Mamasoli jumaboyev



Download 5,23 Mb.
bet37/60
Sana02.02.2022
Hajmi5,23 Mb.
#425176
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   60
Bog'liq
Mamasoli Jumaboyev. Bolalar adabiyoti

Farhod Musajon


(1933- yilda tug‘ilgan)

O‘zining qisqa hajmli va hayajonli hikoyalari, mazmundor qissalari, kichkintoylarni to‘lqinlantiradigan pyesalari bilan bolalarning quvonchlariga quvonch ulashib kelayotgan qalam- kashlardan biri Farhod Musajon 1933-yilda Òoshkent shahrida tug‘ildi. 1956-yilda ÒoshDU ning sharq fakultetini tamomladi. Bir necha yil O‘zbekiston radiosida, „O‘zbekiston madaniyati“ gazetasida, „G‘uncha“ jurnalida mehnat qiladi. 1966-yildan esa


„O‘zbekfilm“da muharrir, bosh muharrir vazifalarida ishlab kelmoqda.
Farhod Musajonning ilk asarlari 1955-yilda e’lon qilingan. Shundan so‘ng „Cëó÷àé â ãîðíîì KèøëàKå“ (1958),
„Daradagi qishloqda“ (1960), „Oftobni quvlab“ (1970),
„Chin do‘stlik“ (1976), „Chevar qiz“ (1982), „Buloq suvi“ (1982), „Òurdi, velosiðed va men“ (1983), „ÃëîòîK ðîäíè- Koâîé âîäû“, „Òekin tomosha“ (1989) kabi kitoblarining maydonga kelishi bolalar uchun katta bayram bo‘ldi.
Farhod Musajon barcha yoshdagi bolalar uchun yozadi. Uning kitoblari orasida maktabgacha tarbiya yoshidagi, maktab yoshidagi kichik hamda o‘rta va katta yoshdagi bolalarga bag‘ishlangan asarlarni ham uchratish mumkin. Adibning maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga bag‘ishlab yozgan jajji hikoyalari bog‘chalar dasturidan o‘ziga xos o‘rin olgan.
Ma’lumki, bu davr bolalar kitobxonligi ota-onalar, tarbi- yachilar tomonidan amalga oshiriladi. Bolalar o‘zlari tinglagan asarlari yordamida atrof-muhit bilan tanisha boradilar. Ona- yurtga, tabiatga muhabbat xislatlari, mehnat qilish va mehnat ahlini hurmat qilish kabi fazilatlar shu yoshdan tarkib topa boshlaydi. Òurmushda qizg‘anchiq bo‘lmaslik, kasb-hunar egasi bo‘lishga intilish, kattalarni hurmat qilish kabi ijobiy fazilatlar ham shular jumlasiga kiradi.
235
Bu davr bolalarining pedagogik-psixologik xususiyatlarini yaxshi o‘rgangan Farhod Musajon ularga bag‘ishlab „Eng yaxshi bobo“, „Shodiyona kun“, „Shiqildoq“, „Pahlavon va nimjon“, „Sovg‘a“, „Ajoyib buzoqcha“, „Yaxshilik“, „Òo‘lab ber“, „Varrak“, „Dog‘“ kabi o‘nlab hikoyalar yaratgan.
Adibning „Varrak“ asari mazmuni oddiygina varrak yasash voqeasi asosiga qurilgan. Asarda kichkintoylarni bolalikdan boshlab mustaqil harakat qilishga chaqiriladi.
Ana shunday jozibali asarlaridan yana biri „Eng yaxshi chana“dir. Bu hikoyada qo‘li ochiq, bag‘ri butun bo‘lishlik, qizg‘anchiq bo‘lmaslik kabi xislatlar kichkintoylar ongiga yetkaziladi.
Latifjonga dadasi chana olib kelib beradi. Quvonchdan bolaning boshi ko‘kka yetay deydi. Latifjon boshda ancha qizg‘anchiq bo‘ladi. Shuning uchun chanada bitta o‘zi uchadi. Boshqalarni chanaga yaqin keltirmaydi, unga birovning qo‘li tegib ketsa, chanani ko‘tarib uyiga chopadi.
Latifjonning dadasi o‘g‘lidagi bunday qizg‘anchiqlikni payqaydi, lekin unga pand-nasihat qilib o‘tirmaydi. Aksincha, quyidagi ibratli hikoyatni keltiradi:

  • Bilasanmi, — dedi dadasi o‘g‘liga, — men bu ajoyib chanani qayerdan oldim? Bunaqasi magazinda sotilmaydi, bu buyurtma bilan qo‘lda yasalgan chana. Yoshi oltmishda. Ha, oltmish yil burun bitta og‘aynimning adasi olib bergan ekan. Og‘aynim o‘sha paytda sendek ekan. Chananing chiroyliligini ko‘rib uchishga uning ham ko‘zi qiymabdi. Kattaroq bo‘lganimda ucharman, hozir bolalar tortib olib eskitib qo‘yishadi, deb asrab yuraveribdi. Oradan yillar o‘tibdi, bir kun qarasa bolaligi tugab chol bo‘lib qolibdi. Endi unga chana kerak emas edi, chunki chol odam uyalmasdan chana uchadimi?! Og‘aynim chanani menga sovg‘a qilar ekan, beg‘u- bor bolalik chog‘imda maza qilib ucholmadim, ishqilib sening o‘g‘lingga yaxshi xizmat qilsin, dedi. Shunaqa o‘g‘lim, qiz- g‘anchiq odam zavqdan mahrum bo‘ladi!

Latifjon boshda dadasining bu gaplariga tushuna qolmaydi. Yuragining allaqayeri jiz etgandek bo‘ladi. Nihoyat u dadasiga yuzlanib:

Adibning „Sovg‘a“ hikoyasi ham maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga bag‘ishlangan. Asarda bolalar mehnatkash
236
bo‘lishga da’vat etiladi. Oqiljonning gul ekishi, uni mehr bilan parvarish qilishi kichik kitobxonda katta taassurot qoldiradi. Xullas, Farhod Musajon o‘zining maktabgacha va maktab yoshidagi kichik bolalarga bag‘ishlab yozgan hikoyalarida salmoqdor fikrlarni sodda, bolalarbop shaklda aytadi. Adib nasihat qilish yo‘lidan bormaydi, aksincha, bolalar hayotida ko‘p uchrab turadigan oddiy voqealarni tasvirlaydi va ayt- moqchi bo‘lgan muhim gaplarini ana shu voqealar mag‘ziga
singdirib yuboradi.
Farhod Musajonning „Orzuga ayb yo‘q“, „Bo‘sh kelma, Aliqulov“, „Buloq suvi“ va boshqa qissalari o‘zbek bolalar adabiyotida muhim o‘rinda turadi.
Farhod Musajon dramaturg sifatida ham yoshlarning meh- rini qozongan. „Xayolparastlar“, „Oq kabutarlar“, „Sabil qoldi“, „O‘g‘limni qaytarib bering“ pyesalari shular jumlasi- dandir.
Bular orasida, ayniqsa, „O‘g‘limni qaytarib bering“ asari mashhur bo‘lib, dramaturg uning nomini o‘zgartirib, „Najot istab“ deb qaytadan ishladi. U O‘zbek milliy akademik drama teatrida muvaffaqiyat bilan qo‘yildi. Dushanbe, Olmaota shaharlarida, Òataristonda sahna yuzini ko‘rdi.
Pyesada, asosan, bola tarbiyasida ota-onaning beqiyos katta roli haqida gap boradi.
Farhod Musajon kattalarga bag‘ishlab „Bahor nafasi“,
„Bu ko‘zlarga ishonsa bo‘ladi“, „Xotin kishining ra’yi“, „Ko‘r shofyor“, „Zo‘raki kashanda“, „Nozik masala“, „Kalla- pocha“, „Himmat“, „Bog‘ ko‘cha“ kabi kitoblar yozgan.

SOVG‘A


Download 5,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish