Mamasoli jumaboyev



Download 5,23 Mb.
bet10/60
Sana02.02.2022
Hajmi5,23 Mb.
#425176
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   60
Bog'liq
Mamasoli Jumaboyev. Bolalar adabiyoti

YANA BIR QUSHNING HUDHUDGA SAVOLI:

Dedi bir soyilki: — Ey, farruh jamol, Ko‘ngluma behad muhabbat soldi mol. Ham visoli jonima solur nashot,


Ham unidin ko‘nglum aylab inbisot. Bir nafas gar bo‘lmasa ilkimda siym, Hajridin jonimga bor o‘lmakka biym.
JAVOB:
Dedi Hudhud: — K-ey haqiqatdin yiroq, Joningga qo‘yg‘on diram dog‘i firoq.
Hirs jomi aylagan ko‘nglungni mast, Sen bo‘lib ul mastlig‘din zeridast.
Bu ne so‘z bo‘lg‘ayki, zikr etgay kishi, Kim emas bu odamiylarning ishi.

HIKOYAT:
— Basra shahrida laime bor edi, Bebasarlig‘ fanida dinor edi.


Mayli jam’ aylarga dinor-u diram, Ul sifat g‘olibki, Hotamga karam. Ko‘p mashaqqatlar bila duni laim, Bir-bir uzra jam’ aylar erdi siym.
Onchakim jam’ o‘ldi bir mahzan anga, Yer tubida ayladi malfan anga.
Bovujudi muncha naql ul dunhisol, Òo‘nig‘a tikmish edi gardun misol. Beadad maxfiy diramlar hirsi shum, Kunduz andoqkim, falak ichra nujum. Kim bulardindur manga tan quvvati, O‘ylakim, tan quvvati — tan sihhati.
Ittifoqo, bir kun o‘ldi manzile Mol savdosiga daryo sohili.
83
Suv qirog‘inda yer ul moli harom, Molning savdoda sudidin taom.
Bo‘ldi daryoda ilikni yuvdi ham, Chun og‘irlik qildi bir sori diram. Òushdi daryoga laimi dunsirisht, Chekti qa’riga oni ul fe’li zisht.
Òolpinib ko‘p zohir etti iztirob, Kim birov solgay oning sari tanob. Maxlasiga mayl ko‘rguzguncha xayl, Ko‘prak yetti bahrning qa’riga mayl. Chun og‘ir erdi diramdin langari, Suv tubin tutti sadafdin gavhari.
Siymdin yetti bu ofat joniga, Òushti yag‘mo mahzani pinhoniga. Siym yig‘moqqa natija bo‘ldi bu, Sen oning savdosidin ilkingni yuv. Mutlaq oning sari mayl etma yano Kim talotumda erur bahri fano.

NASRIY BAYONI:


YANA BIR QUSHNING HUDHUDGA SAVOLI:

Savol beruvchi dedi:



  • Ey qutlug‘ jamol egasi! Mol-u dunyo mening ko‘nglimga cheksiz muhabbat soldi. Unga erishmoq xayoli jonimga quvonch bag‘ishlaydi, uning jaranglagan tovushini eshitsam, ko‘nglim huzur topadi. Ko‘nglimda agar bir nafas oltin-kumush bo‘lmasa, meni o‘sha zahotiyoq o‘lgan deb hisoblayver.



HUDHUDNING JAVOBI:

Hudhud unga dedi:



  • Ey haqiqatdan yiroq! Joningga pul firoq dog‘ini qo‘yibdi. Hirs jomi ko‘nglingni mast aylabdi. Sen bu mastlikdan yer bilan bitta bo‘lib, bu behuda xayolni boshingdan chiqarib tashla! Miyangni ezib yotgan bu qattiq toshdan qutqar! Haqiqiy yer bo‘lsang, asl maqsadni ko‘zlagil, nimaiki so‘zlasang, o‘shandan so‘zlagil. Bu nomunosib ish bilan shug‘ullanma, chunki undan senga zarar yetib, oxiri joning- ning uvoli bo‘ladi.

84
HIKOYAÒ:

Basra shahrida bir xasis kishi bor edi. U nodonlik bilan oltin-kumush yig‘ishga mukkasidan ketgan edi. Hotam Òoy saxovat va karam ko‘rsatishda qancha nom qozongan bo‘lsa, u dinor va dirham yig‘ishda undan mashhurroq edi. Ushbu xasis va pastkash kishi ko‘p mashaqqat chekib, bitta-bittalab oltin yig‘ar edi. U katta bir xazina to‘plagach, ularni yer tagiga ko‘mdi. Bu ochko‘z yana shunga teng keladigan boylikni to‘niga gir aylantirib tikib olgan edi. Yashirgan behisob oltinlar o‘sha shum hirsli kishining ko‘ziga hatto kunduz kunlari ham osmonda yaraqlagan yulduzlar kabi ko‘rinar edi. U o‘zicha, tanimga quvvat, tanimga quvvatgina emas, balki jonimga sihat ham mana shu oltinlar tufayli, deb o‘ylardi.


Ittifoqo, bir kuni u savdo-sodiq qilish uchun daryo sohiliga keldi. U yerda savdo qilgan molidan tushgan harom pullarga taom olib yedi. Shundan so‘ng qo‘lini yuvmoqchi bo‘lib daryo labiga engashdi. Ammo to‘niga tikkan oltinlari og‘irlik qilib, uni suv tortib ketdi. Xasis kishi ana shu yomon fe’li tufayli daryoga cho‘ka boshladi. U suvdan chiqmoqchi bo‘lib, iztirob bilan chunon talpinar, birov kelib qutqarar, degan umidda baqirib-chaqirar edi. Ammo odamlar yetib kelgunga qadar u daryo tubiga cho‘kib bo‘ldi. Chunki uning oltindan bo‘lgan langari behad og‘ir ediki, shu sababli u suv tubida sadaf ichidagi gavhardek mangu tik turib qoldi.
Uning joniga ofat yetkazgan narsa, albatta, o‘zi yig‘gan sim-u zar edi. Shuningdek, uning yashirib qo‘ygan xazinasi ham talon-toroj bo‘ldi. Oltin-kumush yig‘ish oqibatida ana shunday mudhish voqea ro‘y berdi. Sen bunday jirkanch ishlardan qo‘lingni tort! Ularga zinhor mayl ko‘rsatma, chunki bu fano dengizi — dunyo doimo dahshatli to‘lqin ichidadir.
Nasriy bayon muallifi Sharafiddin Shariðov


85


Download 5,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish