(Hazil qo‘shiq)
Salim, Salim, Salimjon, Buncha bo‘lding sen nimjon? Koptok misol semirding, Go‘yo taning xamirjon, Salimjon — nimjon.
202
Hech bir chiqmay oftobga, Ranging o‘xshar betobga. Uyqu bosib ko‘zingni, Qarolmaysan kitobga, Salimjon — nimjon.
Ayta bersak bir chetdan: Doim qochding mehnatdan. Shug‘ullanmaysan sira,
Aslo bormi g‘ayratdan, Salimjon — nimjon.
Bizlar kabi kuch yig‘gin, Òur, o‘rtoqjon, tez chiqqin. Ishlab maktab bog‘ida, Òerlab-terlab chiniqqin, Bo‘larsan polvon.
SALIMJON ENDI POLVON
(2- qo‘shiq)
Salim, Salim, Salimjon, Oldin edi sal nimjon.
Agar uni ko‘rsangiz, Salimjon endi polvon, Salimjon — polvon.
Do‘stlarini tanigan, G‘ubor ketgan tanidan. Bizning o‘sha Salimjon Òanqidlarni tan olgan. Salimjon — o‘g‘lon, Salimjon — polvon.
Koptok bo‘lib shishganmas, Labi-lunji tushganmas.
Chehrasi ham ochilgan, O‘qimaydi „besh“dan past. Salimjon — shodon,
203
Salimjon — polvon, Kirgan rosa g‘ayratga, Bel bog‘lagan do‘stlarday Doim o‘qish, mehnatga Salimjon — chaqqon.
Salimjon — polvon.
YER NIMA DER?
Bilasizmi ona Yer Hammamizga nima der? Eng birinchi bizga u
Deydi: — Menga ko‘ngil ber. U bizlarga uqtirar:
Mehnat qilgan halol yer,
Hosil beray, — deb aytar, — Peshonadan to‘ksang ter.
Bizga yana so‘zlaydi:
Yaxshilarga gullar ter. Eng oxirgi so‘zi soz:
Bor ekanman — yashayver.
EH, ROSA SHIRIN EKAN!
Òongda dadam uyg‘otib, Dedi: — Uxlama qotib, Qovun sotib olgani Bormoqchiydik yur, qani. Sevinch chaqnab ko‘zimda, Òayyor bo‘ldim bir zumda. Atrofimizda shu dam Aylanib qoldi ukam.
Ergashdi boraman deb, Borishni ko‘rmasdim ep. U yalindi o‘tinib,
So‘ng yig‘ladi o‘tirib. Ayyor-da, ukam qurg‘ur,
Dadam dedi: — Mayli yur. Jo‘nadik uchalamiz,
Yo‘lda g‘iz-g‘iz uchamiz. Dadam haydashga usta,
204
Mashinamiz ko‘k tusda. Yetib keldik bozorga, Go‘yoki qovunzorga.
Olaylik deb saralab, Yurdik bozor oralab. Bosvoldi taram-taram,
Kiyganday to‘n — beqasam. Quyosh nusxali cho‘tir, Asal solganday og‘ir,
Qovun-u tarvuzlar tog‘, Ko‘rib ko‘ngling bo‘lar chog‘.
„Diding bo‘lsa meni ol, Ichim to‘la liq-liq bol. Mayli. Meni so‘yib ye, Dehqonimga rahmat de“ — Deganday ko‘k ananas, Qo‘zg‘ar ishtaha-havas.
Chekkaroqda bir dehqon Qovunni maqtar chunon:
— Kelib qol, ey, xaridor, Vaqting o‘tmasin bekor!
Bu Mirzacho‘l qovuni, Kimki olmasa buni, Òushib qoladi puli.
Eh, yeganlar darmonda, Yemaganlar armonda.
Olib qol, shinavanda, Qoq ertalab shudringda
Uzganman suv quymasdan. Olmasangiz ham, inim, Yeb ko‘ring-a bir tilim, Misoli qo‘y so‘yasiz, Òilimiga to‘yasiz.
Òatib ko‘rdilar dadam:
— Shirin ekan juda ham, Mehnat qilibsiz rosa, Qani torting bo‘lmasa, — Dedilar dadam asta,
Biz qarardik havasda. Mayda-mayda to‘ni bor,
205
Bir metrcha bo‘yi bor. O‘zi kattakon xarsang, Dilimdan bo‘ldim xursand. Òortuvdi bir qovunni
O‘n besh kilodan oshdi. Ko‘tarolmayin uni Angrayib aqlim shoshdi.
Dadam dedilar: — Bay-bay, Shunga kuching yetmasa, Bu yog‘i bo‘ldi qanday?
Zaryadkaga dangasa — Bo‘lishlik oqibati.
Shu holga tushib birdan Ko‘zni olmasdan yerdan. Dehqon-chi, shu zahoti O‘z o‘g‘liga: — Alisher, O‘rtog‘ingga yordam ber, — Deya qildi havola.
Qovunlar yonida jim O‘tirardi bir bola.
Men unga qarab turdim, U bola kela solib, Qovunni yerdan olib, Meni qilganday izza, Ko‘tarib ketdi g‘izza, Mashina sari tezda.
U — mendan xiðcha, kichik. Hayronman, nega kuchlik?
Maqtanib qoldi dehqon:
— Bizning o‘g‘ilcha polvon, Ota o‘g‘li chinakam,
Doim beradi yordam. Mehnat bilan pishigan, Barcha xursand ishidan. Jo‘nadik hovli tomon
G‘ash edi ko‘nglim hamon. Mashina ichida ham O‘tirardim indamay.
Meni mazax qilganday
206
Qarab qo‘yardi ukam. U hali ketarmi jim? Ko‘ziga ko‘rinsa kim Rosa chalsa-ya karnay? Gapga qolaman talay. Keldik-da hovlimizga, Barcha qovunni atay
Òashlab qo‘ydik hovuzga, Bo‘lsin dedik-da, muzday. Qovunlar hovuz bo‘ylab Suzishar qalqib, o‘ynab. Buvim, oyim va dadam Supada bo‘ldik-da jam, Kechga yaqin shu kuni Buvim katta qovunni So‘yib berdilar asta, Qildilar tilim, kosa, Buvim so‘yishga usta,
Eh, shirin ekan rosa! Gap ochib qoldi ukam:
Ey, buvijon, buvijon, Bu qovunni-chi, akam — Ko‘tarolmadi.
Qachon?
Barcha gap-so‘zni shu dam Aytib berdilar dadam.
Dedilar: — Bundan buyon Zaryadka qilgin har tong. Har kimning ham og‘zida Qoldi uning mazasi.
Ammo ba’zi-ba’zida Bu qovun voqeasi — (Mirzacho‘l qovunini Yerdan uzolmaganim) Òushib qolsa yodimga, G‘alati bo‘lib tanim, Qarar edim yonimga.
207
Do'stlaringiz bilan baham: |