Mamasoli jumaboyev



Download 5,23 Mb.
bet45/60
Sana02.02.2022
Hajmi5,23 Mb.
#425176
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   60
Bog'liq
Mamasoli Jumaboyev. Bolalar adabiyoti

Safo Ochil


(1942 2009)

Safo Ochil 1942-yilda Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida tavallud topdi. Bog‘ot tumanidagi Narimonov nomli maktabda ta’lim oldi. Òoshkent davlat chet tillar pedagogika institutining nemis tili fakultetini nemis, o‘zbek tili va adabiyoti ixtisosi bo‘yicha tamomlagan.


Safo Ochilning asli kasbi muallimlikdir. U uzoq yillar Xorazm davlat pedagogika institutida o‘qituvchi, katta o‘qituv- chi, dotsent, kafedra mudiri lavozimlarida mehnat qildi. Uzoq yillar „O‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy uyining O‘zbek tili, adabiyoti va pedagogika adabiyotlari tahririyati mudiri sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Pedagogika fanlari doktori, professor Safo Ochil talaba-yoshlarni ilm-fan nurlaridan bahramand qilishga o‘z hissasini qo‘shdi.
Shoirning „Umidvor qushcha“, „Kamalak va sumalak“,
„Aytsammi yo aytmasam“, „Burgut“, „Qalb gulshani“,
„Muborak kunlar“, „Zamin sadolari“, „Orzular ko‘kidagi shafaqlar“, „Inson ziynati odobdir“, „Mustaqillik ma’navi- yati va tarbiya asoslari“ nomli 20 dan ziyod kitoblari chop etilgan.
Safo Ochilning qo‘shiqqa aylangan „Osmonimiz tiniq bo‘lsin“, „Gullarim“ kabi she’rlari uzoq yillardan beri mamlakatimiz kichkintoylariga katta quvonch, shodlik ulashib kelmoqda. Pedagog-kuychining „Gullarim“ she’ri rango-rang gullar to‘g‘risida. Gul hech qachon o‘z-o‘zidan paydo bo‘l- maydi. Gul o‘stirmoqchi bo‘lgan har bir kishi, birinchidan, mehnatkash bo‘lmog‘i, ikkinchidan, gullarning nozikligini bilishi kerak. Mehnatga mahorat qo‘shilsagina elning havasini keltiradigan, uning quvonchiga quvonch ulashadigan muattar hidli rang-barang gullarni o‘stirish mumkin.
275
Safo Ochilning qahramoni o‘z ishidan, mehnatidan mamnun. U peshana teri to‘kib, astoydil ishlagan. Shuning uchun u el havas qiladigan, hidlab-hidlab to‘ymaydigan, hatto
„Bulbullarni sayratadigan“ gullarni yetishtirgan. Xo‘sh, mana bu jozibali misralarga singdirilgan bola mehnatidan kim faxrlanmaydi, deysiz.
Gul ekaman yer ochib, Shamol silab tebratar,
Gullarim, o, gullarim. Hid taratar muattar.
Bo‘yi ketar tom oshib, Bulbullarni sayratar,
Gulga to‘lar yo‘llarim. Gullarim, o, gullarim.
Qishlog‘imning jamoli, Bo‘y cho‘zadi niholi. Porloqdir istiqboli, Gullarim, o, gullarim.

Bu she’rni o‘qigan har bir o‘quvchi ko‘z oldida gulga burkangan qishloqlar, ko‘chalar, hovlilar namoyon bo‘ladi va u bolani gul ekishga ilhomlantiradi. Gul nafosat timsoli. Zero, nafosat tarbiyasi murg‘ak qalblarni yashnatadi va porloq istiqbolga umid tuyg‘ularini shakllantiradi.


Shoir biladiki, bolaning hayoti she’rsiz, kuysiz, qo‘- shiqsiz o‘tmaydi. Kimki kuy, qo‘shiq tinglasa va o‘zi ham kuylasa, ko‘ngli toza, fikri teran, odobli, o‘qimishli, bilag‘on bo‘ladi. „Qo‘shiq aytaylik“ she’rida shoir kichkintoylarning kuylashga, qo‘shiq aytishga nechog‘lik ishtiyoqmandliklarini ochib beradi:
Keling, jo‘ralar, Qo‘shiq aytaylik, Orzu-o‘yimiz Qo‘shib aytaylik, —
kabi misralarda ezgu niyat va orzularga erishish g‘oyasi ilgari suriladi. So‘zlar sodda, xalqchil, lekin fikr samimiy. Misralarga singdirilgan fikrlar bola ko‘nglida iftixor va rag‘bat tuyg‘ularini uyg‘otadi. Darhaqiqat, bolalarning orzu- umidlari, ezgu niyatlari buyuk, ularga yetishish ishtiyoqi yanada yuksak. Shu sababli ular „Orzu-o‘yimiz Qo‘shib aytaylik“ deya baralla kuylaydi, dilidagi yashirin tuyg‘u, shirin va samimiy niyatlarini „Buloq kabi toshib aytaylik“ deb zavqlanadi.

276
Òabiatni sevish, jonivorlarni parvarish qilish g‘oyasi Safo Ochil ijodida bosh mavzulardan biri hisoblanadi. „Òush ko‘rgan bola“, „Suv“, „Ko‘klam qo‘shig‘i“, „Men, quyosh va qushlar“, „Qaysar bola“, „Ilon va tiðratikan“ kabi she’rlari xuddi shu maqsadga qaratilgan. Bolalarning o‘yi, fazoviy xayolotini shoir tush misolida o‘ziga xos ifoda qilib beradi. Òush ko‘rgan bola qushlarga mehribon, g‘amxo‘r, shuningdek, ularni sevishga, parvarish qilishga, zarur bo‘lib qolsa, ja- rohatlangan parrandalarning yaralariga malham qo‘yib tuza- tishga va ularni erkin hayotga qaytarishga tayyor. Shoirning lirik qahramoni tushida qushchaga g‘amxo‘rlik, mehribonlik qildimi, uning jarohatiga malham qo‘ydimi, demak, u o‘ngida ham ona tabiatdagi jamiki parranda-yu darrandalarga ana shunday g‘amxo‘rlik qiladi, degan xulosaga keladi va o‘zining jajji kitobxonini qushni parvarish qilgan qahramondan ibrat olishga chaqiradi.


Shoir hayot va turmush voqea-hodisalarini, odamlar
dilidagi turfa tuyg‘ularni bolalar tili vositasida ifodalashga harakat qiladi. Uning „Onam paxtakor“ she’ri shular jumlasidan. Bu she’r 1955-yilda yozilgan bo‘lib, unda onaning kecha-kunduz paxta dalalarida tinmay mehnat qilishi, lekin mehnat haqi olmasligi kabi ayanchli lavha tasvirlangan.
Ona „O‘tgan yil ko‘p paxta terdi. Davlat unga Nishon berdi“, biroq bola „Pul ber, — desa, Derlar, qoch-qoch, Bizlar esa Och, yalong‘och...“ deydi. She’r tili sodda, bola fikri samimiy va teran satrlar ruhiga katta ijtimoiy mazmun singdirilgan. Darhaqiqat, 50-yillarda paxtakor dehqonlar qul kabi ishlatilardi-yu, mehnat haqi berilmasdi. Xalqning turmush darajasi o‘ta past edi. Bunday she’rni yozishga o‘sha paytlarda hech kim jur’at qilolmagan. Bular shoirning 50- yillarda ham dadil qalam tebratgani, o‘z fikrini rang-barang shakllarda she’rga ko‘chirganini ko‘rsatadi.
Hayotda o‘zgalarning ijobiy tomonlaridan ibrat olib, ularga taqlid qilib yashash bolalarga xos odat-fazilat hisoblanadi. Shoir she’rlarining ko‘pchiligi bolaning xuddi shu ruhini ifoda etgan.
„Kurashchan bola“ni olaylik. Shoirning ta’biricha, dardsiz, orzu-havassiz bola bo‘lmaydi. Agar bola oldinga intilsa, hayotda nom chiqarib, dong taratib, o‘tgan avlod-ajdodlarini har doim
277
yod aylab yursa, kam bo‘lmaydi. She’r qahramoni juda qat’iyatli va bir so‘zli. Bola biladiki, bobosi polvon o‘tgan. Kurashda uning yelkasi yerga tegmagan. Ko‘plab mashhur polvonlarni yiqitib, el-yurt o‘rtasida shuhrat qozongan. Bola xuddi o‘sha bobosi kabi polvon bo‘lmoqchi, bobosi kabi el- yurtga tanilmoqchi. Bu ijobiy hol. Demak, bolada boboga o‘xshab nom chiqarishga havas, intilish, talpinish bormi, u albatta, ajoyib inson bo‘ladi, atrofga o‘ziga o‘xshagan dili pok insonlarni to‘playdi, el-yurt xizmatiga shay bo‘lib kamol topadi. Zero, davrimiz, hayotimiz talabi ham shunday.
Olim va shoir Safo Ochil she’rlarida bolalarni ona tiliga mehr-muhabbatli qilib tarbiyalash yetakchi mavzulardan biri hisoblanadi. Òo‘g‘ri, biz „qizil imperiya“ iskanjasida yashadik. Yurtimizda o‘zbek tili ikkinchi tilga aylanib qoldi. Ollohga shukr, mustaqillikka erishdik. O‘z tilimiz e’zozlanadigan zamonga yetishdik. Buni shoir yosh qahramon tilidan baralla kuylaydi.
Kunlar alla tingladim, Òunlar alla tingladim. O‘zligimni angladim, O‘zbek tilim o‘z tilim.
Òransport vositasi ko‘paygan hozirgi paytda ko‘chalardan o‘tishda ehtiyot bo‘lmaslik ko‘p hollarda ko‘ngilsiz voqealarga olib keladi. Shu sababli oilada, bog‘chalarda, maktablarda yo‘l qoidalarini bolalarga tushuntirish, o‘rgatish ishlari qizg‘in tus olmoqda.
„Svetofor“ she’ri bolalarning jon-dilidir. Bir necha yildirki, u bolalar ashula-raqs dastalarida, bog‘cha va maktablar havaskorlik to‘garaklarida, radio va televideniyada kuylanib kelinadi. O‘zbek bolalar adabiyotida svetofor haqida juda ko‘p asarlar yaratilgan. Lekin Safo Ochilning bu asari misralarining ravonligi, mazmundorligi va badiiyligi bilan ajralib turadi. Bir o‘qishdayoq har qanday bola uni qo‘shiq qilib kuylab yuboradi:
Uch og‘ayni botirmiz, Hamjihatmiz doim biz. Uch xil rangda nodirmiz. Chorrahalar joyimiz.
Qizil, yashil, sariqmiz, Vaqti bilan nur sochar,
Kuch-qudratga qodirmiz. Uchta to‘lin oyimiz.

278
Qizil yonsa, tek turing, Gapimiz shu sizlarga, Yashil yonsa, tez yuring, Barcha o‘g‘il-qizlarga — Sariq yonsa, ehtiyot Duch kelmaysiz xatarga,


Chorasini ham ko‘ring. Quloq soling bizlarga.
Har qaysi shoirda bo‘lganidek, Safo Ochil ijodida ham bola odobi masalasi yetakchi o‘rin tutadi. Bola odobli, aqlli-hushli bo‘lsa, qanday yaxshi. Bunday fazilatga ega bo‘lgan har qaysi bola ota-onaning, yurtning baxti hisoblanadi. Shoirning
„Odobli bola“ she’rida hamma uchun zarur mavzu yoritiladi. She’r qahramonining o‘zi odobli, aqlli, farosatli, salom-alikni kanda qilmaydigan bola sifatida o‘quvchida yaxshi taassurot qoldiradi. Bola qishda qorbobo yasaydi va aqlli, hushli bo‘lishni, salom-alikni kanda qilmaslikni uning qulog‘iga quyadi. Bolaning orzusi yaxshi, tilagi zo‘r.
Dunyoda ota-ona kabi mo‘tabar zot yo‘q. Kimki ota-ona xizmatini qilsa, duosini olsa, hech qachon kam bo‘lmaydi.
„Ota-ona duosi“ she’rida inson umr bo‘yi ota-onaning xizmatini qilib, duosini olib yashasa, umrga umr, baxtga baxt qo‘shuvchi bir cho‘qqiga chiqishini shoir to‘lib-toshib kuylaydi.
Xalqimizda „Ertaklar — yaxshilikka yetaklar“, degan hikmat bor. Bu bejiz aytilmagan. Odatda, ertak tinglamaydigan, ertakning kuch-qudratidan zavq-shavq olmaydigan bola bo‘lmasa kerak. Negaki, ertak tufayli bola dunyoni aqli bilangina emas, qalbi bilan ham his etishga o‘rganadi. Shu bilan birga, tashqi dunyo voqea va hodisalariga ham javob topa oladi, yaxshilik va yomonlikka nisbatan o‘z munosabatini ifodalaydi. G‘oyaviy tarbiyaning dastlabki bosqichi ham ertak orqali amalga oshiriladi. Ha, ertakning tarbiyaviy jihatlari Safo Ochilning
„Nodir pahlavon“, „Qaldirg‘och va beshiktervatar haqida ertak“, „Òemirchi bobo va boyo‘g‘li“ kabi ertak va dostonlarida yanada yorqinroq ko‘zga tashlanadi. Jamiki she’rlarida bolalarni a’lo o‘qishga, mehnatkash bo‘lishga, tabiatni sevishga, ona- Vatanga munosib o‘rinbosarlar bo‘lib ulg‘ayishga undaydi. Zotan, davr, zamon talabi ham shunday. Barkamol avlod qanchalik sog‘lom, yorqin fikrli bo‘lsa, bu ona-Vatan boy- ligidir.
Olim va shoir Safo Ochilning bolalarga bag‘ishlangan she’riyati mavzu jihatdan rang-barang, janrlar turli-tuman. Ayniqsa, u Vatan, muqaddas zamin, poklik va halollik, adolat
279
va haqiqat, mehr-shavqat tuyg‘ularini, tabiat manzaralarini she’r, qo‘shiq, ertak va dostonlarida bolalarga xos til orqali jozibali tasvirlaydi.



1
Nodir pahlavon, Botir pahlavon. Uyqusirardi, Mushtin tugardi...
NODIR PAHLAVON

Jang qilmoqchi u, Òang qilmoqchi u, Devning o‘zini, O‘yib ko‘zini.


Murg‘ak dildagi,

— Dada, dadajon,
O‘tmasin bir on. Ruxsat bersangiz, Kuchim ko‘ringiz. Ho‘, tog‘ ustida, Yurtning qasdida, Bir dev turibdi, Uy ham quribdi. Juda zo‘r emish, Odamxo‘r emish. O‘zi ko‘p ulkan, Qora dev ekan.
Mo‘ylovi shopday, Og‘zi naq qopday, Ko‘zi mayoqday, Òuki tayoqday.
Hamla qilsin-chi, Yo‘qolib tinchi. Qani, ko‘raman, Qilich uraman. Dada, dadajon, O‘tmasin bir on. Ruxsat bersangiz, Kuchim ko‘ringiz! — Olganday javob, Kerishdi shu tob.
2
Dilda muddao, El uchun go‘yo

280
Murg‘ak beldagi, Buyuk g‘ayrat bu, Suyuk g‘ayrat bu.


3
Ishga tutinib, Duldulni minib, G‘ayrati oshdi, Daryoday toshdi. Mag‘rur judayam, Mingta devni ham Pisand qilmasdan, Qo‘rqinch bilmasdan, Boradi uchib, Umidin quchib, (Umidki, omon — Devga ko‘p yomon) Bog‘lab u qanot, Belbog‘i po‘lat, Chaqnaydi ko‘zi, Belida gurzi.
Qo‘lida qilich, Yuragida o‘ch, Ko‘zlari chaqin, Ishonchi yolqin!
4
Devmisan, dev-da, Qoyaday gavda.

Ikki shoxi bor, Dahshatli jondor. Yelkasida bir, Kokili qo‘ng‘ir, U nafas olsa Yoki yo‘talsa,
Òitrar hamma yoq, Momaqaldiroq Gurlagan kabi, Òurar asabiy.
Og‘zi o‘t purkar, Daraxtlar yonar Uning o‘tidan.
Hech kim u bilan, Olisha bilmas,
Òeng kela olmas.

Yurtning boshida, Dahshatli juda, Shunday u maxluq — G‘am, alam, qayg‘u.


5
Bola tez yelib, Devga duch kelib, Òo‘lg‘ab gurzini, Aytdi so‘zini:
— Hoy, yurtga ofat, Yovuz kasofat,
Qon emar so‘na, Bu yerdan jo‘na! Ayni zahoti Nodirning oti Gijinglab birdan, Uchay deb qirdan, Qora dev shu on, Ko‘tarib suron,
O‘t sochdi lov-lov, Òutun va olov,
Yer bilan ko‘kni,
Hatto maxluqni, Ko‘rsatmay qo‘ydi. Achchiq dud tuydi, Nodir bir fursat, Mayli, kuch ko‘rsat, Yana va yana
Qilgum tantana, Baribir o‘zim, Shu qat’iy so‘zim.
6
Nodir pahlavon, Botir pahlavon, O‘zin kam ko‘rmay, Aslo tinch turmay, Dev tomon uchib, Òog‘dayin ko‘chib, Dudni yo‘qotdi, Gurzisin otdi Devning boshiga, Borib qoshiga,
Dev gangigan choq, Qilib u ilmoq, Bitsin deb kuning, Bo‘yniga uning, Kamarin soldi, Bo‘g‘moqchi bo‘ldi.

Dev ham bo‘sh kelmay, Hech pisand qilmay, Kamarni darhol,


Jo‘n va bemalol, Otdi parchalab, So‘ngra jangtalab, Qora dev yana, Minorday tana, Ko‘tarib qo‘lin, Òo‘sdi g‘or yo‘lin. Kuchimni ko‘r deb, Manglayi sho‘r deb,

281


O‘rnidan jildi, Òoshni qum qildi!
O‘z ko‘nglin xushlab, Xarsangni ushlab, Otdi Nodirga
Otdi botirga, Biroq pahlavon,
Chap berib shu on, Òo‘g‘rilab boshni, Otilgan toshni,
Oldi quchoqlab, Dev dilin dog‘lab Va unga otdi,
Asta qulatdi. Yiqildi battol, Yiqildi behol. Payt keldi endi,
Duldul ham qo‘ndi. Yerga burgutdek,
Nodir turmay tek, Otni tezlatib, Devni ko‘zlatib, Qilichin urdi,
Dev gangib turdi, Òakror-u takror, Qayg‘urmay ming bor, Qilichin solib
Dedi: — Men g‘olib! Baqirdi nega?
O‘z tovushiga, O‘zi uyg‘ondi. O‘yga cho‘lg‘andi... O‘ylari shirin, Dilda yashirin, Hansirar edi, O‘zicha dedi:
— Kuchga to‘laman, Botir bo‘laman!

KUNGABOQAR


Kungaboqar muloyimdir, Uyati bor,


O‘ziga xos qiziq, ajib Odati bor —
Òunda yerga, kunduz esa Kunga boqar.
Shu boisdan yer-u kunga Birday yoqar.
Qorni to‘ygach, „yig‘ib olar“ U esini.
Quyoshga ham ko‘rsatadi Yelkasini.

HALOL YUR


Amakimning do‘sti bor, O‘zi katta mansabdor.
Jindek maqtashsa agar, O‘zin sezar baxtiyor.
282

Men ham bir kun maqtasam, Erkalay ketdi meni.
Maqtovimga shirsaqich Undirdim o‘sha kuni.
Mumday eriydi ko‘ngli, Xullas, topildi yo‘li: Katta bo‘lganda maqtab, Undiraman „Jiguli“
Deb yurgan edim, akam Meni koyib berdilar:
— Rohatini ko‘radi
Har kimki mehnat qilar!
Qiliq qilma yasama,
O‘z kuningni o‘zing ko‘r! Òilyog‘lama bo‘lmagin,
Och qolsang ham halol yur!

OXIRGI SO‘ZLAR


Sarg‘aygan barglar Yerga to‘kildi.
Go‘zal chiroyi
Zum o‘tmay so‘ldi.
Kimdir yoqiðti — Barglar jizillar, Yonib chiqmoqda Oxirgi so‘zlar...

YARADOR QUSHCHA


1
— Oyi, oyi, oyijon, Bugun qiziq tush ko‘rdim. Birdan chiqazib qanot, Osmonda uchib yurdim.
Xuddi shu hozirgidek, Qo‘llarim ham bor emish. Bir qushchani otdilar, Shunda qo‘llar berdi ish.
283
Ushlab qolib qushchani, Uyasiga yotqizdim.
Yaralarini bog‘lab, Òongni birga otqizdim.

Chiyillardi bechora, Yotar edi tovlanib. Yig‘lab-yig‘lab oxiri, Mana, qoldim uyg‘onib.


Òushdagidek ne uchun, Uchib yura olmayman? Yarador qushchamni men Nahot ko‘ra olmayman?


2
O‘yinqaroq bir bola, Qoshi baroq bir bola, Sopqonidan otib tosh,


Qush ko‘zidan to‘kdi yosh.

Qulab tushdi qushchajon, Òiðirchilar chalajon.


Armon qilar qushchajon, Shafqat kutar qushchajon.

Olib qochdim mushukdan, In tuzatdim yashikdan.


Yarasini boyladim, Xavfsiz inga joyladim.

Don-dun berdim har kuni, Holin so‘rdim har kuni.


Òuzalgach asta-asta, Zerikdi u qafasda.

Qolgan kabi armonda, Uchsam derdi osmonda. Uni yaxshi ko‘rardim, Darrov qo‘yib yubordim.


284
KO‘KLAM QO‘SHIG‘I


Momaqaldiroq Giyohlar bilan
Arava qo‘shib, Bo‘lmoqqa sirdosh,
Òog‘lar ustidan Bulut ortidan
Kelmoqda tushib. Entikar quyosh.

Olam yarqirar, Shamol uyg‘onib,


Yo‘qdir qiyosi. Yela boshladi.
Jaranglab ketdi Maysalarni u
Yomg‘irning sasi. Silay boshladi.

Yomg‘ir yog‘moqda Haydab ketmoqda Shitir-shitirlab, Bulutni shamol.


Ko‘klam qo‘shig‘in Maysa va quyosh
Aytar shivirlab. Ko‘rishar visol.

* * * Havas bilan bolalar, O‘ynashardi voleybol.


„Òap-tup“ etib bitta to‘p O‘tar edi qo‘lma-qo‘l.

Yorilar, yirtilar u, Bunisi ma’lum bizga. Biroq uning ahvoli, Òushmasin boshimizga!..




285


Download 5,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish