1. Bob. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda bilish jarayonlarining rivojlanishi.
5
3
1.1. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda kognitiv jarayonlarning rivojlanish xususiyatlari.
5
4
1.2. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda idrok jarayonlari.
16
5
2.Bob. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda idrok jarayonlarining o’rganilishi.
26
6
2.1. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda idrok turlarini rivojlanishini olimlar tomonidan o’rganilishi.
26
7
2.2. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda idrok turlarini o’rganishga qaratilgan metodikalar.
34
8
Xulosa
36
9
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
37
Kirish. O`zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” dagi yetakchi vazifalaridan biri ta`lim-tarbiya sifatini ko`tarish, ta`lim mazmunini yangilash, yosh avlodni aqliy intellektual taraqqiyotini ta`minlashga yo`naltirilgan uzluksiz ta`lim tarbiyaning yangi modelini ilmiy-pedagogik jihatdan ta`minlangan holda muntazam takomillashtib borishdan iboratdir.
O'zbekiston Respublikasi Prezdenti Sh.M.Mirziyoyev mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2017-yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasida ta'lim va ilm-fan, davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish, ta'limnin yangi, zamonaviy usullarini jumladan, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasidagi ishlarni amalga oshirish yoshlarimiz, jamiyatimiz va mamlakatimiz kelajagi uchun strategik ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlaydilar.
O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni hamda Boshlang`ich ta`lim konsepsiyasida ta`kidlanganidek, o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatuvchi, ijodiy tafakkurni rivojlantiruvchi usullarni qo`llab, ularga fan asoslaridan chuqur bilim berish hozirgi zamon boshlang`ich talimining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Mazkur vazifani amalga oshirish uchun esa yangi pedagogik texnologiyalarni ta`lim jarayoniga olib kirish lozim. Yangi pedagogik texnologiyalar boshlang`ich sinf o`quvchisining rivojlanishi va kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta'limning asosiy vazifalaridan biri insoniyat hozirgacha erishgan ilmiy bilimlar va fan-texnikaning yutuqlari bilan yosh avlodni qurollantirishdir. Yosh avlodda shunday bilimlar tizimini yaratish lozimki, bu bilimlar ularning keyingi rivoji uchun asos bo'lib xizmat qilsin. Hozirgi kunda bilimlar hajmi, axborotlar hajmi tobora oshib borayotgan bir davrda ta'lim tizimi talabalarga berishili kerak bo'lgan bilimlar, malaka va ko'nikmalar hajmini belgilash hamda bu jarayonda qaysi omillarni hisobga olish kerak degan masalalarni echimini topish ustida bosh qotirmoqda.