Mamasoli jumaboyev



Download 5,23 Mb.
bet27/60
Sana02.02.2022
Hajmi5,23 Mb.
#425176
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   60
Bog'liq
Mamasoli Jumaboyev. Bolalar adabiyoti

Shukur Sa’dulla


(1912 1972)

Shukur Sa’dulla kichkintoylarga zavq-shavq bag‘ishlaydigan she’rlari, yosh kitobxonni ezgulikka chorlovchi ertak-dostonlari, hikoyalari, bolalar hayotidan olib yozgan pyesalari, yosh qalblarni larzaga soluvchi qissalari bilan hamma yoshdagi bolalarning qadrdon va suyukli yozuvchisi bo‘lib qolgan.


Shukur Sa’dulla 1912- yilning yanvarida Jizzax shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi, boshlang‘ich ma’lumotni ona shahridagi Narimonov nomli maktabda oldi. 1924- yilda Samarqand pedagogika bilim yurtida tahsil ko‘rdi, so‘ngra Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat universitetida o‘qidi. 1931—1964- yillarda Sh. Sa’dulla nashriyotlarda muhar- rir, bo‘lim boshlig‘i, bosh muharrir o‘rinbosari, bosh muharrir, direktor vazifalarida mehnat qilib, bolalar uchun adabiy-badiiy kitoblar nashr etishga barakali hissa qo‘shdi.
Shukur Sa’dullaning birinchi she’rlar to‘plami 1932- yilda
„Hayqiriq“ nomi bilan bosilib chiqdi. Adabiy jamoatchilikning bu kitob haqidagi fikr va mulohazalari shoirni yanada chidam, qunt bilan ijod qilishga, o‘z ustida ko‘proq izlanishga, eng muhimi, hayotni o‘rganishga va shu asosda ijod etishga chorladi. Sh. Sa’dulla butun umri davomida bunga amal qildi. Qirq yildan ortiqroq hayotini badiiy ijodga bag‘ishlagan san’atkorning „Uch ayiq“, „Ayyor chumchuq“ (1935—1936), „Yoriltosh“ (1939),
„Ikki sandiq“ (1942), „Sen nima qilding?“, (1942), „Shohista“ (1944), „Shirin kun“ (1946), „She’rlar“ (1955), „She’r va
ertaklar“, (1957), „Póesalar“ (1959), „Dastyor qiz“ (1960),
„Sening alboming“ (1962), „Ozoda“ (1969), „Komandirning
boshidan kechirganlari“ (1962), „Kachalpolvon“ (1963), „Ism qo‘yilmagan xat“, „Sening bayraming“, „Mening aziz bola- larim“ va boshqa kitoblari bosilib chiqdi.
173
Dramaturg Shukur Sa’dullaning „Yoriltosh“, „Gulxan“,
„Bizning bog‘chamiz“, „Dalada bayram“, „Vatan ishqi“ (dramaturg X. Fatxullin bilan hamkorlikda yozilgan), „Ikki bilaguzuk“, „Zubayda“, „Afsona yaratgan qiz“ pyesalarini tomoshabinlar yaxshi bilishadi.
Quvnoq va jo‘shqin asarlar kuychisi bo‘lgan Shukur Sa’dulla o‘zining juda ko‘p she’r, qo‘shiq, ertak, ertak-doston, pyesalarini kichik maktab yoshidagi bolalarga bag‘ishlagan.
Shukur Sa’dulla tabiat kuychisi sifatida e’zozlanadi. Shoir so‘lim bahorni ko‘pgina she’rlarida qalamga olar ekan, kichik yoshdagi bolalarda olamni tushunish qobiliyatini shakl- lantirishga katta e’tibor beradi.
Odatda, boychechak juda erta ochiladi. U qor erib-erimas- danoq ko‘zga tashlanadi:
Ochildimi boychechak, Endi har yon gul demak, Chunki bahor elchisi —
Shu mitti gul — boychechak.
Bahor boshlangach, tez-tez yomg‘ir yog‘adi. Yomg‘ir tabiat husniga husn qo‘shadi, odamlar ruhini yengillatadi. Shukur Sa’dulla „Yomg‘ir yog‘aloq“ she’rida yomg‘ir ona tabiatni gulga burkashi bilan birga, ekin-tekinlar uchun ham koni foyda ekanligini yosh kitobxon qalbiga yetib boradigan darajada quvnoq va sho‘x misralarda ifodalaydi:
Yomg‘ir yog‘aloq, Chiqar kamalak.
Yam-yashil o‘tloq, Yomg‘irdan foyda
Endi ekinlar Maysaga, donga.
Chiqarar quloq... Yurt serob bo‘lar
Yomg‘ir tinganda, Oq bug‘doy, nonga.
Shukur Sa’dulla „Òo‘rt fasl“ she’rida yil fasllarining o‘ziga xos xususiyatlarini shoirona timsollar yordamida yoritadi. Ularning jozibasi, tabiatga alohida ko‘rk bag‘ishlashi, insonlar qalbiga ta’siri xususida bolalarbop xulosalar chiqaradi.
She’rda bahor fasli shunday tasvirlanadi:
Milt etib chiqdi quyosh,
Dedi: — Do‘stlar, qish odosh. Ko‘rsak, yo‘l qora bulut,
Yer yuzi ko‘k gilam — o‘t.

174
Shoir Vatanimizning boyligiga boylik qo‘shayotgan dasturxonimizni bezovchi noz-ne’matlarni yetishtirayot- gan kishilarni zo‘r muhabbat bilan ajoyib misralarda ulug‘- laydi:


Ekin o‘sdi yerlarda, Bug‘doy pishdi qirlarda... Poliz to‘la bodring, Bog‘bon, tez uzib bering!
— Sabr qiling siz andak, So‘yib beray handalak.

Shukur Sa’dulla yoz faslini ulug‘lash bilan birga, kuzning ham o‘ziga xos fazilatlarga to‘laligini, tabiatning oltin davri ekanligini obrazli tasvirlaydi:


Quyosh tushar taftidan, Qo‘rqib qishning aftidan. Sarg‘ayadi ko‘katlar,
Barg to‘kadi daraxtlar. Hosil yig‘ib olinar, Qishga zamin solinar.

Shoir qishning ham o‘ziga xos gashti borligini, kishilarda zavq-shavq uyg‘otishini lirik bo‘yoqlarda ko‘rsatadi:


Dala-dashtda tindi ish, Xuddi yozday, bahorday — Keldi mehmon bo‘lib qish. Iliq kuzgi nahorday — Qish emas, u — qorbobo, Qor yog‘ar kecha-kunduz, Sovg‘alari bor bobo... Suv sovqotib kiygan muz.

Shukur Sa’dulla „Egizaklar“, „Sen menga do‘st, men senga do‘st“, „Hovlimizning bolalari“ kabi qator she’rlarida do‘stlik g‘oyalarini ilgari suradi.


Shoirning asarlarini bolalar hozir ham darsliklarida sevib o‘qiydilar. „O‘yin“, „Lola va mushuk“, „Bahor keldi“,
„Vatanim“, „Dastyor qiz“, „Ozod diyor“, „Òo‘rt fasl“,
„Qush tili“ kabilar shular jumlasidandir.
Shukur Sa’dullaning „Komandirning boshidan kechir- ganlari“, „Kachalpolvon“, „Aziz qishlog‘im“, „Ism qo‘yil- magan xat“ qissalari o‘zbek bolalar nasrining yaxshi namu- nalaridan hisoblanadi.

175
CHOL BILAN BO‘RI


Ishtirok etuvchilar:
Chol, Òulki, Bo‘ri, Mergan.
Sahna: chakalakzor. Qopqonda yotgan tulkining ovozi eshitiladi.
Òulki:
Voy-dod. Yordam... Dod yordam! Bormi rahmdil odam...

Download 5,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish