Mamasoli jumaboyev



Download 5,23 Mb.
bet3/60
Sana02.02.2022
Hajmi5,23 Mb.
#425176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Bog'liq
Mamasoli Jumaboyev. Bolalar adabiyoti

(Arab xalq ertagi)
Qadim zamonlarda Abbos ismli bir kambag‘al kishi yashagan ekan. U bir parcha non topish uchun ertadan kechgacha qora terga botib mehnat qilar ekan. Qo‘li biroz ishdan bo‘shagan paytlari esa, „Zora biror xazina topib olsam“, deb shirin xayollar surarkan.
Kunlardan bir kuni u dalada ishdan charchab, jazira- ma issiqdan toliqibdi-da, biroz hordiq chiqargani daraxt
4— Bolalar adabiyoti 49
tagiga o‘tiribdi. Shunda u, „Ollohim menga shunday bir sehrli kuch-qudrat ato etsaki, qo‘lim tekkan hamma narsa tillaga aylanib qolaversa. Shunda men rohat va farog‘atda yashab, qora mehnatdan qutulgan bo‘lardim“, deb orzu qilibdi.
Abbos shu gaplarni ko‘nglidan kechirishi bilanoq, g‘oyib- dan bir tovush kelibdi.

    • Ey Abbos! Sen hozir nimani orzu qilgan bo‘lsang, niyatingga yetasan. Biror buyumga qo‘lingni tekkizishing bilan u shu ondayoq tillaga aylanadi!

Abbos o‘z quloqlariga ishonmabdi. Ammo shunday bo‘lsa ham, egilib yerdan kichkina bir tosh olibdi. Uning qo‘li tegishi bilanoq, toshcha tillaga aylanib qolibdi. Abbos boshqa toshchalarga tegsa, ular ham tillaga aylanib qolaveribdi. Abbos bu holdan juda sevinib ketibdi va shunday reja tuzibdi: „Hozir shaharga boraman-u tosh-kesaklarni to‘plab, tillaga aylantirib olaman... Keyin juda ko‘p yer sotib olaman. Daryo bo‘yida shohona saroy qurib, atrofini jannatmakon bog‘ga aylantira- man... Eng chopqir tulporlarni sotib olaman, liboslarim ham faqat asil va shohona bo‘ladi...“
U shunday shirin orzular va rejalar bilan o‘rnidan turmoqchi bo‘lgan ekan, ammo ochlikdan majolsizlanib, o‘rnidan turolmay qolibdi. Shunda Abbos, „Uyimdan keltir- gan tushligimni yeya qolay“, deb daraxt yonida turgan tugunchaga qo‘lini cho‘zibdi. U bir bo‘lak nonni og‘ziga solishi bilan tishlari qattiq narsaga botibdi. Og‘zidan olib qarasa, non ham tillaga aylanib qolgan emish. Òuguncha ichida piyoz ham bor ekan, Abbos uniyam shosha-pisha qo‘lga olibdi. Ammo piyozga qo‘li tegishi bilan u ham tillaga aylanib qolibdi.
Abbos juda qo‘rqib ketibdi. Axir, hamma yeydigan narsalari ham tillaga aylanib qolaversa, u ochlikdan o‘lib ketadi-ku! Hamma yog‘i tillaga ko‘milib ketsa-yu, yeyishga hech vaqosi bo‘lmasa. Bu qanday gap bo‘ldi?
Bir mahal Abbos ko‘zini ochsa, daraxt tagida xayol surib, mudrab qolgan ekan. U yengil nafas olib, o‘rnidan turibdi. Yelkasidan tog‘ ag‘darilganday bo‘lib, yengil tortibdi.

    • Xayriyat-ey, bularning hammasi tushim ekan-ku! — deb sevinib ketibdi.

50
ARILAR G‘AZABI


(Ozarbayjon xalq ertagi)

Bor ekan-da, yo‘q ekan, dunyoda bir fil bo‘lgan ekan. U tinib-tinchimagan va juda sho‘x ekan. Har safar bo‘lar- bo‘lmasga janjal chiqaraverar ekan. Kunlarning birida o‘rmonda u xartumi bilan bir daraxtni o‘rab olib, uni silkitaveribdi. Sal bo‘lmasa daraxtni ildiz-pildizi bilan yerdan sug‘urib olay debdi. Daraxt tagida o‘rmon arilarining ini bor ekan. Filning silkitishidan arilar ini buzilib ketishi mumkin ekan.



  • Fil aka, — iltimos qilishibdi arilar, — bizning uyimizni buzmang.

  • Uylaringning menga nima keragi bor? — javob beribdi fil. — Sho‘xlik qilgim kelgan edi-da.

  • Voy, fil akajon-ey, — deyishibdi arilar, — biz sizga o‘ynamang deyayotganimiz yo‘q. Boshqa daraxtning tagida o‘ynay qoling.

  • Shu yerdan boshqa yoqqa ketmayman, — tixirlik qilibdi fil. — Bu vijdonsizlarni qara-ya, o‘zlari zing‘ircha-yu, yana birovga aql o‘rgatishlarini-chi.

  • Fil akajon, — uni ogohlantirishibdi arilar, — agar uyi- mizni buzadigan bo‘lsangiz, sizni o‘ldiramiz.

  • Qo‘llaringdan kelganini qilinglar, — deb kulibdi fil. — Sizlardan qo‘rqadigan ahmoq yo‘q.

Arilar inlariga kirib, kattalar bilan maslahatlashishibdi-da, fildan yana bir marta iltimos qilib, bordi-yu, shunga ham ko‘nmasa, uni to o‘lguncha chaqishga qaror qilishibdi. Arilar ancha vaqtgacha filni bu ishdan qaytarishga urinishibdi. Lekin fil ularga e’tibor ham bermabdi.
Shunda arilar filga baravar yopishib, boshi, ko‘zi, qulog‘i, xartumi va butun badaniga ignalarini sanchishaveribdi. Birpasda fil shishib, naq tog‘day bo‘lib ketibdi. Filning hayqirig‘i butun o‘rmonni tutib ketibdi. Nihoyat, fil holdan toyib, gumburlab yerga yiqilibdi. Arilar uni o‘rab olishib:

  • Xo‘sh, endi holingiz qalay, filjon? — deyishibdi. Fil uyalganidan hatto boshini ham ko‘tara olmabdi.

  • Fil akajon, — deyishibdi arilar, — siz haybatingizga ishonib, bizni qiynadingiz. Lekin shuni bilingki, kuchsizlarni qiynaganning holiga voy bo‘ladi.

51
YOLG‘ONCHI



Download 5,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish