Mamasoli jumaboyev



Download 5,23 Mb.
bet20/60
Sana02.02.2022
Hajmi5,23 Mb.
#425176
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60
Bog'liq
Mamasoli Jumaboyev. Bolalar adabiyoti

* * *


Somoniylar shajarasining so‘nggi butog‘i bo‘lgan podsho Nuh binni Mansur kasalmand odam edi. Buxoroning mash- hur tabiblari uni davolash bilan ovora edilar. Biroq hech birining bergan dori-darmoni tojdor bemorga kor qilmas, dardini yengillatmas edi.
Podsho devon ma’muri bo‘lgan marhum Abdulloning o‘g‘li Husayn tabibi hoziq bo‘libdi, degan xabarni eshitib, uni darhol huzuriga chorlatdi.
Saroy o‘lik chiqqan uyga o‘xshaydi. A’yonlar, saroy amaldorlari, soqchilar oyoq uchida yurardilar, bir-birlari bilan shivirlashib gaplashardilar.
Saroy vaziri Husaynni qo‘lidan ushlab, qilichlarini yalang‘ochlab yelkalariga qo‘yib turgan soqchilar orasidan olib o‘tdi va eng ichkaridagi bir xona oldiga olib borib to‘xtatdi. Eshikning ikki tomonida chiroyli ikki turkman yigit soqchilik qilib turardi. Vazir barmog‘i bilan shu yerda turishni buyurib, o‘zi xona ichiga kirib ketdi. Oradan besh- o‘n daqiqa o‘tgach, eshik ochilib, yosh hakimni ichkariga taklif etdilar. Ibn Sino uzun, rang-barang oynali darchadan xira nur tushib turgan, shiftlari muzayyan, devorlari o‘yma- kor xonaga kirib, to‘rdagi iðak to‘shak ustida yostiqqa suyanib o‘tirgan rangpar kishiga ta’zim qildi. So‘ngra uning ishorasi bilan to‘shak yoniga borib, cho‘kka tushdi. Yosh hakimning xiðchagina gavdasini tik tutishi, dadil boqishidan, tið-tiniq nurli yuzidan, katta-katta ko‘zlaridan kamtarligi va shu bilan birga o‘ziga ishonganligi bilinib turardi.
Nuh binni Mansur savqi tabiiy bilan o‘z huzurida ulug‘ iste’dod egasi bo‘lgan bir hakim o‘tirganini payqadi va uning sha’niga munosib muomala qilib, hol-ahvol so‘radi. Ibn Sino
133
o‘zini yaxshi tutib, uning savollariga shoshmay javob berdi. U podshoning kasali nima ekanligini tabiblardan eshitgan bo‘lsa-da, o‘z hamkasblarining odatiga muvofiq, keskin harakat bilan tojdor bemorning tomirini ushlab ko‘rdi. U o‘z oldida Movarounnahrning podshosi emas, balki oddiy kasal kishi yotgandek, uning sarg‘aygan yuziga tikilar, tilini ko‘rsa- tishini so‘rar, podshoning sha’niga nomunosibdek savollar berardi. (Bir necha xil kasali bo‘lgan binni Mansur bavosil kasaliga ham mubtalo edi.) Saroy vaziri podsho huzurida o‘zini shu qadar sokin va betakalluf tutgan hakimni birinchi marotaba ko‘rishi edi.
Ibn Sino podshoning javobini tinglab, peshanasini ushla- ganicha o‘ylab qoldi. Keyin achchiq ovqat, ichkilik ichmaslikni, ko‘proq shirguruch yeb, ho‘l meva iste’mol qilishni tayinlab o‘rnidan turdi:

    • Zoti oliylari, bandalariga ijozat bersinlar, kechqurun dori tayyorlab yuborgayman. Ko‘proq tar meva iste’mol qilsinlar, ammo Buxoro mevasi janoblariga zararlidir. Mevani Samarqanddin keltirib yesinlar. — Ziyrak tabib o‘zining xulq- atvori saroy vazirida noshiyista ta’sir qoldirganini payqagan edi. — Agar hurmat shartlarini joyiga keltirolmagan bo‘lsam, afv etgaylar.

Binni Mansur bilinar-bilinmas jilmayish bilan undan xafa bo‘lmaganini bildirgandek bo‘ldi. Yosh hakim ta’zim qilib, orqasi bilan yurib chiqib ketdi.
Bir haftadan keyin saroyga kelgan Ibn Sino dori- darmonlari bemorga yaxshi ta’sir qilganini ko‘rdi. Rangi tozargan binni Mansur uni ochiq chehra bilan qarshi oldi va yosh tabibdan behad minnatdor bo‘lib, nima tilasa berishga tayyor ekanini aytdi. Yosh tabib uning oldida tiz cho‘kib, imkon xorijida bo‘lgan bir narsani so‘ragandek qo‘rqib, past tovush bilan:

    • Menga saroy kitobxonasida mutolaa qilmoqqa ijozat bersalar bas, — dedi. — Menga pul kerak emas.

    • Barakalla! Umrimda puldan ilm-urfonni yuqori qo‘ya- turgan odamni birinchi ko‘rishim. — Podsho iljayib uning iltimosini bajon-u dil qabul qilganini izhor etdi. So‘ngra saroy vaziriga qarab dedi: — Kitobdorga aytib qo‘ying, Ibn Sinoga har kun kitobxonada mashg‘ulot o‘tkazmoqqa ijozat berdim.

Vazir indamay bosh egib qo‘ydi.
134

Download 5,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish