Po‘lat Mo‘min
(1922 — 2004)
Òaniqli bolalar shoiri Po‘lat Mo‘min yoshligidanoq adabiyotga havas qo‘ydi. U Òoshkent pedagogika bilim yurtida o‘qib yurgan vaqtidayoq adabiyot to‘garagining faol ish- tirokchisi bo‘ldi. Adabiyotni qunt bilan o‘qidi, o‘rgandi. O‘rta ma’lumot olgach, hozirgi Nizomiy nomli Òoshkent davlat pedagogika universitetining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetiga o‘qishga kirdi. Uni muvaffaqiyatli tamomlab, aspiranturada o‘qidi, maktablarda o‘qituvchilik qildi. So‘ngra O‘zbekiston davlat nashriyotida muharrir bo‘lib ishladi. P. Mo‘min qayerda ishlamasin, doimo adabiyotga mehr-muhabbat bilan qaradi. Òinmay mutolaa qildi, o‘rgandi. Shu davrda kichik-kichik she’rlar yoza boshladi. 1944-yilda shoirning „Bahorga sayohat“ nomli birinchi she’ri bosilib chiqdi. Ilk she’rlar to‘plami esa 1949-yilda „Sayrang, qushlar!“ nomi bilan nashr etildi. Kitob adabiy jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi. Òo‘plamdan munosib o‘rin olgan „Darslar majlisi“, „Yashna, ulug‘ o‘lkamiz“, „O‘qituvchim“, „Haykal“, „Alla va Jalla“ (ertak) singari asarlar mazmundorligi, qiziqarliligi bilan kitobxonlar e’tiboriga sazovor bo‘ldi.
Bolalar uchun ijod etish, bu sohada muvaffaqiyat qozonish uchun qobiliyat va istakning o‘zigina kifoya qilmaydi. Buning uchun „bolalar yozuvchisi bo‘lib tug‘ilish kerak“. Bolalar yozuvchisi bola qalbi, nozik ta’b egasi, go‘dak tabiati va o‘y-ko‘nikmalarining bilimdoni, mehribon va bolajon, kamtarin va samimiy hamda dono bo‘lishi lozim. Biz Po‘lat Mo‘min ijodida ana shunday oliyjanob fazilatlar mujassamligini his etamiz. Shoir butun umrini bolalar orasida va bolalarga asarlar yozish bilan o‘tkazdi. Unga bolalar va maktab hayoti, ularning ajoyib, jo‘shqin va keng dunyosi juda tanish va
199
qadrlidir. Yosh kitobxonlarning o‘y-fikrlari, orzu-umidlari, his-hayajonlari shoir asarlarida badiiy ifodasini topdi.
Shoirning „Hunardan unar“, „Òo‘g‘ri o‘sgan gul bo‘lar“,
„Aql qayerda bo‘lar“, „O‘rinbosarlar“, „Oltin nay“, „Bir yarim Karim“ va boshqa o‘nlab she’riy to‘plamlari, „Chanoq- voy bilan Qovoqvoy“, „Bahodirning botirligi“, „Oq fil yo‘qoldi“, „Suqatoy-Konfetvoy“, „Ona bolam deydi, bola onam deydi“ kabi ertaklari, pyesalari yuzaga keldi. Bu kitoblarga kirgan eng yaxshi she’r va qo‘shiqlari, doston va ertaklari o‘zbek bolalar adabiyoti xazinasiga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi, uni boyitdi. Bu asarlardan bir qanchasi jahon xalqlari tillariga tarjima qilinganki, bu faqat shoirning emas, balki o‘zbek adabiyotining ham yutug‘i, obro‘si hisoblanadi. Shoirning „Òuganmas kon“, „O‘qituvchim baho qo‘ygan- da“, „Ko‘chalarni to‘ldirib“, „Sizga nima bo‘ldi, o‘g‘il bolalar?“,
„Yuqumli „2“lar“, „Bilsa bo‘lar ekan-ku!“, „Sentabrdan kim sevinar?“ kabi she’rlari a’lo va yaxshi baholarga o‘qish uchun intilayotgan, harakat qilayotgan bolalar to‘g‘risida yozilgan yaxshi asarlar sirasiga kiradi.
Ba’zan bolalar orasida mug‘ambir, pismiq, ishyoqmaslar ham topilib qoladi. Shoirning „Qo‘l ko‘tarib qo‘lga tushdi“ asari ana shunday bolalarga bag‘ishlangan. Asar qahramoni aslida dangasa, ishyoqmas, qoloq o‘quvchi. U buni o‘qituvchisiga sezdirmaslik uchun har kuni dars paytida „Men aytaman deb ko‘taradi qo‘l“. O‘qituvchi esa bolaning bunday mug‘ambirligini sezmaydi, u darsni yaxshi o‘zlashtiribdi, deb undan so‘ra- maydi. Oxiri bir kuni „Mayli, ayta qol“, deydi. Shunda haligi bola savolga javob bera olmay, o‘qituvchi va o‘quvchi do‘stlari oldida izza bo‘ladi:
Darvozasiga Urilganday gol, Qo‘lga tushgandi U ko‘tarib qo‘l.
Shoirning „Oftob chiqdi olamga“, „Yer chopildi — javob topildi“ she’rlarida kichkintoylarning mehnatsevarligi ham yaxshi ochib beriladi. Bu asarda shoir bolalarning harakati, urinishi, kattalar ishiga ko‘maklashishini nihoyatda ta’sirli va shirali ifodalashda xalq og‘zaki ijodidan unumli foydalangan.
