Hamid Olimjon
(1909 — 1944)
Hamid Olimjon 1909- yil 12- dekabrda Jizzaxda tug‘ilgan. U Narimonov nomli maktabda, Samarqand bilim yurtida, so‘ngra O‘zbekiston davlat pedagogika akademiyasida ta’lim oladi. Nashriyot va tahririyatlarda mas’ul vazifalarda xizmat qiladi.
H. Olimjon 20 yillik ijodiy faoliyati mobaynida „Ko‘klam“,
„Olov sochlar“, „O‘lim yovga“, „Daryo kechasi“, „O‘lka“,
„Baxt“, „Qo‘lingga qurol ol!“, „Ishonch“ kabi talay she’riy to‘plamlar, „Zaynab va Omon“ singari ajoyib doston,
„Muqanna“ kabi dramalar yaratdi.
Shoirning „Oygul va Baxtiyor“, „Semurg‘ yoki Parizod va Bunyod“ she’riy ertaklari bolalar adabiyotiga qo‘shilgan ulkan hissa bo‘lib, darsliklardan doimiy o‘rin olgan.
Hamid Olimjonning kitoblari rus va qardosh xalqlar tillariga ham tarjima qilinib, sevib o‘qilmoqda.
Shoirning „Lola“, „Vatan“, „Samolyot“, „Hulkarning she’ri“ va „Bolalik“ she’rlari bir necha avlod farzandlari tillarida jaranglab kelmoqda. Uning bolalarga bag‘ishlab yaratgan barcha she’rlarida bolaga qaynoq muhabbati aks etgan. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga bag‘ishlangan „Lola“ she’ridagi Lola minglab lolalarning biri. Lola har bir kunini gul-lolalarga burkanib, quvnab-quvnab o‘tkazadi:
Lola bog‘chaga chiqib, Kechga qadar gul terdi. Etak-etak to‘pladi,
Har kungidan mo‘l terdi. Sochiga gul bog‘ladi, Chekkasiga taqdi gul.
Yelkalaridan tashlab,
139
Gulga ko‘mildi butkul, So‘ngra uyga keldi-yu, Birpas yotib dam oldi. Kiðrigi yumildi-da, Gul kabi uxlab qoldi.
Hamid Olimjon Vatan mavzusida qalam tebratar ekan, uning ko‘z oldiga qalbi quvonchga to‘lgan yosh bo‘g‘inlar keladi. U Vatanimizni kichkintoylarsiz tasavvur qilolmaydi.
„Vatan“ nomli she’rida bolaning o‘z Vataniga bo‘lgan cheksiz mehr-u muhabbati o‘z aksini topgan:
Shodligim ko‘kka sig‘mas Bitmas baxtim bor manim. Meni baxtiyor qilgan
Shu yengilmas Vatanim.
Hamid Olimjon xalq og‘zaki ijodi asarlari ta’sirida „Oygul bilan Baxtiyor“ (1937), „Semurg‘ yoki Parizod va Bunyod“ (1939) kabi ajoyib dostonlarini yaratdi.
Bolalar qalbini rom etadigan, ularni Oygul kabi mard va jasur kishilar bo‘lib kamol topishga undaydigan „Oygul bilan Baxtiyor“ni shoir xalq og‘zaki ijodi asosida yaratdi. Uzoq yillar xon xizmatini ado etgan qullar haqsizlik, adolatsizlikka qarshi bosh ko‘taradilar. Ko‘p qon to‘kiladi. Bu adolatli jangda qo‘zg‘olon ko‘targan qullar mag‘lubiyatga uchraydilar. Ammo xalqning bu ko‘tarilishi hech qachon so‘nmaydi.
Jambil xoni qo‘zg‘olonchilar boshlig‘i Darxonni o‘ldirti- radi, shu onda uning ko‘zi Darxonning sohibjamol qizi Oygulga tushadi va unga uylanmoqchi bo‘ladi. Oygul hech ikkilanmay xonga rad javobini beradi. Dostonda qizning xonga bergan javobi barcha isyonchilarning qalb sadosi sifatida yangraydi:
Òaqdirim yor bo‘lsa-yu, Fursat qulay kelsa-yu, Seni agar o‘ldirsam, Òanangga xanjar ursam, Dunyoda eng baxtiyor Odam bo‘lardim nomdor...
Oygul yosh kitobxon ko‘z o‘ngida xalq himoyachisi, xaloskori va qahramoni sifatida gavdalanadi. Yana Oygulning
140
noyob xislati — insonparvarlikdir. U inson qadrini ulug‘laydi, insonning tahqirlanishiga, toptalishiga qarshi bosh ko‘taradi. Undagi o‘zligini anglash va milliy uyg‘onishni Hamid Olimjon muhit va sharoitdan keltirib chiqaradi.
Oygul aql-zakovat bilan ish ko‘rib, Susambildek bir yurtni obod o‘lkaga aylantiradi. Oygul xarakteri ziddiyatlar, kurashlar jarayonida o‘sib ulg‘ayadi. Uning qalbini chulg‘ab olgan cho‘g‘ tinchlik bermaydi. Susambildek go‘zal yurtni barpo qilgan bahodir qiz endilikda xon ustiga yurish qiladi. Otasi, besabab qirilgan qullar qasdini oladi. Òaxtga mehnatkash, vatanparvar Òarlonni o‘tqazadi.
Shoir ijobiy qahramon Oygul xarakterini yuksak mahorat bilan chizadi. U bizning ko‘z o‘ngimizda oddiy, kamtarin, jafokash qizdan voqealar jarayonida afsonaviy qahramon darajasiga ko‘tarila boradi. Masalan, biz uning Jambil o‘lkasiga qilgan yurishini kuzatib ko‘raylik:
Yashnab misoli bir gul, Darvozalar bo‘ldi kul,
Yer-ko‘kni ovozasi Har to‘p qo‘ygan chog‘ida
Òutib ketgandi Oygul, Saroylar qulab butkul,
Jambilning darvozasi Zo‘r qo‘shin kirib bordi,
Ochilmadi. Shunda ul Savalab urib bordi.
Darg‘azab qilich soldi, Jambilning xon, beklari
Darhol qaytarib oldi: Quyon bo‘lib qochdilar.
Qulflar sharaq-sharaq Chuqurlar, g‘orlar sari
O‘ynab ochilib ketdi, Quchog‘ini ochdilar.
Bu kuchli, yuksak mahorat namunasidagi tasvir Oygul- ning shashti, g‘ayrati bilan mos tushadi. Natijada orzu-umidi, kurashining timsoli, el panohi bir butunligicha kitobxon ko‘z o‘ngida gavdalanadi.
Oygulni el sevadi, ardoqlaydi. Vatan va xalq oldidagi xizmatlari uning ko‘ksini tog‘ qiladi. Bolalar Oygul obrazi mujassamlangan bu dostonni qayta-qayta o‘qiydilar. Zotan, Hamid Olimjon va uning ijodiy cho‘qqisi bo‘lgan „Oygul bilan Baxtiyor“ning umrboqiyligi ham ana shundadir.
Shoirning „Semurg‘“ dostoni ham ilhom bilan yozilgan asarlaridan biri hisoblanadi. Dostonda tasvirlanishicha, xonning qizi turmushga chiqish uchun shart qo‘yadi, uning shartini oddiy cho‘pon Bunyod bajaradi. Lekin qiz yigitning oddiy kishilardan ekanligini bilgach, unga turmushga chiqishni o‘ziga
141
munosib ko‘rmaydi. Bunyodni yo‘qotish niyatida bahodir yigitni inson dushmani bo‘lmish yovuz dev bilan olishishga yuboradi. Devni yengib qaytsa, to‘yga rozi ekanligini aytib, ayyorlik qiladi.
Afsonaviy qahramon Bunyod yaxshilikning ashaddiy dush- mani, dahshatli devni yo‘qotishga otlanar ekan, bu mushkul ishni muvaffaqiyatli ado etish, zafar bilan qaytish nihoyatda xavfli ekanligini juda yaxshi his etadi. Lekin uning ruhida elga baxt bermoq hissi hukmron:
Odamlarga baxt bermoq, Baxtlilarga gul termoq Eldan shiorim bo‘ldi, Nomus va orim bo‘ldi.
Bunyod ana shu yuksak ideali uchun ham kuchli va yengilmasdir. Mana shu oliyhimmat, shu yuksak insonparvarlik unga kuch-qudrat, yengilmaslik, qahramonlik, jasorat, zafar bag‘ishlaydi. Bunyod el-yurt uchun qo‘liga qilich olgan, mardlik, jasorat kamarini beliga bog‘lagan.
Bunyodning dahshatli dev bilan mardonavor olishishi haqqoniy, adolat kuchlari hamisha qabohat va zulmat kuchlari ustidan muqarrar g‘alaba qozonajagi avj pardalarda kuylanadi. El-yurtni yovuz dushman bosib olganda yigitlar kurashga qanday matonat bilan otlansalar, Bunyod ham dev bilan ana shunday jasorat bilan jang qiladi. Chunki dev qonxo‘r. U insonlarga mudhish ofatlar keltiradi: „Uni ko‘rgan har chaman, tez bo‘lar ekan xazon“.
Dostonda ijobiy qahramon Bunyodni dimog‘dor, o‘ziga ortiqcha oro bergan, mol-mulkka mukkasidan ketgan Parizod aldashi, riyokorlik ko‘rsatishi haqqoniy tasvirlangan. Xalqda
„Òeng — tengi bilan“ degan gap bor. Bu gapni shoir Parizod tilidan juda o‘rinli va ishonarli qilib bergan. Shoirning ta’rifiga hech qanday izohning hojati yo‘q:
Cho‘ponni sevolmadim, Ko‘nglim tugunda edi... Hech ko‘ngil qo‘yolmadim. Qancha botir bo‘lsang ham, G‘urbatga qorganimning, Zo‘r bahodir bo‘lsang ham, Devga yuborganimning Òo‘shaging xas deb bildim, Sababi shunda edi. Aslingni past deb bildim.
142
BUNYODNING JANGI
Do'stlaringiz bilan baham: |