(1958- yilda tug‘ilgan)
Kavsar Òurdiyeva 1958- yil 6- avgustda Òoshkent shahrida ziyoli oilada tug‘ilgan. 1975- yili Chilonzor tumanidagi 201- maktabni oltin medal bilan tugatib, so‘ng Òoshkent davlat universitetiga o‘qishga kirgan, keyinchalik Sankt-Peterburg davlat universitetini ham o‘qib tugatgan. Hozir Òoshkent Pediatriya- tibbiyot institutida kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Adabiyotshunos va tilshunoslar oilasida tug‘ilgan Kavsar yoshligidanoq bolalar adabiyotiga o‘z moyilligini bildirdi. Uning respublika bolalar nashrlariga qatnab yurgan paytida yozgan ilk
she’rlari bolalar adabiyoti namunasidir.
Shoiraning „Varrak“, „O‘ynayapman, o‘ylayapman“, „Qush bo‘lib uchgan ona“, „Raqamlar bo‘ylab sayohat“, „Obod mahallam ko‘chalari“, „Ona isi“, „Obod mahallam bo‘ylab“,
„Hayvonot bog‘i“, „Salomat bo‘ling“, „Botu nidosi“,
„Piyodalar qo‘shig‘i“, „O‘n yumush“, „Òozalik — go‘zallik“,
„Quvnoq alifbo bo‘ylab sayohat“ kitoblari chop etildi. Ular bolalar qalbining beg‘ubor kengliklarini ochib berishga, ularning nozik ruhiy qalb jarayonlarini ko‘rsatishga bag‘ishlangandir. Ammo ana shu jarayonda ma’naviy va axloqiy tarbiya bolalar shoirasining diqqat markazidan bir soniya ham nari ketmaydi.
Zero, Kavsar Òurdiyevaning bolalar adabiyoti tadqiqotchi- ligiga bag‘ishlangan ishlari ham talaygina. Uning 1994- yili yoqlagan nomzodlik dissertatsiyasining nomi ham „Hozirgi zamon o‘zbek bolalar she’riyatida ma’naviyat muammolari“ mavzusiga bag‘ishlangan. Hozirda ish olib borayotgan doktorlik dissertatsiyasi esa „So‘nggi davr o‘zbek bolalar adabiyotining rivojlanish ta- moyillari“ deb ataladi.
Kavsar Òurdiyeva bolalar kinochiligi sohasida ham ijod qiladi. Uning „Zumrasha“ hajviy kinojurnali uchun ishlagan „Ma’na- viyatli bo‘laylik“, „Sumalak va ming tilak“, „Yodlasam bo‘lmas- midi?“ kabi mavzudagi ishlari yuqori baholandi. Uning mult-
301
filmlar, telefilmlar uchun yozgan qo‘shiqlari ham ommalashib ketdi. Shoiraning „Irkitvoy va Kirketjon“ nomli multfilmi va
M. Òo‘ychiyev bilan hamkorlikda yozgan „Katta oyi“ badiiy filmini
„O‘zbektelefilm“ kinostudiyasi ekranlashtirdi. Bolalar qo‘shiq- chiligi sohasida ham Kavsar Òurdiyeva taniqli bastakorlar bilan o‘z hamkorligini davom ettirmoqda. Uning she’rlariga A. Nazarov,
M. Mahmudov, Sh. Yormatov kabi bastakorlar kuy bastalaganlar. Kavsar Òurdiyevaning „Òoshkesarlar mamlakatida“ dramatik ertagi „Sog‘lom avlod yili“ga bag‘ishlangan tanlov sovrindori
bo‘ldi.
Serqirra ijodkor, olima, murabbiy Kavsar Òurdiyeva bolalar she’riyatida o‘z o‘rni va uslubiga ega. U bir necha darslik va o‘quv qo‘llanmalarning muallifi hamdir.
Kavsar Òurdiyeva 2001- yili „Shuhrat“ medali bilan taq- dirlangan.
BAXILLIK HAQIDA RIVOYAT
Juda qadim yillarda, Juda uzoq zamonda
Kampir-u chol yasharkan, Bilmam qaysi tomonda.
Odam yoqmas ularga, Baxil ekan nihoyat.
Shu baxillik tufayli Òo‘qilgan bu rivoyat. Qalam ojiz qolarkan, Ular haqda so‘zlashga. Birovlarning rizqini, Ko‘zlashgani ko‘zlashgan. Shu tufayli yo‘q ekan, Biror yaqin odami.
Shu tufayli uzilgan Qarindoshlar qadami. Uylaridan kelmaskan, Hatto kulgu ovozi.
Òomlariga chiqmaskan, Hatto qo‘shni xo‘rozi. Bo‘lgan ekan ularning Yakka-yolg‘iz bolasi.
Er yetgan bir yigitcha,
302
Ko‘zi oq-u qorasi. O‘g‘illari o‘zgacha, Odamoxun, suxandon. O‘zgalardan yordamin Ayamaydi bearmon.
Gadolarga, yo‘qsilga Ulashadi borini.
Eshitmaydi hech kimsa Undan oh-u zorini.
Kampir-u chol bir kuni Keldilar bir qarorga.
Gadoylarning barisin Jo‘nataylik mozorga. Yo‘qsa saxiy bu o‘g‘lon, Bor-budimiz yo‘q qilar, Qaysi gado yo‘liqsa Uning qornin to‘q qilar. Oqko‘ngil o‘g‘illari
Yo‘l bermas qora ishga. Shunga undan yashirin, Kirishdilar yumushga.
O‘g‘illarin giyohga Yubordilar tog‘ tomon. Xurjuniga soldilar,
Bir kalla qand bilan non. Ishlari xo‘p yarashar, Baxil chol-u kampirga, Non yasashdi ikkisi, Zahar qo‘shib xamirga.
Biror nochor, bechora, O‘taversa ko‘chadan, Òutqazdilar qo‘liga, O‘sha zahar kulchadan. Bechoralar quvonib, Saxiy ekan dedilar.
Har narsadan bexabar, Alqab-alqab yerdilar.
O‘tar o‘sha ko‘chadan, Bir oyoqli devona.
Chorlar uni uyga chol, Xatlang deya ostona.
303
Xurjuniga soladi, O‘sha zahar nonidan. Duo qilib devona Ketar uning yonidan.
* * *
Òuman oppoq ro‘molin, Yer yuziga to‘shaydi.
Giyoh tergan o‘g‘ilcha, Adashganga o‘xshaydi.
Òopolmadi yo‘lini, Òentiraydi kun bo‘yi. Noilojdan tog‘larda Òunab qolar shu ko‘yi. Bilolmay ne qilarin
Usti yupun, qorni och. Ertasi ham kun bo‘yi Yo‘l izlaydi noiloj.
Ba’zan ming xil xayol ham, Rejalar ham puch bo‘lar.
Òog‘-tog‘ bilan uchrashmas, Odamlar-chi duch bo‘lar.
Bilolmadim qay yo‘ldan, Bo‘lsa hamki ravona, Ammo o‘sha yigitga Uchrar tanish devona. Shunday ajib bu dunyo, Òasodifga to‘liqdir.
Òaqdir ekan, devona Yigitchaga yo‘liqdi.
Ko‘rib uni devona Biroz o‘ylab qoladi, So‘ng yigit xaltasiga O‘z nonini soladi.
Yigit esa hang-u mang, Devonaning ishidan.
Oyoqsiz bir bechora Non berar sog‘ kishiga.
U xayolga cho‘mgan payt G‘oyib bo‘libdi darvesh.
304
Yigit uning ketidan, Yuguradi peshma-pesh. Gadoy rizqin qiydim deb, Bola sho‘rlik qiynalar.
Yuragini ming tashvish, Ming bir xayol qiymalar. Ochlik qancha chang solib, Qiynasa ham jonini, Vijdon qo‘ymas yeyishga Bechoraning nonini.
Devonani izlay deb, Yigit rosa chopibdi. Ne ajabki, qishlog‘i Òomon yo‘lni topibdi. Baxil ota-onalar
O‘g‘lin qarshilar shu choq. Yigitchani elitar
Uyqusizlik va charchoq. Uxlab qolar bolishga Boshin qo‘ygani zamon. Xurjunidan chiqadi Bizga tanish o‘sha non.
O‘zim bergan non deya, Qora niyat, shum ayol, Eri bilan ikkisi
Uni yerlar bemalol.
* * * Ertasiga uyg‘ongach,
Bola toshday qotganmish: Baxil ota-onasi
Yerda o‘lib yotganmish.
Alqissa shu: Har kimsa Ekkanini o‘radi.
Ertami-kech baxillik Nishonasin ko‘radi. Omon qoldi saxiy qalb Bola bilan devona,
Qazgan chohga chol-kampir O‘zi bo‘ldi ravona.
20— Bolalar adabiyoti
305
Do'stlaringiz bilan baham: |