Mamasoli jumaboyev



Download 5,23 Mb.
bet29/60
Sana02.02.2022
Hajmi5,23 Mb.
#425176
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   60
Bog'liq
Mamasoli Jumaboyev. Bolalar adabiyoti

Hakim Nazir


(1915—2008)

Hakim Nazir o‘zbek bolalar nasrining otaxon ijodkor- laridan biri, kichkintoylarning sevimli adibidir. U bolalar uchun o‘ndan ziyod qissa, roman, pyesa va qator hikoyalar yaratdi. „So‘nmas chaqmoqlar“, „Yonar daryo“, „Kenjatoy“ qissalari, „Lochin qanotlari“ romani va o‘nlab hikoyalari ko‘pgina xorijiy tillarga tarjima qilinib, chet ellarda ham o‘z o‘quvchisini topdi.


Zahmatkash adib 1915- yilda Òoshkent shahrida maxsido‘z- kosib oilasida dunyoga keldi. Onasi Malika otin qo‘lida boshlang‘ich ma’lumotni olgandan keyin poyabzal fabrikasiga ishga kirib, kasb egallash bilan birga, kechki ishchilar dorilfununi (industrial texnikum)da o‘qishni davom ettirdi.
Hakim Nazir bolaligidan kitobga mehr qo‘yib, gazeta va jurnallarda bosilgan materiallarni chanqoqlik bilan o‘qib chiqardi. Bu qiziqish uni sobiq „Lenin uchquni“ („Òong yulduzi“) gazetasi tahririyatiga boshlab keldi. 1934—1935- yillarda havaskor adibning dastlabki hikoya, ocherklari gazetada, „Yosh kuch“ jurnalida bosilib chiqdi. U jiddiyroq asar yozish uchun hayot taassurotlaridan tashqari, chuqur nazariy ma’lumot ham zarur ekanligini angladi. Kunduzi tahririyatlarda ishlab turib, Òoshkent Davlat pedagogika institutining til-adabiyot fakultetini muvaffaqiyatli bitirib chiqdi. Biroz vaqt o‘qituvchilik ham qildi. Ammo adabiy ishga astoydil berilgan yozuvchi 1942-yildan boshlab, o‘n bir yil davomida O‘zbekiston radiosida bo‘lim boshlig‘i, bosh muharrir bo‘lib ishladi. So‘ng badiiy adabiyot nashriyotida bosh muharrir, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida kotib, adabiy maslahatchi vazifalarida faoliyat ko‘rsatdi. Mazkur vazifalarni yozuvchi ijodiy ish bilan birga qo‘shib olib bordi.
184
Qunt, chidam bilan o‘z ustida ishlashi, tinimsiz izlanishi tufayli Hakim Nazir bolalar yozuvchisi sifatida kitobxonlarga tanildi. 1940-yilda „Kenja“ (yangi nomi „Quyosh qachon tutiladi?“), 1946-yilda „Salim ota“ nomli hikoyalari respublika tanlovlarida sovrindor bo‘ldi. 1951- yilda esa Moskvada rus tilida chiqqan „Maëü÷èêè èç êèøëàêà“ hikoyalar to‘plami sobiq Ittifoq tanlovida mukofot oldi.
Sevimli yozuvchimizning dastlabki ijodiy izlanishlari hi- koyachilikdan boshlangan. Uning „Qishloqdagi jiyanlarim“ nomli birinchi kitobi ham hikoyalardan jamlangan. Hikoya janri yozuvchi bilan yosh kitobxonlar olamini bog‘lashda muhim vosita bo‘ldi. Shu vosita orqali Hakim Nazir bolalarning boy, go‘zal, quvnoq, ajoyibotlarga to‘la dunyosiga kirib bordi. Buning natijasi o‘laroq, bir-biridan o‘qimishli, bolalarcha quvnoq hikoyalari dunyo yuzini ko‘rdi. Bularda kichkintoylarning quvonchga to‘la his-tuyg‘ulari, o‘qishi, xulq-odobi, kattalarga hurmati, mehnatga munosabati, milliy qadriyatlar o‘z badiiy ifodasini topdi. Yozuvchining kichkintoylar yoshi, saviyasi, ruhiyatini ko‘rsatishga alohida e’tibori diqqatga sazovordir.
„Qishloqdagi jiyanlarim“ (1948), „Besh baho“ (1955),
„Cho‘l havosi“ (1958), „Yaxshi ism“ (1962), „Meni taniysizmi?“ (1963), „Bolajonlarim“ (1964) nomli hikoyalar to‘plamlari birin-ketin nashr etilib, bolalar va o‘smirlarning ma’naviy mulkiga aylandi.
Hakim Nazirning bir qator hikoyalari bog‘cha yoshidagi yoki endigina maktabga qadam qo‘ygan bolalar hayotini aks ettirishga bag‘ishlangan. Buni adibning „Bir og‘iz so‘z“,
„Rasmli kitobcha“, „Davronning qushchasi“, „Qaysargina ukam“, „Yaxshi ism“, „Ikki o‘rtoq“, „Bulbul“, „Qanddon“,
„Igna“, „Bir tup g‘o‘za“ kabi hikoyalari misolida ko‘rish mumkin. Bunday hikoyalarda bolalar o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik, axloq-odob, a’lo o‘qish, jamoat ishlarida faollik ko‘rsatish, kattalarning yumushlariga ko‘maklashish, qushlar va jonivorlarga g‘amxo‘rlik qilish, orzu-umidlar qanotida yashash yetakchi g‘oyalar hisoblanadi.
Bolalarda orzu-umid, yaxshilik sari intilish kattalarga nisbatan kuchliroq bo‘ladi. „Yaxshi ism“ nomli hikoyasida adib xuddi shu haqda so‘z yuritadi. Shoira endigina birinchi sinfga qadam qo‘ygan. U hali maktab qonun-qoidalarini yaxshi bilmaydi. Shuning uchun o‘qituvchisi Zuhra yulduziga raketa
185
uchirilganligi to‘g‘risidagi axborotni gazetadan o‘qib berganida qizcha:
— Òopdim! Òopdim! Òopdim!!! — deya ovozining boricha baqirib yuboradi.
Ayon bo‘lishicha, kuni kecha Shoira singilchalik bo‘lib, chaqaloqqa nima deb ism qo‘yish muammo bo‘lib turgan ekan. Shoirada orzu-havas, niyat kuchli. Unga raketa va ayniqsa, Zuhra yulduzi yoqib qoladi. Shu onda singilchasiga Zuhra deb ism berish fikri tug‘iladi va bu haqda u butun sinfga so‘zlab beradi.
Bolalarga har tomonlama to‘g‘ri ta’lim-tarbiya berish, tushuntirish, o‘rgatish, ularda turli ko‘nikmalar hosil qilish ko‘p jihatdan kattalarga bog‘liq. Kichkintoylarning otaxon adibi
„Bulbul“ hikoyasida bu masalaga katta e’tibor beradi. Ona tabiatga, qushlarga g‘amxo‘rlik qilish g‘oyasi bu asarning asosini tashkil etadi.
Adibning maktab yoshidagi bolalarga bag‘ishlab yozgan juda ko‘p hikoyalari kitobxonni ota-onani e’zozlashga, ona yurtni sevishga, mehnatkash bo‘lishga, ma’lum bir kasb-hunar egasi bo‘lishga chorlaydi.
„Bir tup g‘o‘za“ nomli hikoyasida yosh qahramonlarning xalq boyligiga bo‘lgan munosabatlari g‘oyat hayotiy detallar, jonli, qiziqarli voqealar asosida ifoda etiladi. Bolalarning o‘yinqaroqligi tufayli Karimning sigiri bo‘shalib, bir tup g‘o‘zani payhon qilishi hammani tashvishga soladi. Yozuvchi shu voqea vositasida yoshlarning xalq mulkiga bo‘lgan muno- sabatlarini tasvirlaydi.
Hakim Nazirning umuminsoniy va milliy qadriyatlariga bag‘ishlangan 50 dan ortiq asarlarini aytish mumkin. Shulardan 7 tasi bolalar va o‘smirlar uchun yozilgan qissalar bo‘lib, muallifning birinchi qissasi „Ko‘korol chiroqlari“ (1954) qishloq hayotida yuz bergan qiyinchiliklarni yengishda ota-onalarga ko‘mak ko‘rsatgan bolalar haqida. Asarda ularning mehnatda pishib-chiniqishlari, oralaridagi do‘stlikning toblanishi aks ettiriladi. Bu qissani muallif kitobxonlar talabi asosida qayta ishlab, 1957-yilda „So‘nmas chaqmoqlar“ nomi bilan nashr ettirdi.
Hakim Nazirning „Yonar daryo“ (1966) qissasi o‘zbek bolalar adabiyotining o‘sha yillardagi katta yutug‘idir. Gazchilar hayoti manzaralarini yorqin bo‘yoqlarda gavdalantirgan bu
186
asarda Qizilqum sahrosida mehnat qilgan kishilarning jasorati, romantik hayoti, qahramonligi hamda bir-biriga mehribonligi badiiy ifodasini topgan. Asarda voqea o‘n ikki yoshli o‘quvchi Damir tilidan hikoya qilinadi. Oilada bola tarbiyasi, bunda ota- onaning tutgan roli ko‘rsatiladi.
Yozuvchining „Kenjatoy“ (1976) qissasida hunar maktabi o‘quvchilari hayotining qiziqarli va jozibador aks ettirilishi o‘smirlarda ishchi kasbidan faxrlanish tuyg‘usini tarbiyalashga xizmat qiladi.
„Òohir-Zuhra“ (1985) qissasidagi bosh g‘oya hayotga endigina qadam qo‘yayotgan balog‘at yoshidagi o‘spirin bilan qizaloqning yosh qalblarida tug‘ilmish ilk sevgi kechinmalariga qaratilgan, ularning yoniq iztiroblari tasviriga keng o‘rin berilgan.
„Dadamni topib beringlar“ (1991) qissasida esa bir dehqon oilasi boshiga tushgan nohaqlik fojiasi kichkintoy nazari orqali tasvirlanib, ularning ongi va ruhiyatiga yetkazilgan salbiy ta’sir badiiy tahlil etilganini ko‘ramiz va yosh qahramonlar bilan birga iztirobga tushamiz.
Hakim Nazirning „Oq fotiha“ xotira-qissasi esa bolalik sarguzashtlariga bag‘ishlangan. Muallif ushbu kitobda bezov- talik, g‘ulg‘ula, hayajonlarga to‘la bolalik chog‘larida ko‘rgan- kechirganlarini jonli lavhalarda hikoya qiladi, kichikligida ota- onasidan olgan ilk insoniy saboqlari uchun ularga minnat- dorchilik izhor etadi.
Yozuvchining dramatik asarlaridan „Chiranma g‘oz — hunaring oz“ nomli pyesasi uzoq yillar yosh tomoshabinlar teatri sahnasida qo‘yilib, bolalar ko‘nglini xushnud etdi.

YONAR DARYO



Download 5,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish