Òursunboy Adashboyev
(1939- yilda tug‘ilgan)
Òaniqli bolalar shoiri Òursunboy Adashboyev 1939- yilda Qirg‘izistonning O‘sh viloyatiga qarashli Olabuqa tumanidagi Safed Bilol qishlog‘ida tug‘ilgan. U Òoshkent davlat universi- tetini hamda Moskvadagi Jahon adabiyoti institutini bitirgan.
„Kamolning olmasi“ deb nomlangan birinchi kitobi 1967- yilda talabalik chog‘idayoq nashr etilgan. Keyinchalik Òoshkentdagi „Yosh gvardiya“, Bishkekdagi „Mektep“ nashriyotlarida „Biz sayohatchilar“, „Ola-Òovlik bo‘laman“,
„Arslonbob sharsharasi“, „Surnay“, „Nur daryo“, „Gul- dasta“, „Olatog‘-lolatog‘“, „Oqbo‘ra to‘lqinlari“, „Sovg‘a“,
„Arslonbob afsonasi“, „Sichqonning orzusi“, „Uch bo‘taloq va sirli qovoq“ to‘plamlari bosilib chiqqan.
Òursunboy Adashboyevning kulgiga boy, hazil-mutoyiba bilan yo‘g‘rilgan asarlari boshqa xalqlar tillariga ham o‘girilgan. Masalan, „Ïåñíÿ ÆàâîðîíîK“, „Måëüíèöà“, „ÏîäàðîK“,
„Olti oyoqli xo‘tikcha“, „Olatog‘ ohanglari“ singari bir talay asarlari rus, latish, qozoq, tojik tillarida chop etilgan. Eng sara she’rlari esa qirg‘iz va o‘zbek bolalar she’riyati antolo- giyalaridan o‘rin olgan.
Kichkintoylarga qisqa va lo‘nda qilib she’rlar yozish, qissadan hissa chiqarish Òursunboy Adashboyev ijodining eng muhim fazilatlaridan biridir. Ijodkorning „Sumalak“ sarlavhali she’ri shu jihatdan xarakterli:
Boychechaklar nish urib, Òo turguncha o‘rnidan.
Bahor qishni tarnovga, Osib qo‘ydi burnidan.
260
Yoki bolalarning cheksiz xayoloti bilan bog‘liq bo‘lgan
„Òugma“ deb nomlangan mashqi ziyrak kuzatuvchanlikning mahsulidir:
Ruzvon xola qo‘shniga Chiqqanida elakka.
Kamzulining tugmasi, Òushib qoldi yo‘lakka. Chumolilar to‘planib, Majlis qurar shoshilib:
Bir, ikki, uch ko‘tardik, Òegirmonning toshini...
Shoir quyosh botishini kuzatib, ufqning loladay qizarib turishidan hayron bo‘lgan Kozimning taassurotini shunday bayon qiladi:
Kun botishi Kozimni Juda hayron etibdi.
Dada, quyosh dumalab, Òog‘ boshiga yetibdi.
Yiqilibdi, shekilli, Burni qonab ketibdi...
Iqtidorli shoirning ravon she’rlarini o‘qir ekanmiz, ijod- kor quvnoq, yengil kulgi vositasida kichkintoylar dunyosiga xos murakkab holatlarni ochib berishga har doim katta e’tibor berishini ko‘ramiz. Chunonchi, „Ahil do‘stlar“ she’rida Suhrob bilan Jahongir ismli ikki do‘st bitta bog‘chaga qatnab, hatto muzqaymoqni ham teng bo‘lib yeyishadi. Bu ikki oshna-og‘ayniga to‘p sovg‘a qilinadi. Ko‘ngilxiralik bo‘lmasligi uchun ular koptokni ham ikki bo‘lakka yorib o‘ynaydilar:
Sovg‘aga kelgan to‘pni, Yotsiramay olishib, Òeng sherikka bo‘lishdi Shart ikkiga yorishib...
Kitob va daftarning qadr-qimmatiga yetmaydigan, xususan, daftarni isrof qiladigan bolakaylar ko‘p uchrab turadi. Shoir
„O‘n ikki varaq daftar“ she’ri orqali ana shunday o‘quvchilarni qattiq hajv ostiga oladi:
261
O‘n ikki varaq daftar Xolis xizmat etmadi.
„Lo-la, osh, o-l“ so‘zini Yozish uchun yetmadi...
Òursunboy Adashboyev jahon bolalar she’riyati vakillari- ning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish borasida ham faol ish olib borayotir. Uolter De Lamer, Yan Bjexva, Korney Chukovskiy, Samuil Marshak, Musa Jong‘oziyev, Qodir Mirzaliyev, Og‘ageldi Allanazarov, Kanibek Junushev, Say- dali Ma’mur, Leons Briyedis, Yesken Yelubayev she’rlarini yosh kitobxonlar Òursunboy Adashboyev tarjimasida sevib o‘qishadi.
ÒELEFONDAGI SUHBAÒ
Allo-allo, Hakimjon, Sinfdoshing Ro‘ziman.
Futbol qalay, dam oldingmi?
Endi keldim o‘zimam.
Nima bo‘ldi, chiqardingmi Yuzinchi masalani?
Òashvish qilma, Nizom aytdi, Ishlabdi Hasanali...
MAYIZ
Oting nima, qizaloq?
Menmi, tog‘a, Lolaman.
Ol mayizdan bir hovuch.
Yo‘q, odobli bolaman. Hovuchingiz kattaroq, Siz bersangiz olaman...
YALAYAPMAN
Karimaxon, qayga ketding?
Kel, sochimni tarayapman.
Qatiqni tez olib chiq.
Hozir, opa, qarayapman.
Ozroq edi, ichib qo‘yma.
Ichganim yo‘q, yalayapman...
262
ROSÒDANMI?
Salim ota tamshanib, Novvot so‘rar kavshanib. Aylantirar lunjida, Nabirasi pinjida
Boqar hayron, lol bo‘lib.
Ha, qaridik chol bo‘lib.
Òishingizga ne bo‘lgan?
Bari tushgan, to‘kilgan.
Unday bo‘lsa, — Hakim der:
Sizda tursin nokim, — der.
BAQALAR
Havo aynib, birdaniga Yomg‘ir quysa paqirlab. Nima uchun baqalar Suvga qochar vaqirlab? Obidjondan Zaynullo Shuni so‘ragan edi.
Obid biroz o‘ylanib, Do‘stiga shunday dedi:
Yomg‘irdan qochmasami, Ust-boshi ivib qolar.
Shuning uchun anhorga Sho‘ng‘ib ketar baqalar.
YALQOV
Ko‘rganlar aytar, yoshmas, Sho‘xlikdan vaqti oshmas. Bu qilig‘i yarashmas, Haddan ortiq.
Ish buyursang uqmaydi, Qo‘lda kitob uxlaydi.
Sal sovuqda „uflaydi“, Burnin tortib.
„Òo‘rt“ qayoqda, „uch“ olmadi, Shu ahvolda kuch olmadi,
263
Bu yil yana ko‘cholmadi, O‘sha Ortiq.
NOVVOÒ
Xayri xola qog‘ozga
Bir bo‘lak novvot o‘rab, Òortmaga berkitdi-da, Nishonboydan gap so‘rab Dedi: — Bugungi ishni Ertaga qoldirmagin.
Darslaringni tayyorla, Jag‘imni toldirmagin. Nishonboy boshin qashib:
„Hozir, oyi“, deb qo‘ydi. Kampir suv keltirguncha U novvotni yeb qo‘ydi.
Onasi buni bilgach, O‘z ko‘ziga ishonmay
So‘radi: — Novvot qani, Ko‘rmadingmi, Nishonboy?
— Bugungi ishni kechga Qoldirmayin deb qo‘ydim. Shuning uchun, oyijon,
Men novvotni yeb qo‘ydim...
QO‘G‘IRCHOQNI AVAYLAB
Ariqdan o‘tayotib, Gulnora toyib ketdi. Muncha anqaydim deya, O‘zini koyib ketdi.
O‘rnidan turib darhol, Ko‘ylaklarini qoqdi.
So‘ngra qo‘g‘irchog‘iga Mehr-la kulib boqdi:
— Voy, qattiq yiqildingmi, Ko‘zlari munchoqqinam?
Boshing toshga tegdimi? Yig‘lama, oppoqqinam.
264
KAPADA
Sanjar bobosi bilan Qovun poylar kapada. Ko‘kda yulduz marjoni, G‘ir-g‘ir esar shabada. Nabirasi bidillab, Cholni tutar so‘roqqa.
Yarmi kemtik oy chiqdi O‘xshab oltin o‘roqqa.
Bobo, qarang, tunov kuni Butungina oy edi.
Birov uni sindirib, Qo‘yganmi, deb koyidi...
HALI YOSH-DA
Doskaga chiq, Mukambar, Bo‘rni ol-chi, xo‘sh, qani. Bitta misol ishlaymiz,
Uchga uchni qo‘sh, qani? Lekin oddiy misolni Yecholmadi Mukambar.
Sodiq aka so‘rab qoldi:
Ayt-chi, qancha ukang bor?
Oltita.
Ular birdan konfet yesa, Bo‘lar nechta?
Beshta.
Hech-da!
Shoshilmasdan o‘yla boshda.
Bitta ukam konfet yemas. Hali yosh-da...
ÒUPROQ
Ajdodlardan meros bo‘lib, Qolgan tuproq.
Bobolarning qon va teri Òomgan tuproq.
Qizg‘aldoqlar ochilganda, Qilmay kanda,
265
Qir, adirlar gulxan bo‘lib Yongan tuproq.
Òo‘kin-sochin dasturxonni Solgan tuproq.
Dori-darmon, sinovlardan Òolgan tuproq
Qotilni ham, botirni ham Sukut saqlab,
Ehtiyotlab, o‘z bag‘riga Olgan tuproq.
Bobolarning qon va teri, Òomgan tuproq...
QIYOSI YO‘Q
Sen tug‘ilgan, O‘sh, Buxoro,
Qutlug‘ xona. Samarqandim.
Aziz diyor, Qiyosi yo‘q,
Pok ostona. Bu yagona.
So‘lim o‘lka, Sen-u menga,
Kesh, Farg‘ona, Vatan — Ona.
Qadim Urganch, Shunday go‘zal,
Shu durdona Ulug‘ yurtkim. Ko‘rkam Òoshkent, Òuprog‘ini,
Asal-qandim. Ko‘zga surtgim.
266
Do'stlaringiz bilan baham: |