Miraziz A’zam
(1936- yilda tug‘ilgan)
Miraziz A’zam 1936-yil 29-martda Òoshkentda ziyoli oilada tug‘ilgan. Otasi tarix o‘qituvchisi, o‘rta maktab direktori, onasi bog‘cha murabbiyasi edi. Miraziz besh yasharligida otasi urushda halok bo‘ldi va onasi qo‘lida tarbi- yalandi. Onasi Xatira Muhammadkarim qizi ko‘plab ertak, qo‘shiq va dostonlarni yod bilar, o‘zi ham qo‘shiq va allalar to‘qib tashlardi. Shuningdek, u o‘g‘lining tarbiyasini mustahkamlash uchun o‘sha urush davrining og‘ir yillarida badiiy kitob o‘qishga, kino va teatrlarga borishiga imkon yaratardi.
Yosh Miraziz o‘rta maktabni oltin medal bilan tamom- lagach, oliy tahsilni Òoshkent davlat universitetida oldi. Keyin yangi ochilgan telestudiyada muharrirlik qildi. Bir necha yil
„G‘uncha“ jurnalida adabiy xodim bo‘lib ishladi. Shundan so‘ng yoshlar nashriyotida, Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir bo‘ldi.
1987—1992-yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida mas’ul kotib bo‘lib xizmat qildi. Bundan keyingi yillarda gazetada, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Adabiy targ‘ibot markazida ishladi.
Miraziz A’zam hozir shoir, nosir, tarjimon, dramaturg va maqolanavis sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Miraziz A’zam talabalik yillaridan beri she’r yozadi. Birinchi she’ri 1960-yilda „G‘uncha“ jurnalida bosilib chiqqan edi. Birinchi to‘plami 1964- yilda nashr etildi. Shundan keyin uning bolalar uchun „Aqlli bolalar“ (1969), „Senga nima
Mazkur bob shoir Tursunboy Adashboyev bilan hamkorlikda yozilgan.
246
bo‘ldi?“ (1970), „G‘alati tush“ (1972), „Yer aylanadi“ (1973), „Yerga dovruq solamiz“ (1976), „Bir cho‘ntak yong‘oq“ (1990), „Qirq bolaga qirq savol“ (2000) kabi qator she’riy to‘plamlari bosilib chiqdi. Shoir ularda bolalarning qalbi va tuyg‘ulari orqali olamni, odamni bilishga, yaxshilik bilan yomonlikni farqlashga, halol va pokiza mehnatni ulug‘lashga katta ahamiyat beradi; turli imo-ishoralar bilan, kosa tagida nimkosa tarzida sho‘ro imperiyasiga qaram buyuk xalqning og‘ir hayotini tasvirlaydi, goh samimiy yumor bilan, goh og‘riqli ichki izhorlar bilan timsollar yaratadi. U she’riyatning muhim unsurlarini hech nazardan qochirmagan holda, o‘zining har bir she’ri uchun o‘zgacha vazn, ichki ohang topadi va she’rining o‘qimishli bo‘lishiga erishadi.
Miraziz A’zam bu to‘plamlari orqali o‘zbek bolalarining sevimli shoirlaridan biriga aylandi. Shuningdek, boshqa xalqlarning ham e’tiborini tortdi. Uning she’riy to‘plamlari rus tilida uch marta nashr etildi, ukrain, turkman, mo‘g‘ul tillarida chop qilindi. She’riy turkumlari belorus, moldavan, qirg‘iz, ozarbayjon, latish tillarida ham bosilib chiqqan. 1970—1980-yillarda Miraziz A’zamning kattalar uchun
„Sevaman“, „Òuyg‘ular“, „Sabot“, „Haqiqatning ko‘zlari“ nomli she’riy kitoblari nashr etildi. Inson hurligi uchun, haqiqat uchun, erk va mustaqillik uchun kurash bu kitob- larning asosiy g‘oyalaridir. Ulardagi she’rlar o‘zining hayotiyligi va jozibaliligi bilan o‘quvchi qalbini zabt etadi, ulardagi muhabbat va nafrat tuyg‘ulari hech kimni befarq qoldirmaydi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga olgach, Miraziz A’zam ko‘proq adabiy-ma’rifiy merosni ko‘z qorachig‘iday asrashga da’vat etuvchi bir qator tarixiy-adabiy va tilga oid maqolalar e’lon qildi, shuningdek, bolalar va o‘smirlar uchun kichik sahna asarlari yozdi. „Qardoshlik yo‘llarida (Yassaviy)“,
„Buxoriy darsi“, „Ulug‘bek va o‘g‘li Abdurahmon“, „Ulug‘bek- ning kulgusi“ pyesalari shular jumlasidandir.
Miraziz A’zamning jahon adabiyotidan qilgan tarjimalari ham e’tiborga loyiqdir. U Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy, Nizomiy Ganjaviy, Abdurahmon Jomiy asarlarini, rus, nemis, fransuz, ingliz, turk, italyan shoirlarining ko‘plab she’rlarini, shuningdek, jahon bolalar she’riyati namunalarini o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qildi.
247
QO‘LNI QO‘LGA BERAYLIK
Biz bu ozod diyorning Eng umidbaxsh unimiz. Birinchi sentabrda Mustaqillik kunimiz.
Baxtiyor turmush qurish Eng yaxshi, to‘g‘ri yo‘ldir. Yo‘lni topar olimlar,
Bizda olimlar mo‘ldir.
Birinchi sentabrda Chaqnab tursin charoqlar. Ko‘chalar yorug‘ bo‘lsin, Hilpirasin bayroqlar.
Birinchi sentabrda Yangi hayot boshlandi. Go‘zal hayot qurishga Dadil qadam tashlandi.
Quramiz buyuk davlat Qoldirib izimizni.
Xalqlar aro oq bo‘lar Ko‘rasiz yuzimizni.
Qo‘lni qo‘lga beraylik Vatan bo‘lsin guliston. Hurlar aro hur bo‘lsin Mangu buyuk Òurkiston.
VAÒAN O‘G‘LI
Yurtga ega bo‘lish oson ish emas, Yur, o‘g‘lonim, elni ko‘tarish uchun. Bahor keldi, endi ortiq qish emas, Yur, o‘g‘lonim, elni ko‘tarish uchun.
Hammamizning onamizdir shu Vatan, Yov qoldirgan siynasida ming tikan,
248
Òirikmiz-ku, uni tozalash bizdan
Yur, o‘g‘lonim, elni ko‘tarish uchun.
Hamon suqli ko‘zlar ila boqar yov, O‘z yeringni o‘zing asra, bo‘lib dov. Yo‘qsa, kelib asrab berarmi birov?
Yur, o‘g‘lonim, elni ko‘tarish uchun.
Ilmdorlar juda ko‘pdir jahonda, Ortdaman deb hayallama armonda, Òez ilm ol sen hozirgi zamonda,
Yur, o‘g‘lonim, elni ko‘tarish uchun.
Òekinxo‘rlar, o‘g‘rilardan hazar qil, Barin bir yoq qila olar es — aql, Vataning bor boshing uzra mustaqil, Yur, o‘g‘lonim, elni ko‘tarish uchun.
Farqiga bor zulmat ila chiroqning, O‘lgum dema, qadriga yet bayroqning, Osti ham bir, usti ham bir tuproqning, Yur, o‘g‘lonim, elni ko‘tarish uchun.
Qilichbozlar, otliqlarning yurti bu, Moziyga boq, kimsan, aytar bu ko‘zgu, Kelajakni sen qurasan, baxtni quv,
Yur, o‘g‘lonim, elni ko‘tarish uchun.
BEDANANING BUVISI
Bedananing onasi bor ekan, bor ekan, Bedaning otasi bor ekan, bor ekan, Qo‘shiqlarin barchasi zo‘r ekan, zo‘r ekan, Buvisi ham ularga jo‘r ekan, jo‘r ekan:
Va-vaq, va-vaq, Bit-bil-diq.
Va-vaq, va-vaq, Bit-bil-diq.
Otasi va onasi yelarkan, yelarkan, Ularga don-dun olib kelarkan, kelarkan.
249
Mittivoyga buvisi qararkan, qararkan, Òumshug‘ida patlarin tararkan, tararkan. Òurmushlari oqarkan bir marom, bir marom, Sayrasharkan yoppasi har oqshom, har oqshom:
Va-vaq, va-vaq, Bit-bil-diq.
Va-vaq, va-vaq, Bit-bil-diq.
Ammo bir kun buvisi suv totmay, suv totmay, Nevarasin ovqatga uyg‘otmay, uyg‘otmay,
Yotib qolibdi o‘zi isitmalab, isitmalab, Òura olmabdi hatto ertalab, ertalab...
Òurmush oqmay qolibdi bir marom, bir marom. Hammalari bo‘lishib beorom, beorom, Sayrasharkan xavfsirab hazinroq, hazinroq, Jaranglamas misoli qo‘ng‘iroq, qo‘ng‘iroq:
Va-vaq, va-vaq, Bit-bil-diq.
Va-vaq, va-vaq, Bit-bil-diq.
Bedananing otasi nor ekan, nor ekan, Onasiga oriyat yor ekan, yor ekan, Dori-darmon, o‘t-o‘lan keltirib, keltirib. Qari qushga tutishib, ichirib-yedirib, Aylanishib boshida turdilar, turdilar,
Sog‘ayishning chorasin ko‘rdilar, ko‘rdilar.
Mittivoy ham qo‘lidan kelgancha, kelgancha, Suv tutdi buvisiga bilgancha, bilgancha.
Uch kun tandan arib bor dardi, bor dardi, Buvijon boshini ko‘tardi, ko‘tardi.
Xursandlikdan ko‘zlari yoshlandi, yoshlandi, Sayroqilik qaytadan boshlandi, boshlandi:
Va-vaq, va-vaq, Bit-bil-diq.
250
Va-vaq, va-vaq, Bit-bil-diq.
Bedananing onasi bor ekan, bor ekan, Bedananing otasi bor ekan, bor ekan, Qo‘shiqlari hali ham zo‘r ekan, zo‘r ekan, Buvisi ham ularga jo‘r ekan, jo‘r ekan:
Va-vaq, va-vaq, Bit-bil-diq.
Va-vaq, va-vaq, Bit-bil-diq.
251
Do'stlaringiz bilan baham: |