G‘afur G‘ulom
(1903 — 1966)
G‘afur G‘ulom o‘zbek bolalar adabiyotining yuksalishiga katta hissa qo‘shgan adiblardan biridir.
1923- yildan adabiyot maydoniga qadam qo‘ygan G‘afur G‘ulom o‘z ijodini bolalar uchun she’r yozishdan boshladi. U butun ijodi davomida yosh avlodni unutmadi va ularga munosib adabiy meros qoldirdi. Shoirning „Mukofot“ (1940),
„She’rlar“ (1946), „Òongotar qo‘shig‘i“ (1949), „Bari se- niki“ (1953), „Bir g‘uncha ochilguncha“ (1955), „Siz me- ning yoshligimsiz“ (1958) she’riy to‘plamlari; o‘rta va katta yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan „Shum bola“, „Òiril- gan murda“ (1934) kabi ajoyib asarlari bolalar adabiyotida munosib o‘rin tutadi.
G‘afur G‘ulom „Yasha, deyman, o‘g‘lim!“ she’rida fan va texnikani egallashni orzu qilgan, qalbi qahramonlik ishqi bilan to‘lib-toshgan, cheksiz osmonga uchib, yulduzdan yulduzga o‘tishni orzu qilgan yosh qahramon tuyg‘ularini samimiy aks ettiradi. Shoir bolalardagi qahramonlikka bo‘lgan zo‘r havasni sezgirlik bilan ilg‘ab olib, uni mohirlik bilan tasvirlay olgan. Ota bilan bolaning suhbati shaklida yozilgan bu she’rda o‘g‘ilning yuksak orzulari jonli tafsilotlar va obrazlar orqali ochiladi.
Shoir „Òursunali nega varrakdan voz kechdi?“ she’rida texnikaning kuch-qudratini kichik yoshdagi bolalar saviyasiga mos bo‘yoqlarda varrak va aeroplan vositasida ko‘rsatadi.
Bola sog‘-tetik, o‘ktam, buning ustiga toza-pokiza bo‘lib o‘ssa — bu hammaning baxti. „Ahmad yomon bola emas-ku, ammo...“ she’rida Ahmad obrazi orqali „Sog‘lom tanda — sog‘ aql“ maqoli mazmuni o‘ziga xos obrazli tarzda yoritiladi.
103
Shoirning mahorati shundaki, shartlilik asosida Ahmadning tana a’zolarini jonlantiradi va o‘z tozaligiga befarq qaraydigan bolaning a’zolari majlis qilib, har biri so‘zga chiqadi va egasidan norozi ekanliklarini aytib, uni tanqid qilishadi. Ana shundan so‘ng o‘z xatolarini tushunib, doktorning foydali maslahatlariga amal qilgan Ahmadning keyinchalik ozoda, sog‘lom va intizomligina bo‘lib qolmay, a’lochi o‘quvchiga aylanganligi asarda ishonarli tasvirlanadi.
Òish inson salomatligining mustahkam garovi hisoblanadi. Kimning tishi butun bo‘lsa, sog‘lig‘i yaxshi, kayfiyati chog‘ bo‘ladi. Ota-onalar o‘z farzandlariga har doim tishlarini ehtiyot qilishni, shirinliklarni ko‘p iste’mol qilmaslikni, hamisha yuvinib-taranib yurishni uqtirib keladilar. Ba’zan bolalar ota- onalarining pand-nasihatlariga amal qilmay, shirinliklarni ko‘p yeb, tishlarida danak, pista-bodom chaqadilar. Shoir „Nortoji- ning kurak tishi“ she’ridagi Nortoji obrazi orqali bolalarni tozalikka rioya qilishga undaydi.
She’rda G‘afur G‘ulom Nortojining tabiatiga xos bo‘lgan erinchoqlik va yalqovlikni, tozalikka rioya qilmaslikni o‘ziga xos yo‘sinda ko‘rsatadi. Asarda bu illatning zararli oqibati bolalarga g‘oyat hayotiy va yorqin misralarda yetkaziladi.
Shuni ta’kidlash zarurki, G‘afur G‘ulom „Shum bola“,
„Òirilgan murda“ asarlari bilan bolalar adabiyotida nasriy janrning yuksalishiga munosib ulush qo‘shdi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida ham G‘afur G‘ulom bolalar uchun ajoyib asarlar yaratdi. Bu asarlarda vatanparvar- lik va baynalmilallik, qahramonlik va jasurlik, g‘alabaga ishonch g‘oyalari ifodalanadi.
Shoirning bu davrda yozgan eng ta’sirchan asarlaridan biri
„Sen yetim emassan“ she’ridir. Unda urush yillarida yetim qolgan bolalarga nisbatan insonparvarlik his-tuyg‘ulari yuksak mahorat bilan tarannum etiladi:
Sen yetim emassan, Mehnatkash mushfiq
Òinchlan jigarim, Istagan narsangni tayyorlaguvchi Quyoshday mehribon, Xalq bor — otang bor.
Vataning — onang, Cho‘chima, jigarim,
Zaminday vazmin-u, O‘z uyingdasan.
Shoir urushning dahshatli, fojiali voqealarini go‘dak xa- yolida gavdalantirib, mana shu xo‘rliklarning sababchisi bo‘lgan Gitlerni la’natlaydi:
104
Sut ko‘r qilgur, haromi Gitler oqpadar — Farzandning qadrini Qayerdan bilsin?
G‘afur G‘ulomning bu she’ri yoshlarda urushga nisbatan nafrat, tinchlikni qadrlash tuyg‘ularini tarbiyalashda katta ahamiyatga ega bo‘lgan barkamol asardir.
Urushdan keyingi yillarda G‘afur G‘ulom bolalar uchun
„She’rlar“ (1946), „Òongotar qo‘shig‘i“ (1949), „Bari seniki“ (1953), „Bir g‘uncha ochilguncha“ (1955), „Siz mening yoshligimsiz“ (1958) kabi she’riy to‘plamlar va „Mening o‘g‘rigina bolam“ (1965) hikoyasini yaratdi.
Kichkintoylarning katta shoiri G‘afur G‘ulom bolalar va yoshlarni kattalarga, ayniqsa, ota-onaga mehr-muhabbatli qilib tarbiyalash mavzusida anchagina she’rlar yaratdi. Shulardan biri
„Ona“ she’ridir. Shoir unda bag‘ri ufqlardan ham keng ona- ning lirik obrazini yaratadi.
Shoir she’rda onaga murojaat etib, uni qoya, yuksak tog‘, chaman bog‘ hamda quyoshga qiyoslaydi va onani ulardan yuqori qo‘yadi. Darhaqiqat, dunyoda onadan ulug‘ zot yo‘q! Shoirning „Ola buzoq“, „Buni toping, qizlarim“,
„O‘ylashni o‘rganamiz“, „Chitti gul“, „O‘yinchi qiz“,
„Mening kuylarim“ singari she’rlari kinchkintoylarning sevimli asarlari hisoblanadi.
SHUM BOLA
Do'stlaringiz bilan baham: |