Po‘lat Mo‘min haqiqatan ham oftob — bu olam-olam quvonch, shodlik, mehnat, yashash, yasharish ramzi
200
ekanligini ta’kidlar ekan, buni bola obrazi orqali yanada yorqinroq, ta’sirliroq aks ettirishga harakat qiladi:
Oftob chiqdi olamga, Chopib bordim dadamga. Dadam ko‘chat ekardi, Salom berdim dadamga.
Shoirning „Yer chopildi — javob topildi“ asarida meh- natdan zavqlanish tuyg‘usi yorqin ifodalangan. O‘qishni jismo- niy ish bilan qo‘shib olib borish yaxshi natija berishi asarning asosiy g‘oyasi hisoblanadi. She’r qahramoni dastlab uyga berilgan topshiriq-misollarni yecha olmaydi. Shunda u jismoniy mehnat qilishga kirishadi — yer chopadi, terlab-pishib ishlaydi. Natijada ko‘ngli yorishadi, fikri oydinlashadi. Uyga berilgan misollarni ham yechadi, yerni ham yumshatadi.
Po‘lat Mo‘minning „5“ baho qo‘shig‘i“, „Xursandmisiz? Xursandmiz“, „Sentabrim“, „Uch baho — puch baho“ singari qo‘shiqlari bilimga muhabbat mavzusiga bag‘ishlangan. O‘z ustida ko‘p ishlash, kitob o‘qish, dars qoldirmaslik „a’lo“ o‘qishning mustahkam garovi ekanligini shoir „Uch baho — puch baho“ qo‘shig‘ida ta’kidlab o‘tadi. Onalarni, keksalarni hurmat qilish, e’zozlash („Achom-achom buvijon“, „Mehri- bonim, oyijon!“), o‘zaro hurmat, do‘stlikni qadrlash („Bir jahon bolalarmiz“), hunar egallash, chevarlik kasbini bolalikdan bilib borish („Ko‘ylagim“) mavzulariga bag‘ishlab shoir o‘nlab qo‘shiqlar yaratganki, bunday qo‘shiqlar bog‘cha yoshidagi bolalarning jon-dili hisoblanadi.
Shoir Po‘lat Mo‘min o‘zining bir qator asarlari bilan axloq va odob kuychisi hisoblanadi. Bu g‘oya ko‘proq „Birov- lar“, „Bir odamning afsusi“, „So‘zi shunaqa — o‘zi shu- naqa“, „Behzodni bilasizmi?“, „Ulg‘aydimi aqlingiz?“,
„Qo‘ling oltin — yo‘ling oltin“, „Birinchi bo‘l, birinchi“ kabi she’r va qo‘shiqlarida ochib beriladi.
Po‘lat Mo‘minning „Alla bilan Jalla“, „Ziyrak fil va ziqna boqqol“, „Har kimniki o‘ziga, oy ko‘rinar ko‘ziga“, „Unut- gan o‘g‘il“, „Oltin nay“, „Dono bola“, „Bilganni qari — bilmaydi pari“ singari ertak-dostonlarida xalq og‘zaki ijodi namunalaridan unumli foydalangani ko‘rinib turadi.
Po‘lat Mo‘min dostonchi-shoir sifatida ham juda qadrlidir. Uning „Oltin nokli bog‘“, „Ko‘cha — ko‘pchilik uchun“,
201
„Eh, rosa shirin ekan“, „Xolning jiyron velosiðedi“, „Ko‘ngil istar yaxshilik“ nomli dostonlari allaqachon kichkintoylarning sevimli asarlariga aylanib ketgan. Shoirning dostonlarida bolalar o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik, o‘qituvchi va jonajon maktabga muhabbat, birlik, hamjihatlik kabi masalalar ilgari surilgan. Bolalar hayotida sodir bo‘ladigan yutuq va kamchiliklar, maktab o‘quvchilarining jozibali hayoti badiiy bo‘yoqlarda, qiziqarli lavhalarda zavq-shavq bilan tasvirlangan.
Òaniqli adib Po‘lat Mo‘min o‘zining ertak-pyesalari bilan ham yosh kitobxonlar o‘rtasida shuhrat qozondi. Uning
„Qovoqvoy bilan Chanoqvoy“, „Suqatoy — Konfetvoy“, „Ona bolam deydi, bola onam deydi“ nomli fantastik ertak-pyesalari teatr sahnasidan tushmay, bolalarning quvonchiga quvonch qo‘shib kelayotir.
OFÒOB HAM YAXSHI, ODOB HAM YAXSHI
Oftob yaxshimi, Odob ko‘rinar
Odob yaxshimi? Salom-alikda.
Oftob berar nur, Odob har kimning
Odob-chi — huzur. Yaxshi so‘zida,
Lolalar uchun Odob har kimning
Oftob yaxshidir, Yuzi-ko‘zida.
Bolalar uchun Olamning yuzi
Odob yaxshidir. Oftobdan isir,
Oftob bo‘lmasa, Odamning yuzi
Qorong‘u tushar, Odobdan isir.
Odob bo‘lmasa, Olamning doim
G‘am-qayg‘u tushar. Oftobi bo‘lsin,
Oftob ko‘rinar Odamning doim
Òog‘-tepalikda, Odobi bo‘lsin.
SALIMJON — NIMJON
Do'stlaringiz bilan baham: |