Mamasoli jumaboyev



Download 5,23 Mb.
bet18/60
Sana02.02.2022
Hajmi5,23 Mb.
#425176
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   60
Bog'liq
Mamasoli Jumaboyev. Bolalar adabiyoti

Mirkarim Osim


(1907 1984)

„Alisher cho‘kkalab olib xontaxta ustidagi kattakon bir kitobni varaqlab, surat ko‘rib o‘tirar edi. Ov va jang manzaralari uni shu qadar qiziqtirgan, xayolini shu qadar o‘g‘irlagan ediki, otasi kelib eshik oldida kavush yechayotganini ham payqamadi. Kichkina Bahodir deb nom chiqargan G‘iyosiddin endi to‘rt yoshga kirgan o‘g‘li Alisherga kulimsirab qarab turdi. „Shul yoshdan kitobga muhabbat qo‘ysa, ulg‘aygach, albatta, kitobni ilkidan ayirmay, o‘zi bila asrab yurgay“, deb o‘yladi ota shiringina, do‘mboq o‘g‘lidan ko‘ngli to‘lib“.


Bu parcha atoqli adib Mirkarim Osimning kelajakda buyuk mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni sifatida el-yurtga tanila- digan, nomi asrlar osha yashaydigan Alisher Navoiy haqida yaratgan „Zulmat ichra nur“ asaridandir.
Mirkarim Osim ona-yurtimizning jamoli va kamolini, ota- bobolarimizning uzoq o‘tmishini, ularning azaliy orzu- armonlarini, fikr-tuyg‘ularini, erk va baxt-saodat yo‘lida olib borgan kurashlarini qissa va hikoyalarida madh etgan zabardast adiblardan biridir.
Ma’lumki, tarixiy mavzuda asar yaratish ijodkordan chuqur bilim, mushohada, katta mahorat talab qiladi. Mirkarim Osim badiiy ijodning ana shunday mashaqqatli va mas’uliyatli yo‘liga qadam qo‘ygunga qadar ajdodlarimiz tarixini har tomonlama chuqur o‘rgandi. Dengizdan gavhar izlovchi g‘ovvoslardek, o‘tmish ummoniga sho‘ng‘ib, so‘z durlarini terdi. Shu tariqa yozuvchining „Òo‘maris“, „Shiroq“, „Kitobga ixlos“, „Òemur Malik“, „Zulmat ichra nur“ kabi asarlari dunyoga keldi.
Qadimda O‘rta Osiyoda yashagan aholi ko‘plab qahramonlik eposlari yaratgan. Bu eposlar O‘rta Osiyo aholisining chet el bosqinchilariga qarshi vatanparvarlik kurashi zaminida tug‘ildi

9— Bolalar adabiyoti
129

va ajdodlarimizning chet el bosqinchilari tajovuziga qarshi olib borgan mardona kurashlarining ifodasi sifatida og‘zaki ada- biyotning nodir yodgorligi bo‘lib qoldi. Mirkarim Osim xalq og‘zaki ijodidan o‘rgangan holda ajdodlarimiz o‘tmishini yozma adabiyotga olib kirdi. Adibning „Shiroq“ hikoyasini olib ko‘raylik. Eron shohi Doro I O‘rta Osiyo xalqlarining boshiga og‘ir kulfatlar soladi. Sak qabilasi Doroga qarshi qo‘zg‘olon ko‘taradi. Ana shu mavzu hikoyaga asos qilib olingan. O‘z qabilasi boshiga og‘ir musibat tushgan bir paytda Shiroq jonidan kechib, qabiladoshlarini halokatdan asrab qoladi. U quloq-burnini kesib, Doro yoniga boradi, o‘zini qabiladosh- laridan qattiq sitam ko‘rgan kishi qilib ko‘rsatadi va dushman qo‘shinini aldab, qaqroq cho‘l-biyobon ichkarisiga olib ketadi. Aldanganliklarini sezgan dushmanlar uni o‘rtaga olishadi. Shunda Shiroq:

      • Men yengdim, Doro qo‘shinini bir o‘zim yengdim! — deydi mag‘rur turib.

Hikoyada Shiroqning ruhiy dunyosi juda mohirlik bilan aks ettirilgan. Noiloj qolgan sarkarda Ronosbat uni aldamoqchi bo‘lganda bu holat, ayniqsa, yaqqol ko‘rinadi.

      • Agar sen sahro quduqlari yo chashmalarini bizga ko‘rsatsang, gunohingdan kechib, Sug‘diyada istagan qishloq- lardan o‘ntasini senga in’om qilardik, — deydi u.

      • O‘z elimning dushmanlariga yordam berishni ista- mayman, — deydi Shiroq gapni qisqa qilib. Halokat jari yoqasida qolgan eroniylar achchiqlariga chiday olmay fidokor cho‘ponni qiyma-qiyma qilib tashlaydilar.

Yoki „Òo‘maris“ asarini olib ko‘radigan bo‘lsak, Midiya Persiya (Eron) podshohi Kir (miloddan avvalgi 550—530- yil- lar) Osiyoni zabt etib (o‘sha davr tushunchasi bo‘yicha hozirgi Eron atrofidagi mamlakatlar), nihoyat yaqin qo‘shnisi Skifiya ustiga hujum boshlaydi. Skiflar podshohi malika Òo‘maris chegara hisoblangan Oks daryosida dushmanni sol-ko‘prik yasab, kechib o‘tishigacha atayin qarshilik ko‘rsatmaydi. Uch kunlik masofaga chekinadi. Maqsad dushmanning qaytish yo‘lini kesish edi. Lekin Kir makr ishlatadi: daryodan o‘tib ichkari tomon biroz yurgach, O‘rdugoh qurib to‘xtaydi. Ertasiga to‘satdan o‘sha joyni ozgina qo‘riqchi bilan shoshilinch tark etadi. Aysh-ishrat dasturxoni, musallaslar to‘la meshlar ochiqligicha qolib ketdi.
130
Voqeadan xabardor bo‘lgan Òo‘maris shahzoda o‘g‘lini bir to‘da askari bilan dushmanni quvishga yuboradi. Hali tajribasiz shahzoda O‘rdugohda g‘aflat tuzog‘iga ilinadi: tunda yashirincha qaytib kelgan fors askarlari mast-alast, uyqudagi dushmanni qirib tashlaydi. Qo‘lga tushgan shahzoda fojiaga chiday olmay o‘zini qurbon etadi. Dahshatli qirg‘indan xabardor bo‘lgan malika Òo‘maris dushmandan ayovsiz o‘ch olishga qasamyod qiladi. Bu haqda bosqinchi Kirga xabar qilib, yaxshisi o‘z yurtiga qaytib ketishga buyuradi. Lekin oson g‘alabadan g‘ururlangan Kir tog‘lar darasi tomon yurishda davom etadi. Malika Òo‘maris o‘z dushmani makriga makr bilan javob tayyorlaydi: tog‘ darasida pistirmalar qoldirib, 250 ming dushman askarini qopqonga tushirgandek qamal qilib qirib tashlaydi.
Donolik, sinchkovlik va harorat Mirkarim Osimning „Elchi- lar“, „Sehrli so‘z“, „Òilsiz guvoh“, „Jayxun ustida bulutlar“ va boshqa kitoblariga ham xos fazilatlardir. Bu asarlarda ham voqealar tabiiy rivojlanadi, manzaralar haqqoniy gavdalanadi.
Mirkarim Osim faqat yozuvchi emas, balki mohir pedagog va noshir hamdir. U bir necha yil o‘qituvchilik qildi, Samar- qanddagi o‘qituvchilar tayyorlash kursida dars berdi. O‘zbek pedagogika institutida ilmiy xodim bo‘lib ishladi. G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida uzoq yillar muharrir bo‘lib xizmat qildi.
Mirkarim Osimning tarjimonlik sohasidagi ishlari juda salmoqlidir. U Mixail Sholoxovning „Òinch don“ epopeyasini (A. Sharopov bilan hamkorlikda), Sergey Borodinning
„Samarqand osmonida yulduzlar“ kitobini (M. Rahmonov bilan hamkorlikda) va boshqa ko‘pgina yozuvchilarning asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qildi.

KIÒOBGA IXLOS



Download 5,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish