Mamasoli jumaboyev



Download 5,23 Mb.
bet39/60
Sana02.02.2022
Hajmi5,23 Mb.
#425176
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   60
Bog'liq
Mamasoli Jumaboyev. Bolalar adabiyoti

Latif Mahmudov


(1935- yilda tug‘ilgan)

Latif Mahmudov 1935-yilda Òoshkent shahrida dunyoga kelgan. Òoshkent davlat universitetini tamomlagach, 20 yilga yaqin vaqt mobaynida O‘zbekiston radiosida mehnat qildi. Ayni kunlarda „Kamalak“ nashriyotida bo‘lim mudiri bo‘lib ishlayot- gan Latif Mahmudov 1961-yilda o‘zining ilk kitobi —


„Chinor“ hikoyalar to‘plami bilan bolalar adabiyotiga kirib kelgan edi. Ana o‘shandan beri u ham nasr, ham dramaturgiya sahifasida bolalar qalbiga quvonch bag‘ishlab kelmoqda.
Latif Mahmudov asarlarining qahramonlari o‘qishda, jis- moniy mehnatda, ahillikda, oqko‘ngillikda, bir-birlariga g‘am- xo‘rlik va mehribonlikda barchaga namuna bo‘la oladigan bolalardir.
„Chinor“ hikoyasining qahramonlariga Salim boboning har kuni ertalabdan kechgacha chinorning tagida o‘tirishi boshqacha tuyuladi. Ular chinor ostida bir yashirin sir bor deb o‘ylay- dilar.
Ma’lumki, bolalar har bir narsaga qiziquvchan bo‘ladilar. Ular o‘zlari uchun noma’lum bo‘lgan olamning sir-asrorlarini tezroq bilib olishga, uning poyoniga yetishga intiladilar. Shokir ham, Vali ham ana shunday bolalar toifasidan. Shuning uchun ular chinor va uning ostidagi supaga juda qiziqib qoladilar. Salim otaning kecha-yu kunduz supada o‘tirishi ularni hayratga soladi. Aslida chinorda ham, supada ham hech qanday sir yo‘q edi. Boboning yakka-yu yolg‘iz o‘g‘li bo‘lib, u shoirtabiat yigit bo‘lgan. Bir vaqtlar bu chinor oldida bir ayol anhorga tushib ketadi. Uni Salim otaning o‘g‘li anhordan olib chiqadi. Ammo o‘zi anhordan chiqolmay, suvga cho‘kib halok bo‘ladi. Shu sababli chol chinor ostida, supa ustida uzoq o‘tirib, o‘g‘lidan
qolgan yodgorlik — kitobini qayta-qayta o‘qiydi.
240
Bundan bexabar bo‘lgan bolalar g‘or qazib, bu yerdagi sirni bilib olmoqchi bo‘ladilar. Kutilmaganda bolalarning g‘ori o‘pirilib, supa qulab tushadi. Bu yerda hech qanday sir ham, tarix ham yo‘q ekanligini bilgan bolalar, ayniqsa, boboning supa o‘pirilib tushgandan keyingi holatini ko‘rib, o‘zlarini o‘zlari kechira olmaydilar.
„Chinor“ hamon sevib o‘qiladi, bolalarni yaxshilikka, keksa- larga ko‘mak berishga, ajoyib inson bo‘lib kamol topishga da’vat etib kelmoqda.
Kimki jismoniy mehnatga berilsa, badantarbiya hamda sport bilan oshno bo‘lsa, u hayotda sog‘lom va tetik bo‘ladi, oldiga qo‘ygan niyat-maqsadiga erishadi, tengqurlari o‘rtasida obro‘- e’tibor qozonadi. Aksincha bo‘lsa, unday bolalar hech nar- saning uddasidan chiqa olmaydigan, o‘qishda ham, sportda ham, hayotda ham boshqa bolalardan ortda qolib ketishga o‘zlari sababchi bo‘ladilar.
Latif Mahmudovning „Darvozabon“ hikoyasining qahra- moni Orif yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, ikkinchi toifadagi bolalar sirasiga kiradi.
Boshqa bolalar turli oromgohlarda, dam olish maskanlarida yozgi ta’tilni ko‘ngildagidek o‘tkazib, sport bilan shug‘ullanib, yangi kuch-quvvat to‘playdilar, har tomonlama chiniqadilar. Orif-chi? U na jismoniy mehnat qiladi, na sport bilan shug‘ullanadi, na badiiy kitob o‘qiydi. Kecha-yu kunduzi ovqat yeb, xomsemiz bo‘lib qolganligini Latif Mahmudov bolalarga
ta’sir qiladigan darajada chizib beradi.
Latif Mahmudov hikoyalari mavzusi jihatdan rang-barang. Ularning hammasida bolalarning qaynoq hayoti ufurib turadi. Latif Mahmudov o‘zbek bolalar adabiyotida qissa janrini rivojlantirishga ham katta hissa qo‘shib kelayotgan iste’dodli adiblardan biri hisoblanadi. Uning „Eski dutorning sirlari“,
„Òog‘dagi lolalar“, „Òog‘da otilgan o‘q“, „Ikki dangasaning sarguzashtlari“ kabi qissalarini o‘qimagan yosh kitobxon topilmasa kerak.
Adib o‘z qissalarida bolalarning ezgu-niyat, orzu va intilishlarini topib yozadi. Qissalarda a’lo va yaxshi o‘qishga intilish, kattalarni hurmat qilish va kichkintoylarga yordam qo‘lini cho‘zish, jonajon o‘lkaga fidokor kishilar bo‘lib kamol topish kabi masalalar yotadi.
„Ikki dangasaning sarguzashtlari“ qissasining qahramon- lari — Mirvali, Botirlar oddiy, boshqalardan farq qilmaydigan

16— Bolalar adabiyoti
241

bolalar, ammo xatti-harakatlari, intilishlari bir jahon. Ikkalasi ham yomon o‘quvchilardan emas. Xulq-odoblari ham boshqalarga manzur bo‘ladigan bolalardan.
Hamma gap o‘quvchilarni o‘z farzandidek yaxshi ko‘radi- gan, ularning ko‘ziga hatto cho‘p tushishini ham istamaydigan adabiyot muallimi Alijon Valiyevichning Botirning dadasiga maktub yozib berishidan boshlanadi.
Alijon Valiyevichning bolalar ma’qul ko‘rmaydigan bir odatini yozuvchi ta’sirchan qilib ishlaydi. Buning Mirvali tilidan berilishi yanada ishonchli chiqqan: „Siz Alijon Valiyevich juda badjahl odam ekan, deb o‘ylamang. Alijon Valiyevich birovga qattiq gapirmaydi, urishmaydi, qovog‘ini ham solmaydi. Hatto aybingizni ham aytmaydi. Gunohingiz og‘ir bo‘lsa, ikki ellik xat yozib konvertga soladi, yaxshilab yelimlaydi, sizning oppoq oqarib ketayotganingizdan zavqla- nib, beparvolik bilan qo‘lingizga tutadi...“
— „Shuni dadangizga berib qo‘ying“.
Botir o‘qituvchining qo‘lidan maktubni olar ekan, dah- shatga tushadi, nima gunoh qilib qo‘yganini bilmay o‘y-xayolga botadi.
Hamfikr, do‘st, sirdosh, yursa-tursa birga bo‘ladigan Mir- vali bilan o‘qishda, yurish-turishda yo‘l qo‘ygan xatolarini xo‘p o‘ylashadi. Ma’lum bo‘lishicha, ular kunlardan bir kun chollarga salom bermay o‘tishgan, qachonlardir tanaffusda bir marta o‘qituvchilardan yashirinib papiros chekishgan, dars tayyorlamay kelishganda sinfdoshlaridan uyga berilgan vazifani ko‘chirishgan. Ammo bular xatga asosiy sabab bo‘lmasligi mumkin deb o‘ylashadi.
O‘qituvchining maktubini olgan bolalar o‘z ayblarini o‘zlaridan qidirishlari va gunohlarini yuvish maqsadida o‘tkin- chi bir cholning qopini ko‘tarib uning uyiga olib borib berishlari yosh kitobxonda katta taassurot qoldiradi.
Keyinchalik maktubdagi: „Zavodingizga ekskursiya uyush- tirmoqchimiz, paxta terish mashinasi haqida gapirib bersangiz, qachon borsak bo‘ladi?“ deb so‘ralgan xat mazmunidan xabardor bo‘lgan ikki do‘st terilariga sig‘may quvonishadi hamda o‘z xato va kamchiliklarini tuzatib olganliklaridan behad shod bo‘lishadi.
Latif Mahmudovning „Cho‘qqidagi lolalar“ qissasida ham g‘aroyib, favqulodda va g‘oyatda qiziqarli voqea hikoya qilinadi.
242
Qissada sirli yo‘lovchilar ham, shahar hovlilaridan birida sodir bo‘lgan g‘alati voqea ham, dom-daraksiz g‘oyib bo‘lishlar ham, antiqa izlanishlar ham bor. Qissaga Qizbuloq haqidagi afsona chuqur singdirib yuborilgan. Shu boisdan ham qissa qiziqib o‘qiladi.
Latif Mahmudov o‘zbek bolalar adabiyotida drama janrini rivojlantirishda katta rol o‘ynab kelayotgan san’atkor sifatida ham e’zozlanadi.
Dramaturgning „E, attang“, „Muhim topshiriq“, „Dan- gasaning sarguzashti“, „Haqiqiy o‘g‘il bola“, „Ali bilan Vali“,
„Burgut olib qochgan bola“ asarlari uzoq yillardan beri yosh tomoshabinlar qalbiga quvonch bag‘ishlab kelmoqda.
Latif Mahmudov dramalarida qahramonlar, ko‘pincha, o‘zlarining a’lo xulq, odoblari, mehnatsevarliklari, o‘qish va maktabni sevishlari bilan ajralib turadilar. Ba’zi hollarda esa ishyoqmaslik, dangasaliklari tufayli o‘z tengqurlari davrasida qizarib qoladilar.

NOK
Bu yerga kelganimizga uch-to‘rt oy bo‘ldi. Men ham, oyim bilan dadam ham yangi uyga, qo‘ni-qo‘shnilarga allaqachon o‘rganib ketdik. Biroq buvim esa, xuddi biron narsani yo‘qotib qo‘ygan odamdek, turib-turib eski hovlini qo‘msab qoladi- yu o‘zini qo‘ygani joy topolmay:


— Hoy, bolam, — deydi yalinib, — eski mahallaga bir borib kelsakchi-a?
Bu gap menga yoqmaydi.
— Qiziqsiz-a, buvi, — deyman, — eski mahalla qoldimi? Shunda buvim birdan bo‘shashib:
— Eshikning oldidagi nok turganmikin, a? — deydi va nima deb javob berishimni oldindan bilgani uchun gapimni ham eshitmay, uyga xomush kirib ketadi. Buvimga hayronman. Ko‘chayotganimizda boshqa narsalar qolib nokka achingan. Men-ku, nokni eslasam yuragim g‘ash bo‘ladi. Kesilib ketsin deb yuraman. Biroq kesilganmi, yo‘qmi, ko‘zim bilan ko‘ray desam, eski mahallaga hech yo‘lim tushmaydi. Buvimning xomushligi bahona bo‘ldi-yu kiyindim, buvimning oldiga kirib:
— Qani, yuring, — dedim.
Shu topda bechora buvimning yosh boladek quvonib ketganini bir ko‘rsangiz edi.
243
Mana, ikkalamiz avtobusda eski mahallaga ketyapmiz. Buvim o‘z-o‘zidan jilmayadi, oynadan bosh chiqaradi, ilhaq bo‘lib nimanidir qidiradi. Men esa qani endi, nok kesilib to‘nka-po‘nkasini ham buldozer qo‘porib tashlagan bo‘lsa, deb boryapman. Men sizga aytsam, bunday deyishimning sababi bor.
Eshigimiz oldida bir tup nok bor edi. Shoxlari devor osha hovlimizning yarmini egallab, quyuq soya tashlab turardi. Dadam chilangarlikdan ataylab temirdan so‘ri yasatib, ostiga qo‘yib bergan edi. Doim o‘sha yerda ovqatlanardik. Men bo‘lsam butun yoz maza qilib nokning tagida yotardim. Ayni nok pishig‘i edi. Maktabimizda yozuvchi Hakim Nazirning „Chiranma g‘oz...“ pyesasini sahnalashtirmoqchi edik. Murod rolini men o‘ynaydigan bo‘ldim. O‘n besh kun deganda pyesani tayyorladik. Maktabimizga ota-onalarni, yozuvchini ham taklif qildik. Ertaga tomosha degan kuni allavaqtgacha uxlayolmay yulduzlarga qarab yotdim. Òongga yaqin ko‘zim ilingan ekan, peshanamga tushgan allaqanday mushtdan dodlab o‘rnimdan turib ketdim. Qarasam, yostig‘imning ustida bir dona nok dumalab yotibdi.
Eng yomoni shu bo‘ldiki, hash-pash deguncha chap ko‘zim ko‘karib, qovoqlarim shishib chiqdi. Bunaqa bashara bilan sahnaga emas, ko‘chaga ham chiqib bo‘lmas edi. O‘sha kuni hech qayoqqa bormay, alamimdan dumalab yotdim. Viqor bilan ko‘kka bo‘y cho‘zgan nokning „bopladimmi“ degandek shivillashiga chidayolmay, devorga chiqdim-u kattakon bir shoxini arralab tashladim. Shox kesilib qarsillab yerga tushganda, uydan buvim yugurib chiqdi.

  • Nima qilding, bolam, — dedi titrab-qaqshab va sekin ostonaga o‘tirdi.

...O‘sha kuni dadamning koyiganini hisobga olmaganda butunlay alamimdan chiqqan edim-u, mana, hozir juda olisda chayqalib turgan nokni ko‘rib, ko‘zimga og‘riq kirganday bo‘ldi, buvim esa qadrdon hamrohini qayta topganday:

  • Qara, bolam, — dedi mamnun iljayib, — turibdi-ya, turibdi.

Avtobusdan tushdik.
Jin ko‘chalardan, paxsa devorlardan nom-nishon qolmagan. Qator-qator yangi uylar, ba’zilari bitgan, ba’zilari ikkinchi- uchinchi qavatgacha ko‘tarilgan. Òumshug‘i havoga sanchilgan
244
ko‘tarma kranlar taqa-taq to‘xtagan, hamma ovqatdan so‘ng nokning quyuq soyasida hordiq chiqarar edi.
Biz ham buvim bilan bir chekkada o‘tirib dam oldik.
Ishchilardan biri botinkasini yechib, shimini tizzagacha qayirdi. Shiðillab nokning ustiga chiqib silkitgan edi, nok duv etib to‘kildi. Qiy-chuv, kulgi bilan qizlar nokni terib o‘rtaga qo‘yishdi. Men ham oldimga tushganlarini cho‘ntakka urdim. Nok qoqqan kishi pastga qarab:
— Bo‘ldimi, — dedi.
— Ha, — chuvirlashishdi qizlar. — Ertaga ham qolsin.
U ohista tusha boshladi va xuddi men kesib tashlagan joyga kelganda nazarimda beixtiyor to‘xtagandek bo‘ldi. Men o‘zimni allanechuk sezdim. U esa, daraxtning kesilgan yeriga qarab, peshanasini tirishtirdi, nimadir deb boshini chayqadi, g‘ala- g‘ovurdan eshitolmadim, so‘ng sirg‘alib pastga tushdi. Buvimga bildirmay sekin nokka qaradim. O‘zim ham eng chiroyli shoxini olib tashlagan ekanman, shu topda nok bir qanoti singan burgutni eslatardi! O‘sha voqea buvimning esiga tushib qolishidan cho‘chib:
— Buvi, — dedim nok chaynab, — nega shu nokni yaxshi ko‘rasiz-a?
Buvim esa hadeganda javob bermadi. Ko‘zlari yarim yumuq, allanarsalarni eslab iljayadi, o‘z-o‘zidan lablari pichirlaydi.
— Buni, — dedi nihoyat xayol bilan, — buni... rahmatli buvang ekkan. Odamlarga ekkan. Ana shu tagida o‘tirgan odamlarga ekkan, bolam.
Men nima deyishimni, nima qilishimni va qayerga qochishimni bilmay qoldim!
Azim tup nok esa jaziramadan odamlarni bag‘riga chorlab, go‘yo buvimning gaplarini tasdiqlagandek, tepamizda sirli shovullar edi!


245




Download 5,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish