Mamasoli jumaboyev



Download 5,23 Mb.
bet25/60
Sana02.02.2022
Hajmi5,23 Mb.
#425176
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   60
Bog'liq
Mamasoli Jumaboyev. Bolalar adabiyoti

Quddus Muhammadiy


(1907 1997)

O‘zbek bolalar she’riyatining taniqli siymolaridan biri Quddus Muhammadiy 1907- yilda Òoshkent shahrida tug‘ildi. Bo‘lajak shoirning otasi Muhammad Alibek Abdurah- monbekov savodli kishi edi. U dastlabki ma’lumotni o‘z otasidan oladi.


1925- yilda otasi vafot etgach, Quddus Muhammadiy avval amakisi xonadonida, so‘ngra esa maktab-internatda tarbiyalanadi. Quddus Muhammadiyning „Chuvalachi“ nomli birinchi she’ri internatda chiqadigan „Quyosh“ nomli devoriy gazetada bosilib chiqadi. Òo‘g‘ri, „Chuvalachi“ni chinakam she’riyat namunasi deb bo‘lmaydi. Chunki unda badiiylik yetishmas edi. Lekin Q. Muhammadiyda zamonni tushunish, davrni she’rga sola bilish qobiliyati paydo bo‘layotganligidan dalolat berar edi.
U yetti yillik maktabni muvaffaqiyatli tamomlab, Òoshkent qishloq xo‘jalik bilim yurtiga o‘qishga kiradi. Shu davrdan boshlab u bolalar uchun she’rlar yoza boshlaydi. Uning „Òong o‘yini“ she’ri „Òurkiston“, „Paranji“ she’ri „Sharq haqiqati“
„Ahmad va asalari“ she’ri „Madaniy inqilob“ gazetalarida,
„Seleksiya stansiyasi“ nomli she’ri esa „Yer yuzi“ jurnalida bosilib chiqadi.
1931- yildan Q. Muhammadiy maktabda botanika o‘qituv- chisi bo‘lib ishlaydi, shu bilan birga O‘rta Osiyo davlat uni- versitetining biologiya fakultetida sirtdan o‘qishni davom ettiradi.
Bolalar uyi va universitetdagi hayot, mehribon murabbiy va muallimlarning g‘amxo‘rliklari Q. Muhammadiy qalbida bir umr o‘chmas iz qoldirdi. Bu yerdagi o‘zaro do‘stlik bo‘lajak shoir qalbini tog‘dek ko‘tarib yuborgan edi.

11— Bolalar adabiyoti
161

Quddus Muhammadiy Oybek, H. Olimjon, G‘. G‘ulom- larni o‘ziga ustoz deb bilgan, ulardan o‘rgangan, doimo ijodiy muloqotda bo‘lgan ijodkordir. Ilk she’rlaridan biri „Òong o‘yini“ orqali ulkan adib Oybek bilan tanishadi. Oybek bu iste’dodli bolalar shoirini hamisha qo‘llab-quvvatlab, ijodiga g‘amxo‘rlik qilib turgan.
Bir kuni yozuvchilar uyushmasida mushoira bo‘ladi. Mu- shoiraga raislik qilayotgan Hamid Olimjon she’r o‘qish navba- tini Q. Muhammadiyga beradi. Q. Muhammadiy zavq bilan
„Sa’va sayrarkan“ she’rini o‘qiydi. Uning ijodiy qobiliyatini payqagan H. Olimjon she’r tugashi bilan uni yoniga chaqirti- radi. Qachondan beri she’r yozishini, qayerda ishlashini surishtirib, she’ri ma’qul tushganini aytadi. So‘ng bolalar uchun she’rlarning kamligi haqida to‘xtalib, mana shunday ajoyib she’rlarni ko‘proq yozishni ta’kidlaydi.
Quddus Muhammadiy ijodiga xos bo‘lgan muhim xususi- yatlardan biri hozirjavoblikdir. Shoir asarlarida ona-Vatanga muhabbat, a’lo o‘qish, xulq-odobda boshqalarga namuna bo‘lish, fan va texnikani o‘rganish muammolari asosiy mavzulardan hisoblanadi. Quddus Muhammadiy bir necha yil Islom Shoirga adabiy kotiblik qiladi. U Islom Shoirdan ko‘p narsalarni o‘rganadi, xalq og‘zaki ijodi namunalari bilan yaqindan tanishadi. Shoirning birinchi she’rlar to‘plami 1946-yilda „O‘quvchi-
ga esdalik“ nomi bilan bosilib chiqadi. Shundan keyin uning
60 dan ziyodroq turli nomdagi kitoblari chop etiladi. Quddus Muhammadiy har bir she’rni bolalarning kunda-
lik hayotidan olib yozadi. Uning she’rlari kichkintoylarni o‘qishga, hunar o‘rganishga, odobli bo‘lishga, mehnatga chaqiradi, qiziqtiradi, yordam beradi. U o‘quvchi bolalar hayotining eng muhim, hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarini qalamga oladi va ularni badiiy jihatdan yorqin va ifodali qilib tasvirlashga harakat qiladi.
Quddus Muhammadiy sofdil, a’lochi o‘quvchilarni sami- miy sevadi, o‘z she’rlarida bunday bolalarni maqtaydi. „A’lochi Sodiq“, „Sinov“, „Mening orzuyim“, „Bizning uyda“,
„Yasha, Omon!“, „Besh“, „Solijonning darsxonasi“ va boshqa she’rlari a’lochi o‘quvchilar haqida yaratilganligi bilan muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. A’lo o‘qish, mehnatsevarlik va tirishqoqlik bilangina ilm-fanni egallash mumkin ekanligini shoir bu she’rlari orqali bolalar ongiga singdiradi.
162
Quddus Muhammadiy ijodining yana bir muhim qirrasi hajv va yengil kulgi bilan bog‘liq. „Nomsiz erkatoylar haqida“,
„Dum“, „Ahmadjonga uyat“, „Lapashang“, „Ravshanjonning qo‘li tilga kirdi“ kabi ko‘plab she’rlarida bolalar fe’lidagi yomon odatlar ayovsiz tanqid qilinadi. Ayniqsa, shoirning „Dum“ she’ri ibratlidir. Ulgurmovchi, uyga berilgan vazifani tay- yorlamay „dum“ bilan yuruvchi o‘quvchilar haqida yozilgan ko‘pgina asarlarni bilamiz. Ammo Quddus Muhammadiy
„dum“chilar ustidan kulish uchun mutlaqo yangi vosita va obrazlar topgan.
She’r quvnoq misralardan tashkil topgan bo‘lib, bolalar- ning ruhiy xususiyatiga mos tushadi. Shoir quvnoq kulgi orqali ikkichi, qoloq o‘quvchilarni qattiq tanqid qiladi.
Shoir ijodida mehnatga muhabbat mavzusi alohida o‘rin tutadi. „Bobomning mehnati“, „GES qurilishi“, „Mirob“, „Bu binoni kim qurgan?“, „Etik“, „Madraim payvandchi“, „Ma- majon shofyor“ va boshqa she’rlarida mehnat shukuhi jaranglab turadi. Bu yerda yana shuni ham aytib o‘tish zarurki, mehnat ahlini sevish, ularning bunyodkorlik faoliyatlarini qadrlash alohida ta’kidlanadi.
Shoirning „Dunyoda eng kuchli nima?“ she’rida filni
„tog‘ni ortsang ko‘taradi“, sherni „filni ham tikka yeydigan“, suvni „daryo, soy, irmoqlari, buloqlari ko‘p“, sovuqni „dar- yolarni tosh qotirgan“, issiqni „qish sovuqni qochirgan“, tog‘larni „tog‘-u toshni qulatar“, quyoshni „qarimaydi, uch- maydi“ deb ta’riflab, har xil mavjudot va hodisalarga xos xarakterli xususiyatlarni bolalarning suhbati orqali g‘oyat jonli, qiziqarli gavdalantiradi. She’rni o‘qigan bola bu hodi- salarning sabablarini, ularning insonlarga ta’sirini tushunib oladi.
Maktab o‘quvchilari har yili necha ming tonnalab temir- tersaklar yig‘ib topshiradilar. Bu hol an’anaga aylanib ketgan. O‘quvchilar bu ishga astoydil kirishib, musobaqa o‘ynaydilar. Shoir o‘quvchilarning ana shu jarayondagi qizg‘in mehnatini, shuningdek, bu temir-tersaklardan nimalar tayyorlanishini
„Òemirlar o‘yini“ she’rida sodda uslubda ifodalaydi.
„Òemirlar o‘yini“da „siniq pero“, „buzuq ruchka“, „eski chelak“, „cho‘loq ketmon“, „zang bosgan mix“, „keraksiz kalit“, „uzuq zanjir“larning o‘z holiga achinishi, bolalar
163
mehnati, tashabbusi tufayli ular ham xalq xo‘jaligini rivoj- lantirishda yaroqli bo‘lishidan xushnudligi aniq, jonli va lo‘nda ifodalanadi: endi ular keraksiz bo‘lib har yerda sochilib yotmaydi. Zavodlarda eritilib, qayta quyilgandan so‘ng mehnat qurollariga aylanib, yana o‘z o‘rnini topadi:
Qurilishga boramiz, O‘z o‘rnimiz olamiz.
Shoir she’rning ikkinchi qismida maktab bolalari temir- tersaklarni zavodga topshirgach, ulardan nimalar tayyorla- nishini tushuntirishga o‘tadi:
... Elektr salqi simlar, Òrolleybus, dizellar, Poyezd, vagon, po‘lat iz,
Daryoni shart to‘sgan GES... Hattoki qisqich, chelak, Òegirmonda sim, elak, Palovimiz kapgiri,
Chovli, kastrul — bari.

Xalq xo‘jaligi va mehnatkashlar ehtiyojini ta’minlashda shunday katta ahamiyatli narsalar tayyorlanganligidan temir- tersaklar baxtiyor.


Ularni jonlantirish orqali shoir she’rga quvnoq ruh ba- g‘ishlaydi va bolalarning mehnatga bo‘lgan munosabatlarini yanada ruhlantiradi.
Òabiat go‘zalliklariga ulkan muhabbat shoirga hamisha hamrohdir. U maktabda muallimlik qilib yurgan paytida
„Bargjon“, „Momaqaymoq“, „Qoqi o‘t“, „Bog‘imizda bir nok bor“, „Òut“, „Òolim gulladi-yu nega meva tugmadi?“, „Òok daraxti bir xil-u, uzumi nega har xil?“, „Shaftoli doktor“,
„Asalari va Ahmadjon“ kabi she’rlarini yozdi.
Shu jihatdan shoirning „Òabiat alifbosi“ turkumiga kirgan beshta to‘plami juda ahamiyatlidir. Shoir ularga kirgan she’rlarida tabiat hodisalari, narsa va buyumlar, koinot mo‘jizalari haqida shoirona xulosalar chiqaradi. Bu xulosalar g‘oyat bolalarbopdir. Chunonchi, zilzilani yer gimnastikasi deb ta’riflasa, chuvalchangni „yer traktori“ deb ataydi, gilosning qizilligini mevasi kichkinaligidan uyalish, deb ta’riflaydi.

164
Xullas, tabiat mavzusidagi har bir she’rida shu tariqa bolalar fe’l-atvori va tushunchasiga mos fikrlar ifoda etiladi.


Quddus Muhammadiy yosh kitobxonlar qalbida tabiat va inson kuychisi sifatida barhayot yashaydi.

HASHAR

Keling, bolalar, Qir, tog‘ga,
Yeling, bolalar, Sahro yoqqa
Aka-opalar, Ekamiz ko‘chat,
Hamma bolalar. O‘tmasin fursat.
Kim bo‘lsa bo‘lsin, Ekamiz, qaraymiz,
Safimiz to‘lsin. Shoxlarin taraymiz.
Ekamiz ko‘chat, Qotsa, tagini
O‘tmasin fursat. Yumshatib mayin
Mayli mevali, Suvlab kun sayin,
Mayli uzum bog‘, Kutamiz, tayin. Yong‘oq — mag‘iz yog‘. Ko‘chat bebaho, Òol va terak, O‘ssin bexato.
Binoga kerak. Ko‘karsin tekis,
Qayrag‘och, sada, Gullasin egiz.
Soyasi mazza. Yaproq shildirab,
Olcha, iðak tut, Havoni elab,
Òo‘ysin iðak qurt. Osmonni quchsin, Ko‘chalar yoqasiga, G‘uborni yutsin. Anhorlar chekkasiga, Yashil sof havo, Ariqlarning bo‘yiga, Jonlarga davo.
Maktabimiz qo‘yniga, Ekkanga rahmat, Har bog‘ga, Hammaga rahmat.

DUM
Bir maktabda gap mish-mish, Òurg‘unning dumi bormish.


Xo‘sh, bu ajab, qanday dum, Hech kimda yo‘q bu udum?

Bilsam voqea o‘zga, Ilinmas qo‘lga, ko‘zga.


„Ikki“ degan oti bor, Na o‘zi, na zoti bor.
165
Òurg‘unning bilim qarzi, Sudralishi dum tarzi.
Ro‘dapo achchiq ichak, Ong uyida o‘rgimchak.

Dum deya ko‘rmang zinhor. Dum sha’niga nomus-or, Hayvon, qushlar sezmasin, Òurg‘unjondan bezmasin.


Ular dumi foydali, Ish berar qoidali. Har qaysi o‘ziga xos,


Qaddiga kelishgan mos.

Qushga uchmoq-qo‘nmoqqa, Molga chivin qo‘rmoqqa.


Hasharotga tig‘-yarog‘, Yilqiga cho‘tka-taroq.

Dum borki qaysi jonda, Ishi bor har maqomda. Ammo Òurg‘un dumi-chi, Na boshi bor, na uchi.


Ey, Òurg‘unjon, ko‘zing och, Dum — „ikki“ngga qil iloj.


BULBULJONIM KUYLASIN


Bulbuljonim kuylasin Yoqar kuyi jonimga. Òinglagim kelaverar Sayrasa gul bog‘imda.

Kuyi ajib yoqimli Ko‘nglimga zavq bag‘ishlar. Vatanim chamanzorin Bulbuljonim olqishlar.


Òinglayman-u, qonmayman, Qo‘shig‘ida ne sir bor.


166
Jon quloqlab anglayman, Mag‘zin chaqdim har bahor.

Mag‘zin chaqdim har nahor: Bulbuljonim to‘tidek


Bir gapni qaytalamas, Òobora avjga chiqar Qaynaydi-yu, aynamas.

Hamma qushning saylagan Shoir qushi, dilbari.


Uning kuyga solmagan Dunyoda kuy yo‘q bori.

Olam kuyin jamuljam Sadosi avji-savti, Barchaga teng baravar, Jahon kuyin qomati.


Bulbuljonim kuylasin, Kuyi maqbul olamga. Shu bois bulbuljonim Yoqar hamma odamga, Yoqar hamma olamga.


167


Download 5,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish