Mamasoli jumaboyev



Download 5,23 Mb.
bet19/60
Sana02.02.2022
Hajmi5,23 Mb.
#425176
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   60
Bog'liq
Mamasoli Jumaboyev. Bolalar adabiyoti

(Parcha)
Yarim kecha, osmonda charaqlagan yulduzlar mast uyquda yotgan yerga nazar tashlab, bir-birlariga ko‘z qisib qo‘yishadi. Kunduzi bozorchilarning g‘ala-g‘ovuridan charchagan Buxoro sukunat qo‘ynida orom olmoqda. Ahyon-ahyonda uzoqlardan dovud tovushi eshitiladi: tun posponlari uyqudagi shaharni qo‘riqlab yuradilar.
131
Shimol tomonga qaratib solingan baland bir ayvonning o‘rtasida, xontaxta ustida miltillab yongan shamning sarg‘ish nuri ostida o‘n yetti-o‘n sakkiz yoshdagi bir yigitcha mutolaa qilib o‘tiradi. Uning qotmadan kelgan tiniq yuzida, katta-katta ko‘zlarida zakovat nuri porlaydi. Nazari satrlar oralab yo‘rg‘a- larkan, yer ostidan xazina topgan kishidek qo‘llari asta titraydi, yuziga g‘alati tabassum yuguradi, keng va yorqin peshanasida marjondek ter paydo bo‘ladi. U butun koinotni unutgan, butun fikri satrlar orasiga yashiringan sirlarni topish tashvishida.
Ayvonning chekkasida yotgan Sitorabonu bir uyquni olib, o‘rnidan turib o‘tirdi, o‘g‘lining haligacha yotmaganini ko‘rib:

      • Hoy o‘g‘lim, shu mahalgacha o‘tiribsanmu? Yosh joningga muncha javr qilmasang? Yot hozir, — dedi.

      • Onajon, yana biroz o‘tirishga ijozat bering. Juda ajoyib kitob ekan.

Qirqlarga borib qolgan bo‘lsa ham, tarovatini yo‘qotmagan, qomati kelishgan qora qosh ayol o‘g‘lining yuzidagi jiddiy ifodani ko‘rib, ko‘ngli yumshadi.

      • Kecha bir tangaga sotib olgan kitobingmi?

      • Ha, o‘shal kitob. Buni qarangki, shu mahalgacha bo- shimni qotirib yurgan muammolarni osonlikcha yechib berib- dur-a!

Sitorabonu o‘g‘lining gapiga yaxshi tushunmagan bo‘lsa ham, riyozat chekib ilm o‘rganayotgan o‘g‘lining yuksak martabaga yaqinlashib qolganini ichki his bilan angladi va mayin jilmayib, boshini yostiqqa qo‘ydi.
Keyinchalik Abu Ali ibn Sino nomi bilan mashhur bo‘lgan yosh Husayn har kuni yarim kechagacha o‘tirib, yunon va arab hukamolarining tib va falsafaga doir kitoblarini o‘qir edi. Uyqusi kelib, ko‘ziga qum tiqilganda allaqanday bir o‘tni qaynatib tayyorlangan doridan bir xo‘plam ichar, ko‘zi yana ochilib, zehni ravshanlashardi. Bugun esa onasining so‘zini yerda qoldirmay, o‘sha dorisidan ichmadi. Kelgan joyiga xatcho‘p solib, kitobni tokchaga olib qo‘ydi-da, o‘rniga kirib yotdi.
Husayn shu bugun ertalab sahof bozorni1 aylanib yurganda paranji ichidan qo‘lini chiqarib, kitob ushlab turgan bir kampirga ko‘zi tushib qolgan edi.


1 Sahof bozor — kitob bozori.
132

    • Onajon, kitobingizni sotasizmi?

    • Ha, soturman, juda yaxshi kitob.

Yigitcha uning qo‘lidan kitobni olib, varaqlay boshladi. Bu

  • Forobiyning „Fasusi al-hikam“ degan kitobi bo‘lib, Arastu- ning „Moba’dat tabiat“ degan kitobiga yozgan sharhi edi. Husayn shu mahalgacha „Moba’dat tabiat“ni bir necha maro- taba o‘qigan bo‘lsa ham, sira tushunmagan edi. Mana endi uning kalitini topdi. Forobiy ulug‘ yunon hakimining juda chigal falsafiy mulohazalari mag‘zini chaqib bergan edi.

Download 5,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish