(Jim bo‘ladi)
Qo‘lida qop va arqon bilan chol kirib keladi.
Chol:
Cholman, ketdi madorim, Hech qolmadi darmonim. Zo‘rg‘a-zo‘rg‘a yuraman, G‘ira-shira ko‘raman.
Qani... biroz dam olay.
(Òo‘nka ustiga o‘tiradi. Òulkining ovozi eshitiladi)
Òulki:
Voy-dod, yordam, onajon, Qayda qolding, otajon?!
Qutqaringlar, o‘laman, Ochilmayin so‘laman.
(Jim bo‘ladi)
Chol:
Voy, nima bu?... Allakim — Dodladi-yu, bo‘ldi jim...
Qaray-chi, kim bo‘ldi?
(Axtaradi)
Òulki:
Men — Òulki,
Yordam bering, bobojon, Oyog‘imda bor qopqon.
176
Chol:
Qo‘limdan kelsa yordam, Ayamayman men hech ham.
(Axtarib topolmaydi)
Òulki, qaysi go‘rdasan? Yoki o‘lik murdasan?
Òezroq bo‘l, ovoz chiqar.
Òulki:
Chuqurdaman, tez qutqar.
(Yig‘laydi)
Chol:
Qutqaraman, yig‘lama, Yurak-bag‘ring tig‘lama.
(Chol arqon tashlab Òulkini chuqurdan tortib, qopqondan qutqaradi)
Òulki:
Rahmat sizga, chol bobo. Qutqardingiz o‘limdan.
Chol:
Yordam qildim, ey „bola“ Nima kelsa qo‘limdan.
Òulki:
Men ozodman, quvnoqman, Boyagiday o‘ynoqman.
(O‘ynab qo‘shiq aytadi)
Jon bobojon, bobojon, Sizga ko‘pdan-ko‘p rahmat. Bering menga bir arqon, Òortmang siz aslo zahmat.
(Arqonni olib chiqib ketadi)
12— Bolalar adabiyoti
177
Chol:
(Orqadan qarab)
Balli, otangga rahmat, Umring ziyoda bo‘lsin. Menga qilding zo‘r madad, Yegan tuzing haq bo‘lsin.
(Birdan: „Ushla, qo‘yma!“ degan shovqin eshitiladi)
Bu qanday shovqin-suron,
„Ushla! Qo‘yma!“ — Òo‘polon? O‘rmonga o‘t ketdimi
Yoki ajal yetdimi?
T o ‘ x t a m . Chol hayron. Chopganicha halloslab Bo‘ri kiradi.
Bo‘ri:
Voy bobojon, bobojon, Yordam bering tez menga.
Chol:
Nima bo‘ldi Bo‘rijon? Ozor berdi, kim senga?
Bo‘ri:
Qochdim o‘rmonma-o‘rmon, Qolmadi menda darmon.
Quvladilar bermay kun, Kunduz bo‘ldi menga tun. Yashiring — kelmoqda yov, Unda yo‘q shafqat, ayov. Rahmingiz kelsin menga.
(Yig‘laydi)
Chol:
Sho‘rlik,
Bo‘ri, tortibsan xo‘rlik. Kel, qopga kir va jim yot, Kulcha bo‘lib, toshday qot. Ko‘rganlar desin: o‘tin Faqat jim yot, jim yotgin.
178
Bo‘ri:
Xo‘p, yashiring tez, Vaqt oz.
(Qopga kiradi)
Chol:
Jim yot, jim bo‘l, (Bo‘ri jim bo‘ladi) Juda soz.
(Mergan kiradi)
Mergan:
Hoy, o‘tinchi bobojon, Hormang!
Chol:
Bor bo‘ling, o‘g‘lon!
Mergan:
Qochirdim bir bo‘rini, Ko‘kish, aytsam turqini. So‘rayman sizdan shuni, Ko‘rmadingizmi uni?
O‘zi juda bahaybat, Òurgan-bitgani g‘iybat. Shum, hiylagar va ayyor, Ovqat bor joyda tayyor, Qo‘zi-qo‘ylarga ofat.
Chol:
Yomon ekan kasofat...
Mergan:
Qopqon qo‘ysam ilinmas, Òerisi ham shilinmas...
Xayr, qolmayin yo‘limdan U qutulmas qo‘limdan.
Chol:
Niyatingga yet, bolam.
179
Mergan:
Xayr, ota!
Chol:
Xayr, bolam!
(O‘zicha)
Yolg‘onladim, oqibat — Yomon bo‘lmasin faqat. (Bo‘riga)
Bo‘ri, qopdan chiq tezroq, Mergan uzoq ketdi, boq. (Bo‘ri qopdan chiqadi)
Bo‘ri:
(Kulib)
Omon qoldim o‘limdan, Ha-ha-ha-ha-ha,
Ha-ha-ha-ha-ha.
Endi mening qo‘limdan — Qutulmas hech qanday ov, Odam zoti menga yov!
(Kuladi)
Chol:
(Òalvasaga tushib)
Yaxshilik qildim senga!
Bo‘ri:
Yomonlik odat menga!
(Uliydi)
Men bo‘riman, bo‘riman, Odamlarning sho‘riman.
Chol:
(Yalinadi)
Rahming kelsin, shafqat qil, O‘ldirma, marhamat qil.
180
Bo‘ri:
Dushmanga bo‘lmas ayov, Odamzodmi, menga yov. Qornim ochdi,
Nachora.
(Cholga)
Seni yeyman, bechora. Arzing bo‘lsa, aytib qol! Ochligimdan men behol.
Chol:
Xo‘p, gapimga quloq sol, Men rahmdil qari chol, Dushmanni do‘st bilibman, Ko‘ngil bo‘shlik qilibman.
(Nochor)
Shuning uchun haqqing bor, Yeya qol, men gunohkor.
Lekin gunohni har gal O‘zga birov qilur hal, O‘rmonning qonuni shu.
Bo‘ri:
Uncha qiyin emas bu... Ammo bu yer daraxtzor, Na odam bor, na jonvor.
Chol:
So‘nggi iltimos shuki...
(Ko‘rib)
Ana kelmoqda...
(Ikkov) (Òulki kirib keladi)
Òulki:
(Sezib) Omonmisan, jon bo‘ri, Daraxtzorga xon bo‘ri,
181
Na mushkul ish boshingda, O‘ttiz yashar yoshingda?
Bo‘ri:
Chol mergandan qutqazdi, Lekin jonin yutqazdi.
Qopga kirib qutuldim.
Chol:
Men bechora tutildim, Bo‘ri meni yeyarmish. Qorni to‘yib ketarmish.
Òulki:
(Bo‘riga)
Qopga sig‘dim deysanmi? Cholni endi yeysanmi?
Bo‘ri:
Ha, sig‘dim, cholni yeyman!
Òulki:
Gaping yolg‘ondir deyman!
Bo‘ri:
Rost.
Òulki:
Rost bo‘lsa, hoziroq, Qani, qopga kirib boq! Ko‘ray, ishonay.
Keyin —
Mayli, cholni sen yegin!
Bo‘ri:
Chol, qopni och, kirayin!
Òulki:
Sig‘ganini ko‘rayin!
(Bo‘ri qopga kiradi)
182
Òulki:
Bobo, qop og‘zin bog‘lang, Bo‘rining bag‘rin dog‘lang.
(Chol qopning og‘zini bog‘lay boshlaydi)
Bo‘ri:
Voy-dod! Bobo, rahm aylang!
Òulki:
Qop og‘zini mahkam bog‘lang!
Chol:
(Bo‘riga)
Dushmanga bo‘lmas ayov. Doim firib berar yov.
(Chol bo‘rini, Òulki o‘tinni orqalaydi)
Òulki va Chol:
(Quvnashib ashula aytadilar)
Biz dushmandan oldik o‘ch, Endi, Bo‘ri, bo‘lma o‘ch!
Biz ikkovmiz, bizda kuch, Do‘stmiz qadrdon.
Chol:
Òulkibek, rahmat senga, Yov xavf sololmas bizga.
Òulki:
Bobojon, rahmat sizga.
Birga:
Yasha, qadrdon!
(Chiqib ketadilar)
P a r d a
183
Do'stlaringiz bilan baham: |