsillardi peshona...
Faqat yumilmas ko‘zlar — Òiriklikdan nishona.
Kenjatoy ham uch g‘ishtni Olgandi-ku nazarga.
Shul niyatda ovqatga Solgan edi zahardan!..

Òo‘ng‘ich, O‘rtancha — unda, Kenjatoy esa bunda, Do‘ngrayishib yotardi,


Yo‘l bo‘yida, zabunda. Yo‘l uzra qolar yana, Yana kimgadir tashvish: Avvalgidek sehrgar,
Endi to‘rtta oltin g‘isht...


274


Download 5,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish