(1954 — 1997)
Hamza Imonberdiyev umrining chorak asrdan ziyodrog‘ini o‘zbek bolalar adabiyotini, xususan, she’riyatini rivojlan- tirishga, uni yangi pog‘onalarga olib chiqishga baxshida etgan sertuyg‘u shoirlarimizdan biri edi.
Hamza Imonberdiyev nafaqat yaxshi shoir, shu bilan birga o‘z ishining, o‘z kasbining ustasi bo‘lgan mohir noshir, zukko, bilimdon muharrir ham edi.
Hamza Imonberdiyev 1954-yil 21-dekabrda Qozog‘iston respublikasining Chimkent viloyatiga qarashli So‘zoq qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ildi. O‘rta maktabni a’lo baholar bilan tamomlagach, Nizomiy nomidagi Òoshkent davlat pedagogika institutiga o‘qishga kirib, uni imtiyozli diðlom bilan bitirdi. Shoir uzoq yillar „Òong yulduzi“ gazetasining adabiyot bo‘limini boshqardi, 1986-yilda tashkil topgan „Cho‘lpon“ bolalar nashriyotida o‘sha yildan umrining so‘nggi damlarigacha
muharrir vazifasida xizmat qildi.
Hamza Imonberdiyev baxtiyor oilasi quchog‘ida, qadrdon do‘stlari, ustoz-u shogirdlari davrasida, sevimli jamoasida yashab, ijod qilib, ishlagan baxtiyor shoirlardandir. Uning turli yillarda chop etilgan „Quvnoqlar quvonchi“, „Shokolad- xo‘rlar“, „Kulgi shaharchasi“, „G‘aroyib pufak“, „Oydagi tomosha“, „Qutichada mitticha“, „Lofchilar — aldoqchilar“,
„G‘aroyibkent hangomalari“ singari qator she’riy va nasriy kitoblari bolalarning tiliga tushib, qalblaridan mustahkam joy olgan.
Mehrni mo‘jiza, samimiyatni saodat, halollikni umr mazmuni deb bilgan Hamza Imonberdiyev deyarli har bir she’rida o‘quvchilarni to‘g‘riso‘zlik va to‘g‘rilikka, tabiatni, daraxtlar-u jonivorlarni asrab-avaylashga, sevishga undadi.
294
Hamza Imonberdiyev she’riyatining o‘ziga xos xususiyat- laridan biri ularning g‘oyatda samimiy, badiiy pishiq-puxta yozilganligidir. Shoirning 1998-yili (vafotidan bir yil o‘tgandan so‘ng) „Cho‘lpon“ nashriyoti tomonidan nashr etilgan „Bir kunlik mo‘jiza“ nomli saylanma kitobiga kirgan asarlari fikrimizga yorqin misol bo‘la oladi.
Shoirning quvnoq, beg‘ubor xandaga yo‘g‘rilgan va ayni zamonda ozginagina mahzun ruhdagi ixcham doston va ertaklarini o‘qib, bolakaylarning yurak dukurlarini eshitgan- day, olis bolaligingizni ko‘rganday, tovushini eshitganday bo‘lasiz. Shoirning satrlarga jo bo‘lgan fikrlari, qarashlari, mulohazalari qalbingizni hayajonga solibgina qolmay, ko‘ng- lingiz osmonini daf’atan charog‘on aylab yuboradi.
„Osonmas kurashmoq haqiqat uchun!“ deydi uning qahramonlaridan biri. Darhaqiqat, nafaqat haqiqat uchun kurashmoq, avvalo qutlug‘, rost so‘zni aytmoq, unga yetmoq ham nihoyatda mashaqqatli, mushkul mehnatdir.
Hamza Imonberdiyev ana shunday og‘ir va zahmatli vazifani uddalay olgan, o‘zining mo‘jizalarga boy she’rlari bilan XX asr o‘zbek bolalar adabiyotida o‘ziga xos mavqega ega bo‘lgan ijodkordir.
KIRPIÒIKAN
Barglar chirt-chirt uzilib Sho‘ng‘ib ketar har yonga. O‘xshar go‘yo mushukdan Qochgan sariq sichqonga.
Barcha qush va jonzotlar Qish g‘amida ushbu choq. Olmaxon yong‘oq g‘amlar, Pana joy izlar maymoq.
Yashar faqat bir kirpi Boshqa bir tashvish bilan. Òinmay izg‘ir qaygadir, Band qandaydir ish bilan. Qiziqsinib bir kuni
Baqa to‘xtatdi uni.
Dedi: — Hoy, kirpitikan, Javob bergil so‘roqqa,
295
Har kuni leykang bilan Shoshilasan qayoqqa?
— E, qo‘shni, bu sayyohlar Rosayam tegdi jonga.
Ermakka gulxan yoqib, Xavf solishar o‘rmonga. Shunga bo‘lib ko‘z-quloq Yuribman kun kechirib — Ular yoqib ketishgan Gulxanlarni o‘chirib...
BIR SO‘Z
Men Loladan xafaman, Boshqa o‘rtoq topaman.
Shaddod, — degan so‘zimga, Qarab turib ko‘zimga,
Dedi qasddan:
Bilvol, san Badbashara, Xumboshsan!
Shunchalik aybim ko‘pmi? O‘zida-chi, ayb yo‘qmi? Bo‘ldi, undan xafaman, Boshqa o‘rtoq topaman.
Neki bersa oyimiz Bo‘lib yerdik doim biz. Ranjitsa uni birov,
O‘ch olar edim darrov, Uni do‘stim degandim, U deb kaltak yegandim. U bo‘lsa bitta so‘zga, Qaramay yuz-u ko‘zga Shuncha gapni to‘qidi, Bitta do‘stim yo‘q endi... Men Loladan xafaman, Boshqa o‘rtoq topaman.
URISHQOQLAR
Qo‘lda yog‘och — avtomat,
„Urush-urush“ o‘ynaymiz.
296
Kalishlar — granata Bir-birimiz poylaymiz. Goh ko‘krakka uramiz:
Dushmanga yer yo‘q, — deb. Goh yuztuban qulaymiz
Naq yurakdan „o‘q“ yeb. Ba’zida chinqiramiz:
Paq-puq, otdim, yiqil, — deb. Dushman tan olmas: — O‘qing Qiyshiq ketdi, — nuqul deb.
Hamma bola o‘yinda
„Jang“ qiziydi tobora, Faqat Nodir raketa Yasash bilan ovora.
Urishqoqlar ichida Yashab netaman, — der u.
Olis sayyoralarga
Uchib ketaman, — der u. Buni eshitib bizlar Darrov uni o‘raymiz.
O‘zing bilan bizni ham Ola ket, — deb so‘raymiz. Rozi bo‘lar do‘stimiz:
Chiqinglar, — deb imlaydi.
Biz kashf etgan sayyora Urush nima bilmaydi!
VAQÒNING HAJMI QANCHA?
O‘ylab ko‘rsam, vaqt degan Rezinali to‘rxalta.
Neki tiqsang ichiga Sig‘averar, zo‘r xalta. Masalan, bir soatda Nimalar qilish mumkin? Kitob, gazeta o‘qish, Samokat minish mumkin. Do‘sting bilan urishib, Mumkin hatto yarashish.
297
Òort yeyayotgan ukangga
„Yordamlashish“, „qarashish“, Alg‘ov-dalg‘ov qilib so‘ng Mumkin yig‘ish uy ichin.
Ko‘chirish mumkin hatto Òelefonda uy ishin.
Ha, shularning bariga Bir soatgina darkor.
Bir kunda bu soatdan Yana, eh, qanchasi bor. Harakat zo‘r bo‘lsa, vaqt Rezinali to‘rxalta.
Neki tiqsang ichiga Sig‘averar zo‘r xalta!
NIMA BO‘LDI, ARCHAJON?
— Sovuq qotib qolibdi, Kim soldi bunday ko‘yga? Deb mehr-la kesishib Eltdilar issiq uyga.
Ana u uy to‘rida Liboslari yaltirar.
Biroq nechun o‘yinchoq. Òutgan qo‘li qaltirar?!
OLAMOSHIM
Òokchadagi qaymoqdan Ko‘tarmay sira boshin, Ichayapti qarasam, Uyalmay Olamoshim. Avvaliga „pisht“ deb bir Quvmoq bo‘ldim-u biroq, Rahmim kelib negadir Òikilib qoldim uzoq.
Quloqlarin chimirib Ichar edi bir mayin. Beparvoligim sabab Qorni ochgani tayin.
298
Oyoq uchida asta
Chiqib ketdim hovliga — Bir gal qaymoq yemasam Yemabman-da, mayliga.
QO‘POLLIK
Afsus, qo‘pollik qildim, Akam urdi do‘q.
Bor, ko‘zimga ko‘rinma, Hech keraging yo‘q!
Bilmay qoldim, ishoning, Aka, so‘zimga.
Bas, dedim, bas, ko‘rinma Endi ko‘zimga.
O‘tib ketdi bunday so‘z Jon-u tanimdan.
Ko‘zlarimga to‘lib yosh Ketdim yonidan.
Ko‘rinmayman ko‘ziga Bo‘pti, ketaman.
Yolg‘iz akam toshmehr, Bunda netaman?!
Ha, ketaman bir o‘zim, Bosh oqsa qayga.
Balki sharga osilib Uchaman oyga.
Balki minib Qirko‘kni Jangga kiraman.
Yog‘och qilichim sermab Yovni qiraman.
Dushman bilan solishib O‘larman oxir.
Nima qila olardim Akamsiz axir.
Kelib qabrim boshiga Akam bosh egar.
Kechir meni, uka, deb Balki yosh to‘kar.
299
Hech kim nobud bo‘lmagan Mening yoshimda...
— Uka!
Boqsam turardi Akam boshimda.
Xayollarim har yoqqa Sochilib ketdi.
Xufton dilim charaqlab Ochilib ketdi.
Akam bo‘lsa yonimda Quvnab ketaman.
Shunday akam turganda O‘lib netaman?!
QISH ÒONGIDA
Erta tursam hovuzga Birov oyna solibdi.
Ko‘m-ko‘k, tiniq, zilol suv Eng ostida qolibdi.
Oynani solgan usta Unutgan-ov hoynahoy. Suv olishga ozgina Qoldirmabdi ochiq joy.
300
Kavsar Òurdiyeva
Do'stlaringiz bilan baham: |