Mamasoli jumaboyev



Download 5,23 Mb.
bet35/60
Sana02.02.2022
Hajmi5,23 Mb.
#425176
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   60
Bog'liq
Mamasoli Jumaboyev. Bolalar adabiyoti

Xudoyberdi Òo‘xtaboyev


(1932- yilda tug‘ilgan)

Hozirgi zamon o‘zbek bolalar adabiyotida sarguzasht va fantastika janrining rivojlanishiga katta hissa qo‘shib kelayotgan adiblardan biri Xudoyberdi Òo‘xtaboyevdir.


Adib 1932-yilning 17-dekabrida Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumaniga qarashli Katta Òagob qishlog‘ida dehqon oilasida dunyoga keldi. Boshqa bolalar qatori Xudoyberdi ham hamqishloq bolalarga qo‘shilib poda boqdi, yer chopdi, paxta terdi, xullas, qishloqda bo‘ladigan hamma mehnatlarda baravar ishtirok etdi, hayotning turli so‘qmoqlardan iborat ekanligini yoshligidanoq anglab yetdi.
Qo‘qon pedagogika bilim yurtini muvaffaqiyatli tamomlagan
X. Òo‘xtaboyev ona qishlog‘ida muallimlik qildi. So‘ng bilimini oshirish uchun Òoshkent davlat universitetiga o‘qishga kirdi. Bu yerda Alisher Navoiy, Bobur, G‘. G‘ulom, Oybek, H. Olimjon, A. Qahhor asarlarini sevib o‘qidi, o‘rgandi.
Universitetni tugatib, Bag‘dod tumanidagi maktablardan birida dastlab oddiy o‘qituvchi, keyinchalik ilmiy bo‘lim mudiri, direktor lavozimlarida ishladi. Ana shu yillarda uning dastlabki mashqlari vaqtli matbuot sahifalarida e’lon qilina boshladi. Ilk muvaffaqiyatdan ilhomlangan bo‘lajak adib markazga — Òoshkentga ijodiy ish bilan jiddiy shug‘ullanish uchun yo‘l oldi. Natijada u 1958-yili Òoshkentga ko‘chib keldi.
„Òoshkent haqiqati“ gazetasi tahririyatiga ishga kirdi. Adib uzoq yillar feletonchi sifatida kishilarning yurak dardini, hasratini qunt bilan o‘rganadi. Davrdan orqada qolgan, turli illatlar botqog‘iga botgan, mol-u dunyoga hirs qo‘ygan shaxslar haqida talay feletonlar yozadi. „Sariq devni minib“, „Sariq devning o‘limi“ nomli asarlari ana shu hayotiy tajribalarni umum- lashtirish asosida yuzaga keldi.
224
Ma’lumki, o‘zbek hajviy qissalari barmoq bilan sanarli edi.
„Kalvak maxsum“, „Òoshpo‘lat tajang“, „Òirilgan murda“,
„Shum bola“dan keyin bu janrda yangi asarlar deyarli yaratilmadi. Keyingi yillarda Abdulla Qodiriy va G‘afur G‘ulom an’analarini davom ettirgan Xudoyberdi Òo‘xtaboyev bu
„bo‘shliq“ni to‘ldirishga harakat qildi.
Har qanday adib bolalar uchun asar yozayotgan paytda, albatta, o‘z o‘quvchisini ko‘z oldida aniq tasavvur qiladi. „Olti yoshli bolaga aytayotgan gapingiz o‘n to‘rt yoshli o‘smirga aytiladigan gapdan, albatta, farq qilishi kerak“, deb ta’kidlaydi
X. Òo‘xtaboyev. Yozuvchining bolalar va o‘smirlarga atab yozgan asarlari qiziqarli, o‘qimishli, jozibali bo‘lishi sabablaridan biri ham shu. Katta hayotiy tajriba va uzoq izlanish mevasi bo‘lgani tufayli Xudoyberdi Òo‘xtaboyevning bolalar hayotidan olingan birinchi yumoristik sarguzasht qissasi „Sehrli qalpoqcha“ni kitobxonlar yaxshi kutib oldilar.
Yozuvchining yumorga moyilligi, komik iste’dodi bu asarida yana ham chuqurroq seziladi. Qissa qiziqarli sujet asosiga qurilgan. Asardagi barcha voqealar Hoshimjon tilidan hikoya qilinadi.
Adibning „Sariq devning o‘limi“ sarguzasht romani uch qismdan („O‘rtoq polkovnik“, „Sariq devni quvib“, „Sariq devning o‘limi yoki olam guliston bo‘lgani“) iborat. Bu roman asosida ham Hoshimjonning sarguzashtlari yotadi. Kitobni o‘qib, uning yangi sarguzashtlaridan xabardor bo‘lasiz, sehrli qalpoqcha yana madadga keladi, ajoyib-g‘aroyib karomatlar ko‘rsatadi. U Hoshimjonga jiddiy masalalarda — o‘g‘ri, muttaham, tekinxo‘rlarni fosh etishda yordam beradi.
Endilikda asar qahramoni avvalgi o‘yinqaroq Hoshimjon emas, balki maktabni bitirib, ulg‘ayib, oq-qorani tanib qolgan yigitcha. Endi u o‘z hayoti, taqdiri, jamiyatga foyda yetkaza- digan odam bo‘lish haqida o‘ylaydi, biror kasb egallashni xohlaydi. Boshda sartarosh bo‘ladi. „Bilasiz-ku, bir ishga ahd qilsam, uni oxiriga yetkazmaguncha qo‘ymaydigan odatim bor. Jonimni qiynab bo‘lsa ham maqsadimga erishaman“, deb shu kasb orqali odamlarga xizmat qilishga bel bog‘laydi. Keyin militsiya maktabida o‘qib, militsionerlikka o‘tadi. Kitobdagi barcha voqea va hodisalar, sarguzashtlar ana shu nuqtadan boshlanadi, hamma gap-so‘zlar shu kasb-kori bilan bog‘liq holda davom etadi.

15— Bolalar adabiyoti
225

Yozuvchining „Qasoskorning oltin boshi“ romani marka- zida tarixiy shaxs, xalq qasoskori Namoz taqdiri yotadi. Aslida muallif Namozning hayotini batafsil yoritib berishni maqsad qilib olgan emas. Lekin adib o‘rni-o‘rni bilan uning hayotiga doir ma’lumotlarni berib boradi. Ular Namozning xarakterini tushunib olishda kitobxonga yordam beradi.
Namoz har jihatdan yetuk shaxs. U haqiqat uchun kurashchi, qasoskor, qo‘rqmas, tadbirkor, ochiqko‘ngil qahramon. Atrofiga o‘zi kabi dovyurak yigitlarni to‘plab zulmga qarshi kurash olib boradi.
Halolligi, mardligi, adolatparvarligi uchun xalq Namozni yaxshi ko‘radi va Go‘ro‘g‘liga qiyos qiladi: „Go‘ro‘g‘libek Namozboy qiyofasida paydo bo‘lgan emish. Afsun o‘qisa, ko‘zdan g‘oyib bo‘lib qolarmish. Undan o‘q o‘tmas emish, qilich chopmas emish...“
Namozning mardligi, jasorati xalq qalbida mangu yashab kelayotganligi „Qasoskorning oltin boshi“ asarida o‘zining badiiy ifodasini topgan.
Xudoyberdi Òo‘xtaboyev qalamiga mansub „Sir ochildi“,
„Aka-uka Omonboy bilan Davronboyning qishloqqa gaz olib kelganlari haqida jajji qissa“, „Besh bolali yigitcha“, „Shirin qovunlar mamlakatida yoki sehrgarlar jangi“, „Mungli ko‘zlar“, „Jannati odamlar“ kabi yirik asarlar o‘zbek bolalar adabiyotining katta yutug‘i hisoblanadi.

SARIQ DEVNING O‘LIMI



Download 5,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish