(O‘zbek xalq ertagi)
O‘tgan zamonda bir kishi safarga chiqqan edi. Bir soydan o‘tishga to‘g‘ri kelibdi. Qish vaqti ekan. Suv muzlagan edi. Eshakning keyingi oyog‘i muzga toyib yiqilib, beli sinibdi. U kishi xafa bo‘lib, muzga qarab shunday debdi:
Ey, muz aka, sen eng zo‘rmisan? Muz:
Men zo‘r bo‘lsam, kun meni erita olarmidi? Shunda u kishi kunga qarab:
Ey kun, sen eng zo‘rmisan? — debdi. Kun:
Men zo‘r bo‘lsam, bulutlar mening ko‘zimni to‘sib olarmidi?
Shunda u bulutga qarab:
Ey bulut aka, sen eng zo‘rmisan? — debdi. Bulut:
Men zo‘r bo‘lsam, yomg‘irlar meni teshib-teshib o‘tarmidi?
Shunda u yomg‘irga qarab:
Yomg‘ir aka, sen eng zo‘rmisan? — debdi.
Men zo‘r bo‘lsam, yerga singib ketarmidim? — deb javob beribdi.
U yerga qarab:
Yer aka, sen eng zo‘rmisan? — debdi. Yer:
Men zo‘r bo‘lsam, o‘tlar teshib chiqarmidi? — debdi. Shunda o‘tga qarab:
O‘t aka, sen eng zo‘rmisan? — debdi. O‘t:
Men zo‘r bo‘lsam, mollar yulib-yulib yutarmidi? — debdi.
47
Molga qarab:
Mol aka, sen eng zo‘rmisan? — debdi. Mol:
Men zo‘r bo‘lsam, bo‘rilar yermidi? — debdi. So‘ngra bo‘ridan so‘rabdi:
Bo‘ri aka, sen eng zo‘rmisan?
Men zo‘r bo‘lsam, merganlar otarmidi? — debdi bo‘ri.
Mergan aka, sen eng zo‘rmisan? — debdi haligi kishi. Mergan:
— Men zo‘r bo‘lsam, o‘q soladigan xaltamni sichqon va kalamushlar qirqib tashlarmidi?
Shunda u kishi sichqonga qarab:
Sichqon aka, sen eng zo‘rmisan? — debdi. Sichqon:
Men zo‘r bo‘lsam, qumursqalar qulog‘imdan chim- chib-chimchib chaqib olarmidi? — debdi.
Qumursqa aka, sen eng zo‘rmisan? — debdi. Qumursqa:
Men zo‘r, men zo‘r, — debdi. — Otangning olti yuz botmon bug‘doyini olti tog‘dan oshirib yeganman, pochchang- ning yuz botmon bug‘doyini yetti tog‘dan oshirib yeganman. Men zo‘r, men zo‘r, men zo‘r!
Qorning nima uchun katta? — deb so‘rabdi u kishi.
Jigarim zo‘r, — debdi qumursqa.
Beling nima uchun ingichka? — deb so‘raganda,
„Mehnatim zo‘r!“ deb javob beribdi qumursqa.
Kallang nima uchun katta? — debdi u kishi.
Davlatim zo‘r! Mehnatim zo‘r, davlatim zo‘r, men zo‘r, men zo‘r! — debdi qumursqa.
QIZG‘ANCHIQ PAK
(Koreys xalq ertagi)
Qadim zamonda Olmos tog‘larida Pak degan qizg‘anchiq bir odam yashar ekan. Ko‘ziga nima ko‘rinsa, hammasini olgisi kelar, ko‘zi hech to‘ymas ekan.
Bir vaqt uning qopqoniga burunduq tushib qolibdi, u oddiy emas, kumush yungli burunduq ekan.
Pak suyunib ketib, burunduqni ushlab, o‘ldirmoqchi bo‘libdi. Òo‘satdan burunduq tilga kirib:
48
O‘ldirma, meni qo‘yib yubor. Istaganingcha boylik beraman, — debdi.
Istaganimcha boylik berasanmi? Shunday qilki, nimaga qo‘limni tekkizsam, u narsa kumushga aylansin, uni mendan boshqa odam ololmasin, shu shart bilan seni qo‘yib yubo- raman, — debdi qizg‘anchiq Pak.
Istaganing bajo keltiriladi, — deb javob beribdi burunduq. Qizg‘anchiq Pak qopqonni ushlasa, qopqon kumush bo‘lib qolibdi. Pak burunduqni qo‘yib yuborib, uyga yuguribdi.
Suyunganidan esini yo‘qotib chopibdi.
Uyning eshigini ushlagan ekan, oldida kumush eshik paydo bo‘libdi. Uyga kirib yog‘log‘ini ushlasa, u ham kumush bo‘lib qolibdi. Boshmog‘ini yechib, uni ostonaga qo‘ygan ekan, boshmoq kumush bo‘lib qolibdi. Yerdagi bo‘yra ham Pakning qo‘li tegishi bilanoq kumushga aylanibdi. Bunday boylikni ko‘rgan qizg‘anchiq Pak esini yo‘qotib, uyda va hovlida chopib, hamma narsani ushlayveribdi. Axir charchab qorni ochib, ovqat yegisi kelibdi. Buni ko‘ringki, ovqatlar ham kumushga aylanaveribdi.
Òovoqchada guruch olsa, tovoqcha ham, guruch ham, ovqat yeydigan cho‘plar ham darrov kumush bo‘lib qolibdi. Pakning ovqat yegisi kelibdi-yu, hech yeyolmabdi. „Bir iloj qilib chidarman, — deb o‘ylabdi qizg‘anchiq Pak. — Lekin mening boyligimga hammaning havasi keladi!“
Òo‘g‘ri, Pakka havasi kelgan odamlar ham topilibdi!
Lekin ko‘p o‘tmay yo‘g‘on Pak ingichka Pakka aylanib qolibdi: kun sayin ozib, tez kunda cho‘pdek bo‘lib qolibdi. Qizg‘anchiq Pak o‘zining sovuq, qattiq kumush o‘rniga yotib, ochlikdan va sovuqdan o‘lib ketibdi.
NON VA ÒILLA
Do'stlaringiz bilan baham: |