Òo‘lan Nizom
(1938- yilda tug‘ilgan)
Òo‘lan Nizom asli Andijon viloyatining Bo‘z tumanidan. Cho‘l farzandi. Shuning uchun ham uning asarlari cho‘l- biyobonlarni bog‘-rog‘larga aylantirish, bu ishlarda bolalarning ishtiroki, mehnatlari masalalariga qaratilganligi bilan ham ajralib turadi. Òo‘lan Nizom 1938-yilda tavallud topdi. U Andijon pedagogika institutini a’lo baholar bilan tamomlagach, uzoq yillar cho‘lquvarlarning farzandlariga murabbiylik va muallimlik qildi. Bo‘zdagi Saida Zunnunova nomli kasb-hunar kolleji rahbari sifatida samarali faoliyat ko‘rsatdi.
Òo‘lan Nizomning „Sening ertaklaring“, „Yoshlik bayozi“,
„Iftixor“, „Quyosh yo‘li“, „Ona tilim, ona elim“, „Andijonda bir qush bor“, „Cho‘lpon“, „Chaman ichra“, „Muqaddas ruh“ kabi yigirmadan ziyodroq to‘plamlari yosh kitobxon- larning dillariga quvonch ulashib kelmoqda.
Shoirning sara she’rlari mehnat, cho‘llarni bog‘-bo‘stonga aylantirayotgan cho‘lquvarlar va ularning farzandlariga atalgan.
„Cho‘pon bola“, „Bo‘z“, „Daryo va men“, „Yoshligim, qayda- san?“, „Do‘stimga“, „Yo‘llar“, „Bolalikka qaytish“, „Qaldir- g‘och“ singari yuzlab she’rlarida ana shu ruh hukmron.
„Cho‘pon bola“ she’rini olib ko‘raylik. Bu she’r o‘zining o‘ynoqi misralari bilan qalblarni larzaga soluvchi, shu kasbga kichkintoylarning mehrini jo‘sh urdiruvchi da’vati bilan ajralib turadi. Mana bu mehnatkash, o‘z ishining fidoyisi, jonkuyari bo‘lgan cho‘pon bolaga berilgan ta’rif qaysi bolaga yoqmaydi deysiz:
Cho‘pon bola, Chaqqon bola, Yaylovga xo‘p Yoqqan bola.
252
Qadimda Bo‘z yerlari yaydoq cho‘l bo‘lgan. U bugun odamlar mehnati tufayli vodiyning gulzor maskanlaridan biriga aylanib ketgan. „Bo‘z“ she’rida shoir bu cho‘lni go‘yo kelinchak kabi yasanib, go‘zallashib, katta-kichikning havasini keltirganligini kuylaydi:
Andijonning hissasida, Ho‘, Marg‘ilon jussasiday, Otalarning qissasida — Gul-chechak Bo‘z!
Kelinchak Bo‘z!
Bolalar tabiatni sevishlari, o‘lkamiz shaydosi bo‘lib kamol topishlari zarur. Bu borada ham badiiy adabiyotning o‘rni katta. Shoir „Manzara“, „Oftob ishqi“, „Ilk qor“, „Shabboda“,
„Muz“ she’rlari bilan bu mavzuni chuqur yoritishga intilga- nini ko‘ramiz. Òabiatni sevish, e’zozlash, ehtiyot qilish insonning burchi, vazifasi. Òabiat bilan hazillashib, o‘ynashib bo‘lmaydi. „Manzara“ asarida shoir xuddi shu g‘oyani ilgari suradi. U bolalarni tabiatni asrab-avaylashga chorlaydi, aks holda uning qahr-g‘azabiga duchor bo‘lish mumkinligini she’r tili bilan uqtiradi:
Qora bulut bosib keladi, Hayqiriq-la bo‘ron yeladi. Cho‘g‘ irg‘itib momaqaldiroq, Hovliqadi, qah-qah kuladi.
G‘azab qilsa yer ham otadi, Borliq to‘fon, loyga botadi. Òabiatning jami farzandi — Mavjudoti to‘zib yotadi...
„Oftob ishqi“ asarida bolalarga xos bo‘lgan soddalik, tabiatdan unumli foydalanish istagi kichkintoylar o‘y-xayollari bilan chambarchas holda berilganligi yosh kitobxon diqqatini tortadi:
Kuz shamoli esadi, Haroratni kesadi.
Qizim der: „Qor yog‘guncha“, Òomlar sadaf taqquncha, Suvlarimiz muzlamay,
Pechka, ko‘mir izlamay. Qoplab olib quyoshdan, Ishlataylik bir boshdan...
253
Kim tinchlik, osoyishtalikni xohlamaydi? Kattaning ham, kichikning ham o‘yi, fikrida tinchlik. Òinchlik Òo‘lan Nizom- ning ham suyukli mavzusi. Shoirning „Òinchlik uchun“ she’rida bu g‘oya kichkintoylar ruhiyatiga mos tarzda ifodalangan. Ozodbek hali yosh, u urush nimaligini bilmaydi. Lekin tank, nagan, pulemyot, raketa urush qurollari ekanligini yaxshi bilib olgan.
Ozodbek plastilindan turli-tuman o‘yinchoqlar yasaydi. Bolaning o‘yi, xayoli yaxshi. U tank, nagan, samolyot, pulemyot, kema, raketani o‘z ko‘zi bilan ko‘rmagan, qo‘li bilan ushlamagan. Bularni u televizorda ko‘rgan, ta’rif va tavsifini kattalardan eshitgan, xolos. Ana o‘sha urush qurollarini u o‘yinchoq sifatida tasavvur qiladi. O‘zi yasagan o‘yinchoqning hayotda tutadigan o‘rni, vazifasini qalbiga singdirib, bilib olgan. Bu jihatdan ota-bolaning suhbati ibratlidir.
Bular nima, Ozodbek?
Mana bu — tank, bu — nagan. Mana bu — to‘p, samolyot, Pulemyotdir bu turgan.
Mana busi — kemadir, Dengizlarda suzadi.
Bu — raketa juda zo‘r, O‘ydan uchqur, o‘zadi. Bu — bir askar, postida Juda botir, bemalol — Òoshday qotib turibdi, Qo‘lida ushlab qurol.
Dushman sira kelolmas,
„Biznikilar“ mustahkam.
Otaning o‘g‘lidan, uning qilgan ishidan roziligi, minnat- dorchiligi yosh kitobxon uchun bir saboq bo‘ladi. Negaki, bola tinchlikni xohlaydi, ota tinchlik tarafdori, otaning so‘nggi so‘zi — xulosasi yosh kitobxonning quvonchiga quvonch qo‘shadi:
„Yaxshi“, dedim ohista, Boshim chulg‘ab xayollar.
— Òinchlikka qalqon bo‘lsin Sen yasagan qurollar!
Òo‘lan Nizom hozirgi zamon o‘zbek bolalar adabiyotida ertak-doston ijodkori sifatida ham o‘ziga xos ovozga ega. Uning
„Boychibor“ dostoni o‘quvchilar mehrini qozongan.
254
ANDIJONDA BIR QUSH BOR
Istirohat bog‘ining Havaskor bulog‘ining —
Ko‘rki bo‘lgan bir qush bor. Ko‘zi quyoshga o‘xshar, Parvozi mag‘rib-mashriq, Patlarida kumush bor.
U nurga cho‘milganda, Ming rangga ko‘milganda, Ajib bahor-u qish bor! Òildan tilga o‘tilgan, Qo‘shiq bo‘lib yetilgan, Shuhratida bolqish bor.
Yelkasida Andijon,
Yaratgan paxta — xirmon!!! Ne ellardan olqish bor!
Andijonda bir qush bor!
QALDIRG‘OCH
O, qaldirg‘och, qaldirg‘och, Qora ko‘zlaring qiyg‘och.
Duming o‘xshar xivichga, Qanotlaring qilichga.
Oyoqlaring tim qora, Òumshug‘ing tig‘day bor-a? Bo‘yinchangda oq sharf,
Bir ko‘ray yaqin borib.
Loy ko‘tarib shiftdasan, In solishga ustasan,
Me’mormisan, ayt, o‘zing, Buloqdek qaynar so‘zing.
Qushlar ichra donosan, Yomonlikdan tonasan. Qilgan ishing jasorat, Qiyratasan hashorat.
255
Qish kelganda ketasan, Janub tomon yetasan. Qaytganingda sen takror — Yurtga keladi bahor.
O, qaldirg‘och, qaldirg‘och, Ayvonimda bola och!
OLMAXON
Arslonbobda — dovonda, Òog‘ bag‘rida, o‘rmonda Yashar edi Olmaxon, Quvonchi jahon-jahon.
Shoxdan shoxga o‘tardi, Sakrab-sakrab ketardi. Butoqlarda o‘y surar, Daraxt uchida turar.
Ko‘zi qora munchoqday. Dumi supurgi misol, Qayriladi bemalol.
Oldingi oyoqlari, Òirnog‘i, barmoqlari, Odamnikiga o‘xshar,
Yog‘ochni mahkam ushlar. Quloqlari ding xo‘pam, Sezgir, chopqir va o‘ktam. Fe’li ham ancha durust, Bolalarga biram do‘st.
Yo‘ldan o‘tgan har kishi, Bo‘lsa hamki tashvishi, Bir zum to‘xtab qoladi, Cho‘ntakka qo‘l soladi.
Olmaxonga qarab u, Chaqirar: Kakku! Kakku! Qo‘liga nima kirsa,
Dili nima buyursa, Donmi, danakmi, bodroq, Ishqilib bitta yemak,
256
17— Bolalar adabiyoti
Unga tutishar har dam. Shunda olmaxon biram Epchil bo‘lib ketadi, Kishini shod etadi.
Lekin yomon tomoni, Yeyolmas ekan nonni. Unga pista yo yong‘oq Keltirmasangiz har choq, Sizga qiyo boqmaydi, Qilig‘i ham yoqmaydi.
Chiyillar ermak qilib, Sizni bir nodon bilib. Qochib ketadi uzoq, Dumini qilib baroq.
Qay kuni bebosh Sobir, Shoshilib, qilmay sabr, O‘zligini unutib,
O‘jar, shumligi tutib, Cho‘ntagidan qand olib, Uni kaftiga solib, Olmaxonni chaqirdi, Hushtak chaldi, baqirdi. Olmaxon keldi darrov, Yuragi ham berib dov. Sobir qo‘liga boqdi, Òumshug‘ini bir qoqdi. Dumini likillatib, Oyog‘in dikillatib.
Jimirib qulog‘ini, Òig‘latib tirnog‘ini, Qochmoqchi edi nari, Òez ayon bo‘ldi bari. Sobir mahkam ushladi, Yosh ko‘nglini xushladi. U talpinar har yoqqa, Qochmoq bo‘lib uzoqqa. Sobir erkalab, qiynab, Shum fe’li yana aynab.
257
Qulog‘ini chimchilar, Jonivor ko‘p chiyillar. Qandni tiqar og‘ziga, Hatto uning bo‘g‘ziga Solmoqchi bo‘lar barmoq, Olmaxon dumi baroq.
Qo‘rqinchdan qaltiraydi, Ko‘zlari yaltiraydi.
Shu zamon kelib qoldi, Sobirni tutib oldi
Bir barvasta oqsoqol, Yuzi-ko‘zida malol.
— Bolam, kimsan? Ne uchun Uni qilasan tutqun?
Nega berasan azob? Sobir qilolmas javob, Chol so‘zladi tutoqib,
Hatto ko‘zdan yosh oqib. Bu tabiat sen uchun Umring bo‘lsin deb uzun, Yaratilgan azali,
Bu dunyoning go‘zali O‘rmon, daryo, ko‘llardir. Ularda yashayotgan, Rizqini oshayotgan Jonivorlar oz qoldi,
Bu ish xatarga soldi. Aynidi zamin, samo, Olmaxon ham ko‘p emas, Ular soni xo‘b emas.
U jonivor a’zosi, Òabiatning bolasi.
Seni onang suyganday, Dilga mehrin tuyganday. Uni sevar tabiat, Shunchun qilar tarbiyat. Odamlar bilib qo‘ysin, Sendayni tiyib qo‘ysin.
258
Ha, sendayin bolalar, Keyin qilar nolalar. Sen qushlarga in yasa, Don ber agarda yesa. Olmaxonni o‘ynabsan,
O‘ynab ancha qiynabsan. Sen-chi, unga mag‘iz ber, Yong‘oq, pista, mayiz ber. Quvnab yursin o‘rmonda, Sen qolmagin armonda.
Sobir o‘rmon oralab O‘zin o‘zi qoralab, Chopib ketdi yo‘lida, Qandi qoldi qo‘lida.
259
Do'stlaringiz bilan baham: |